Mavzu Ota xavfli infekstiyalar sibir yarasi va olat
Mavzu: O‘ta xavfli infekstiyalar: sibir yarasi va o’lat qo’zg‘atuvchilarining xarakteristikasi va laboratoriya tashxisi. - sibir yarasi va o’lat kasalliklarini bolalarda kechishi va ularni laboratoriya diagnostikasi TMI -Leptospirozlar morfologiyasi, strukturasi, tarqalganligi keltirib chiqaruvchi kasalliklari laboratoriya diagnostikasi
Mashg‘ulot o‘tkazish joyi, jixozlanishi • Mikrobiologiya kafedrasi auditoriyalari va laboratoriyasi. • Amaliy mashg‘ulot o’tkazish uchun: bakteriyalarni bo’yashda ishlatiladigan bo’yoqlar to’plami, turli xil oziq muhitlar. • Mikroskoplar, pipetkalar, probirkalar, spirt lampalari, buyum oynachalari, bakterial qovuzloq, shtativlar. • Oziq muhitlarda o’stirilgan antrakoid va sporali bakteriya kulturalari. • Askoli halqatermoprestipitastiya reakstiyasi ingredientlari. • Yangi axborot texnologiyalari vositalari, ko’rgazmali qurollar, slaydlar, videofilmlar.
Mashg‘ulоtning davоmiyligi • 180 minut (4 soat akadem soatlarda)
Mashg‘ulоtning maqsadi • O‘ta xavfli infekstiyalarga qanday kasalliklar qo’zg‘atuvchilari kirishini, ularning tuzilishi va odam organizmida keltirib chikargan kasalliklarini, laboratoriya diagnostika usullari bilan tanishtirish. Bu infekstiyalarning o’ta xavfli infekstiya guruhiga kirish sababini bilish. Bu infekstiyalarning odam organizmiga yuqish yullari va patogenezi bilan tanishish.
Pеdagоgik vazifalar • Tabiatdagi mikroorganizmlar turlarini, ularning ichidan makroorganizm uchun patogenlarini bilishni; • O‘ta xavfli patogenlik qiluvchi mikroorganizmlarni bir-biridan farqlay olish, barcha xususiyatlari bo’yicha ajrata olishni; • Bemorga to’g‘ri tashhis qo’yishni; • O‘ta xavfli kasalliklarini keltirib chiqaruvchi mikroorganizmlarni mikroskopda ko’rib, shaklini baholay olishni; • Oziq muhitlarga ekib, ularni bir- biridan farqli xususiyatlarini aniqlay olishni; • Yuqoridagi mikroorganizmlarni ajratib olish uchun qanday muhitlarni qo’llashni bilishlari, sof kultura ajratishni, identifikastiya qilishni; • O‘ta xavfli infekstiyalarning laboratoriya diagnostikasini; • Yuqorida sanab o’tilganlarni talabalarga tushuntirish.
O‘qumashg‘ulоti natijalari • • • Talaba bilishi lozim: Tekshirilayotgan materialda o’lat va kuydirgi qo’zg‘atuvchisini aniqlashni; Preparatda morfologiyasi o’xshash bo’lgan boshqa infekstiyalardan farqlashni; Oziq muhitlarga ekish orqali qo’zg‘atuvchiga xos xususiyatlarini o’rganishni; O‘lat va kuydirgi qo’zg‘atuvchisini ajratib olish uchun qanday muhitlarni qo’llashni bilish, sof kultura ajratishni o’rganish, idetifikastiya qilishni; Ushbu mikroorganizimlarni xalqaro mikrobiologik terminologiya bo’yicha nomlanishini yoritishni; Ularning tibbiyotdagi ahamiyatini ko’rsatib bera olishni; O‘ta xavfli infekstiyalar bilan ishlovchi bakteriologik va virusologik laboratoriyalarda ishlash qoidalarini; O‘lat va kuydirgi kasalligi qo’zg‘atuvchilarining laboratoriya diagnostikasini; Yuqorida sanab o’tilganlarni talabalarga tushuntirish.
O‘qumashg‘ulоti natijalari • Talaba qila olishi kerak: • Antrakoid va sporali bakteriyalar kulturalaridan surtma tayyorlab, bo’yab, mikroskopda ko’rishni; • Askoli halqatermoprestipitastiya reakstiyasini qo’yishni va uning natijasini baholashni; • O‘ta xavfli infekstiyalar bilan ishlovchi bakteriologik laboratoriyada ishlatiladigan asbob-anjomlardan foydalanishni;
- Slides: 7