MAVZU LOGOPEDIK PUNKTLARDA BOLALARNI SARALASH BOLALARNI GURUHLARGA KOMPLEKTLASHTIRISH
MAVZU: LOGOPEDIK PUNKTLARDA BOLALARNI SARALASH, BOLALARNI GURUHLARGA KOMPLEKTLASHTIRISH. BOLALAR NUQSONINI TEKSHIRISH.
REJA: � Umumta’lim maktablari qoshidagi logopediya punktlarga bolalarni saralash. � Logopediya punktlarini komplektlashga oid tavsiyalar. � Og’ir nutq kamchiligiga ega bo’lgan bolalar maxsus maktabini kompektlashtirish. � Bolalarni qabul qilishga oid tavsiyalar. � Foydalanilgan adabiyotlar.
UMUMTA’LIM MAKTABLARI QOSHIDAGI LOGOPEDIYA PUNKTLARGA BOLALARNI SARALASH. Nutq kamchiligiga ega bo’lgan bolalar haqida ma’lumotlarni logoped quyidagilar natijasida olish mumkin: � Bolaning nutqiy holati haqida poliklinika logopedi xulosasi qayd etilgan tibbiy hujjatni ko’rish � Ushbu tumandagi bolalar bog’chasining tayyorlov guruhini tekshirish � Umumta’lim maktablariga bolalarni qabul qilish komissiyasi ishida ishtirok etish � Umumta’lim maktablarining boshlang’ich sinf o’quvchilarini tekshirish. �
Har bir maktab direktori bilan kelishilgan holda bolalar nutqini tekshirish jadvali tuziladi. 1 -sinf o’quvchilarining og’zaki nutqini frontal tekshirish rasmlar va suxbatlar asosida o’tkaziladi; 2 -4 -sinf o’quvchilarining og’zaki va yozma nutqlari tekshiriladi. Yuqori sinf o’quvchilari logopedik punktga o’qituvchilarining yo’llanmasi yoki otaonalarning iltimosiga ko’ra qabul qilinadi. Nutq kamchiligiga ega bo’lgan bolalar aniqlangach, maxsus ro’yxatga belgilanadilar. Maxsus ro’yxatda ular hadiga umumiy ma’lumotlardan tashqari ona tilini o’zlashtirishi, nutq rivojlanishidagi kamchiliklar, shuningdek, qisqa tegishli tavsiyalar ko’rsatiladi.
LOGOPEDIYA PUNKTLARINI KOMPLEKTLASHGA OID TAVSIYALAR. Logopedik punktlarda o’quv tuzatish ishlarining asosiy shakli guruhli mashg’ulotlardir. Guruhlarni to’g’ri komplektlashtirish bolalar bilan olib boriladigan ishlarning samaradorligini tashkil etish uchun muhim ahamiyatga ega. � O’quvchilar guruhi quyidagicha komplektlashtiriladi: � Nutq kamchiliklari sababli o’qish va yozuv kamchiligiga ega bolalar guruhi. � Nutqi umumiy rivojlanmagan bolalar guruhi � Duduqlanuvchi bolalar guruhi � Tovush talaffuzi kamchiligiga ega bo’lgan bolalar.
Nutqidagi kamchiliklar umumta’lim maktab dasturini o’zlashtirsh uchun to’sqinlik qiladigan bolalarga mashg’ulotlarga qabul qilishda afzallik beradi.
OG’IR NUTQ KAMCHILIGIGA EGA BO’LGAN BOLALAR MAXSUS MAKTABINI KOMPEKTLASHTIRISH. Maxsus maktabga bolalarni qabul qilish tibbiy pedagogic komissiya tomonidan amalga oshiriladi. Komissiya tarkibi va ishni tashkil etish “Respublika va viloyat tibbiy-pedagogik komissiya haqida”gi nizomda belgilangan. Tibbiy pedagogik komissiya vazifalari quyidagilardan iborat: � Maxsus maktab internatlarga aqliy va jismoniy rivojlanishida kamchiligi bo’lgan bolalarni tafovutli ravishda saralashni amalga oshirish � Umumiy tipdagi maktablarda o’qishi lozim bo’lmagan bolalarni tegishli maxsus maktablarga tavsiya etish � Maxsus maktabdan chiqarish yoki tegishli muassasalarga o’tkazish masalalarini hal etish � Rivojlanishida yengil kamchiligi bo’lgan bolalarni o’qitish va tarbiyalash, davolash masalalari bo’yicha ota-onalarga, pedagoglarga tavsiyalar berish
BOLALARNI QABUL QILISHGA OID TAVSIYALAR. O’g’ir nutq kamchiligiga ega bo’lgan bolalar maktabining o’quvchilar tarkibi o’zgarib turadi. Maktabga bolalar faqat boshlang’ich sinflarga emas, balki agar bolalar avval umumiy ta’lim maktabida yoki boshqa tipdagi maktablarda ta’lim olgan bo’lsa, yuqori sinflarga ham qabul qilinishi mumkin.
I bo’lim sinflariga o’quvchilar nutqiy holatiga qarab qabul qilinadi. Sinflar bolalardagi nutqning umumiy rivojlanmaganlik darajalari va ularning umumta’lim tayyorgarligini hisobga olgan holda komplektlashtiriladi. I bo’limda “O’g’ir nutq kamchiligiga ega bo’lgan bolalar maxsus maktabi haqidagi nizom”ga muvofiq tayyorlov sinflari ham tashkil etiladi. 1 -singa tayyorlov sinflaridan va boshqa muassasalaridan kelgan II, III darajali nutqi umumiy rivojlanmagan hamda o’quv predmetlari bo’yicha bilim va malakalarga ega bo’lgan baolalar qabul qilinadi. Bolalar nutqidagi kamchiliklar bartaraf etilgach, ular o’qishlarini ommaviy maktabda davom ettiradilar. Shuning uchun I bo’limning IV – VI sinflari u yoki bu sabab bilan nutq maktabiga kira olmagan bolalar bilan to’ldirib boriladi.
- Slides: 9