Shish sindromi Turli etiologiyali shishbilan kechuvchi kasalliklar differenisal
Shish sindromi. Turli etiologiyali shishbilan kechuvchi kasalliklar differenisal diagnostika (mahalliy allergik, tomirli, yallig’langan; umumiy – qon aylanishi yetishmovchiligi, buyrak, endokrin, ochlik). UASH taktikasi. Davolash prinsiplari, dispanser nazorati, QVP yoki OP sharoitida konrollash va reabilitatsiyasi. Profilaktika prinsiplari mavzusini berish tamoyillari
O’QUV MASHG’ULOTI MAQSADI UASH ni turli xil kasalliklar bilan bog’liq bo’lgan asosan mahalliy shish sindromini o’z vaqtida tashhislash masalalariga hamda bemorkarni sog’liqni saqlashning birlamchi bo’g’ini sharoitida “Umumiy amaliyot vrachi kvalifikatsion tavsifnimasiga” muvofiq olib borish tamoyillariga o’rgatish.
O’qitishning vazifalari: v Shish sindromin tashhislash masalalarini ko’rib chiqish; v Shish sindromi bo’lgan bemorlarni talabalarga ko’rsatish. v Shish sindromida klinik, laborator – asbobiy tekshirishlarda boladigan o’zgarishlarni muhokama qilish. v Shish sindromini qiyosiy tashhislash. v Davolash tamoyillari muhokamasi. (dorilarsiz va dorilar yordamida) v QVP yoki OP sharoitida bemorlarni olib borish, kuzatish va monitoring qilish masalalarini ko’rib chiqish. v Ushbu kasalliklarda birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi profilaktika tamoyillari bilan bog’liq masalalar muhokamasi.
UASH bilishi lozim: ü Shish sindromining rivojlanish mexanizmini ü Shish sindromi bilan kechuvchi kasalliklarning klinik kechishini ü Shish sindromining diagnostikasini ü Shish sindromi bilan kechuvchi kasalliklarning qiyosiy tashxisotini ü UASH taktikasini ü Shish sindromini davolashda ishlatiladigan dorilarning dozasi va farmakodinamikasini ü Shish sindromini davolash tamoyillarini (dorilarsiz va dorilar yordamida) ü QVP va OP sharoitida bemorlarni dispanser kuzatuviga olish va monitoring o’tkazish tamoyillarini. ü Ushbu kasalliklarda birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi profilaktika tamoyillarini.
UASH BAJARA OLISHI LOZIM: Ø Ø Ø Shish sindromini diagnostikasi uchun bemor shikoyatlari va anamnezini to’g’ri taxlil qila olishi; Shish sindromi bilan kechuvchi kasalliklarni to’g’ri tashxislash, klinik kechishi va laborator – asbobiy tekshirish natijalariga asoslanib ularni bir – biridan qiyosiy tashhislash; Samarasi isbotlangan guruh dori vositalarini tanlash; Dorilarsiz davolash usullari bo’yicha tavsiyalar berish; QVP yoki OP sharoitida monitoring o’tkazish.
Shish sindromi rivojlanishining asosiy sabablari Yurak kasalliklari Buyrak kasalliklari Umumiy shishlar Jigar kasalliklari Gipoproteinemik shishlar Idiopatik shishlar
А. Venoz shishlar: 1. chuqur venalarni o’tkir trombozi; 2. surunkali venoz yetishmovchiligi; 3. venoz obstruksiya. Limfatik shishlar (limfedema): 1. idiopatik; 2. yallig’lanishli; 3. obstruksiyali. Mahalliy shishlar Yog’li shishlar Boshqa turdagi shishlar
Ortostatik Tomirda o’tkazilgan operatsiyalar Suyak – mushak tizimi shikastlanishi Arterio - venoz Reflektor simpatik distrofiya Tug’ma angionevrotik BOSHQA TURDAGI Asab tizimi SHISHLAR kasalliklari Allergik Predmenstrual
Гипотензив воситалар Gormonlar (GKS, ayollar jinsiy gormonlari, esterogenlar, progesteronlar, testosteron) (раувольфи алкалоидлари, апрессин, метилдофа, βблокаторлар, клофеллин, миноксидил, кальций каналлари блокаторлари) DORI VOSITALAR TA’SIRIDA YUZAGA KELGAN SHISHLAR Steroid bo’lmagan yallig’lanishga qarshi vositalar (butadion, naproksen, ibuprofen, indometatsin) Boshqa dori vositalari (antidepressantlar, midantan)
Venoz shishlar Ø Chuqur venalar trombozi bilan bog’liq bo’lib, o’tkir va surunkali kechadi Ø O’tkir trombozda shish sohasi og’riqli va bosib ko’rganda iz qolishi xos Ø Venoz trombozlar ko’pincha bitta oyoqning boldir va son sohalarini egallaydi Ø Shish to’satdan yuzaga kelib, qisqa vaqt ichida bir oyoq ikkinchisiga nisbatan necha barobar kattalashadi Ø Bir necha haftadan keyin shishlar kamayadi, lekin to’liq yo’qolmaydi
Surunkali venoz yetishmovchilik Ø Oyoqlarning varikoz yoki posttromboflebitik kasalliklarida kuzatiladi Ø Jarayon ikki tomonlama bo’ladi Ø Oyoqlar yuzaki venalarining tugunli transformatsiyasi kuzatiladi Ø Shish kunning ikkinchi yarmida to’piq atrofida va boldirning pastki qismlarida aniqlanadi Ø Bemorlar kechga borib doimiy foydalanib yurgan poyafzallarini noqulaylik yaratayotganiga, paypoq izi qolishiga shikoyat qiladilar Ø U o’tib ketuvchi xususiyatga ega, kechqurungi hordiqdan keyin yo’qoladi Ø Yuza to’qimalaridagi trofik o’zgarishlar kuzatiladi
Limfatik shishlar ØAsosan 10 - 40 yoshlar oralig’ida rivojlanadi Ø Bir tomonlama bo’ladi Ø Kunning ikkinchi yarmida tovon va boldir sohasida paydo bo’ladi Ø Kasallik boshlanishida shishlar o’tib ketuvchi xususiyatga ega Ø Keyinchalik shishlar doimiy bo’lib butun oyoqni egallaydi Ø Tovonni yostiqsimon shishi kuzatiladi Ø Venalarni varikoz kengayishi kam uchraydi Ø Limfatik shishlar doimiy bo’lib oyoqni ko’tarib yotganda kamaymaydi Ø Shishgan soha terisi “apelsin po’stlog’i” ga o’xshab qalinlashadi va paypaslaganda og’riq bo’ladi
LIPEDEMA Ø Faqat ayollarda va ularning ayol qarindoshlarida uchraydi Ø Boldir teri osti yog’ qavati hajmining simmetrik kattalashishi Ø Son va oyoq panjasi shakli va hajmi o’zgarmaydi Ø SBK belgilari aniqlanmaydi Ø Ortostatik holatga bog’liq Ø Menstruatsiyadan oldin, uzoq vaqt o’tirganda, issiq suvda cho’milganda, nazoratsiz ko’p miqdorda osh tuzini iste’mol qilganda ko’payadi Ø Boldir sohasi paypaslanganda og’riq kuzatiladi
- Slides: 13