8 Natural sonlarni ayirish va uning xossalari 8

  • Slides: 5
Download presentation
8. Natural sonlarni ayirish va uning xossalari 8. 1. Natural sonlarni ayirish Yig‘indi va

8. Natural sonlarni ayirish va uning xossalari 8. 1. Natural sonlarni ayirish Yig‘indi va bitta qo‘shiluvchiga ko‘ra ikkinchi qo‘shiluvchini topishga ayirish amali deyiladi. Ayriladigan son - ayriluvchi, ayriluvchi ayriladigan son - kamayuvchi va ayirish amali natijasi ayirma deb ataladi. Natural sonlarni ayirishda kamayuvchi ayriluvchidan kichik bo‘lishi mumkin emas. Ikki sonning ayirmasi - birinchi son ikkinchisidan qanchaga ko‘p ekanligini yoki ikkinchi son birinchisidan qanchaga kam ekanligini anglatadi.

Natural sonlarni ayirishni sonlar nurida tasvirlash mumkin. Masalan, 8 sonidan 5 sonini ayirish talab

Natural sonlarni ayirishni sonlar nurida tasvirlash mumkin. Masalan, 8 sonidan 5 sonini ayirish talab qilinsin. Sonlar nurida A(8) nuqtani belgilaymiz (1 - rasm). Undan chapga qarab 5 birlik kesma sanaymiz va B(3) nuqtani topamiz. Demak, 8 -5 = 3. Sonlar nurida A va B nuqtalar orasida 5 ta birlik kesma joylashgan. Demak, A va B nuqtalar orasidagi masofa 5 ga teng bo‘ladi. Bu AB = 5 tarzida yoziladi. Agar ikki nuqtaning koordinatalari berilgan bo‘lsa, unda ular orasidagi masofani topish uchun nuqtalar koordinatalarining kattasidan kichigi ayiriladi, ya'ni AB = 8 -3 = 5.

8. 2. Natural sonlarni ayirishning xossalari 1. Quyidagi misollarda hisoblash natijalari bir xil: 12

8. 2. Natural sonlarni ayirishning xossalari 1. Quyidagi misollarda hisoblash natijalari bir xil: 12 -(4+ 3) =12 -7 = 5 (2. a- rasm), (12 -4)-3 = 8 -3 = 5 (2. b- rasm). Demak, 12 - (4 + 3) = (12 - 4) - 3. Sondan yig‘indini ayirish uchun sondan oldin birinchi qo‘shiluvchini ayrish, so‘ng ayirmadan ikkinchi qo‘shiluvchini ayirish kifoya. Bu xossa sondan yig‘indini ayirish xossasi deb ataladi.

2. Quyidagi misollarda ham hisoblash natijalari bir xil: (5+ 4)-3 = 9 -3 =

2. Quyidagi misollarda ham hisoblash natijalari bir xil: (5+ 4)-3 = 9 -3 = 6 (3. a-rasm), 5 + (4 - 3) = 5 + 1 = 6 (3. b-rasm), (5 -3) +4 = 2 + 4 = 6 (3. d- rasm). Demak, (5 + 4) - 3 = 5 + (4 - 3) = (5 - 3) + 4. Yig‘indidan sonni ayirish uchun sonni qo‘shuvchilarning birortasidan ayirib, hosil bo‘lgan ayirmaga ikkinchi qo‘shiluvchini qo‘shib qo‘yish kifoya.

Bu xossa yig‘indidan sonni ayirish xossasi deb ataladi. Albatta, bu holda ayriladigan son qo‘shiluvchilarning

Bu xossa yig‘indidan sonni ayirish xossasi deb ataladi. Albatta, bu holda ayriladigan son qo‘shiluvchilarning birortasidan katta bo‘lmasligi kerak. 3. Ma'lumki, 7 + 0 = 7. Demak, ayirish amali ma'nosiga ko‘ra, 7 - 0 = 7 va 7 -7 = 0 bo‘ladi. Sondan nol ayrilganda o‘sha sonning o‘zi qoladi. Savollarga javob bering! 1. Ikkita sonning ayirmasi deb nimaga aytiladi? 2. Kamayuvchi ayriluvchidan kichik bo‘lishi mumkinmi? 3. Ikki sonning ayirmasi nimani anglatadi? 4. Sondan yig‘ndini ayirish qoidasini sonlar nurida tushuntinng.