17 Natural sonlar ustida tort amalga doir masalalarni

  • Slides: 6
Download presentation
17. Natural sonlar ustida to‘rt amalga doir masalalarni yechish. 17. 1. Amallarni bajarish tartibi

17. Natural sonlar ustida to‘rt amalga doir masalalarni yechish. 17. 1. Amallarni bajarish tartibi Qo‘shish va ayirish I bosqich, ko‘paytirish va bo‘lish esa II bosqich amallari deb yuritiladi. Ifodalarning qiymatini topishda amallarni bajarish tartibi quyidagi qoidalar asosida aniqlanadi: 1 -qoida. Agar ifodada qavslar bo‘lmasdan, faqat bitta bosqich amallari qatnashsa, amallar chapdan o‘nga qarab yozilish tartibida ketma-ket bajariladi. 1 - misol. 762 - 413 + 381 - 256 ifodaning qiymatini toping. Yechish. Bu ifodada qavslar yo‘q va faqat I bosqich amallari qatnashyapti. Demak, 1 -qoidaga ko‘ra amallarni chapdan o‘ngga yozilish tartibida ketma-ket bajaramiz. Amallarni bajarish tartib raqami amallar ustiga yozilgan: Javob: Ifodaning qiymati 474 ga teng.

2 - misol. 640 : 32 • 56 : 28 ifodaning qiymatini toping. Yechish.

2 - misol. 640 : 32 • 56 : 28 ifodaning qiymatini toping. Yechish. Ifodada qavs yo‘q va unda faqat II bosqich amallari qatnashyapti. Demak, 1 - qoidaga ko‘ra, amallar chapdan o‘ngga yozilish tartibida ketma-ket bajariladi. Amallarni bajarish tartib raqami amallar ustiga yozilgan: Javob: Ifodaning qiymati 40 ga teng. 2 - qoida. Agar ifodada qavslar bo‘lmasdan, har ikkala bosqich amallari ham qatnashsa, oldin II bosqich amallari, so‘ng I bosqich amallari bajariladi.

3 - misol. 239 - 13 * 24 : 8 + 32 * 7

3 - misol. 239 - 13 * 24 : 8 + 32 * 7 ifodaning qiymatini toping. Yechish. Ifodada qavs yo‘q va har ikkala bosqich amallari ishtirok etyapti. Demak, 2 - qoidaga ko‘ra oldin II bosqich amallarini, so‘ng I bosqich amallarini bajaramiz. Amallarni bajarish tartib raqami amallar ustiga yozilgan: Javob: Ifodaning qiymati 460 ga teng. 3 - qoida. Agar ifodada qavslar qatnashgan bo‘lsa, oldin qavslar ichidagi amallar, so‘ng boshqa amallar 1 - va 2 - qoidalarga ko‘ra bajariladi.

4 -misol. (1216 + 16 * 9) : 4 - 1440 : 12 ifodaning

4 -misol. (1216 + 16 * 9) : 4 - 1440 : 12 ifodaning qiymatini toping. Yechish. Bu ifodada qavslar qatnashayapti. Demak, 3 - qoidaga ko‘ra oldin qavs ichidagi amallarni bajaramiz. So‘ng esa 2 - qoidaga ko‘ra hisoblashlarni davom ettiramiz. Amallarni bajarish tartib raqami amallar ustiga yozilgan: Javob: Ifodaning qiymati 220 ga teng.

17. 2. Qavslarni tashlab yuborish Agar amallarning bajarilish tartibiga ta'sir qilmasa, ifodadagi qavslarni tashlab

17. 2. Qavslarni tashlab yuborish Agar amallarning bajarilish tartibiga ta'sir qilmasa, ifodadagi qavslarni tashlab yuborish mumkin. Masalan, (49 + 23) - 39 ifodadagi qavslarni tashlab yuborib, 49 + 23 - 39 ko‘rinishda yozish mumkin, chunki bu amallarni bajarish tartibiga ta'sir qilmaydi. Ifodalarning qiymatini hisoblayotganda qo‘shish, ayirish va ko‘paytirish amallarining xossalaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘lsa, amallarni bajarish tartibi qoidalaridan chetga chiqish ham mumkin. Masalan, 37 • 8 + 13 • 8 ifodaning qiymatini 2 - qoidaga asosan hisoblagandan ko‘ra, ko‘paytihshning qo‘shishga nisbatan taqsimot qonunidan foydalanib hisoblagan ma'qul: 37 • 8 + 13 • 8 = (37 + 13) • 8 = 50 • 8 = 400.

Savollarga javob bering! 1. I va II bosqich amallarni ayting. 2. Faqat bitta bosqich

Savollarga javob bering! 1. I va II bosqich amallarni ayting. 2. Faqat bitta bosqich amallan qatnashgan, qavssiz ifodada amallar qay tartibda bajariladi? 3. Har ikkala bosqich amallar qatnashgan, qavssiz ifodada amallar qaysi tartibda bajariladi? 4. Qavs qatnashgan ifodada oldin qaysi amallar bajariladi?