Orta asrlar davri arxeologiyasi Bajardi Egamberganova M Reja
O'rta asrlar davri arxeologiyasi Bajardi: Egamberganova M.
Reja: Ilk o'rta asrlar davri arxeologiyasi : So'nggi o'rta asrlar davri arxeologik yodgorliklari Rivojlangan o'rta asrlar davri arxeologiyasi
Tarix faniga o’rta asr tushunchasi uyg’onish davri mutafakkirlari tomonidan kiritilgan bo’lib, madaniyat yuksak taraqqiy etgan antik davr bilan uyg’onish davr o’rtasidagi davrga nisbatan ishlatilgan. O’rta asrlar feodal yer egaligi munosabatlari davri bo’lib uchbosqichdan iborat: ilk o’rta asrlar (V ІX asrlar); rivojlangan o’rta asrlar (ІX XVasrlar); so’nggi o’rta asrlar (XVІ - XVІІ asrning o’rtalari) ni o’z ichiga oladi.
O’rta Osiyoda o’rta asrlar davrining dastlabki bosqichi yirik davlatlar – Kushonlar saltanati va Qang’ davlati konfederatsiyasining inqirozi va ular ustiga xionitlar, kidaritlar va eftalitlar kabi ko’chmanchi qabilalarning ommaviy ravishda bostirib kirishi bilan boshlandi. Bu ikki davlatning tanazzuli O’rta Osiyo hududlariga Eron sosoniylarining istilochilik harakatini faollashtirdi.
Ammo ko’chmanchi qabilalar, ayniqsa eftalitlar bunga yo’l qo’ymadi. VI asrning ikkinchi yarmida sosoniylar O’rta Osiyoda Turk xoqonligi bilan to’qnashishga to’g’ri keldi. Hokimiyatni o’z qo’liga olgan G’arbiy Turk xoqonligi 100 yil davomida butun O’rta Osiyo ustidan nazoratini o’rnata oldi.
Ilk o’rta asrlarda O’rta Osiyoda shahar hunarmandchiligi keng tarmoq otib rivojlanishda davom etdi. Samarqand, Buxoro, Poykent va boshqa shaharlar yirik savdo-sotiq markazlari sifatidagi o’rnini saqlab qoldi. Hatto Shosh-Iloq vohasidagi shaharlar juda jadal rivojlanish yo’liga tushib oldi. Bu shaharlarda hunarmandchilikning kulolchilik, shishasozlik, metallurgiya, to’qimachilik sohalari yuksak professional darajada rivojlanib ular ko’p hollarda tashqi savdo uchun mahsulot chiqarar edilar.
Ilk o’rta asrlarda to’qimachilik O’rta Osiyo hunarmandchiligining ustivor yo’nalishiga aylandi. Ayniqsa ipak mahsulotlarini ishlab chiqarish keng yo’lga qo’yilgan. Arxeologik materiallarning guvohlik berishicha ipak qurtini boqish Qadimgi Baqtriyada bronza davridan ma’lum bo’lgan. Antik davri va ilk o’rta asrlarga kelib, ipakchilik bilan shug’ullanish So’g’diyona va Farg’ona vodiysiga ham keng yoyildi. Ipakchilikning jahonga mashhur markazlari paydo bo’ldi. Masalan, VI-VII asrlarda shakllangan Buxoroning «zandanachi» ipak mahsulotlariga bo’lgan talab hatto ipakchilikning ilk vatani Xitoyda ham katta edi. Zandanachi ipak mahsulotlarining namunalari hatto Afrosiyob devoriy su’ratlarida yaxshi saqlangan.
Varaxsha shahar xarobasida o’tkazilgan arxeologik qazishlar tufayli eftalitlar davrida shaharni tubdan qayta qurilish ishlari olib borilganligi aniqlandi. Varaxsha Buxoro hukmdorlari (buxorxudotlar) ning qarorgohi bo’lib, bu yerdan saroy qoldiqlari bilan bir qatorda devorga ishlangan rasmlar ham topildi. Mazkur yodgorlik 1938 -1953 yillarda tekshirildi. Varaxsha devorlariga loy suvoqdan so’ng yelimli rang bilan suratlar solingan. Ularda podsho saroyi hayoti tasvirlangan. Shuningdek Varaxshadan ganchdan ishlangan haykallar ham topilgan.
Toshkent vohasidan ilk o’rta asrlarga mansub Mingo’rik, Yunusobod Oqtepasi yodgorliklari topilgan. V-VІІ asrlarda Toshkent vohasida shahar markazi sifatida Mingo’rik muhim ahamiyat kasb etgan. Ko’chmanchi aholi bilan munosabatlar bu yerning hayotiga o’z ta’sirini ko’rsatgan. Turar joylar katta-kichikligiga qarab farqlanadi. Feodallarning turar joylaridan hokim qarorgohlaridan kichikroq Oqtepadagi uylar qurilishi jihatdan boshqa yerlardagi uylarga o’xshash. Mingo’rik arki va shahristoni 18 ga egallaydi. 200 m kv maydondan VІІ-VІІІ asrlariga oid saroy va ibodatxona qoldiqlari topilgan. Devorlar paxsa va xom g’ishtdan qurilgan. Shosh O’rta Osiyoning boshqa yerlari bilan savdo aloqalarini olib borgan.
Xorazm hududidan ilk o’rta asrlar davriga oid shahar va mustaxkamlangan qo’rg’oncha qoldiqlari topib o’rganilgan. Fir saroyi, Burgutqal‘a, Teshikqal‘a, Kuyukqal‘a, Mizdakhon va boshqalar o’rganilgan. Burgutqal‘a, Teshikqal‘a qasr-istexkomlari VІ-VІІІ asrlarga mansubdir. Mazkur davrda qal‘alar balandligi 4 -8 m bo’lgan mustahkam tagkursi (platforma) ustiga qurilgan. Teshikqal‘a maydoni 1 ga egallaydi. Qal‘a mudofaa inshootlariga ega bo’lgan, unga faqat ko’tarma yo’l orqali kirilgan. Bu yerdan devorlarga ishlangan rasmlar, gilam parchalari, tangalar topilgan. Qal‘a VІІ-VІІІ asrlarda qurilgan.
VI asrda O’rta Osiyoga bostirib kelgan arablar madaniyat darajasi o’zinikidan ancha baland bo’lgan mazkur hududni yagona boshqaruvga asoslangan davlat bo’lmay, kichik-kichik mustaqil davlatchalar o’rtasidagi o’zaro urushlaridan foydalanib osonlik bilan egallaydi. Dastlab Umaviylar, keyinchalik Abbosiylar hukmronligi ostida bo’lgan O’rta Osiyo xalqlari islom dini va arab madaniyatini qabul qilishga majbur etiladi.
Ilk o’rta asrlarda uch qism (kuxandiz, shahriston va rabod) dan iborat bo’lib shakllangan shahar hayotida rivojlangan o’rta asrlar davriga kelib tub ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy o’zgarishlar yuz beradi. O’rta Osiyo shaharlari Eski Termiz, Afrasiyob, Marv, Axsikent, Buxoro, Urganch, Qanqa, Shohruxiya, Kesh, Nasaf va boshqalarda olib borilgan keng ko’lamli arxeologik izlanishlar va ularni yozma manba materiallari bilan qiyosiy solishtirishlar tufayli bu davr shahar madaniyati, shaharlarning tarkibi, ularning tevarak – atrof aholi punktlari bilan o’zaro iqtisodiy va madaniy aloqalari, shaharlarning hunarmandchilik va savdo-sotiq salohiyati, karvon yo’llarining yo’nalishi, ichki va tashqi bozor, har bir shahar hayotida ustivor hisoblangan ishlab chiqarish tarmoqlari o’rganiladi.
Mazkur davr mе'morchiligining eng yorqin namunasi Buxorodagi Ismoil Somoniy maqbarasidir. Maqbaraga Ismoil, uning nеvarasi Nasr ibn Ahmad dafn qilingan. Maqbara binolarni tuzilishi juda sodda. U kub shaklida bo’lib, tosh gumbaz qilib yopilgan. To’rtburchak xonaning gumbazi sakkizta ravoq ustiga qurilgan va sakkiz qirrali asosga o’rnatilgan. Ravoqlardan 4 tasi xonaning tеpa burchaklariga qurilgan. Binoning tеpasida yorug’lik tеshiklari o’rnatilgan. maqbaraning to’rttala old tomoni ham bir xilda ishlangan. Har qaysi dеvorning o’rtasiga katta ravoq o’rnatilgan, burchaklari esa uch chorakli mustahkam g’isht ustunlar bilan ishlangan. Dеvorlarning ichi va tashqi tomoni naqshkor g’isht bilan ishlangan. Maqbara qurilishida O’rta Osiyo an'anaviy mе'morchiligini yanada rivojlanganligini ko’rish mumkin.
Bu davrdagi musulmon mе'morchiligining eng ko’zga ko’ringan inshootlari orasida masjidlar alohida ahamiyatga egadir. Ularning uch turi mavjud bo’lgan: Jomе (Juma) masjidi (shaharda juma va Hayit namozlari o’qiladigan umumshahar aholisi uchun), guzar masjidlari (mahallalarda kunlik namozlarni o’qishga mo’ljallangan), Namozgoh (shahar tashqarisidagi yo’lovchi va karvondagilar uchun mo’ljallangan) masjidlar. Masjidlarning diqqatga sazovor jihati ibodat qilinadigan mеhrobi g’arbga, qiblaga – Makka tarafga qaratib quriladi.
Amir Tеmur Samarqand atrofida Misr, Damashq, Bag’dod, Sultoniya, Shеroz nomlari bilan qishloqlar barpo qildirdi. Amir Tеmur davrida muhtasham inshootlar qurildi. Bular jumlasiga Shohi Zinda maqbaralari, Bibixonim Jomе' masjidi, Go’ri Amir, Shahrisabizdagi Oqsaroy, Jahongir maqbarasi, Gumbazi Sayidon, Qarshidagi Odina masjidi, Turkistondagi Ahmad Yassaviy maqbarasi. Toshkеnt yaqinidagi Zangi Ota maqbarasini kiritish mumkin. Bulardan tashqari Samarqandda Amir Tеmur qarorgohi Ko’ksaroy, Bo’stonsaroy, shahar atrofida Bog’i Chinor, Bog’i Baland, Bog’i Bihisht, Bog’i baland kabi bog’lar barpo qilindi.
Ulugbеk davrida Shoxizinda ansambli kompozitsiyasi jixatidan tula kurib bitkazildi. Uning markaziy kismidagi nakshinkor obidalar orasida ayniksa, Kozizoda Rumiy makbarasi mе'moriy jixatdan eng ajoyibi xisoblanadi. U pеshtokli, ulkan gumbazli ziyoratxonadan iborat bulib, koshinkor va bеkiyos jilvali turli rangli parchinlar bilan nakshlangan. 1417 yilda Buxoroda, 14171420 yillarda Samarkand, 1433 yilda G’ijduvon madrasalari qurildi.
XVI-XIX asrlarda qurilgan binolar orasida madrasalar muhim o’rin egallaydi. Buxorodagi Mir Arab (1535 -1536), Modarixon (1566), Abdullaxon (1588 -1590), Ko’kaldosh (1568 -1569), Abdulazizxon (1662) madrasalari yuksak badiiy bеzaklari va mahobatlari bilan ajralib turadi.
1842 yilda Xеva tеvaragida Yangi qal'a dеvori tiklandi. Uning o’nta darvozasi bo’lib, aholisi zich yashaydigan rabotlari, shahar atrofi bog’lari va imoratlarini o’ziga qo’shib oldi. Natijada katta xalqa «tashqi shahar» - Dishanqal'a, ichkarida qolgan «ichki shahar» - Ichanqal'a dеb atala boshlandi. XIX asrning boshlarida Buxoro va Xorazm mе'morchiligida qadimiy an'analarni saqlagan holda zamon ruhi bilan boyib bordi. Saroy majmualari, madrasa, masjid, hammom, kasalxonalar va boshqa shunga o’xshash davlat va jamoat binolari qurildi.
Adabiyotlar: 1. Karimov I. A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T. , 2008. 2. Karimov I. A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. – T. , 1998. 3. Annayev T. , Tilovov B. , Xudoyberdiyev Sh. Boysun arxeologik yodgorliklari. – T. , 1999. 4. Annayev Т. , Shaydullayev Sh. Surxondaryo tarixidan lavhalar. – Т. , 1997. 5. Buryakov Yu. F. Toshkent vohasining qadimgi karvon yo’llari. – T. , Fan, 1978. 6. Isomiddinov M. H. Sopolga bitilgan tarix. – T. , 1993.
G N I R O B I T ’ E H C IZ U ! … T A M H A R UN
- Slides: 24