Mavzu Nomalum etiologiyali isitma Isitma Isitma kopchilik kasalliklarning

  • Slides: 81
Download presentation
Mavzu: Noma’lum etiologiyali isitma

Mavzu: Noma’lum etiologiyali isitma

Isitma • Isitma ko’pchilik kasalliklarning, ayniqsa yuqumli kasalliklarning dastlabki klinik belgilaridan biri hisoblanib, uchrashi

Isitma • Isitma ko’pchilik kasalliklarning, ayniqsa yuqumli kasalliklarning dastlabki klinik belgilaridan biri hisoblanib, uchrashi jihatidan og’riqdan so’ng ikkinchi o’rinda turadi. Isitma bu organizmning juda qadimiy birlamchi himoya-moslashuv mexanizmlaridan biri bo’lib, pirogen qitiqlagichlarga nisbatan javob reaksiyasi hisoblanadi.

Isitmaning etiologiyasi va patogenezi • Ekzogen pirogenlarga mikroorganizmlarning lipopolisaxorid birikmalari, oksil fraksiyalari, hamda bakteriya,

Isitmaning etiologiyasi va patogenezi • Ekzogen pirogenlarga mikroorganizmlarning lipopolisaxorid birikmalari, oksil fraksiyalari, hamda bakteriya, sodda hayvon, gijjalarning hayot jarayonida ajratgan mahsulotlari, ekzo- va endotoksinlari kiradi. • Endogen pirogen moddalarni (asosan katexolaminlarni) ajratib chiqaruvchi omillar ta’sirida termogenez stimullanadi. 1940 yilda leykotsitar endogen pirogenlar aniqlana boshlangan. Organizmdagi turli xil o’zgarishlar mana shu pirogenlarga bog’liq ekanligi ma’lum bo’ldi. Shu vaqtlarda monotsitar-makrofagal tizim xujayralarning limfotsitlarni aktivlashtiruvchi faktorni (LAF) sintez qilishi aniqlandi.

 • Isitma – bu tana harorati ko’tarilishining termoregulyatsiya markazidan boshqarilib pirogen agentlarga nisbatan

• Isitma – bu tana harorati ko’tarilishining termoregulyatsiya markazidan boshqarilib pirogen agentlarga nisbatan organizmning javob reaksiyasi hisoblanadi. Ya’ni organizmning o’zi yuqori haroratni saqlab turishga harakat qiladi.

Isitma sindromining patogenez tizmasi • • Pirogenlar (endo- va ekzogen) • • • Fagotsitlar

Isitma sindromining patogenez tizmasi • • Pirogenlar (endo- va ekzogen) • • • Fagotsitlar faollashuvi (granulotsit, monotsit va makrofaglar) • • • Interleykin-1 • • • termoregulyatsiya markazi neyronlari • • • OMSdan Ca 2 Q, Na ionlari transporti • • • s-AMF • • • adenitsiklazaning faollashuvi • • • PGE 1 • • Ilova: PGE 1 – E guruhiga kiruvchi prostaglandilar; • s-AMF –siklik adenozinmonofosfataza; • OMS – orqa miya suyuqligi. •

 • Organizmdagi issiqlik ishlab chiqarilishi va ajratilishi orasidagi disbalans regulyator markazga bog’liq bo’lmasligi

• Organizmdagi issiqlik ishlab chiqarilishi va ajratilishi orasidagi disbalans regulyator markazga bog’liq bo’lmasligi ham mumkin. Tana haroratining bunday ko’tarilishi gipertermik sindrom deyiladi. Bunday holatlarda organizm tana haroratini me’yorda ushlab turishga harakat qiladi. Gipertermik sindrom termoregulyatsiya markazining chuqur zararlanishi sababli yuzaga keladi. Gipertermiya isitmaning sinonimi emas. Gipertermiya shunday patologik holatki, bunda issiqlik ishlab chiqarilishi ajratilishidan yuqori bo’ladi. • Odam organizmiga tashqi muhitning yuqori harorati va yuqori namligi uzoq vaqt ta’siri natijasida gipertermiya kuzatiladi. Gipertermiya tana haroratining juda yuqori bo’lishi bilan harakterlanadi (41ºS va undan yuqori). To’satdan o’tkir boshlanuvchi gipertermiyada tana harorati 40 -41ºS gacha ko’tarilib, bemor ahvolining og’irlashuviga olib keladi. Bunday holatni issiqlik urishi deb yuritiladi.

 • Tana harorati ko’tarilishining quyidagi mexanizmlari farqlanar ekan: • Isitma (infeksion va noinfeksion).

• Tana harorati ko’tarilishining quyidagi mexanizmlari farqlanar ekan: • Isitma (infeksion va noinfeksion). • Gipertermiya (issiqlik urishi, gipertireoz, har xil zaharlanishlar). • Me’yoriy tebranish (jismoniy zo’riqish, ovqatlangandan so’ng, sirkad ritm).

 • Noinfeksion kasalliklardagi isitma reaksiyasi aseptik yallig’lanishlarda kuzatiladi ya’ni to’qimalarning kimyoviy, mexanik, fizikaviy

• Noinfeksion kasalliklardagi isitma reaksiyasi aseptik yallig’lanishlarda kuzatiladi ya’ni to’qimalarning kimyoviy, mexanik, fizikaviy zararlanishlarida va nekrozlarida. Bunday holatlarda leykotsit, monotsit va h. zolarning migratsiyasi kuzatiladi va pirogenlar ishlab chiqariladi. Demak, infeksion va noinfeksion isitmalarning kelib chiqish mexanizmi bir xil ekan. Bu esa o’z navbatida o’xshash klinik belgilarini berib qiyosiy tashxisotni qiyinlashtiradi.

Tana temperaturasining me’yoriy darajalari: • og’iz bo’shlig’ida – 36, 0ºS-37, 3ºS (o’rtacha – 36,

Tana temperaturasining me’yoriy darajalari: • og’iz bo’shlig’ida – 36, 0ºS-37, 3ºS (o’rtacha – 36, 8ºS); • to’g’ri ichakda – 37, 3ºS atrofida; • qo’ltiq ostida – 36, 0ºS-36, 9ºS gacha. • Agarda og’iz bo’shlig’ida temperatura 37, 3 ºS bo’lib to’g’ri ichakda 37, 7 ºS dan yuqori bo’lsa bemorda isitma sindromi kuzatilayapti deyish mumkin. • Me’yorda tana temperatursining sutkalik tebranishi 1ºS dan oshmaydi. Odatda ertalabki temperatura kechkisiga qaraganda pastroq bo’ladi.

Tana harorati litik tushishi.

Tana harorati litik tushishi.

Tana harorati qisqa lizis tushishi. 390 380 370 360

Tana harorati qisqa lizis tushishi. 390 380 370 360

Tana harorati Kritik tushishi.

Tana harorati Kritik tushishi.

Qiyosiy tashxisda isitmani quyidagi parametrlarining ahamiyati katta: Isitmaning ko’tarilish darajasi. Isitma davomiyligi. Isitma egri

Qiyosiy tashxisda isitmani quyidagi parametrlarining ahamiyati katta: Isitmaning ko’tarilish darajasi. Isitma davomiyligi. Isitma egri chizig’ining turlari. Isitma boshlangandan toki organik zararlanishlargacha bo’lgan davrning davomiyligi. • Organik zararlanishlar xarakteri. • Epidemiologik ma’lumotlar. • Isitmaga etiotrop va isitma tushiruvchi preparatlarning ta’siri. • •

Tasnifi • Isitmaning ko’tarilish darajasiga qarab quyidagicha farqlanadi: – – Subfebril isitma – 37,

Tasnifi • Isitmaning ko’tarilish darajasiga qarab quyidagicha farqlanadi: – – Subfebril isitma – 37, 0 -37, 9ºS. Febril isitma – 38, 0 -39, 9ºS. Yuqori isitma – 40, 0 -40, 9ºS. Giperpiretik isitma – 41, 0ºS dan yuqori. • Isitma davomiyligi bo’yicha bo’lishi mumkin: – O’tkir – 2 haftagacha. – O’tkir osti – 6 haftagacha. – Surunkali – 6 haftadan ko’p. • Isitma egri chiziqlarining tashxisotda ahamiyati katta. Ayrim kasalliklarda isitma egri chizig’i shunchalik xos bo’ladiki, tashxisni aniqlab beradi. Masalan: bezgak, qaytalama tif.

Isitma egri chiziqlari • Doimiy isitma (febris continua). Tana harorati doimiy yuqori bo’lib, sutkalik

Isitma egri chiziqlari • Doimiy isitma (febris continua). Tana harorati doimiy yuqori bo’lib, sutkalik tebranishi 1 ºS dan oshmaydi. Bunday egri chiziq gripp (tumov), tif-paratif kasalliklarda, Kuisitmasida, toshmali tif va h. k. larda uchraydi.

Isitma egri chiziqlari • Bo’shashtiruvchi isitma (remittirlovchi) (febris remittens). Bunda tana haroratining sutkalik tebranishi

Isitma egri chiziqlari • Bo’shashtiruvchi isitma (remittirlovchi) (febris remittens). Bunda tana haroratining sutkalik tebranishi 1ºS dan yuqori, lekin 2ºS dan oshmaydi. Minimal sutkalik temperatura 37, 0ºS dan yuqori bo’ladi. Masalan: yiringli infeksiyalarda, o’sma kasalliklarida, ornitoz va qora oqsoqda.

Isitma egri chiziqlari • Tartibli o’zgarib turuvchi isitma (intermittirlovchi) (febris intermittens). Yuqori yoki juda

Isitma egri chiziqlari • Tartibli o’zgarib turuvchi isitma (intermittirlovchi) (febris intermittens). Yuqori yoki juda yuqori isitmaning me’yoriy daraja bilan tartibli almashinib turishi. Bunda sutkalik tebranish 3 -4 ºS bo’ladi. Masalan: SMV, bezgak kasalliklarida. 40 39 38 37 36

 • To’lqinsimon isitma (febris undulans). Isitma asta-sekin ko’tarilib yuqoriga chiqqandan so’ng asta-sekin subfebrilgacha,

• To’lqinsimon isitma (febris undulans). Isitma asta-sekin ko’tarilib yuqoriga chiqqandan so’ng asta-sekin subfebrilgacha, gohida me’yorgacha tushadi. Bunday holat 2 -3 xaftada qaytalanib turishi mumkin. Visseral leyshmanioz, qora oqsoq, limfogranulematoz, tifparatif kasalliklarida kuzatiladi.

 • Qaytalanuvchi isitma (febris recurrens). Bir necha kun davomida yuqori isitma davrining me’yoriy

• Qaytalanuvchi isitma (febris recurrens). Bir necha kun davomida yuqori isitma davrining me’yoriy davri bilan tartibli almashinib turishi xosdir. Bunda isitma tez ko’tarilib, tez tushadi. Masalan: qaytalama tif.

 • Gektik (toliqtiruvchi) isitma (febris hectica). Sutkalik tebranish 3 -5ºS atrofida bo’lib, isitma

• Gektik (toliqtiruvchi) isitma (febris hectica). Sutkalik tebranish 3 -5ºS atrofida bo’lib, isitma me’yor yoki subnormalgacha pasayishi mumkin. Masalan: sepsis, sil, tarqoq virusli infeksiyalarda.

Almashgan isitma (febris inversa). Bunda ertalabki isitma kechkisidan yuqori bo’ladi. Masalan: sepsis, sil, o’pka

Almashgan isitma (febris inversa). Bunda ertalabki isitma kechkisidan yuqori bo’ladi. Masalan: sepsis, sil, o’pka kasalliklarida. e k e k e k e k e k e

 • Notartib isitma (febris irregularis). Bunda sutkalik tebranish har xil bo’ladi, ma’lum bir

• Notartib isitma (febris irregularis). Bunda sutkalik tebranish har xil bo’ladi, ma’lum bir tartibga emas. Masalan: sepsis, meningit, gripp kasalliklarida.

 • Isitmaning boshlang’ich davri. Isitma boshlangandan toki organik o’zgarishlargacha bo’lgan davrni davomiyligining tashxisotda

• Isitmaning boshlang’ich davri. Isitma boshlangandan toki organik o’zgarishlargacha bo’lgan davrni davomiyligining tashxisotda ahamiyati katta. Kasallik atipik yoki engil kechgan hollarda shu kasallikka xos bo’lgan organik o’zgarishlar bo’lmasligi ham mumkin. Bunday hollarda tashxis qo’yish mushkil bo’ladi. Biron bir klinik belgining bo’lmasligi kasallik tashxisini inkor etishga sabab bo’la olmaydi. Masalan: TPK kasalliklarida rozeolez toshmaning bo’lmasligi, tumov (gripp) kasalligida kataral belgilarning bo’lmasligi (akataral shakli) va h. k. • Ayrim kasalliklarda organik o’zgarishlar isitma boshlanishi bilan kuzatilsa, ayrimlarida bir necha kundan so’ng namoyon bo’ladi. • Yuqumli kasalliklarda isitma bilan birga ko’pincha quyidagi organik o’zgarishlar kuzatiladi: ekzantema, enantema, teri giperemiyasi, sariqlik, gemorragik sindromlar, shilliq pardalar yallig’lanishi, zotiljam, angina, diareya, jigar va taloqning kattalashuvi, limfadenopatiya, MNS o’zgarishlari va h. k. Keltirilgan sindrom va simptomlarning qiyosiy tashxisotiga biz to’xtalib o’tmaymiz, chunki bu boshqa mavzu. Lekin bu sindrom va simptomlar isitma bilan birga kechgandagi tashxisiy ahamiyatiga to’xtalib o’tamiz.

1. Ekzantema • • • • • • Ekzantemalarning xarakteri bilan bir qatorda qachon

1. Ekzantema • • • • • • Ekzantemalarning xarakteri bilan bir qatorda qachon paydo bo’lganligi, joylashgan o’rnining ham tashxisotda ahamiyati katta. a) isitmaning 1 -2 -kunlari ekzantema paydo bo’ladigan yuqumli kasalliklar: gerpetik infeksiya; qizilcha; meningokoksemiya; suvchechak; psevdotuberkulyoz; skarlatina; tugunchali eritema; enterovirusli ekzantemalar va h. k. b) isitmaning 3 -5 -kunlari ekzantema paydo bo’ladigan yuqumli kasalliklar: toshmali tif; Brill kasalligi; burgali toshmali tif; gemorragik isitmalar; qizamiq; Lass, Marsel, Marburg isitmalari. v) isitmaning 6 -kunidan so’ng ekzantema paydo bo’ladigan yuqumli kasalliklar: tif-paratif kasalliklari; leptospiroz; infeksion mononukleoz; salmonellyozning tarqoq shakli va h. k.

2. Enantema. • Isitma sindrom bilan birga shilliq pardalarning zararlanishi nisbatan kam uchraydi. Lekin

2. Enantema. • Isitma sindrom bilan birga shilliq pardalarning zararlanishi nisbatan kam uchraydi. Lekin enantemalarning ayniqsa qizamiq, suvchechak, tepki, epidemik toshmali tiflarda tashxisiy ahamiyati katta (qizamiqda Belskiy. Filatov-Koplik dog’i; tepkida Mursu belgisi; epidemik toshmali tifda Kiari. Avsin, Rozenberg-Vinokurov belgilari, aftalar, gerpanginalar va h. k. ). • Quyidagi kasalliklarda isitma sindromi bilan birga enantemalar kuzatiladi: • gerpangina; • gerpetik infeksiya; • shilliq parda kandidozlari; • qizamiq; • suvchechak; • chinchechak; • tepki; • epidemik toshmali tif va h. k.

 • 3. Isitma sindromi va yuz, bo’yin teri giperemiyasi bilan kechuvchi yuqumli kasalliklar.

• 3. Isitma sindromi va yuz, bo’yin teri giperemiyasi bilan kechuvchi yuqumli kasalliklar. Bu belgi ko’pincha kasallikning birinchi kunlarida paydo bo’lishi bilan ahamiyatli va ko’zga yaqqol tashlanib, kon’yunktiva qon tomirlari tiqilishi, tomoq shilliq pardalarining giperemiyasi bilan birga kechadi. Masalan: gripp, Ku-isitmasi, leptospiroz, toshmali tif, BSGI, kanali toshmali tif va h. k. • 4. Isitma va sariqlik sindromlari bilan birga kechuvchi yuqumli kasalliklarda ko’pincha sariqlik kasallikning 7 kunlaridan so’ng paydo bo’ladi. Masalan: virusli gepatit, bezgak, sariq isitma va h. k. lar. Kam uchraydiganlari opistorxoz, psevdotuberkulyoz, infeksion mononukleozlar.

 • 5. Ayrim yuqumli kasalliklar og’ir kechgan hollarda isitma bilan gemorragik sindromlar birga

• 5. Ayrim yuqumli kasalliklar og’ir kechgan hollarda isitma bilan gemorragik sindromlar birga kuzatiladi. Gemorragik sindromning paydo bo’lgan vaqti va xarakterining tashxisotda ahamiyati katta. Gemorragik toshmalar mayda nuqtali petexiyalardan (epidemik toshmali tif, Brill kasalligi), to massiv qon quyilishlarigacha (sariq isitma, o’tkir jigar ensefalopatiyasi, meningokoksemiyalar) bo’lishi mumkin. • Meningkoksemiyada kasallikning birinchi kunidan (5 -15 -soat) gemorragik toshma kuzatilsa, burgali toshmali tif, BSGI , Qrim GI, sariq isitma, bo’g’maning toksik shakli, leptospiroz, kuydirgining o’pka shakli, o’lat kasalliklarida kasallikning 1 -5 -kunlari paydo bo’ladi. Isitmaning 5 -6 -kunlaridan so’ng gemorragik sindrom paydo bo’ladigan yuqumli kasalliklarga ichburug’, listerioz, psevdotuberkulyoz, qorin tifi va h. k. lar kiradi.

 • 6. Isitma sindromi shilliq pardalarning yallig’lanishi bilan birga kechadigan yuqumli kasalliklarga qizamiq,

• 6. Isitma sindromi shilliq pardalarning yallig’lanishi bilan birga kechadigan yuqumli kasalliklarga qizamiq, skarlatina, meningokokkli nazofaringit, ko’kyo’tal, tepki, bo’g’ma, tumov (gripp), paragripp va h. k. kiradi. Bu belgilar odatda kasallikning birinchi kunidayoq namoyon bo’ladi. Kataral belgilarning sust yoki yaqqolligi, hamda joylanishi tashxisotda muhim rol o’ynaydi. • 7. Zotiljam isitma sindromi bilan kechuvchi kasalliklarning asorati, bir klinik belgisi yoki klinik shakli sifatida kuzatilishi mumkin. Masalan: Ku-isitmasi, meningkokkli infeksiyaning kam uchraydigan shakli, o’lat, sibir yarasi, OITS va h. k. • 8. Qora oqsoq, adenovirusli infeksiyalar, infeksion mononukleoz, OITS larda isitma sindromi limfadenopatiya bilan birga kechadi. Noinfeksion kasalliklardan limfogranulematoz, o’sma metastazlari, qon kasalliklarida isitma va limfadenopatiya kuzatiladi. • Limfa bezlarining kattalashuvini 3 guruhga bo’lib o’rganish qulayroq. • bubon – regionar limfa tugunning 5 sm dan katta bo’lishi (felinoz, Sodoku, tulyaremiya, o’lat kasalliklarida); • tarqoq limfadenopatiya (adenovirusli kasalliklar, qora oqsoq, listerioz, infeksion mononukleozlarda); • regionar limfa bezlarining kattalashuvi, masalan: mezadenit (iersineoz, psevdotuberkulyoz, TPK), bo’yin limfa bezlari (bo’g’ma, anginalar).

 • 9. Isitma sindromi va MNS zararlanish simptomlari ko’proq yuqumli kasalliklarda kuzatiladi. Bularga

• 9. Isitma sindromi va MNS zararlanish simptomlari ko’proq yuqumli kasalliklarda kuzatiladi. Bularga meningit (seroz va yiringli) va ensefalitlarni kiritish mumkin. • Yiringli meningitlarga listerioz, meningkokkli meningit, ensefalitlar, gemofil tayoqchali meningit, pnevmokokkli meningit, stafilokokkli, streptokokkli meningit kasalliklari kiradi. Serozli meningitlarga tuberkulezli, parotitli, tumovli, va x. k. lar misol bo’ladi. • Neyrogumoral buzulishlar, reflektor ta’sirlanish, vegetativ va mediatorli disbalanslarda yallig’lanishsiz isitmalar uchraydi. • Yallig’lanishsiz isitmalarning turlari quyidagicha: • 1. Markaziy genezli isitma – MNSning birlamchi yoki ikkilamchi defektlarida. • 2. Psixogen isitma – nevroz, psixik buzilish, emotsional taranglik, gipnoz va h. k. • 3. Reflektor genezli isitma – o’t-tosh, siydik-tosh kasalliklari, qorin parda qitiqlanishidagi og’riqlarda. • 4. Endokrin genezli isitma – gipertireoz, feoxromotsitomalarda. • 5. Dori preparatlari hisobiga kofein, efidrin, giperosmolyar eritma, antibiotiklar, sulfanilamadlar.

Yuqori isitma bilan kechuvchi kasalliklar: • Bakteriali infeksiyalar: pnevmokokkli (zotiljam, plevra empiemasi, perikardit), meningokokkli

Yuqori isitma bilan kechuvchi kasalliklar: • Bakteriali infeksiyalar: pnevmokokkli (zotiljam, plevra empiemasi, perikardit), meningokokkli (meningit), streptokokkli (saramas, otit, angina, skarlatina, endokardit), stafilokokkli (furunkulyoz, osteomielit), sepsis, bo’g’ma, qorin tifi, paratiflar, salmonellyozli enterit, dizenteriya, miliar sil. • Virusli infeksiyalar: gripp, adenovirusli infeksiya, qizamiq, qizilcha, epidemik paratit, infeksion mononukleoz, suvchechak, ornitoz, poliomielit. • Rikketsiozlar: toshmali tif, Ku-isitmasi, va h. k. • Epizoot va parazitar kasalliklar: qora oqsoq, leptospiroz, trixinellyoz. • Protozoy kasalliklar: bezgak, toksoplazmoz. • Revmatik kasalliklar: revmatizm, tizimli qizil bo’richa, Still sindromi, podagra xuruji, Reyter kasalligi. • O’smalar kasalliklari: limfogranulematoz, gipernefroma, mieloidli leykoz. • Xirurgik kasalliklar: ichki a’zolardagi abssesslar, o’t-tosh kasalligi va h. k.

Qora oqsoq (brutsellyoz) • Qora oqsoq infeksion-allergik kasallik bo’lib, davomli isitma, harakat -tayanch tizimi,

Qora oqsoq (brutsellyoz) • Qora oqsoq infeksion-allergik kasallik bo’lib, davomli isitma, harakat -tayanch tizimi, asab, yurak-qon tomir, jinsiy a’zolarning zararlanishi bilan kechadigan kasb kasalligi hisoblanadi. Qora oqsoq kasalligida isitmaning xarakteri kasallikning klinik shakllariga bog’liq bo’ladi. Brutsellalar odam organizmiga kirganda limfogen yo’l bilan limfa tuguniga boradi. Odam organizmining rezistentligi yuqori bo’lsa, shu bilan infeksion jarayon tugallanadi. Qora oqsoqning birlamchi latent shaklida makro- va mikroorganizmning kuchlari muvozanatda bo’ladi. Organizmning himoya kuchi pasayadigan bo’lsa o’tkir septik yoki birlamchi surunkali shakliga o’tib ketishi mumkin. Qora oqsoqning birlamchi latent shaklida periferik limfa tugunlarining kattalashuvi, jismoniy mehnatda terlashning kuchayishi va boshqa mikrosimptomlarni aniqlanadi. Odatda ko’pchilik holda bemorning tana harorati me’yorda bo’ladi. Bunday shaxslar o’zlarini kasal deb hisoblamaydilar. Ularda ish qobiliyati saqlangan bo’ladi.

 • Qora oqsoqning o’tkir septik shakliga davomli yuqori isitma (39º-40ºS va yuqori) xosdir.

• Qora oqsoqning o’tkir septik shakliga davomli yuqori isitma (39º-40ºS va yuqori) xosdir. Isitma odatda to’lqinsimon, kam hollarda noto’g’ri (septik) tipda, sutkalik tebranish 23ºS atrofida bo’ladi.

Qora oqsoqning surunkali shakllari. • Qora oqsoq birlamchi va ikkilamchi surunkali shakllarining klinik belgilari

Qora oqsoqning surunkali shakllari. • Qora oqsoq birlamchi va ikkilamchi surunkali shakllarining klinik belgilari bir-biridan uncha farq qilmaydi. Ikkilamchi surunkali shakli birlamchiga nisbatan og’irroq kechib, rezidual shakliga o’tishi mumkin. Surunkali shakllarining klinik belgilari organizmdagi infeksion-allergik o’zgarishlar asosida rivojlanadi. • Umumiy simptomlariga davomli subfebril isitma, darmonsizlik, kuchli qo’zg’aluvchanlik, uyquning buzilishi, ishtaha pastligi, polilimfoadenopatiya, gohida sklerozlangan limfa tugunlar, jigar, taloqning kattalashuvi, tayanch-harakat, asab sistemalari, jinsiy a’zolar, yurak-qon tomir sistemasidagi o’zgarishlar kiradi. • Tayanch-harakat tizimining zararlanishi surunkali qora oqsoqda ko’p uchraydigan belgidir. Asosan tizza, tirsak, elka, bo’ksa bo’g’imlari zararlanadi. Mayda bo’g’imlar kamroq zararlanadi. Poliartrit, pereartrit, bursitlar, ekzostozlar (suyak sirtidan o’sib chiqqan suyak o’smasi) rivojlanadi. Osteoporozlar kuzatilmaydi. Klinik kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, dumg’aza-yonbosh bo’g’imining zararlanishi ankilozga olib kelar ekan. Sakroileit ham surunkali qora oqsoqga xos bo’lib, boshqa etiologik agentlarda kam uchraydi. Shu sababdan sakroileitni aniqlashning tashxisotda ahamiyati katta.

Qora oqsoqning surunkali shakllari. • Erikson belgisi – bemor yonboshga yotqizilib yuqoridagi yonbosh suyakning

Qora oqsoqning surunkali shakllari. • Erikson belgisi – bemor yonboshga yotqizilib yuqoridagi yonbosh suyakning bukri bosilsa, zararlangan tarafda dumg’azada og’riq kuzatiladi. Ikki tomonlama zararlanish bo’lganda esa bemor osmonga qarab yotganda yonbosh suyak bukirlari ikkala qo’l bilan bosilganda og’riq kuzatiladi. • Naxlas belgisi – bemor qorni bilan yotgan holda tizza bo’g’imidan bukiladi va oyoq yuqoriga ko’tarilsa dumg’azayonbosh bo’g’imida og’riq kuzatiladi. • Larreya belgisi – bemor osmonga qarab yotganda yonbosh suyak qanotlarini ikki qo’l bilan ikki tarafga tortsak og’riq kuzatiladi. • Djon-Bera belgisi – bemor osmonga qarab yotganda qov birlashmasi (simfiz) bosilganda dumg’aza-yonbosh bo’g’imida og’riq paydo bo’ladi.

Tifo-paratifoz kasalliklar (TPK) • TPK – o’tkir infeksion kasalliklar bo’lib, bakteriemiya, umumiy intoksikatsiya, o’ziga

Tifo-paratifoz kasalliklar (TPK) • TPK – o’tkir infeksion kasalliklar bo’lib, bakteriemiya, umumiy intoksikatsiya, o’ziga xos isitma, jigar va taloqlarning kattalashuvi, me’da – ichak tizimi limfatik apparatining (ayniqsa ingichka ichakning) zararlanishi bilan kechuvchi kasallikdir. Qo’zg’atuvchisi Enterobacteriaecea oilasi, Salmonella avlodi, Salmonella enterica turkumiga mansub, grammanfiy, peritrexial xivchinlarga ega bo’lgan tayoqchadir. Kasallikning tipik va atipik shakllari mavjud. • Kasallik boshlang’ich davrining klinik belgilari: umumiy holsizlik, tez charchash, adinamiya, kuchayib boruvchi bosh og’rig’i, ishtaha pasayishi, isitmaning pog’onasimon asta ko’tarilib, kasallikning 4 -7 kunlari eng cho’qqiga chiqishi, uyqu ritmining buzilishi, nisbiy bradikardiya, o’pkada quruq tarqoq xirillash, til quruq, kulrang karachli, chetlari karachdan toza, meteorizm, gepatomegaliya. Padalka simptomi musbat, goxida gastroenterit yoki enterit belgilari kuzatiladi.

 • Kasallik avjiga chiqqan davrida intoksikatsiya yanada kuchayadi. Kasallikning 7 -8 -kunlari isitma

• Kasallik avjiga chiqqan davrida intoksikatsiya yanada kuchayadi. Kasallikning 7 -8 -kunlari isitma maksimal darajagacha chiqib ko’pincha doimiy tipda bo’ladi. Bemor tormozlangan, befarq, es- xushi xiralashgan (infeksion-toksik ensefolapatiya). Isitma fonida kasallikning 8 -10 -kunlaridan boshlab kam sonli rozeolez toshmalar toshadi (qorinning yuqori va yon qismlarida, ko’krakning pastki qismida). Toshmalar tana harorati meyorga tushguncha, biri paydo bo’lib, boshqasi yo’qolib boradi. Til quruq, tilda tish izlari, kul-rang to’q qo’ng’ir karachli (fuliginoz til), meteorizm, gepatosplenomegaliya. Paratif V da diareya kuzatilishi mumkin. Nisbiy bradikardiya, puls dikrotiyasi, AQB pasaygan, yurak auskultatsiyasida sistolik shovqin eshitiladi. Kasallikning orqaga qaytish davrida bosh og’rig’i va umumiy intoksikatsiya belgilari so’nib boradi, tana harorati litik pasayadi, ishtaha ochiladi, til tozalanadi, jigar va taloq me’yoriga keladi. Lekin biroz astenizatsiya uzoq muddatga saqlanib qoladi.

TPKga uch xil tipdagi isitma egri chizig’i xosdir: • • • 1. Vundirlix tipi

TPKga uch xil tipdagi isitma egri chizig’i xosdir: • • • 1. Vundirlix tipi ( 6 -8 % hollarda). Bu tipdagi isitmada stadium incrementi asta-sekin pog’onasimon ko’tarilib, kasallik birinchi haftasining oxirlarida 39 -40°S gacha etadi. So’ng Stadium fascigada doimiy tipda (f. continua) bo’ladi. Stadium fasciga bir necha kundan, xafta, oygacha davom etishi mumkin. Stadium decrementi litik tushadi. Goxida amfibolik tushishi mumkin(1, 5 -2°S farqi bilan). Bu tipdagi isitma egri chizig’i trapesiya shaklini eslatadi. 2, Botkin tipidagi isitma bir necha to’lqinli bo’lishi mumkin. Bu tipdagi isitma boshqalariga qaraganda ko’proq o’chraydi. 3. Kildyushovskiy tipidagi isitmada stadium incrementi nisbatan tez (3 -4 -kun ichida) yuqori darajaga ko’tariladi. Stadium fasciga qisqaroq bo’lib, stadium decrementi asta- sekinlik bilan tushadi (uzun dum berib). Lekin uchala tipdagi isitma egri chizig’ida ham isitma o’ziga xos xususiyatini yuqotmaydi, ya’ni astasekin ko’tarilib, asta-sekin tushadi. TPK 0, 5 -8% hollarda spesifik asoratlar (ichakdan qon ketish, perforatsiya, ITK) berishi mumkin. Ichakdan qon ketganda isitma birdan kritik tushib ketadi. Bemorning ahvoli soxta yaxshilangan bo’ladi. Nisbiy bradikardiya taxikardiya bilan almashadi, bemor terisi yana oqarib ketadi. AQB yanayam tushib ketadi.

1. Vundirlix tipi

1. Vundirlix tipi

Botkin tipidagi isitma

Botkin tipidagi isitma

Atipik shakllari • 1. Abortiv shakli. Kasallikning tipik shakliga juda o’xshaydi, lekin hamma klinik

Atipik shakllari • 1. Abortiv shakli. Kasallikning tipik shakliga juda o’xshaydi, lekin hamma klinik belgilar tez rivojlanadi va tez qaytadi. Isitma davri hammasi bo’lib 7 -10 kun yoki 2 -3 kun davom etishi mumkin. Isitma kritik tushadi, intoksikatsiya simptomlari tez yo’qoladi va tuzalish davriga o’tadi. • 2. Bilinar-bilinmas shakli (ambulator tif). Intoksikatsiya belgilari juda sust, isitma subfebril bo’lib, davomiyligi 57 kundan oshmaydi. Ekzantemalar juda kam yoki yo’q. Ichki a’zolardagi patologik o’zgarishlar juda kuchsiz, nisbiy bradikardiya va meteorizm kuzatilmaydi. Bemor odatda ish qobiliyatin yo’qotmaydi.

Meningokokkli infeksiyalar • Meningokokkli infeksiyalar – bu qo’zg’atuvchisi Neisseria meningitides havo tomchi yo’li orqali

Meningokokkli infeksiyalar • Meningokokkli infeksiyalar – bu qo’zg’atuvchisi Neisseria meningitides havo tomchi yo’li orqali o’tib, polimorf klinik xususiyatga ega bo’lgan kasallikdir. Meningokokkli infeksiyalarda ham isitma xarakteri kasallikning klinik shakllariga mos ravishda bo’ladi.

Meningokokkli nazofaringit. • MI ichida juda ko’p uchraydigan shakli bo’lib, umumiy kasallikning 80% ni

Meningokokkli nazofaringit. • MI ichida juda ko’p uchraydigan shakli bo’lib, umumiy kasallikning 80% ni tashkil etadi. Kasallik subferil isitmadan, kuchli bosh og’rig’idan, bosh aylanishi va yuqori nafas yo’llari kataridan boshlanadi. Isitma 1 -3 kun davom etishi mumkin. Kam hollarda 5 -7 kunga cho’ziladi. Bemorda quruq yo’tal, tomoqda og’riq, burun bitishi, yutqum orqa devori va murtak bezlari giperemiyasi, limfoid follikulalar giperplaziyasi kuzatiladi. Ko’p hollarda yutqum orqa devorida shilliqli yoki shilliqyiringli ekssudatlar bo’ladi. Og’ir kechgan hollarda isitma 39 -40ºS gacha ko’tarilib, meningizm belgilari qo’shilishi ham mumkin. Periferik qonda neytrofilli leykotsitoz, leykoformulani chapga siljishi bilan. ECh. T yuqori bo’ladi.

Meningokokksemiya (meningokokkli sepsis) • • • Kasallik o’tkir boshlanib, kuchli toksikoz va ikkilamchi metastatik

Meningokokksemiya (meningokokkli sepsis) • • • Kasallik o’tkir boshlanib, kuchli toksikoz va ikkilamchi metastatik o’choqlar paydo bo’lishi bilan kechadi. Isitma birdan qaltirash bilan 39 -41º S darajaga ko’tariladi. Bemor isitma boshlangan soatigacha aytib beradi. Isitma 3 -4 kun davom etishi mumkin. So’ng subfebrilgacha tushadi. Isitma doimiy, intermittirlovchi, gektik, to’lqinsimon xarakterda bo’lishi mumkin. Bemorda infeksion toksik karaxtlik rivojlansa tana harorati me’yorgacha tushib ketadi. Demak isitma darajasi bemor ahvolini baholay olmas ekan. Isitma sindromiga umumiy intoksikatsiya belgilari: bosh og’rig’i, darmonsizlik, mushaklarda og’riq, chanqash, og’iz qurishi teri rangparligi, ko’kimtirligi belgilari qo’shilib keladi. Ayrim hollarda meningokokksemiya isitmasiz kechishi mumkin. Meningokokksemiya tashxisotida eng ahamiyatga ega bo’lgan belgi bu ekzantemadir. Isitma sindromi boshlangandan 5 -15 soatdan so’ng gemorragik toshmalar toshadi. Toshmalar har xil kattalikda bo’ladi (petexiya, purpura, ekximoz). Toshmalarning joylashishi asosan tananing pastki qismida: dumba, oyoq -qo’llarda bo’ladi. Yuzda kamroq. Artritlar gemorragik toshmalardan so’ng rivojlanadi. 3 -7% hollarda uveitlar kuzatilishi mumkin. Meningokokksemiya surunkali shakli kam uchraydi va bir necha haftadan, bir necha yilgacha davom etadi. Isitma ko’pincha intermittirlovchi, kam hollarda doimiy tipda bo’ladi. Isitma polimorf ekssudativ eritema bilan kechadi. Remissiya davrida isitma me’yorgacha tushadi, toshma yo’qoladi, bemor ahvoli yaxshilanadi. Surunkali shakliga artrit, poliatritlar, gepatosplenomegaliyalar xosdir.

Meningokokli infeksiya. Meningit. • Meningokokli infeksiyalarning og’ir shakli hisoblanib, kasallik birdan o’tkir boshlanadi. Odam

Meningokokli infeksiya. Meningit. • Meningokokli infeksiyalarning og’ir shakli hisoblanib, kasallik birdan o’tkir boshlanadi. Odam sog’lom yurib turganda to’satdan kuchli qaltirash va tana haroratining o’tkir 39 -40ºS gacha ko’tarilishi, kuchli bosh og’rishi, ko’p qusish kuzatiladi (meningit tridasi). Boshlangich davrida bemorning esh-xushi joyida bo’ladi. Es-xushni erta yukotish yomon okibatlarga olib kelishi mumkin. O’ziga xos isitma egri chizigiga emas. Isitma egri chiziklari intermettirlovchi, remittirlovchi, doimiy, ikki to’lkinli bo’lishi mumkin. Tarkok, istirobli, juda kuchli, pulsatsiyalanuvchi bosh og’riq xosdir. Giperesteziya, giperakkuziya, fotofobiya, giperosmiyalar rivojlanadi. Meningial belgilar ijobiy bo’ladi: ensa mushagi taranglashuvi Kernig, Brudzinskiy va h. k. Bemor majburiy holatda (“o’qlanayotgan miltiq”) bo’ladi. Yonboshlab yotgan, boshi orqaga tortilgan, qo’llari tanaga, oyoqlari qorniga yaqinlashtirilgan. Isitma darajasi har doim ham bemor ahvoliga baho bera olmaydi. Gohida kasallik isitmasiz ham kechadi. Gemogrammada kuchli neytrofilli leykotsitoz, (giperleykotsitoz) chapga siljish bilan, ECh. T yuqori.

Skarlatina • • Skarlatina – bu umumiy intoksikatsiya, isitma sindromi, angina va mayda nuqtali

Skarlatina • • Skarlatina – bu umumiy intoksikatsiya, isitma sindromi, angina va mayda nuqtali rozeolyoz toshma toshishi, havo-tomchi yo’l bilan o’tuvchi, antroponoz, o’tkir yuqumli kasallik hisoblanadi. Ko’pincha 10 yoshgacha bo’lgan bolalar kasallanadi. Mavsumiyligi kuz va qish oylari. Qo’zg’atuvchisi – A guruhiga mansub bo’lgan beta-gemolitik toksik streptokokk. Klinikasi. Yashirin davri 5 -7 kun. Kasallik juda o’tkir boshlanadi. Sog’lom yurgan bolada to’satdan isitma ko’tariladi, birinchi soatdayoq 39 -40º S ga etadi, ko’ngli aynib qusadi va tomoqda og’riq paydo bo’ladi. Bir necha soatdan so’ng toshma toshadi. Toshma yuzga, bo’yinga, tana va qo’l-oyoqlarga juda tez tarqaladi. Kam hollarda toshma kasallikning ikkinchi, uchinchi kunlari toshadi. Toshma mayda nuqtali rozeolez tipida bo’lib, giperemiyalangan teri foniga toshadi. Yuzning yonoq qismida toshma ko’p. Burun-lab uchburchagida toshmalar yo’q, rangpar bo’ladi (Filatov belgisi). Toshmalar tananing yon qismlarida, qo’l-oyoqlarning bukuvchi qismlarida, tabiiy burmalarda juda zich joylashgan. Mayda petixial toshmalar ham bo’lishi mumkin (Pastiya belgisi). Oq dermografizm xos.

 • Toshma odatda 3 -7 kun saqlanadi. Toshma yo’qolgandan keyin avval nozik terilarda

• Toshma odatda 3 -7 kun saqlanadi. Toshma yo’qolgandan keyin avval nozik terilarda (quloq suprasi, bo’yin, moyak xaltachasi), so’ng butun tanada po’st tashlar kuzatiladi. Toshmalar yo’qola borishi bilan bemorning isitmasi ham tusha boshlaydi. • Skarlatinada angina asosiy va qariyib doimiy uchraydigan belgilaridan hisoblanadi. Tomoqda cheklangan qizarish kuzatiladi (murtak bezlari, tilcha, ravoqda). Yumshoq tanglay shilliq pardalarida qizarishlar yo’q. Kasallikning boshlang’ich davrida til qalin oq karash bilan qoplangan, orqaga qaytish davridan boshlab “malinasimon” til kuzatiladi. • Skarlatina tashxisotida epidemiologik anamnez va kasallik klinikasining dinamikasi muhimdir. Bakteriologik tekshiruvlarning ahamiyati kam, chunki sog’lom odamlarda va boshqa kasalliklarda ham qo’zg’atuvchini og’iz burin shilliq pardalaridan ajratib olish mumkin.

Epidemik toshmali tif • Epidemik toshmali tif – isitma, umumiy intoksikatsiya, rozeolyozpetexial ekzantemalar toshishi,

Epidemik toshmali tif • Epidemik toshmali tif – isitma, umumiy intoksikatsiya, rozeolyozpetexial ekzantemalar toshishi, asab va yurak-qon tomir sistemasining zaralanishi, gohida rikketsiyalarning odam organizmida uzoq yillab saqlanib qolishi bilan siklik kechuvchi o’tkir yuqumli kasallik hisoblanadi. • Etiologiyasi. Qo’zg’atuvchisi R. prowazekii. • Epidemiologiyasi. Kasallik manbai kasal odam. Kasal odam kasallik yashirin davrining oxirgi 2 -3 kunidan to isitma me’yoriga kelgandan 7 -8 -kunigacha manba hisoblanadi. O’tish mexanizmi transmissiv. Rikketsiyani bitlar(asosan kiyim bitlari) o’tkazadilar. Bemor qonini so’rgan bit 4 -kundan so’ng boshqalarga yuqtirish xususiyatiga ega bo’ladi, to o’lguncha (30 -40 kun). Yashirin davrining oxirgi kunlarida qon topshirgan donorlarning qonidan ham gemotranfuziyada yuqishi mumkin.

Klinik belgilari. Kasallik siklik kechadi: 1. Yashirin davri – 6 -25 kun. 2. Boshlang’ich

Klinik belgilari. Kasallik siklik kechadi: 1. Yashirin davri – 6 -25 kun. 2. Boshlang’ich davri (toshma toshguncha) – 4 -5 kun. 3. Avjiga chiqqan davri (toshma toshgandan isitma me’yorga kelguncha) 4 -5 kundan, 8 -10 kungacha. • 4. Rekonvalessensiya davri (2 -3 hafta). • Odatda kasallik o’tkir boshlanadi. Kam hollarda qisqa muddatli prodromal davri kuzatilishi mumkin (6 soatdan 2 kungacha). Kasallikning boshlang’ich davri isitmaning tez ko’tarilishi bilan o’tkir boshlanadi. Kasallikning 1 -2 -kunlaridanoq (kam hollarda 3 -4 chi kun) 39 -40°S gacha ko’tariladi. Kuchli bosh og’rig’i, bosh aylanish, ko’ngil aynish, darmonsizlik, uyqusizlik, giperesteziya, giperakuziya, fotofobiya, bezovtalik va eyforiya belgilari bilan kechadi. • •

 • Bemorning tashqi ko’rinishi juda xos, ya’ni yuzi kerkkan, giperemiyalangan, ko’zi yaltiroq, sklerada

• Bemorning tashqi ko’rinishi juda xos, ya’ni yuzi kerkkan, giperemiyalangan, ko’zi yaltiroq, sklerada qon tomiri tiqilishi (quyon ko’z), labi quruq yaltiroq, terisi quruq issiq. Kasallikning 2 -3 -kunlari tilcha (uvula) asosida nuqtasimon quyilish (Rozenberg. Vinokurov belgisi) kuzatiladi. Kasallikning 3 -4 -kunlari esa binafsha rangdagi kon’yunktival enantema (Kiari-Avsin belgisi) namoyon bo’ladi. Yurak-qon tomir tizimida esa taxikardiya, gipotoniya, yurak tonlari bo’g’iqligi kuzatiladi. Kasallikning 3 -4 -kunlari taloq kattalashadi. Diurez biroz kamayadi. Kasallikning 3 -4 -kunidan isitma egri chizig’ida kesilish, ya’ni 1 -2°S ga pasayish kuzatiladi. Ertasi kuni isitma yana ko’tarilib oladi. Shu bilan birga intoksikatsiya va MNS ning zararlanishi belgilari kuchayadi. Kasallikka xos ekzantema toshadi. Kasallik avjiga chiqqan davrida hamma klinik belgilar yaqqol namoyon bo’ladi. Isitma maksimal darajaga chiqqandan so’ng og’ir kechgan hollarda febris continua, kam hollarda febris remittans egri chiziqlari tipida bo’ladi. Isitmada kesilishlar kasallikning 8 -9 chi va 12 -13 -kunlari ham kuzatiladi.

Tashxisi • Klinik, epidimiologik va laborator ma’lumotlarga asoslanadi. Provachek rikketsiyacini ekib aniqlash texnologiyasi mushkul

Tashxisi • Klinik, epidimiologik va laborator ma’lumotlarga asoslanadi. Provachek rikketsiyacini ekib aniqlash texnologiyasi mushkul bo’lganligi sababli tashxislashda seroimmunologik (KBR, RNGA, MFA), allergik sinama usullari qo’llanadi. Ayrim hollarda bitta seroreaksiya musbat bo’lib qolishi mumkin. Shu sababli boshqa reaksiyalarni ham parallel qo’yish kerak. Kasallikning 6 -7 -kunlaridan boshlab KBR diagnostik titrda (1: 160) bo’ladi.

Ku-isitmasi (Avstriya isitmasi, Termez isitmasi) • • Ku-isitmasi yuqish yo’llari har xil bo’lgan, isitma

Ku-isitmasi (Avstriya isitmasi, Termez isitmasi) • • Ku-isitmasi yuqish yo’llari har xil bo’lgan, isitma sindromi va boshqa intoksikatsiya simptomlari bilan kechuvchi tabiiy o’choqli zoonoz rikketsioz kasallik hisoblanadi. Qo’zg’atuvchisi R. burnetii. Qo’zg’atuvchining rezervuari bo’lib iksod, gamaz kanalari, yovvoyi qushlar, o’rdak, g’ozlar, kabutarlar, qarg’alar va uy hayvonlari hisoblanadilar. Antropurgik o’choqlarda odamlarga alimentar, havo-chang, kontakt, transmissiv yo’l bilan yuqadi. Inson kasallik manbai hisoblanmaydi. Lekin ona suti bilan bolaga, homilador ayoldan akusherlarga yuqishi mumkin. Kasallikning yashirin davri 9 -32 kungacha davom etadi. Ko’pincha kasallik isitma va qaltirrash yoki et uvishishi bilan o’tkir boshlanadi. Tana harorati 39 -40°S gacha ko’tariladi va umumiy intoksikasiya belgilari ko’chayib boradi. Kasallikning birinchi kunlaridan darmonsizlik, badanda qaqshash, terlash, kuchli bosh og’rig’i ko’proq peshona sohasida, bel va oyoqlarda, ko’z soqqasi harakatida og’riq kuzatiladi. Ayrim bemorlarda tomoqda qizarish, sklera tomiri tiqilishlari, yo’tal, ko’krak qafasida og’riq, chanqash, og’iz qurishi, jig’ildon qaynashi belgilari bo’ladi. Burundan qon ketishi mumkin. Isitma 2 -3 kundan – 25 kungacha, ayrim hollarda oylab davom etadi. Odatda tana harorati o’tkir 39 -40°S gacha ko’tarilib, bir necha kundan so’ng asta-sekin (zinasimon) me’yorgacha tushadi. Kam hollarda kritik tushishi mumkin.

 • Temperatura egri chiziqlari turlicha tipda bo’ladi: doimiy (38 -40% hollarda), remittirlovchi (25%),

• Temperatura egri chiziqlari turlicha tipda bo’ladi: doimiy (38 -40% hollarda), remittirlovchi (25%), to’lqinsimon (27%). Ayrim bemorlarda isitma subfebril darajagacha tushib bir necha kundan so’ng yana yuqori darajaga ko’tariladi. Isitmaning qayta ko’tarilishi kasallikning boshqa klinik belgilarining yana kuchayishi bilan birga kechadi. Bemorlarda doimiy bo’lmagan bradikardiya, biroz gipotoniya, yurak tonlari bo’g’iqligi, sistolik shovqin eshitiladi. 13 -15% hollarda bronxit, raxeit, pnevmoniya rivojlanadi. Bemorlar yo’talganda, chuqur nafas olganda ko’krak qafasidagi og’riqqa shikoyat qiladilar. Yo’tal odatda quruq, gohida qon aralash balg’amli bo’lishi mumkin. Periferik limfa bezlari kattalashimagan. Gemogrammada leykopeniya, neytro va eozinopeniya, nisbiy limfotsitoz, monotsitoz, ECh. T biroz tezlashishi kuzatiladi. • Laborator tashxisoti: qon, balg’am, likvor suyuqligi, ona suti, siydikdan bakteriologik usul bilan qo’zg’atuvchini ajratib olish mumkin. • Biologik usulda dengiz cho’chqasi, oq sichqon va kalamushlarga yuqtirib 7 kundan so’ng ularning jigari, talog’i va boshqa a’zolarda R. burnetii ni to’planishi kuzatiladi. • Serologik reaksiyalardan KBR kasallikning 10 -12 chi kunlaridan boshlab diagnostik titrda (1: 8 1: 16) bo’ladi. Yana immunoflyuoressensiya, teri osti sinamalari mavjud.

Gripp (tumov) • Gripp (Influenza, grippus) – umumiy intoksikatsiya, nafas yo’llari zararlanishi bilan kechuvchi

Gripp (tumov) • Gripp (Influenza, grippus) – umumiy intoksikatsiya, nafas yo’llari zararlanishi bilan kechuvchi o’tkir respirator virusli kasallikdir. • Qo’zg’atuvchilari ortomiksoviruslar oilasiga mansub. 3 xil gripp virusi farqlanadi: A, V, S. Kattaliklari 80 -120 nm. Bitta ipli segmentlangan RNK tutadi. Virus tarkibida har xil antigenlar mavjud. S-antigen o’zida ribonuklein kislotasi va virus oqsilidan tashkil topgan ichki nuleokapsiddir. Virionning tashqi qobig’ida yuzaki Vantigen joylashgan. Uning tarkibiga glikoproteinlar gemagglyutinin va neyroaminidaza kiradi. Gemagglyutinin yoki neyroaminadazaning o’zgarishi A virusi ichida yangi virus variantlarini kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Yangi variantlar chaqirgan kasallik og’ir kechadi. Odam organizmidagi A virusning 3 xil tipdagi gemagglyutinini (N 1, N 2, N 3) va 2 xil tipdagi neyroaminidaza (N 1, N 2) ajratib olingan. 1957 yilgacha A (N 1, N 1), 1957 yildan boshlab A (N 2, N 2) ajratib olingan bo’lsa, 1968 yildan boshlab A (N 3, N 2) ajratib olindi.

 • Kasallik manbai kasal odam va atipik shaklidagi bemorlar hisoblanadi. Havo -tomchi yo’li

• Kasallik manbai kasal odam va atipik shaklidagi bemorlar hisoblanadi. Havo -tomchi yo’li orqali yuqadi. Hamma moyil. • • Kasallikning yashirin davri bir necha soatdan 2 kungacha. Kasallik o’tkir boshlanib, birinchi o’rinda intoksikatsiya simptomlari: bosh og’rig’i (ko’proq peshona va qosh atrofida), butun tanada qaqshash, ko’z soqqasi harakatida og’riq, yorug’likka qaray olmaslik, kuchli darmonsizlik, adinamiya, gohida qaltirash bilan boshlanadi. Tana harorati juda tez, kasallikning birinchi kunidayoq maksimal darajaga 39 -40°S ga ko’tariladi. Harorat qancha yuqori bo’lsa, odatda isitma davri shuncha qisqa bo’ladi. Grippga doimiy isitma xos. Asoratsiz kechgan hollarda isitma 1 -6 kun davom etadi. Tana harorati kritik yoki qisqa lizis bilan me’yorgacha tushadi. 10 -15% hollarda isitma ikki to’lqinli bo’lishi mumkin. Gripp A (N 1, N 1) ga isitma davri qisqa, juda o’tkir tez 39, 5 -41°S gacha ko’tarilishi xosdir. Gripp V da esa isitma davri uzoqroq bo’ladi. Grippda isitma bilan birga yuz, bo’yin terisi giperemiyasi, sklera va kon’yunktiva tomirlarining in’eksiyasi kuzatiladi. Yumshoq tanglay, yutqum orqa devori va ko’kimtir fonda burun shilliq pardalari ham giperemiyalashgan. Til oq karashli. Kasallikning birinchi soatlarida bemorda taxikardiya, AQB biroz ko’tarilgan bo’lib, keyinchalik bradikardiya, gipotoniya, yurak tonlarining bo’g’iqligi bilan almashadi. Kataral sindrom grippda faringit, rinit, laringit va traxeit ko’rinishida bo’ladi. Ko’proq traxeit xosdir. Bemorlarni tomoq qurishi, qichishish, ko’krakda og’riq, quruq kuchli yo’tal bezovta qiladi. Nafas olish tezlashadi, gohida xansirash bo’lishi mumkin. Auskultatsiyada o’pkada dag’al nafas eshitiladi. Agar isitma, intoksikatsiya, kataral sindromlar uzoqroq davom etsa bu gripp asoratidan dalolat beradi yoki tashxisingiz noto’g’ri bo’ladi. Asoratsiz kechgan gripp gemogrammasida leykopeniya yoki normotsitoz, neytropeniya, aneozinofiliya, nisbiy limfotsitoz, ECh. T me’yorda yoki biroz yuqori bo’ladi. Epidemiyalar orasida gripp engil va atipik shakllari uchraydi. Grippning atipik shakllariga afebril va akataral variantlari kiradi.

 • O’tkir respirator kasalliklarning 90% ni gripp tashkil etadi. • Laborator tashxisida virusologik

• O’tkir respirator kasalliklarning 90% ni gripp tashkil etadi. • Laborator tashxisida virusologik va serologik usullardan foydalaniladi.

Adenovirusli infeksiya • Adenovirusli infeksiya (Pharyngoconjuctival fever – PCP – inglizcha) – bu ko’proq

Adenovirusli infeksiya • Adenovirusli infeksiya (Pharyngoconjuctival fever – PCP – inglizcha) – bu ko’proq nafas a’zolari, ko’z va limfa tugunlarini zararlovchi o’tkir virusli kasallikdir. Hozirda adenoviruslarning 32 turi aniqlangan. Ko’proq 3 -, 4 -, 7 -, 14 - va 21 -turlar epidemiya beradi. 8 -turi epidemik keratokon’yunktivitni keltirib chiqaradi. Virus o’zida DNK tutadi. Kasallik manbai kasal odam. O’tish yo’li havo-tomchi. Alimentar yo’l bilan o’tishini inkor etib bo’lmaydi.

Klinikasi. • Kasallikning yashirin davri 4 -14 kun (o’rtacha 5 -7 kun). Adenovirusli infeksiyaning

Klinikasi. • Kasallikning yashirin davri 4 -14 kun (o’rtacha 5 -7 kun). Adenovirusli infeksiyaning quyidagi klinik shakllari farqlanadi: o’tkir respirator kasalliklar (rinofaringit, rinofaringittonzillit, laringotraxeobronxit), faringo-kon’yunktival isitma, kon’yunktivit va keratokon’yunktivit, adenovirusli pnevmoniya. Hamma klinik shakllari uchun kasallikning o’tkir boshlanishi, isitma va intoksikatsiya simptomlarining o’rtacha bo’lishi xosdir. Isitma 8 -14 kun davom etib doimiy tipda bo’ladi. Ayrim hollarda isitma egri chizig’i to’lqinsimon bo’lishi mumkin. • Adenovirusli o’tkir respirator kasallik og’iz-yutqumda noxush sezgi, ya’ni achishish, qurib qolishi va yutinganda bir oz og’riqlardan boshlanadi. Shu davrda ko’zdan kechirilganda tomoqning ravog’i, tilcha, yutqumning orqa devorlari giperemiyasi hamda follikulalar giperplpaziyasi ko’riladi. Ayrim hollarda oqimtir plyonkani ham ko’rish mumkin.

 • Boshqa o’tkir respirator kasalliklarga nisbatan adenovirusli infeksiyada murtak ko’proq zararlanadi. Lakunalalarda quyuqroq

• Boshqa o’tkir respirator kasalliklarga nisbatan adenovirusli infeksiyada murtak ko’proq zararlanadi. Lakunalalarda quyuqroq ekssudat to’planishi mumkin. Keyinchalik yallig’lanish jarayoni burun yutqum, xalqum, traxeya, bronxlarga o’tib boradi. Laringotraxeit rivojlanganda bemorlarni ko’proq bezovta qiladigan belgi bu qisqa muddatli (1 -2 kun), ko’pincha kechqurun uyquni bezovta qiladigan yo’taldir. • Adenovirusli infeksiyalarning klinik tashxisida davomli isitma, limfaadenopatiya, jigar, taloq kattalashuvi, goxida diareya sindromi, qisqa muddatli polimorf toshmalar ahamiyatlidir. Yosh bolalarda ko’proq faringokon’yunktival isitma uchraydi. Bunda subfebril isitma, bir tomonlama kataral kon’yunktivit, limfa tugunlari kattalashuvi kuzatiladi. Keyinchalik jarayonga ikkinchi ko’z ham qo’shiladi. Adenovirusli keratokon’yunktivit og’ir kechadi. Immun tizimida defekt bo’lgan bemorlarda adenoviruli pnevmoniya rivojlanib, davomli to’lqinsimon isitma kuzatiladi. • Tashxisi epidemiologik anamnez, klinik belgilarining (faringokon’yunktival isitma, kon’yunktivit, keratokon’yunktivit) dinamikada kechishi va laborator tekshiruvlarga (IFA, KBR, RTGA va virusologik) asoslanadi.

Infeksion mononukleoz (Filatov kasalligi, bezli isitma, monotsitar angina) • Mononucleosis infectiosa bu – isitma,

Infeksion mononukleoz (Filatov kasalligi, bezli isitma, monotsitar angina) • Mononucleosis infectiosa bu – isitma, tomoqning zararlanishi, jigar, taloq, limfa tugunlarining zararlanishi, hamda gemoggrammada o’ziga xos o’zgarishlar bilan kechuvchi o’tkir virusli kasallikdir. • Qo’zg’atuvchi V limfotrop ta’sirga ega bo’lgan Herpeviridae oilasiga mansub bo’lgan DNK tutuvchi Epshteyn Barr virusi hisoblanadi. • Kasallik manbai kasal odam va virus tashuvchi. Kontagiozlik indeksi juda past.

 • Klinikasi. Yashirin davri 4 -15 kundan 45 kungacha davom etishi mumkin. Kasallik

• Klinikasi. Yashirin davri 4 -15 kundan 45 kungacha davom etishi mumkin. Kasallik isitma, bosh og’rig’i, darmonsizlik, terlash va tomoqda og’riq bilan o’tkir boshlanadi. Kasallikning 2 -4 kunlariyoq isitma va boshqa umumiy intoksikatsiya belgilari maksimal darajaga chiqadi. Mialgiya va artralgiyalar qo’shiladi. Infeksion mononukleozning kardinal belgilari: isitma, limfa tugunlarining giperplaziyasi, tomoqning zararlanishi, jigar taloqning kattalashuvi. Isitma 1 -3 haftadan 1 oygacha davom etib 38 -40°S gacha ko’tariladi va notartib yoki remittirlovchi tipda bo’ladi. • Limfoadenopatiya qariyib hamma bemorlarda uchraydi. Pastki jag’ burchagi ostki, quloq orqasi, so’rg’ichsimon o’simta oldi, bo’yin va ensa limfa tugunlari erta va ko’proq kattalashadi. Qo’ltiq osti, chov, tirsak, mediastenal va mezenterial limfa bezlari kamroq zararlanadilar. Bezlarning me’yorga kelishi kasallikning 15 -20 chi kunlariga to’g’ri keladi. Kasallikning birinchi kunlaridanoq murtak bezlarining zararlanishi kuzatiladi. Anginalar kataral, follikulyar, lakunar, yarali nekrotik, fibrinoz plyonkali bo’lishi mumkin. Jigar va taloq zararlanishi ham ko’p o’chraydi. 25%gacha dog’li papulyoz, gemorragik, rozeolez, issiqlik tipidagi toshmalar toshadi.

 • Gemogrammada leykotsitoz. Kasallikning 6 -7 -kunlaridan bitta yadroli elementlar (limfotsit, monotsit, atipik

• Gemogrammada leykotsitoz. Kasallikning 6 -7 -kunlaridan bitta yadroli elementlar (limfotsit, monotsit, atipik mononuklearlar) 80 -90%ga etadi. Kasallikning birinchi kunidan boshlab tayoqcha yadroli siljishi bilan neytrofilez, avjiga chiqqan davrida neytropeniya kuzatiladi. Limfotsit va monotsitlarning miqdori ortadi. Monotsitlar o’ziga xos ko’rinishini o’zgartirib atipik ko’rinishga ega bo’ladi. O’lchami kattalashadi, yadrosi labsimon ko’rinishda, sitoplazmasi bazofil bo’ladi. Atipik hujayralar kasallikning 2 chi kunidan to 1 oygacha saqlanib qolishi mumkin. • Tashxisi. Kasallikning klinik belgilari va laborator tekshiruvga asosan qo’yiladi. Serologik tekshiruv geterogemagglyutinatsiya usuliga asoslangan. Ko’pincha Paul Bunnel reaksiyasi qo’llaniladi. Diagnostik titri 1: 32.

Qizamiq • Qizamiq – bu umumiy intoksikatsiya, nafas yo’llari katari, kon’yunktivit, makulo-papulyoz toshmalar bilan

Qizamiq • Qizamiq – bu umumiy intoksikatsiya, nafas yo’llari katari, kon’yunktivit, makulo-papulyoz toshmalar bilan kechuvchi, yuqori kontagioz kasallik hisoblanadi. • Qo’zg’atuvchisi paramiksoviruslar oilasiga mansub, o’zida RNK tutuvchi virusdir. • Kasallik manbai kasal odam. Bemor kasallik yashirin davrining oxirgi kunlaridan toshma davrining 4 -kunigacha zararli hisoblanadi. Ko’proq maktab yoshigacha va kichik maktab yoshidagilar kasallanadilar. Oxirgi yillarda kattalarda ham qizamiq uchrab, ularda og’ir kechmoqda. Kontagiozlik indeksi – 0, 95. • Kasallikning yashirin davri 7 -17 kun, seroprofilaktika olganlarda 21 kungacha cho’ziladi. Kataral (prodromal) davri 2 -7 kungacha, toshma toshish davri 3 -4 kun. Pigmentatsiya yoki rekonvalessensiya davri 2 -3 hafta. • Kataral davriga xos bo’lgan belgilar: kon’yunktivit, yo’tal, tana haroratining 38°S gacha ko’tarilishi, og’iz, tomoq shilliq pardalari giperemiyasi, blefarit, kon’yunktivat, seroz-shilliqli ajratma bilan rinit, Belskiy-Filatov-Koplik belgisi, yumshoq tanglayda enantemalar. Ayrim hollarda erta krup belgilari.

 • Toshma toshish davrida umumiy intoksikatsiya belgilari kuchayadi. Isitma yana ko’tarilib egri chiziqning

• Toshma toshish davrida umumiy intoksikatsiya belgilari kuchayadi. Isitma yana ko’tarilib egri chiziqning ikkinchi to’lqinini hosil qiladi 390 380 370 360

Gemorragik isitmalar Buyrak sindromi bilan kechuvchi gemorragik isitma (BSGI) • Qo’zg’atuvchisi bunya viruslar oilasi

Gemorragik isitmalar Buyrak sindromi bilan kechuvchi gemorragik isitma (BSGI) • Qo’zg’atuvchisi bunya viruslar oilasi Hantavirus turkumiga kiruvchi, genomida RNK tutuvchi virus hisoblanadi. Ko’p serovarlari mavjud. Ulardan 4 tasi (Hantaan, Puumala, Seoul va Belgrada) odamda kasallik chaqiradi. • Zoonoz tabiiy o’choqli kasallik. Kasallik manbai kemiruvchilar hisoblanadi. Havo-chang, alimentar va kontakt yo’l bilan yuqadi. Ko’proq 15 -50 yoshdagi erkaklar kasallanadilar. Odamdan odamga yuqmaydi. May-dekabr oylarida ko’p o’chraydi.

 • Klinikasi. Yashirin davri 7 -50 kun (o’rtacha 2 -3 hafta). Klinikasi 4

• Klinikasi. Yashirin davri 7 -50 kun (o’rtacha 2 -3 hafta). Klinikasi 4 ta davrga bo’lib o’rganiladi. • Isitma davri. Kasallik to’satdan tana haroratining 39 -40°S gacha ko’tarilishidan boshlanadi. Isitma ko’pincha remittirlovchi xarakterga ega bo’ladi. Bir necha kun yuqori isitma saqlanib turadi. So’ng qisqa lizis yoki kritik me’yorgacha tushadi. Isitma o’rtacha 5 -6 kun davom etadi. Bir necha kundan so’ng tana harorati subfebrilgacha ko’tarilishi mumkin (ikki o’rkachli). Shu davrda bemorda istirobli bosh og’rig’i, mushaklarda og’riq, chanqash, goxida ko’z xiralashuvi kuzatiladi. • Kasallikning birinchi kunidanoq yuzi, bo’yni, ko’krak qafasining yuqori qismi terilari va shilliq pardalari giperemiyalangan bo’ladi. 23 kunlaridan yumshoq tanglayda gemorragik enantemalar, 3 -4 chi kundan boshlab esa qo’ltiq osti va o’mrov osti terisida petixial toshmalar toshadi (yuzda kam). Toshmalar bir chiziq bo’ylab ham toshishi mumkin (xivchin bilan urilgandek). Bulardan tashqari teri ostiga, skleraga, in’eksiyalar qilingan joylarga qon quyilishlar kuzatiladi. Burun, bachadon va oshqozondan qon ketadi. Engil kechgan hollarda gemorragik sindromlar bo’lmasligi mumkin. Lekin “jgut” va “chimchilash” belgilari ijobiy bo’ladi. Ayrim hollarda qorinda kuchli og’riq kuzatiladi.

 • Siydik miqdori sutkasiga 300 -500 mlgacha kamayib ketadi. Belda og’riq paydo bo’ladi.

• Siydik miqdori sutkasiga 300 -500 mlgacha kamayib ketadi. Belda og’riq paydo bo’ladi. Kasallikning 6 -7 -kunlari isitma litik yoki kam hollarda kritik tushadi, lekin bemorning ahvoli og’irlashib boradi. Bo’yrak zararlanish belgilari yaqqol namoyon bo’ladi. Beldagi og’riq kuchayadi. Siydik go’sht yuvindisidek qizg’imtir rangga kiradi. Oliguriya va anuriya rivijlanadi, ya’ni kasallik ikkinchi davr – oliguriya davriga o’tadi. • Oliguriya davri. Kasallikning 3 -4 -kunlaridan boshlab isitma bilan birga buyrak etishmovchiligi sindromi progressiv ravishda rivojlanadi. Azotemiya hisobiga ko’ngil aynishi, qusish, bosh og’rig’i kuzatiladi. Shu bilan birga gemorragik sindromlar ham kuchayib boradi. • Poliuriya davri kasallikning taxminan 3 -haftasidan boshlanib isitma va buyrak etishmovchiligi sindromi pasayib boradi. Lekin darmonsizlik, chanqash, xansirash, yurak o’ynab ketishi, beldagi og’riq biroz saqlanib qoladi. Bu davrda sutkasiga 5 -8 l va undan ko’p siydik ajratadi. Asta-sekin beldagi og’riq, qusish yo’qoladi. • Kasallikning to’rtinchi haftasidan boshlab rekonvalessensiya davri boshlanadi. Bu davrda asteno-vegetativ belgilar kuzatilib 1 yilgacha davom etishi mumkin. • Tashxisida o’ziga xos isitma sindromining, bo’yrakning zararlanishi, gemorragik sindromlar, hamda epidemiologik anamnezning ahamiyati katta. • Gemogrammada kasallikning boshlang’ich davrida leykopeniya keyinchalik giperleykotsitoz, trombotsitopeniya, ECh. Tning ortishi, plazmatik hujayralar miqdorining ko’payishi kuzatiladi. • Siydikda proteinuriya, gipoizostenuriya xosdir. • Serologik usullardan – MFA, RIA, IFM qo’llaniladi.

O’zbekiston gemorragik isitmasi • • Qo’zg’atuvchisi Nairovirus turkumi Bunyaviridae oilasiga mansub (Krim. Kongo GI

O’zbekiston gemorragik isitmasi • • Qo’zg’atuvchisi Nairovirus turkumi Bunyaviridae oilasiga mansub (Krim. Kongo GI qo’zg’atuvchisi bilan bir xil). Katta shohli hayvonlar, otlar, hamda kanalar (H. anatolicum) virusning rezervuari hisoblanadi. • Transmissiv, aerogen, (laborator sharoitda) bemor qoni bilan muloqotda bo’lganda sog’lom odamga yuqishi mumkin. • Kasallikning yashirin davri 3 -4 kun. Boshlang’ich davri juda o’tkir boshlanadi. To’satdan kuchli qaltirash, tana haroratining 39 -40°S va yuqori ko’tarilishi kuzatiladi. Bemorlar kuchli bosh og’rig’i, damonsizlik, badan, qo’l-oyoqlarda va belda qaqshab og’rishiga shikoyat qiladilar. Kam hollarda dispeptik va diareya sindromlari qo’shilishi mumkin. Isitma va yuqoridagi belgilar 1 -4 kungacha davom etadi. Bemor yuzi kerkkan, qizargan. Tana terisi rangpar, sarg’imtir bo’ladi. Kasallikning 4 -5 -kunlari isitma biroz qisqa muddatga tushib kasallikning gemorragik belgilar davri boshlanadi. Isitma bileptik xarakterga ega bo’ladi, ya’ni gemorragik belgilar davrining boshlanishidan isitma yana yuqori ko’tarilishi mumkin.

 • Gemorragik toshmalar tana terisiga toshib razmerlari petexiyadan diametri 3 -4 sm kattaligigacha

• Gemorragik toshmalar tana terisiga toshib razmerlari petexiyadan diametri 3 -4 sm kattaligigacha bo’ladi. Toshma teri yuzasidan ko’tarilmagan, yumaloq yoki notekis shaklda bo’ladi. Miqdori kam (10 dona atrofida). In’eksiya qilingan joylarda katta qon quyilishlar kuzatiladi. Shilliq pardalarda enantemalar ham bo’lishi mumkin. Gemorragik toshmalar kasallikning 9 -kunidan so’nib boradi. Toshma bilan bir vaqtda boshqa gemorragik simptomlar qo’shiladi. Masalan: qon qusish, burundan, ichakdan, bachadondan, milklardan qon ketishlar. Og’ir kechgan hollarda meningial belgilar ham ijobiy bo’ladi. Pasternatskiy belgisi musbat, siydikda oqsil leykotsitlar, eritrotsitlar, gialin silindrlari topiladi. Gemogrammada eritropeniya, gipoxromiya, leykopeniya, limfotsitoz, aneozinofiliya kuzatiladi. • Tipik kechgan hollarda tashxis qo’yish uncha qiyin emas. Kana chaqqanligi, kasallik o’tkir boshlangani, qaltirash, isitma, gemorragik sindromlar tashxis qo’yishda yordam beradi. • Serologik reaksiyalardan KBR, RTNGA qo’llaniladi.

Suv chechak (varicella) • Cuv chechak – qo’zg’atuvchisi havo-tomchi yo’li orqali yuquvchi, umumiy intoksikatsiya,

Suv chechak (varicella) • Cuv chechak – qo’zg’atuvchisi havo-tomchi yo’li orqali yuquvchi, umumiy intoksikatsiya, teri va shilliq pardalarda vezikulyoz toshmalar toshishi bilan kechuvchi virusli kasallikdir. • Qo’zg’atuvchisi DNK tutuvchi virus – Aragao tanachasi. • Kasallik manbai kasal odam. Kasal oxirgi toshma paydo bo’lgandan boshlab 6 kungacha manba hisoblanadi.

 • • • Klinikasi. Yashirin davri 11 -21 kun. Prodromal davri ko’pincha bo’lmaydi,

• • • Klinikasi. Yashirin davri 11 -21 kun. Prodromal davri ko’pincha bo’lmaydi, bo’lsa ham klinik belgilari sust bo’ladi. Subfebril isitma, biroz darmonsizlik (1 -2 kun). Toshmalar isitma ko’tarilishi bilan bir vaqtda paydo bo’ladi. Ayrim hollarda birlamchi toshma normal tana haroratida ham paydo bo’lishi mumkin. Toshmalar tartibsiz toshadi. Toshmalar yuz, boshning soch kismida, tana, ko’l-oyoqlarda toshadi. Odatda kaft, tovonlarda toshma kuzatilmaydi. Lekin toshma tanaga juda ko’p toshganda kaft va tovonda 1 -2 ta elementlar bo’lishi mimkin. Avvaliga dog’, papula va bir necha soatdan so’ng vezikulaga aylanadi. Ayrim papulalar vezikulaga aylanmasligi mumkin. Vezikula har xil kattalikda bo’lib, atrofi giperemiyalangan. Vezikula 1 -2 kun ichida qurib qaloqqa aylanadi. Qaloqdan so’ng chandiq qolmaydi. Toshmalar shilliq pardalarga ham toshishi mumkin. Toshma polimorf. Isitma toshish vaqtiga mos keladi va 38°S gacha ko’tariladi. Og’ir kechgan hollarda isitma 39 -40°S gacha etadi. Har safar yangi toshma toshishi isitmaning yangidan ko’tarilishi bilan boshlanadi. Shu sababdan isitma notartib tipida bo’lib, dinamikada yangi toshma toshganligidan dalolat beradi. Isitma ko’tarilganda bemor bolaning ahvoli yomonlashadi: uyqusi buziladi, ishtaha pasayadi, qaysar, ta’sirchan, qo’zg’aluvchan bo’lib qoladi. Kasallikning 3 -5 -kunlari toshmalar qurib qaloqlar paydo bo’la boshlaganda isitma pasaya boradi. Bolaning ahvoli yaxshilanadi. Ayrim hollarda toshma davri uzoqroq davom etsa isitmani 6 -8 kungacha kuzatish mumkin. Gemogrammada leykopeniya, neytropeniya, nisbiy limfotsitoz.

Maymun chechagi • • Umumiy intoksikatsiya sindromi, teri va shilliq pardalarda vezikulyozpustulyoz toshmalar bilan

Maymun chechagi • • Umumiy intoksikatsiya sindromi, teri va shilliq pardalarda vezikulyozpustulyoz toshmalar bilan kechuvchi o’tkir zoonoz yuqumli kasallik hisoblanadi. • Kasallik qo’zg’atuvchisi Poxviridae oilasi Ortopoxvirus turkumiga mansub virus hisoblanadi. Morfologiyasi, antigenlik va kultural xususiyatlari chinchechak virusinikiga yaqin. • Yashirin davri 7 -9 kun. Klinikasida o’ta engil (stertaya), engil, og’ir va o’ta og’ir shakllari farqlanadi. Kasallik qaltirash va isitmaning tez 39 -40°S gacha ko’tarilishi bilan o’tkir boshlanadi. Ishtaha pasayishi, astenizatsiya, mialgiya va artralgiyalar kuzatiladi. Kasallikning 3 -4 -kunidan isitmaning remissiya davrida teri va shilliq qavatlarda toshmalar toshadi. Avval yuz, qo’lda, so’ng tanaga. Toshma bosqichlari – makuladan vezikula, pustula, qaloq va chandiqqacha. Toshma markazdan boshlanib periferiyaga tarqaladi (sentrobejnaya lokalizatsiya), monomorf.

 • Shilliq qavatlarda toshma tez matseratsiyaga uchrab og’riqli yaraga aylanadi. Kasallikning 7 -8

• Shilliq qavatlarda toshma tez matseratsiyaga uchrab og’riqli yaraga aylanadi. Kasallikning 7 -8 -kuni pustula paydo bo’lib yana tana harorati yuqori darajagacha ko’tariladi (ikkinchi to’lqin). Kasallikning 9 -10 kunlaridan qaloq paydo bo’ladi va isitma asta tushib boradi. • Tashxisi epidemiologik anamnez, klinik belgilari va laborator tekshiruvlarga asoslanadi. • Elektron mikroskopiyada toshmadan olingan suyuqlikdan virusni aniqlash. Tovuq embrioniga ekib virusologik va serologik reaksiya (RNGA, RTGA, MFA) usullar qo’llanadi.

Bezgak • • • Bezgak – bu xurujli isitma, anemiya, jigar va taloqning kattalashuvi

Bezgak • • • Bezgak – bu xurujli isitma, anemiya, jigar va taloqning kattalashuvi bilan kechuvchi protozoy antroponoz kasallikdir. Qo’zg’atuvchisi Protozoa tipi, Sporozoa avlodi, Plazmodiidae sinfi Plasmodium turkumiga mansub. 4 xil qo’zg’atuvchi odamda kasallik chaqiradi. 1. Plasmodium vivax – 3 kunlik bezgak. 2. Plasmodium malariae – 4 kunlik bezgak. 3. Plasmodium falciparum – tropik bezgak. 4. P. ovale – 3 kunlik tipidagi bezgak. Plasmodium vivax ning shimoliy (Plasmodium hibernans) yashirin davri uzoq va janubiy (Plasmodium vivax) yashirin davri qisqa bo’lgan variantlari mavjud. Bezgaklarning antroponoz shaklida kasallik manbai bo’lib qonida plazmodiylarning shizont va gametotsitlarini tutuvchi odam va parazit tashuvchilar hisoblanadi. O’tish yuli transmissiv (Anopheles chivini orqali), parenteral (qon quyilganda), kam hollarda platsenta orqali (tug’ma).

Klinikasi. • • Odamda bezgakning 3 xil klinik shakli kuzatiladi: 1) malaria tertiana –

Klinikasi. • • Odamda bezgakning 3 xil klinik shakli kuzatiladi: 1) malaria tertiana – 3 kunlik. 2) malaria quartana – to’rt kunlik. 3) malaria tropica – tropik. Bezgak kasalligining asosiy klinik belgilari xurujli isitma, anemiya, gepatosplenomegaliya hisoblanadi. Isitma xuruji qaltirash, qizib ketish, terlash bosqichlaridan iborat bo’ladi. Kasallik engil, o’rta og’ir va og’ir shaklida kechishi mumkin. Plasmodium vivax janubiy turining yashirin davri 10 -20 kungacha davom etsa, shimoliy turida 6 -14 oy, to’rt kunlik bezgakda 25 -45 kun davom etadi. Tropik bezgakda yashirin davri 8 -16 kun, ovale bezgagida esa 7 -20 kun davom etadi. Yashirin davrdan so’ng ko’pincha prodromal davr belgilari kuzatiladi: darmonsizlik, bosh og’rig’i, belda, mushaklarda og’riq, og’iz qurishi, jigar va taloq sohasida og’riq xissi. Prodromal davri 2 -3 kun davom etishi mumkin. Ayrim hollarda esa bir necha soatdan so’ng bezgak xuruji boshlanadi. Odatda kasallik o’tkir boshlanib xos bo’lgan bezgak xurujidan oldin 2 -3 kun isitma 38 -39°S gacha ko’tariladi. Isitma notartib tipida bo’ladi. Bezgakning keyingi xurujlarida kasallikka xos bo’lgan klinik belgilar namoyon bo’ladi va xurujlar ma’lum aniq bir vaqtda (11 bilan 15 soat) oralig’ida kuzatiladi.

 • Bezgak xuruji qo’yidagi bosqichlari bilan boshlanadi: “qaltirash” (1 -3 soat), “qizib ketish”

• Bezgak xuruji qo’yidagi bosqichlari bilan boshlanadi: “qaltirash” (1 -3 soat), “qizib ketish” (6 -8 soat) va”terlash”. Umuman olganda bezgak xuruji 1 -2 soatdan 12 -14 soatgacha davom etadi. Tropik bezgakda esa 36 soatgacha davom etishi mumkin. • Kasallik o’rta og’ir va og’ir kechgan hollarda umumiy intoksikatsiya belgilari kuzatiladi. “Qaltirash” bosqichida bemorda kuchli darmonsizlik, bosh og’rig’i, katta bo’g’imlarda va belda qaqshab og’rish, nafas olishning tezlashuvi, bir necha bor qusish. Bemor kuchli qaltirash va sovuq qotishni sezadi. Yuz terisi oqarib ketadi. Tana harorati tez raketasimon ko’tarilib 3840°S gacha etadi. So’ng qizib ketish bosqichi boshlanadi. Bunda bemorning yuzi qizargan, sklera toshmalari in’eksiyasi kuzatiladi. Paypaslanganda bemor tanasi issiq, qo’l oyoqlari sovuq. Bemorlar bosh og’rishiga, chanqash, ko’ngil aynishga shikoyat qiladilar. Taxikardiya, AQB tushib ketadi. O’pkada bronxit rivojlanganligini ko’rsatuvchi belgi – quruq xirillash kuzatiladi. • Tropik bezgakda qariyib hamma bemorlarda qorin biroz damlangan, og’iz qurigan, gohida ichi suyuq bo’ladi va urtikar toshmalar toshadi. • Terlash bosqichida bemorda kuchli terlash kuzatilib tana harorati kritik me’yorgacha tushadi. Umumiy intoksikatsiya belgilari kamayadi. Kurashish qobiliyati sust bo’lgan bemorlar uyquga ketadilar.

 • Xurujlar orasidagi interval uch kunlik bezgaklarda 48 soat, to’rt kunlik bezgaklarda 72

• Xurujlar orasidagi interval uch kunlik bezgaklarda 48 soat, to’rt kunlik bezgaklarda 72 soatga cho’ziladi. Jigar va taloq kasallikning birinchi haftasidayoq kattalashadi. Anemiya belgilari asta rivojlana boradi. Birinchi va ikkinchi isitma xurujidan so’ng ko’z sklerasi va terida sariqlik paydo bo’la boradi. Davo choralari ko’rilmagan bemorlarda isitma xurujlari 4 -5 haftagacha davom etishi mumkin. Boshlang’ich isitma xuruji tugagandan (6 -8 hafta) so’ng erta residiv kuzatilishi mumkin. Bunda isitma xurujlar tartibli almashib turadi. Prodromal davr belgilari kuzatilmaydi. Apireksiya davrida bemorlar ish qobiliyatini yo’qotmaydi. Lekin paroksizm (xuruj) soni qancha ko’p bo’lsa bemorlarda darmonsizlik, bosh og’rig’i, mialgiya, artralgiyalar apireksiyada ham kuzatiladi. Yuzi kerkkan, terisi rangpar, ko’kimtir tus oladi. • Tropik bezgak ko’pincha og’ir kechib koma, o’tkir bo’yrak etishmovchiliigi, gemorragik sindromlar bilan kechishi mumkin. • Gemogrammada kasallikning birinchi kunidayoq leykopeniya, neytrofilli chapga siljishi bilan, keyinchalik eritropeniya, gemoglobin tushib ketishi, nisbiy limfotsitoz, trombotsitopeniya, ECh. T ortadi, retikulotsitoz, anizopoykolitsitozlar kuzatiladi.

 • Tashxisi. Bezgak tashxisoti epidemiologik va klinik manzarasiga, dinamikada klinik o’zgarishlariga; umumiy ko’ruvda

• Tashxisi. Bezgak tashxisoti epidemiologik va klinik manzarasiga, dinamikada klinik o’zgarishlariga; umumiy ko’ruvda olingan ma’lumotlarga asoslanib qo’yiladi. Ayrim murakkab holatlarda tana haroratini har 2 soatda o’lchab turishga to’g’ri keladi. Tashxis laborator usullar bilan tasdiqlanadi. Hatto bemorda tipik klinik manzara bo’lganda ham bezgak tashxisini tasdiqlash maqsadida gemoparazitni aniqlash uchun qon (yo’g’on tomchi va surma) olinishi shart.

Sepsis • • Davomli isitma sepsisning asosiy klinik belgilaridan hisoblanadi. Qo’zg’atuvchilari – streptokokk, stafilakokk,

Sepsis • • Davomli isitma sepsisning asosiy klinik belgilaridan hisoblanadi. Qo’zg’atuvchilari – streptokokk, stafilakokk, ichak tayoqchalari, proteyalar va h. k. bo’lishi mumkin. Bakteriemiya – bu infeksiyalar va travmalar sababli bakteriyalarning qonda bo’lishidir. Bakteriemiyada qo’zg’atuvchilar qonda ko’paymaydi. Ayrim hollarda bakteriemiya simptomsiz kechishi mumkin. Sepsis birlamchi o’choq mavjudligi bilan xarakterlanadi. Bu birlamchi o’choq har doim ham aniqlanavermaydi. Bakteriyalar fagotsitar hujayralarda ko’payadi va ikkilamchi yiringli metastatik o’choqlarni (septikopiemiya) keltirib chiqarishi mumkin. Ayrim hollarda asosiy septik o’choq endokardda, klapanlarda, katta qon tomir endoteliyalarida bo’lishi mumkin. Sepsisdan o’lim juda yuqori. Shu sababdan – UASh sepsisga taxmin qilganda bemorni shoshilinch holda kasalxonaga yuborishi shart. Sepsis septik karaxtlik, har xil a’zolarga metastaz, abssesslar berishi mumkin. Masalan: jigar, o’pka, bosh miyaga. Yiringli o’choqdan qo’zg’atuvchi qonga o’tsa ikkilamchi sepsis deb yuritiladi. Birlamchi yoki kriptogen sepsisda qo’zg’atuvchining kirish darvozasi aniq bo’lmaydi. Kirish darvozasiga qarab teri sepsisi, akusher-ginekologik, urosepsis, otogen, oral, xirurgik, kriptogen sepsislar farqlanadi. Sepsisda isitma gektik, kam hollarda doimiy, remittirlovchi yoki to’lqinsimon tipda bo’ladi. Laborator tashxisoti – qonni sterillikka ekish.

Dori preparatlari keltirib chiqargan isitma • Dori-darmonli isitma dori preparatlarining salbiy ta’sirlaridan biri hisoblanib,

Dori preparatlari keltirib chiqargan isitma • Dori-darmonli isitma dori preparatlarining salbiy ta’sirlaridan biri hisoblanib, 3 -5% hollarda kuzatilishi mumkin. • Ko’pincha amfoterritsin, antigistaminlar, barbituratlar, dopegit, penitsillin, novokainamid, xinidin, salitsilatlar, sulfanilamidlar, azotioprin, izoniazid, yodidlar, nitrofuranlar, PASK, rifampitsin, streptokinaza, streptomitsinlar isitmani keltirib chiqaradilar.

Dori-darmonli isitmalarning bir necha turlari farqlanadi. • 1. Dori preparatlarni organizmga yuborayotgan yoki yuborib

Dori-darmonli isitmalarning bir necha turlari farqlanadi. • 1. Dori preparatlarni organizmga yuborayotgan yoki yuborib bo’lishi bilan kuzatiladigan isitma (preparatlarning pirogen ta’siri). • 2. Dori preparatlarning farmakologik ta’siridan kuzatiladigan isitma. Masalan, bakteriotsid ta’sir qiluvchi antibiotiklar yuborilganda ko’p miqdorda mikroorganizmlarni o’ldiradi va pirogen moddalarni ajratadi. O’sma kasalliklarida ximioterapiya o’tkazilsa endogen pirogenlar ajratiladi. • 3. Termoregulyatsiya jarayonining biron bir bosqichiga ta’sirdan paydo bo’ladigan isitma. Masalan, amfetamin, kokainlar termoregulyatsiyaning periferik bosqichiga ta’sir etadi. Qalqonsimon bez gormoni issiqlik ishlab chiqarishiga ta’sir etadi. • 4. Nasliy fermentativ defekt hisobiga ham isitma ko’tariladi. Masalan, ayrim preparatlar glyukoza-6 -fosfat degidrogenaza fermenti etishmovchiligi kasalligining manifestatsiyasiga sababchi bo’ladi va isitma ko’tariladi. • 5. Dori preparatlariga sezuvchanlikning juda yuqori bo’lishi hisobiga isitma ko’tariladi.

Sun’iy chaqiriluvchi isitma • Isitmaning odam organizmiga ijobiy ta’sir etishi piroterapiya o’tkazishga asos bo’lib

Sun’iy chaqiriluvchi isitma • Isitmaning odam organizmiga ijobiy ta’sir etishi piroterapiya o’tkazishga asos bo’lib xizmat qiladi. Ya’ni davolashning zamonaviy usullariga qo’shimcha tarzda tozalangan bakterial pirogenlarni organizmga yuborib davolash (pirogenal, piromena, pireksal) usullaridan foydalanish. • Piroterapiyani antibiotiklarga rezistent, cho’ziluvchan, residiv beruvchi va surunkali bakterial infeksiyalarda, zahm kasalligining erta shakllarida, neyrozahmda, sust kechuvchi gonoreyada, psoriaz, ekzema, streptodermiya, saramas, jinsiy a’zolarning surunkali kasalliklarida, qora oqsoqda, jigar sirrozida, sust kechuvchi sil kasalligida, bronxial astmaning infeksion-allergik shaklida qo’llash mumkin. • Piroterapiyani yurak qon tomir etishmovchiligi, gipertonik kasallikning II-III bosqichida, yurakning surunkali ishemik kasalligida, qandli diabet dekompensatsiyasida, tireotoksikoz, homiladorlikda qo’llash mumkin emas. •