2 Mavzu Sotsiologiya strukturasi 2 Mavzu Sotsiologiya strukturasi

  • Slides: 36
Download presentation
2 Mavzu: Sotsiologiya strukturasi

2 Mavzu: Sotsiologiya strukturasi

* 2 -Mavzu: Sotsiologiya strukturasi 1 2 3 4 • 1. Sotsioliyaning strukturasi va

* 2 -Mavzu: Sotsiologiya strukturasi 1 2 3 4 • 1. Sotsioliyaning strukturasi va uning asosiy tarkibiy qismlari • 2. Fundamental sotsiologiya. Nazariy va amaliy sotsiologiya: ularning umumiyligi va farqi. • 3. Sotsiologiyada maxsus va tarmoq yo‘nalishlar • 4. Makrosotsialogiya va mikrosotsiyalogiya

Asosiy tushuncha va atamalar Struktura, maxsus yo‘nalishi, shaxs, guruh, jamiyat, tarmoq yo‘nalishi, Struktura, fundamental,

Asosiy tushuncha va atamalar Struktura, maxsus yo‘nalishi, shaxs, guruh, jamiyat, tarmoq yo‘nalishi, Struktura, fundamental, amaliy, nazariy, emprik, makro, mikro, fan, ta’lim, salomatlik, mo‘dalar, kosmologik, harbiylar, axloqiy, madaniy Harakatlar Strategiyasi struktura, sotsiologiya yo‘nalishlari: fundamental, amaliysotsiologiya, nazariya, mahsus, tarmoq empirik, dunyoqarash, metodologik, integratsiyalashtiruvchi, evristik

Struktura – real suratda mavjud barcha ob’yektlar va sistemalarning ajralmas tarkibidir. Struktura bevosita fanning

Struktura – real suratda mavjud barcha ob’yektlar va sistemalarning ajralmas tarkibidir. Struktura bevosita fanning rivojlanish darajasi va uning elementlariga bog‘liqdir. Fanning rivojlanib borishi davrida uning elementlari bir tizimga to‘planib, bu sistema orqali esa bilimlarni tashkil qilish vositaligi ta’minlanadi. Struktura (lot. 1. Sotsioliyaning strukturasi va ctruktura - tuzilish, joylashuv, tartib) – uning asosiy tarkibiy qismlari sistema tashkil topishining tuzilishi va ichki formasi, bu forma Struktura (lot. structura mazkur sistema - tuzulish) (sistema – o‘zaro aloqada bo‘lgan elementlarning yig‘indisi) elementlari o‘rtasidagi barqaror o‘zaro aloqalarning birligi sifatida yuzaga keladi Struktura – bu fandagi asosiy elementlar, ularning joylashishi, munosabat va tartibidir. Strukturadagi elementlarning bog‘lanishi qism va butunning o‘zaro aloqadorligi dialektikasiga bo‘ysunadi.

1. Shaxs 1. Maxsus yo‘nalishi 3. Jamiyat Amaliy sotsiologiya Amerika (Chikago) da vujudga keladi.

1. Shaxs 1. Maxsus yo‘nalishi 3. Jamiyat Amaliy sotsiologiya Amerika (Chikago) da vujudga keladi. Sotsiologiya strukturasi nazariy amaliy, metodologiya va metodlarga bo‘linadi. 2. Gruh Nazariy metodologik sotsiologiya o‘z ichiga 2 ta yo‘nalishni oladi Oila (nasil qoldirish) Sotsial institutlar Sotsial munosabatlar 2. Tarmoq yo‘nalishi 100 osiq tarmoq yo‘nalishi mavjud Sotsial aloqalar Din (e’tiqod qilish) Biznis (foyda ko‘rish) Davlat (boshqarish) Sotsial tashkilotlar Ta’lim, salomatlik, mo‘dalar, kosmologik, harbiylar, axloqiy, madaniy sotsiologiya va h. k

Bugungi kunda sotsiologiyaning fanining o‘rganish predmeti va mazkur predmet asoslangan ilmiy konsepsiyalar sotsiologik bilimning

Bugungi kunda sotsiologiyaning fanining o‘rganish predmeti va mazkur predmet asoslangan ilmiy konsepsiyalar sotsiologik bilimning strukturasini belgilab bermoqda. Shuning asosida sotsiologiya o‘zining … 1) bilim darajasiga ko‘ra, nazariy va empirik sotsiologiya (amaliy); 2) tashkil etuvchi sotsiologik bilim vazifalariga ko‘ra, fundamental va amaliy sotsiologiya; 3) tadqiqot ob’yekti (butun jamiyat yoki uning ma'lum qismi)ga ko‘ra, umumiy va tarmoq sotsiologiyasi (makrosotsiologiya va mikrosotsiologiya); 4) tuzilish sohasiga ko‘ra, mahsus va tarmoq yo‘nalishlar sotsiologiyasiga bo‘linadi.

Sotsiologiya strukturasida bilim olish darajasiga ko‘ra fundamental va amaliy (empirik) sotsiologiyaga ajratiladi. Fundamental sotsiologiya

Sotsiologiya strukturasida bilim olish darajasiga ko‘ra fundamental va amaliy (empirik) sotsiologiyaga ajratiladi. Fundamental sotsiologiya o‘z doirasida o‘rganayotgan muammolarning ko‘lami kengligi bilan ajralib turadi. U sotsial olamning mavjudligi va taraqqiyoti uchun zarur bo‘lgan umumiy sotsial qonun va qonuniyatlarni izlash asosida shakllangan Fundamental va amaliy sotsiologiya nazariy va empirik sotsiologik bilimlarni qabul qilish va jamiyatni tahlil qilish darajasi bilan bir – biridan farq qiladi. P. Sorokinning fikricha, fundamental sotsiologiya mavjud holat yuzasidan insonlarning o‘zaro harakatini o‘rganadi. U sotsial borliq borasidagi bilimlarni shakllantirish, sotsial rivojlanish jarayonlarini tushunish va tushuntirish, sotsiologiyaning konseptual apparatini ishlab chiqish kabi ilmiy nazariy vazifalarni hal etadi. U “nima o‘rganilayapti? ” va “qanday o‘rganiladi? ” savollariga javob beradi.

Fudamental sotsiologiyaning maqsadi sotsial olamning to‘liq tasvirini yaratish mazkur sotsial olamning taraqqiyot manbai va

Fudamental sotsiologiyaning maqsadi sotsial olamning to‘liq tasvirini yaratish mazkur sotsial olamning taraqqiyot manbai va shakllarini aniqlash Fundamental nazariyalar o‘zining shakllanishini boshlagan davrda tabiiy fanlar, jumladan, biologiya va fizika yutuqlaridan keng foydalangan. XIX asrning ikkinchi yarmidagi yo‘nalishlar – pozitivizm, naturalizm va psixologizm sotsial hayotning doimiy harakatlantiruvchi mexanizmini kashf etish, sotsiologiyada empirik metodni yaratish uchun o‘z kuchlarini birlashtirdilar. Buning natijasida ular tabiiy fanlarning tushunchalarini, umumilmiy metod va yo‘nalishlardan foydalanadilar. Ammo XX asrning boshlariga kelib sotsiologiya tabiiy fanlar tizimidan ajralib chiqa boshlaydi.

Fundamental sotsiologiya – bu nazariya, u fanning strukturasi, mazmuni, kategoriya va tushunchalari, metodlarini o‘rganadigan

Fundamental sotsiologiya – bu nazariya, u fanning strukturasi, mazmuni, kategoriya va tushunchalari, metodlarini o‘rganadigan umumsotsiologik muammoni tadqiq qiladi. Shuning uchun fundamental sotsiol ogiya tadqiqotlarining roli beqiyos, bajaruvchi funksiyalari esa xilma xil. Uning quyidagi funksiyalarini alohida ko‘rsatish mumkin: dunyoqarash, metodologik, integratsiyalashtiruvc hi, evristik va h. k. Dunyoqarash funksiyasi orqali bevosita borliq va ong, insonning mohiyati kabi dolzarb muammolarning yechimini topishga harakat qiladi. Chunki bu muammolar sotsiologiyaning ob'yekti va predmeti mohiyatini ochib beradi. Bu muammolarni hal etish barobarida sotsiologiya falsafa bilan uzviy aloqada ish olib borib, sotsial olam haqida ilmiy tasavvur yaratiladi Umumsotsiologik nazariya negizida sotsiologiyaning umumiy metodologiyasi ishlab chiqiladi. Integratsiyalashtiruvchi funksiya fundamental sotsiologiya nazariyasini boshqa fanlar bilan bog‘laydi. Mazkur yaxlit yondashuv natijasida yangi sotsial muammolarni hal qilish, ijtimoy hayotning xali yaxshi o‘rganilmagan tomonlarini chuqur ilmiy tahlil qilishga imkon yaratadi.

Amaliy sotsiologiya fundamental sotsiologiyadan o‘zining strukturasi, mazmuni, maqsadi va metodlari bilan farqlanadi. Amaliy sotsiologiya

Amaliy sotsiologiya fundamental sotsiologiyadan o‘zining strukturasi, mazmuni, maqsadi va metodlari bilan farqlanadi. Amaliy sotsiologiya fundamental sotsiologiyadan o‘zining strukturasi, mazmuni, maqsadi va metodlari bilan farqlanadi. U XX asr boshlarida empirik tadqiqotlar asosida shakllandi. Bu davrda empirik tadqiqotlar sotsial amaliyotga olib chiqadigan vosita hisoblangan. Amaliy sotsiologiya tizimida ham nazariy, ham empirik bilimlar mavjud bo‘lib, ular ijtimoiy hayotning turli sohalari faoliyatini takomillashtirish maqsadida amaliy tadqiqotlarning natijalari asosida amaliy tavsiyanomalar ishlab chiqadi.

M. Veber fanda ilmiylik va foydalilik biri bilan ziddiyatga kirishmasligi uchun tadqiqotchi olimlar haqiqatni

M. Veber fanda ilmiylik va foydalilik biri bilan ziddiyatga kirishmasligi uchun tadqiqotchi olimlar haqiqatni ochishga intilishi zarur, ya'ni ilmiy bilimlardan to‘g‘ri foydalanish uchun jamiyatdagi iqtisodiy, ijtimoiy siyosiy va ma'naviy elementlarning tizimi mavjud bo‘lishi lozim. M. Veber amaliy sotsiologiya “nima uchun o‘rganilayapti? ”, degan savolga javob beradi. Uning fikricha, amaliy sotsiologiya quyidagi holatlarni aniq ochib, ko‘rsatib berishi kerak: Amaliyot uchun zarur bo‘lgan vositalarni; Amalga oshirilgan harakatlarning aniq salbiy oqibatlarini; Tahlil natijasida o‘rganilayotgan hodisa yuzasidan uning bir necha xil rivojlanish variantini ko‘rsatib, ularga mos ravishda takliflar ishlab chiqish.

P. Sorokin amaliy tadqiqotlarni amaliy meditsina faoliyatiga qiyoslagan. Uning fikricha, sotsiologiyaning mazkur qismida “sotsial

P. Sorokin amaliy tadqiqotlarni amaliy meditsina faoliyatiga qiyoslagan. Uning fikricha, sotsiologiyaning mazkur qismida “sotsial kasalliklarni yengish bo‘yicha aniq chora tadbirlarni ko‘rsatuvchi yo‘llar” ishlab chiqiladi. Olim ko‘rsatkichlar, statistik ma'lumotlar, anketa javoblari va so‘rov natijalari amaliy hamda empirik sotsiologiyaning vositalari bo‘lib, ular asosidagina o‘rganilayotgan muammo borasida fikr bildirish noto‘g‘ri, deb hisoblaydi. . Tadqiqot tugal bo‘lishi uchun nazariy asosga ega bo‘lishi lozim. Shu o‘rinda fundamental va amaliy sotsiologiyaning o‘zaro aloqadorligi va ko‘magi sotsiologiya fanining rivojlanish istiqbolini belgilaydi.

Amaliy sotsiologiya doirasida nazariy va metodologik muammolar bilan birgalikda, protsedura va metodik muammolar o‘rganiladi.

Amaliy sotsiologiya doirasida nazariy va metodologik muammolar bilan birgalikda, protsedura va metodik muammolar o‘rganiladi. Amaliy sotsiologiyaning taraqqiyotini belgilab beruvchi asosiy omil jamiyatdagi ijtimoiysiyosiy holat. Chunki amaliy sotsiologiyaning muammolarini aniqlab, ularni o‘rganish va hal etish yo‘llarini ishlab chiqish uchun buyurtmani zamon va makon belgilab beradi. Turli mamlakatlarda turli tarixiy davrlarda ijtimoiy siyosiy holatning xusuiyatidan kelib chiqqan holda har xil muammolarni o‘rganish ehtiyojini shakllantiradi. Ilk bor ishlab chiqarishni tashkil etish, shaxsning ijtimoiylashuvi, deviant xulq atvor, urbanizatsiya va jamiyatni barqarorlashtirish muammolarini yechish uchun sotsial buyurtmalar (jamiyat talabi) kerak.

Sotsiologiyada sotsiologik tadqiqotlar shartli ravishda nazariy va amaliy turlarga ajratiladi. Chunki ular o‘rtasida qat'iy

Sotsiologiyada sotsiologik tadqiqotlar shartli ravishda nazariy va amaliy turlarga ajratiladi. Chunki ular o‘rtasida qat'iy chegarani o‘tkazish mushkul. Zero har qanday fundamental sotsiologiya nazariydir, empirik tadqiqotlar esa nazariya bilan jipslashgan holda amalga oshiriladi. Umumsotsiologik nazariyalar jamiyatni yaxlit qamrab oladigan muammolarni hal etadi. Masalan, jamiyatning rivojlanish davrlari va strukturasi, uning faoliyat qonunlari va hk. Maxsus nazariyalar sotsiologiya ob’yektining muhim tomonlarini o‘rganadi. Sotsial struktura nazariyasi, institular nazariyasi sotsiologiyada maxsus sohalar sifatida shakllandi Xususiy nazariyalar ko‘proq empirik tadqiqotlarga tayangan holda quyi darajadagi sotsial jarayonlarni o‘rganadi. Misol uchun referent guruhlar nazariyasi, kichik guruhlar nazariyasi va hk. Bu nazariyalar inson fe'l atvorining mustahkam mexanizmlarining har xil sharoit va holatlardagi ko‘rinishini aniqlashga harakat qiladi.

Empirik tadqiqotlar. Dastlabki empirik tadqiqotlar XVII asrdayoq o‘tkazilgan bo‘lsada, XX asrning birinchi yarmida AQShda

Empirik tadqiqotlar. Dastlabki empirik tadqiqotlar XVII asrdayoq o‘tkazilgan bo‘lsada, XX asrning birinchi yarmida AQShda ommalashdi. Empirik tadqiqotlar deyilganida, bilimlarni tajriba orqali olish tushuniladi. Empirik sotsiologik tadqiqotlarning ob’yekti – ijtimoiy hayotning mikrojaaryonlari, insonlarning harakatlari, tafakkur tarzi, fikri va munosabatlari. Ularning asosiy maqsadi sotsial guruhlar, individlar, tashkilotlar muammolarini, ya'ni jonli sotsial muammolarni bevosita o‘rganishdan iborat. Empirik tadqiqot usullari amaliy sotsilogiya doirasida shakllanib, mukammallashdi. Bular: so‘rov, kuzatish, hujjatlarni tahlil qilish va eksperimet usullari. Chunki empirik ma'lumotlar qayta ishlanishi zarur. So‘rov, kuzatish, eksperiment metodlari vositasida empirik tadqiqotlar o‘tkazilganida ma'lum ma'noda moddiy va texnik vositalar talab qilinadi. Ushuning uchun empirk tadqiqotlar anchagina qimmat tadbir sanaladi.

Maxsus yo‘nalishlardan tashqari sotsiologiyada tarmoq yo‘nalishlari mavjud. Tarmoq yo‘nalishlar ning eng rivojlanganlari qatoriga sanoat

Maxsus yo‘nalishlardan tashqari sotsiologiyada tarmoq yo‘nalishlari mavjud. Tarmoq yo‘nalishlar ning eng rivojlanganlari qatoriga sanoat sotsiologiyasi, deviant xulq atvor sotsiologiyasi va jamoatchilik fikri sotsiologiyasi kabilar kiradi. Tarmoq yo‘nalishlar XIX asr oxiri va XX asr boshlarida vujudga kelgan. Mazkur yo‘nalishlar asosida ayirboshlash nazariyasi, referent guruh nazariyasi, yetakchilik nazariyasi kabilar yaratildi. Tarmoq yo‘nalishlarining shakllanishi natijasida fundamental sotsiologiya oldiga jamiyatning yaxlit strukturasida turli xil ijtimoiy tizimlarning roli va ularning o‘zaro harakat turlari, taraqqiyoti asoslari kabi muammolarni qo‘ydi. Tarmoq sotsiologiyasi ning maqsadi ijtimoiy strukturadagi moddiylik va ma'naviylik holati, mehnatning sermahsulligini oshirish tamoyillari, ishlab chiqarish va oilaviy munosabatlar kabilarning o‘zaro faoliyat ko‘rsatishi hamda rivojlanish qonuniyatlarini yaratishdan iborat.

Sotsiologiya strukturasining tarixiy rivojlanishiga nazar tashlasak, avvalboshdan makro va mikrosotsiologiya o‘rtasida aniq chegara bo‘lmagan.

Sotsiologiya strukturasining tarixiy rivojlanishiga nazar tashlasak, avvalboshdan makro va mikrosotsiologiya o‘rtasida aniq chegara bo‘lmagan. P. Lazarfeld mikrosotsiologik tadqiqot deganda, “zamonaviy sharoitda shaxsning bevosita hulq atvorini miqdoriy metodlar va sifatiy protseduralarning keng qo‘llanilishi asosida o‘rganuvchi tadqiqotlar”ni tushungan. Makrosotsiologik tadqiqotlar esa “shunday umumiy qonunlarni ochib berishga qaratilganki, ular ijtimoiy rivojlanishning o‘tmish va kelajakdagi trendensiyalarini belgilab beradi R. Merton mikrosotsiologik muammolar sifatida “kichik guruhlarni o‘rganish davomida ochib beriladigan muammolar”ni makrosotsiologik muammolar deyilganida esa “sotsial mobillik, formal tashkilotlarning qiyosiy tadqiq etish va sotsial institularning o‘zaro biriga bog‘liqligi muammolari”ni ko‘rstagan

Mikrosotsiologik yo‘nalishning shakllanishi O. Kont tomonidan sotsiologiyaga asos solingan davrdan boshlab XX asrning 20

Mikrosotsiologik yo‘nalishning shakllanishi O. Kont tomonidan sotsiologiyaga asos solingan davrdan boshlab XX asrning 20 yillariga qadar sotsiologiyada makrosotsiologik tadqiqotlar ustuvor bo‘lgan. Bu davrda yaratilgan barcha sotsiologik bilim umumnazariy bilimlardan iborat bo‘lgan. Mikrosotsiologik yo‘nalishning shakllanishi tahminan XX asrning 30 yillaridan boshlangan. Bu shartli ravishda mazkur asrning 20 30 yillarida AQShda boshlangan ijtimoiy jarayonlar bilan bog‘liq edi. Iqtisodiy inqiroz, buyuk depressiya, yirik shaharlarda gettoning paydo bo‘lishi, ko‘p sonli sotsial anomaliyalarning paydo bo‘lishi (alkogolizm, tilamchilik, jinoyatchilik) kabilar mikrosotsiologik tadqiqotlar, ya'ni empirik tadqiqotlarning rivojiga sabab bo‘ldi

R. Merton Yevropa nazariy sotsiologiyasining AQShda tarqalishiga o‘z hissasini qo‘shgan. Uning fikricha, Yevropaning nazariy

R. Merton Yevropa nazariy sotsiologiyasining AQShda tarqalishiga o‘z hissasini qo‘shgan. Uning fikricha, Yevropaning nazariy sotsiologiyasi va AQShning amaliy tadqiqotlari birlashishi sotsiologiyaning mukammallashuviga olib keladi. U nazariya va amaliyotning integratsiyasi tarafdori bo‘lgan. Shu maqsadda Merton “o‘rta daraja nazariyasi”ni yaratgan. Olimning “o‘rta daraja nazariyasi” kundalik hayotdagi sotsial muammolarni tadqiq etish davomida yuzaga keluvchi kichik ishchi gipotezalar bilan umumsotsiologik nazariyalar o‘rtasidagi oraliq bo‘g‘inni tashkil etishi kerak bo‘lgan. Shunday qilib, Merton “o‘rta darajadagi sotsiologiya”ni yaratdi hamda makro va mikrosotsiologiyani o‘zaro uzviy bog‘ladi. XX asr 70 yillari oxiri – 80 yillar boshlaridan boshlab butun dunyo olimlari orasida sotsiologiyaning uch darajali strukturasi konsepsiyasi (makro, mikro va o‘rta darajadagi sotsiologiya) keng tarqaldi.

2 -Reja: Fundamental sotsiologiya. Nazariy va amaliy sotsiologiya: ularning umumiyligi va farqi. 1. Fundamental

2 -Reja: Fundamental sotsiologiya. Nazariy va amaliy sotsiologiya: ularning umumiyligi va farqi. 1. Fundamental tadqiqotlar vazifasi (funksiyasi) 1. Tabiat qonunlarini bilish. 2. Jamiyat qonunlarini bilish. 3. Tafakkurga xos qonunlarni bilish. 1. Dunyoqarash funksiyasi 2. Metodologik funksiyasi. 3. Integratsiyalashtiruvchi funksiyasi. 4. Evristik funksiyasi (izlab topish).

Maqsadi: sotsial olamning to‘liq tasvirini Fundamental tadqiqotlar yo‘nalishi. Nazariy qonun va qonuniyatlar yaratish, uning

Maqsadi: sotsial olamning to‘liq tasvirini Fundamental tadqiqotlar yo‘nalishi. Nazariy qonun va qonuniyatlar yaratish, uning manbai va shakllarini aniqlash. Prinsiplari: 1) Sistemalilik. 2) Funksional yondashuv. 3) Sababiyat. 4) Tushunturuvchi. Sotsial jarayonlarning markaziy omili sifatida sub’ektga murojaat qilish bilan belgilanadi. FUNDAMENTAL SOTSIOLOGIYA Bu metonazariyadir. Realistik Maktab va yo‘nalishlar: 1. Ontologiya (ob’yektni, borliqni tahlil qiladi). 2. Ekzistensial (mavjudlik: ) ob’yekt va sub’yekt yaxlitligi. 3. Fenomenologik realizm (jamiyat individlarning ma’naviy ruhiy o‘zaro harakatlarida yaratilgan va shakllangan hodisa). yo‘nalish darajalari: 1) Real. 2) Aktual. 3) Empirik.

 Fundamental sotsiologiyaning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat: Fan-texnika taraqqiyotining muhim qismi bo’lgan fundamental fan

Fundamental sotsiologiyaning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat: Fan-texnika taraqqiyotining muhim qismi bo’lgan fundamental fan ilmiy rivojlanishini ta’minlashdan iborat. Fan bilan ishlab chiqarish o’rtasida uzviy aloqa bog’lash, fanning ishlab chiqarish kuchiga aylanishini ta’minlash, fundamental g’oyalar tajribaga, ishlab chiqarishga qaratilishi lozim Fan inson omilini chuqur tadqiq qilib, fan-texnika taraqqiyotini gumanizatsiyalash va ekologiyazatsiyalash muammolarini o’rganish

Jamiyat fanlarning rivojlanishi va ularning ijtimoiy ahamiyati ortib borishida uchta muhim bosqich farq qiladi.

Jamiyat fanlarning rivojlanishi va ularning ijtimoiy ahamiyati ortib borishida uchta muhim bosqich farq qiladi. 1. Fanlar jamiyat ishlab 2. XIV asr oxiri va XV 3. Uchunchi bosqich XX asr chiqarishga oid amaliy ijtimoiy asrlarda O‘rta Osiyo boshlaridan boshlandi. Bu talabalar va ehtiyojlarga javob temuriylar imperiyasi davrda fan ishlab chiqarish berish asosida paydo bo‘ladi va rivojlanadi. Bu bosqichda astranomiya, geometriya, matematika va mehanika kabi fanlar sust rivojlanadi. VII XII asrlarda arab Sharqi va O‘rta Osiyoda fanlar eng taraqqiy etgan o‘lkalardan biriga aylandi. davrida hamda XVII asr oxirlariga kelib Evropada kuchiga aylana bordi. Fan texnika inqilobi sodir bo‘lishiga olib keldi. XX asr kapitalizmning tez oxiriga kelib esa fanlarda rivojlanishi bilan an’anaviy (klassik) tafakkur boshlanadi. uslubi o‘rniga noan’anaviy davr boshlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezident Islom Karimov ta’biri bilan aytganda, “Fan- jamiyat taraqqiyotini olg‘a siljituvchi

O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezident Islom Karimov ta’biri bilan aytganda, “Fan- jamiyat taraqqiyotini olg‘a siljituvchi kuch, vositadir” Fanlar predmetiga ko‘ra: 1)Tabiatshunoslik (tabiatni bilish, o‘zlashtirish, o‘zgartirish qonunlarini o‘rganadi) 2) Jamiyatshunoslik (ijtimoiy munosabatlarni, inson mavqey, iqtisodiy va ma’naviy hayotini o‘rganadi). 3) Texnika fanlar (inson tomonidan ixtiro qilingan mashina, mexanizmlar, ular tuzilishi, qurilishi, faoliyati qonunlarini o‘rganadi)ga bo‘linadi. Fanlar yana 2 turga bo‘linadi 1. Fundamental fanlar (tabiat, jamiyat, inson va inson tafakkuri taraqqiyotning umumiy qonuniyatlarini nazariy jihatdan o‘rganuvchi fandir). 2. Amaliy fanlar (ishlab chiqarish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan, erishilgan har bir natijasi ishlab chiqarishga bevosita tadbiq etilib boradigan fanlardir).

Fundamental fanlar- amaliy fanlardan oldinroq harakatda bo‘lib, ularga nazariy imkon yaratadi. Amaliy va fundamental

Fundamental fanlar- amaliy fanlardan oldinroq harakatda bo‘lib, ularga nazariy imkon yaratadi. Amaliy va fundamental fanlar borliqning turli sohalari qonuniyatlarini ishlab chiqarishga joriy etib, ijtimoiy amaliy masalarni hal qilishga harakatqiladi. O‘zbekiston Respublikasi FA olimlari ko‘proq fundamental fanlar sohasida ilmiy izlanishlar olib borsalar, amaliy tadqiqot fanlari bilan esa ko‘proq respublika oliy o‘quv yurti ilmiy potentsialiga ega bo‘lgan professor o‘qituvchi olimlar shug‘ullanadilar. Respublikadagi iqtidorli olimlarning katta qismi oliy o‘quv yurtlarida ishlaydilar. “Bizning fundamental fanlar bilan shug‘ulanadigan 40 ga yaqin ilmiy tadqiqot muassasalarimiz bor”, degan edi Prezidentimiz Islom Karimov. 1995 yil 3 aprelda Vazirlar Maxkamasi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Nizomi to‘g‘risida”gi qarorini tasdiqladi.

Bilimlar g‘oyaga, g‘oyalar nazariyaga aylanishining uch bosqichi. 1. Bilishning turli usullari (kuzatish, o‘lchash, taqqoslash,

Bilimlar g‘oyaga, g‘oyalar nazariyaga aylanishining uch bosqichi. 1. Bilishning turli usullari (kuzatish, o‘lchash, taqqoslash, eksperement, modellashtirish) yordamida yangi bilimlar hosil qilinadi. Turli axborotlar bilim darajasiga ko‘tariladi. 2. Hosil qilingan bilimlar asosida (analiz, sintez, induksiya va deduksiya, gipoteziya) yangi g‘oyalar vujudga keladi. 3. Yangi g‘oyalar ma’lum bir tizimga solingach (ideallashtirish, formallashtirish, reduksiya va aksiomalashtirish), yangi nazariyaga aylanadi.

Amaliy sotsiologik tadqiqotni shakllantirishning eng muhim metodologik mezonlari 1. Foydalilik – bilimlarni inson ehtiyoji

Amaliy sotsiologik tadqiqotni shakllantirishning eng muhim metodologik mezonlari 1. Foydalilik – bilimlarni inson ehtiyoji va manfaati uchun yo‘naltirish. 2. Ob’yektivlilik – ob’yekt xususiyatlariga mosligi. 3. Sotsiologik tadqiqotlar – sotsial faoliyatning bir turi bo‘lib, u muammolarni bartaraf etishga qaratilganligi. 4. Tadqiqot natijalaridan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy manfaatlar uchun foydalanish. 5. Demokratik tizim – ilmiy bilimlardan to‘g‘ri foydalanish mezoni. 6. Amaliy tadqiqotlar nazariy va metodologik muammolarnigina emas, shu bilan birga, protsedura (tadbirlarni bajarish tartibi) va metodik muammolarni ham yechishga yo‘naltirilganligidir. 7. Tarmoq yo‘nalishini shakllantirish.

Empirik sotsiologiya (sistemasi) tarkibi: Empirik tadqiqot metodlari. Kuzatish Metodologiya So‘rovlar Ma’umotlar bilan ta’minlash Anketa

Empirik sotsiologiya (sistemasi) tarkibi: Empirik tadqiqot metodlari. Kuzatish Metodologiya So‘rovlar Ma’umotlar bilan ta’minlash Anketa Hujjatlarni o‘rganish. Intervyu Empirik ma’lumotlarni qayta ishlash, umumlashtirish. Eksperiment Tajiriba, matematik va stasistik uslublar.

Ob’yekiti ijtimoiy hayotning mikrojarayonlari, insonlarning harakatlari, tafakkur tarizi, fikri va munosabatlari. Predmet: maxsus metodologiya

Ob’yekiti ijtimoiy hayotning mikrojarayonlari, insonlarning harakatlari, tafakkur tarizi, fikri va munosabatlari. Predmet: maxsus metodologiya va metodni ishlab chiqish. Empirik sotsiologik tadqiqotlar Ilmiy bilishning standart modeli: 1. Nazariy qonunlar (deduksiya). 2. Empirik qonunlar (induksiya). 3. Empirik asos (faktlar). Bilishning vositasi, davri, darajasi. Vazifasi - sezgilar maydoni bilimlarini rivojlantirish, empirik fakitlar yig‘ish, real jarayonlarni tadqiq qilish orqali muommolarni hal etish.

3 -Reja: Sotsiologiyada maxsus va tarmoq yo‘nalishlar MAXSUS YO‘NALISHLAR Vujudga kelishi: sotsial reallikni sotsiologiya

3 -Reja: Sotsiologiyada maxsus va tarmoq yo‘nalishlar MAXSUS YO‘NALISHLAR Vujudga kelishi: sotsial reallikni sotsiologiya ob’yekti sifatida qabul qilishda nazariy mushohada qilib va bir ob’yekt asosiy elementini aniqlash asosida vujudga keladi. Tadqiqotning tarmoq, empirik yo‘nalishlarini birlashtiradi. Fanning markaziy qismini tashkil qiladi.

Maqsadi: ayrim ijtimoiy strukturaning: -moddiylik; -ma’naviylik; -mehnat sermahsulligi nazariyasini yaratish; -ishlab chiqarish; -oilaviy munosabatlar

Maqsadi: ayrim ijtimoiy strukturaning: -moddiylik; -ma’naviylik; -mehnat sermahsulligi nazariyasini yaratish; -ishlab chiqarish; -oilaviy munosabatlar va boshqalarning faoliyat ko‘rsatish va rivojlanish qonunlarining to‘liq tasvirini yaratish. - Shahar sotsiologiyasi; - Sanoat sotsiologiyasi; - Oila sotsiologiyasi; - Deviant yoki og‘ishma xulq atvor sotsiologiyasi; - Jamoatchilik fikri sotsiologiyasi. SOTSIOLOGIN ING TARMOQ YO‘NALISHLARI Tarmoq yo‘nalishlaridagi nazariyalar: 1) Ayirboshlash nazariyasi. 2) Referent guruhi nazariyasi. 3) Yetakchilik (lider) nazariyasi va. h. k. Eng rivojlangan tarmoq yo‘nalishlari: - deviant xulqatvor - industrial. Empirik tadqiqot negizida shakllangan tarmoq sotsiologiyasi: - sanoat sotsiologiyasi - jamoatchilik fikri sotsiologiyasi. Ijtimoiy hayot ma’lum bir tomonlari, har xil tizimchalar, tafakkurning ma’lum bir elementini o‘rganish natijasida vujudga kelgan.

 • 4 Reja: Makrosotsialogiya va mikrosotsiyalogiya Amaliy sotsiologik tadqiqotlarni ikkiga bo‘lamiz 1. Makro-keng

• 4 Reja: Makrosotsialogiya va mikrosotsiyalogiya Amaliy sotsiologik tadqiqotlarni ikkiga bo‘lamiz 1. Makro-keng bunda asosan jamoatchilik fikri o‘rganilardi. Agarda makro sotsiologiyada raqamlar ro‘l o‘ynasa XX asrning 70 yillarida Robert Merton mikro sotsiologiyaning jamiyat hayotidagi (emotsiya, hisiyotlar, tuyg‘ular) o‘rnini ko‘rsatib berdi 2. Mikro-kichik, tor. Bunda esa obe’ykit bitama-bitta o‘rganiladi. Mikro sotsiologiyada esa emotsiya, hisiyotlar, tuyg‘ular rol o‘ynaydi Agarda har bir jamiyat o‘z muommolarini sotsiologik tadqiqotlar orqali mavjud muommolarni hal qilmas ekan bu jamiyat ustidan boshqalar hukim chiqaradi.

Mikrosotsiologiya Shaxsiy o‘zaro ta’sir vaziyatidagi kundalik xulq-atvorni tadqiq etish, odatda mikrosotsiologiya, deb yuritilgan. Makrosotsiologiya-bu

Mikrosotsiologiya Shaxsiy o‘zaro ta’sir vaziyatidagi kundalik xulq-atvorni tadqiq etish, odatda mikrosotsiologiya, deb yuritilgan. Makrosotsiologiya-bu yirik miqiyosli firma, ijtimoiy tizimlar va umumiqtisodiy tarkib kabi ijtimoiy tizimlarni tahlil qilishdir. Makrosotsiologiya, shuningdek uzoq muddatli o‘zgarishlar jaroyonlarini, aytaylik, sanoatlashtirishning rivojlanishini tahlil qilishni ham o‘z ichiga oladi. Bir qarashda mikro va makro tahlil bir-biridan ancha uzoqqa o‘xshaydi. Amalda esa ular birbirlari bilan uzviy bog‘langan. .

 Shuni alohida ta’kidlash joizki, har qanday fanning harakterli belgilari asosan quyidagilardan iborat bo’ladi:

Shuni alohida ta’kidlash joizki, har qanday fanning harakterli belgilari asosan quyidagilardan iborat bo’ladi: -fan xalqqa hizmat qiladi, keng xalq ommasi ishtirokida rivojlanadi; -Fanga davlat rahbarlik qiladi; -fan ilmiy metodolofiya: falsafa fan bilan qurollangan bo’adi; -fan olimlari o’zaro yordam, jamoa rejasi asosida ishlashadi.