3 Mavzu Shaxsning rivojlanishi tarbiyasi va ijtimoiylashuvi Blitssavollar
3 -Mavzu. Shaxsning rivojlanishi, tarbiyasi va ijtimoiylashuvi
Blits-savollar! 1. Pedagogika fanining predmeti va vazifalari. 2. Didaktika (ta’lim nazariyasi)ga ta’rif bering. 3. Ta’lim o’z mohiyatiga ko’ra qanday turlarga ajratiladi? 4. Tarbiyaning qanday turlari mavjud va ularni sanab bering. 5. Pedagogikaning eng muhim kategoriyalarini sanab bering. 6. Pedagogika fani metodologiyasi deganda nimani tushunasiz 7. Pedagogika fanining ilmiy-tadqiqot metodlarini sanab o’ting. 8. Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi haqida. 9. Pedagogikaga qanday fanlar tizimi kiradi?
Reja: 2 -ilova 1. “Shaxs” tushunchasi va shaxs rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari. 2. Shaxs rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar. 3. Shaxs shakllanishiga oid turli yondashuvlar. 4. Rivojlanishning yosh va o‘ziga xos xususiyatlari. 5. Shaxs rivojlanishining gender xususiyatlari. 6. Shaxsning ijtimoiylashuvi
12 -ilova Foydalanish uchun adabiyotlar: 1. Barkamol avlod – О‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. – toshkent: sharq nashriyot-matbaa konserni, 1998. 2. Tursunov I. , Nishonaliyev u. Pedagogika kursi. –t. : о‘qituvchi, 1997. 3. G‘oziyev E. Psixologiya (yosh davrlari psixologiyasi). – t. : о‘qituvchi, 1994. 4. Podlasiy I. Pedagogika. V 2 kn. Kn. 1. – Moskva: vlados, 1999. 5. Almetov N. Pedagogika: savollar va javoblar // о‘quv qо‘llanma. – 2001. 6. Pedagogika nazariyasi va tarixi. 1 -qism. Pedagogika nazariyasi / M. X. Toxtaxodjayeva va boshqalar. Prof. M. X. Toxtaxodjayevaning umumiy tahriri ostida. – Toshkent: “Iqtisod-moliya”, 1996. 7. B. X. Xodjaev. Pedagogika nazariyasi va amaliyoti. -Toshkent, “Sanostandart” nashriyoti, 2017. .
*TAYANCH TUSHUNCHALAR: PEDAGOGIK ANTROPOLOGIYA, INDIVID, SHAXS, INDIVIDUALLIK, O‘SISH, RIVOJLANISH, IJTIMOIYLASHUV, IRSIYAT, MUHIT, TARBIYA, YOSH DAVRLARI, GENDER.
Individ (lotincha “individium” sо‘zidan olingan bо‘lib, “bо‘linmas”, “yagona” ma’nolarini anglatadi) xatti-harakatlarini shartli refleks yordamidagina tashkil eta oluvchi biologik mavjudod. Shaxs tushunchasi insonga taalluqli bo‘lib, psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo‘lgan jamiyatning a’zosini ifodalashga xizmat qiladi. Odam shaxs bo‘lishi uchun psixik jihatdan rivojlanishi, o‘zini yaxlit inson sifatida his etishi, o‘z xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq qilmog‘i kerak.
Insonning shaxs sifatida, rivojlanishida ijtimoiy hodisalarning ta’siri kuchli bo‘ladimi? Yoki tabiiy omillar yetakchi o‘rin tutadimi? Balki tarbiyaning ta’siri yuqoridir? Ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabat qanday?
3 -ilova SHAXS Biologik omillar (irsiyat) Ijtimoiy omillar (muhit) Tarbiya
Shaxs shakllanishiga oid turli yondashuvlar. Zamonaviy pedagogikada shaxs shakllanishiga doir to‘rt yondashuv qaror topgan: Biologik yondashuv - inson tabiiy mavjudot bo‘lib, uning butun xatti-harakatlari tug‘ma instinkt va ehtiyojlar natijasidir. Inson jamiyat talablariga bo‘ysunishga majbur, shu bilan birga tabiiy ehtiyojlarini ham namoyon qilib boradi. Ijtimoiy yondashuv - inson biologik mavjudot sifatida tug‘iladi, faqat hayotiy faoliyati davomida boshqalar bilan doimiy muloqot va ijtimoiy guruhlarning ta’siri ostida ijtimoiylashadi. Psixologik yondashuv - insondagi psixik jarayonlar (sezgi, idrok, fikrlash kabilar) tabiiy tavsifga ega, insonning yo‘nalganligi qiziqishlari, qobiliyatlari ijtimoiy hodisa sanaladi. Yaxlit yondashuv - shaxs yaxlit tavsifga ega bo‘lib, uning rivojiga nafaqat uning faoliyatidagi o‘ziga xosliklar, balki turmush tarzi ham ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan birga ijtimoiy hayot natijalari motiv, maqsad, qiziqish kabilar ham uning rivojlanishida muhim rol o‘ ynaydi.
Shaxsning individual xususiyatlari shaxsning yо‘nalganligi, qiziqishlari, xarakteri, uni boshqalardan ajratib turadigan aqliy kamoloti va faoliyatining о‘ziga xos, barqaror, muhim 4 -ilova xususiyatlari Shaxsning yosh xususiyatlari muayyan bir yosh davriga xos bо‘lgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlar Faoliyat ijtimoiy hayotni maqsadga muvofiq tashkil etish yо‘lida shaxs tomonidan amalga oshirilayotgan kundalik va kasbiy xatti-harakatlarning muayyan shakli Rivojlanish mohiyatan oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan yangi holatlarga о‘tish, yangilanish, yangining paydo bо‘lishi, eskining yо‘qolib borishi, miqdor о‘zgarishining sifat о‘zgarishiga о‘tishini ifodalaydi
5 -ilova Shaxs rivojlanishining muhim xususiyatlari Shaxsning rivojlanishi individning fiziologik, ruhiy va intellectual о‘sishini ta’minlovchi faoliyat, xattiharakatlarning miqdor va sifat jihatdan о‘zgarishini ifodalovchi jarayon Shaxsning rivojlanganlik darajasini belgilovchi holatlar: uning fiziologik, ruhiy va intellektual о‘sishini ta’minlovchi faoliyat va xatti-harakatlarining miqdor va sifat jihatdan о‘zgarishi
5 A-ilova YOSH DAVRLAR Go’daklik davri (tog’ilgani dan bir yoshgacha bo’lgan davr) Yasli davri (bir yoshdan uch yoshga cha) Maktab gacha tarbiya yoshi (ych yoshdan etti yoshga cha) Kichik maktab yoshi (6 -7 yoshdan 11 -12 yoshga cha) O’smirlik yoshlari (12 yoshdan 15 -16 yoshgacha) O’smirlik davri (15 -16 yoshdan 18 yoshgacha)
Gо‘daklik davrining о‘ziga xos xususiyatlari: olti oydan sо‘ng “g‘о‘ldirab” sо‘zlashga intiladi, 6 -ilova atrofdagilarning gaplarini tushuna boshlaydi, astasekin passiv nutq shakllanadi, 2 yoshga qadam qо‘ygach, faol nutqni о‘zlashtiradi. Nutq о‘sishi bilan bola borliqni anglay boshlaydi. Bolaning xatti-harakatlari, xulq-atvorida hissiy kechinmalar namoyon bо‘la boshlaydi. Uning harakatida ovqatlanish, issiq yoki sovuqni sezish kabi hissiy ta’sirlar kuzatiladi. Bola ikki yoshga tо‘lganda undagi ixtiyorsiz faollik asta-sekin ixtiyoriy faollik bilan almashadi. U oddiy yumushlarni bajara oladi. Unda ixtiyoriy diqqat о‘sadi va “men”lik yuzaga keladi. U о‘zini atrofdagi tengdoshlari bilan solishtirib, ulardan о‘zini ajratib, “mening о‘zim”, “men istayman”, “men istamayman”, “men о‘zim bajaraman” yoki “men buni bajara olmayman” kabi sо‘zlarni qо‘llaydi. Atrofdagi narsalarga ta’sir kо‘rsatib, ularga о‘z munosabatini bildiradi
7 -ilova О‘yinlar asosida maktabgacha ta’lim yoshi bolalarida ijodiy xayol, zehn, fahm-farosat, topqirlik sifatlari tarbiyalanadi. О‘yin yordamida hissiyotlari shakllanadi: о‘yin davrida о‘zlarini tetik his qiladilar, erishilayotgan yutuqdan zavqlanadilar. Jamoaviy о‘yinlar orqali bolalarda о‘rtoqlik va dо‘stlik hislari tarkib topadi. Rolli, muayyan qoidalarga asosidagi о‘yinlar kuzatuvchanlik qobiliyatini о‘stiradi, xotirani mustahkamlashga yordam beradi
8 -ilova Boshlang‘ich ta’lim davrida о‘yin faoliyatining о‘rnini endi о‘qish faoliyati egallaydi. О‘qibо‘rganish bolaning vazifasi, ijtimoiy burchi bо‘lib qoladi. О‘qish jarayonida u darsliklarini va о‘quv qurollarini saranjom saqlash, о‘z vaqtida о‘rnidan turish, maktabga belgilangan vaqtda borish, uyga berilgan vazifalarni bajarish kabilar yuzasidan kо‘nikmalarni о‘zlashtiradi. Ushbu jarayonda о‘quvchi tobora mas’uliyatli bо‘lib boradi. Bilimlar bolaning saviyasini о‘stiradi, aqliy rivojlanishini ta’minlaydi, sezgilari va irodasining о‘sishiga ta’sir kо‘rsatadi
O‘rta va katta maktab yoshi (o‘smirlik, ilk o‘spirinlik 12 -17 yosh). O‘smirlikning murakkabligi anotomik-fiziologik va psixologik xususiyatdagi kuchli o‘zgarishlar bilan bog‘liqdir. Bolaning o‘sishi tezlashadi. Bu davrni o‘tish davri ham deyiladi. Bu davrda jinsiy etilish davri boshlanadi. Bu bolaning fe’l-atvoriga ta’sir etadi. O‘smir hayotida mehnat, o‘yin, sport va jamoat ishlari katta rol o‘ynaydi. Ba’zilarining o‘zlashtirishi pasayadi, intizomi bo‘shashadi. Bu davr o‘spirinlarning ilk balog‘atga etgan davridir. Mazkur davrda jinsiy etilish tugaydi. Ularda mustaqillik sezila boshlaydi. O‘spirin yoshlar hayotga kelajak nuqtai nazaridan qaray boshlaydilar. Madaniy darajasini orttirishga intilish kuchaya boradi, his-tuyg‘ularida ham o‘zgarish yuz beradi. O‘z-o‘zlarini tarbiyalashga kirishadilar. Ideal tanlash va unga ergashish kuchayadi. Bu davrda, ular o‘rtasida munozaralar o‘tkazish yaxshi natija beradi.
O‘spirinlik - bu aqliy faoliyatning ham rivojlanish davri sanaladi. Ular o‘z fikrlarini mustaqil ifodalashga harakat qilib, shaxslik xislat-larini namoyish eta boshlaydilar. Shunda o‘qituvchilar va katta yoshlilar ularning hali g‘o‘r fikrlari va dunyoqarashlarini to‘g‘ri yo‘naltirishlari muhim. Zero, bu davrda o‘z-o‘zini anglash, ma’naviy-axloqiy, ijtimoiy xislatlari tez shakllanadi. Bunga uning faoliyati, jamoada va jamoat joylarida o‘zini tutishi, odamlar bilan tez muloqotga kirishishi ham turtki bo‘ladi. O‘zini kattalardek his etish, o‘ziga xosligini namoyon etish, boshqalarning diqqatini o‘ziga qaratishga harakat qiladi. Axloqiy muammolarni o‘ z qarashlari nuqtai nazaridan hal eta boshlaydi. Hayot mohiyati, baxt, burch, shaxs erkinligini o‘z qiziqishlari bilan o‘lchaydilar. Shu bois ularga katta yoshlilarning beg‘araz, to‘g‘ri yo‘nalish berishlari o‘ta muhim.
10 -ilova Zamonaviy о‘smir ruhiyatida aks etuvchi holatlar: 1. Intellektu al rivojlanish – tafakkur qobiliyati ni shakllantir
Shaxs rivojlanishining gender xususiyatlari. “Gender” atamasi 1968 yilda amerikalik psixolog olim Stoller tomonidan ilmiy iste’molga kiritilgan bo‘lib, “jins” ma’nosini bildiradi. Jinsiy munosabatlar ilgari ham psixologiyada faol o‘rganilgan bo‘lsa-da, yangi atamaning paydo bo‘lishi ijtimoiy fanlarda yangi oqimlarni yuzaga keltirdi. “Gender tarixi”, “Gender psixologiyasi”, “Falsafaning gender tomonlari”, “Gender antropologiyasi”, “Gender sotsiologiyasi”, keyinchalik esa “Gender pedagogikasi” kabi fan tarmoqlari shakllandi. “Gender” tushunchasi, avvalo, erkak va ayol, o‘g‘il va qiz bolalar munosabatlarining ijtimoiy-psixologik hamda pedagogik tomonlarini qamrab oladi.
Pedagogik ma’noda gender - o‘g‘il va qiz bolalarning murakkab ta’limiy sotsiomadaniy birligi bo‘lib, ularning xatti-harakati, mentaliteti va emotsional xususiyatlari, o‘quv faoliyatidagi o‘zaro teng va farqli jihatlarini o‘z ichiga oladi. O‘g‘il va qiz bolalarning rivojlanishidagi fiziologik, axloqiy, emotsional, xulq -atvorga oid farqlar to‘liq o‘rganilgan. O‘quvchilarning rivojlanishida hisobga olish lozim bo‘lgan quyidagi gender xususiyatlarni sanab o‘tish mumkin: -qiz bolalar o‘g‘il bolalarga qaraganda ikki marta ko‘proq savol berishadi; -qizlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zining istaklari haqida gapirmaydi, lekin tezda kelishib ketadi; o‘g‘il bolalar esa, hal qiluvchi fikrni ayta olishadi va o‘z nuqtai nazarida qolishni afzal ko‘rishadi; -mustaqil hal etish bilan bog‘liq vazifalarni bajarishda o‘g‘il bolalar sifati, qiz bolalar esa hajmini hisobga olishadi; -o‘g‘il bolalar ko‘proq falsafiy fikr yuritadi, fikrning mantig‘iga e’tibor berishadi; qizlarga ko‘proq psixologiya, adabiyot yoqadi; -o‘g‘il bolalar dialog, munozarani afzal ko‘rishadi; qiz bolalar monologlikka moyil, eshitishni va o‘zida aks ettirishni yoqtiradi; -o‘g‘il bolalar ko‘proq virtual(mo‘jiza)likka, xayolotga qiziqishadi; qiz bolalar o‘g‘il bolalarga qaraganda ratsional va pragmatik. Ular o‘z tanlovlarini foydalilik nuqtai nazaridan, ya’ni tanlanayotgan narsa qanchalik maqsadga erishishga imkon berishiga qarab amalga oshirishadi; -o‘g‘il bolalar o‘z tuyg‘ularini ochiq bayon etishadi; qiz bolalar o‘z xohish va istaklarini yashirishadi, aytish uchun uzoq vaqt kutishadi.
Shaxsning ijtimoiylashuvi - ta’lim-tarbiya ta’sirida inson psixologik funksiyalarining takomillashuvi, ijtimoiy-axloqiy qadriyatlar, xulq-atvor me’yor va qoidalarining o‘zlashtirilishi, dunyoqarashining boyish jarayoni va natijasi. Ijtimoiylashuvning quyidagi umumiy mexanizmlari mavjud: ana’naviy, institutsional, shaxslararo, refleksiv.
NAZORAT UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1. “Individ” tushunchasi nimani ifoda etadi? 2. Odamning shaxs sifatida shakllanishining asosini nima tashkil etadi? 3. Shaxsning rivojlanishi tushunchasiga izoh bering. 4. Shaxs rivojlanishiga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi? 5. Shaxs rivojlanishiga doir zamonaviy yondashuvlarni izohlang. 6. Shaxs rivojlanishining yosh davrlariga tavsif bering. 7. Shaxs rivojlanishining gender xususiyatlari deganda nima tushuniladi? 8. Shaxs ijtimoiylashuvining mazmun-mohiyatini yoritib bering.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!
- Slides: 23