OSMIRLIK DAVRI REJA 1 Osmirlik davriga psixologik tavsif















- Slides: 15
O’SMIRLIK DAVRI REJA: • • 1. O’smirlik davriga psixologik tavsif 2. O’smirlik davrida biologik rivojlanish 3. Aksleratsiya nazariyasi 4. O’smirlik davrida bilish jarayonlarining taraqqiyoti • 5. O’smirlik yoshida shaxsning shakllanishi • 6. Tarbiyasi og`ir o’smirlar
• O’smirlik davrini o’tish, burilish, qiyin davr sifatida adabiyotlarda keng qo’llaniladi. O’smirlik davrining o’tish davri deyilishiga asosiy sabab bu vaqt oralig`ida bolalikdan kattalik holatiga o’tish davri yuzaga keladi, ya`ni psixik jarayonlarning o’quvchi faoliyatlarining jiddiy ravishda qayta qurish bilan bog`liqdir. SHuning uchun o’smirlik yoshi o’zaro munosabat shakllaridan faoliyatni tashkil qilishda kattalar tomonidan rahbarlik qilishda qat`iy o’zgarishlarni talab qiladi.
O’smirlik davrini ilmiy jihatdan o’rganish uchun asos bo’lgan omillar quyidagilardan iborat: • Fan va texnika rivojlanishi natijasida madaniyat san`at va adabiyot ijtimoiy iqtisodiy shart-sharoitlarning o’zgarayotganligi. • Ommaviy axborot ko’lamining kengayishi tufayli o’smirlar onglik darajasining ko’tarilganligi. • O’g`il va qizlarning dunyo voqealaridan tabiat va jamiyat qonunlaridan tarixdan etarli darajada xabardorligi.
• Ularning jismoniy va aqliy kamolotining jadallashgani • O’smirlar bilan ishlashda g`oyaviy, siyosiy, vatanparvarlik va baynalminal tarbiyaga alohida yondashish zarurligi • Oshkoralik ijtimoiy adolat demokratiya muammolarining ijtimoiy hayotga chuqur kirib borayotganligi. • O’quvchilar uchun mustaqil bilim ongli ijodiy fikr yuritish, o’z-o’zini boshqarish, anglash, baholash va nazorat qilishga keng imkoniyat yaratilganligi.
Kichik maktab va katta maktab yoshiga qaraganda o’smirlik yoshi ta`lim va tarbiya uchun ancha qiyin hisoblanadi. Ularni quyidagicha ifodalash mumkin: • -ta`lim jarayonida yangi materialni tushuntirishning eski shakli va metodlari sekin-asta yaroqsiz bo’lib qoladi. • -ilgarilari o’quv materialini so’zma-so’z qayta tiklashga moyil bo’lgan o’quvchi endilikda materialni o’z so’zlari bilan ifodalab berishga intiladi. • -o’qituvchi biror formula qonun qoidani aniq esga tushurib aytib berishlarini talab qilganda o’quvchi qarshilik bildiradi. • -kechagina itoatkor odobli bo’lgan o’smir to’satdan qo’rslik qo’pollik qaysarlik va intizomsizlik ko’rsata boshlaydi.
• O’smirlik inqirozi xususida rus psixologi A. G. Kovalev quyidagilarni ta`kidlaydi: adolatli ravishda qayd qiladiki, bu erda gap yosh inqirozi ustida emas, balki o’smirlar bilan kattalar o’rtasidagi munosabatlar ya`ni o’smirlar bilan o’qituvchilar va tarbiyachilar o’rtasidagi munosabatlar inqirozi ustida ketmoqda.
• O’smirlar psixikasini harakatga keltiruvchi kuchlar uning faoliyatini vujudga keltirgan yangi ehtiyojlar bilan ularni qondirish imkoniyatlari o’rtasidagi qarama-qarshiliklar tizimining namoyon bo’lishidir.
• Psixolog Z. Freyd va uning shogirdlari o’smirlik davrini baholashda insonga azaldan berilgan qandaydir ilk mayl nishonasi sifatida vujudga keladigan o’z mavqeini belgilashga ongsiz intilishni eng muhim asos deb hisoblaydilar. Bu intilish guyoki xudbinlik, boshqa kishilarni mensimaslik paydo bo’lishga, atrof-muhit bilan kelisha olmaslikka hatto nizolarga olib kelar, ongsizlik ehtiyojlari va mayllari shaxsning faolligini begilab berar emish.
• Rus psixologlari esa o’smirda imkoniyat bilan talabchanlik o’rtasidagi kelishmovchilik, o’zini ko’rsatishga moyillik va o’z ichki dunyosiga qiziqishning namoyon bo’lishi bilan tavsiflanishini asoslab beradilar. • R. Kulinning fikricha o’smirlik davrida uchta asosiy ijtimoiy-axloqiy tamoyil mavjud bo’lib, ular emansipatsiya (kattalar ta`siridan qutilish) va mustaqillikka erishish, hayot yo’li va kasbhunar tanlashga jiddiy munosabatda bo’lish, zarur ijtimoiy-axloqiy nomalarni o’zlashtirishdan iboratdir.
• • O’smirlar jinsiy etilish sirlarining 17 % ota-onadan, 9% o’qituvchilardan, 4% maktab shifokoridan va qolgan yashirin jihatlari, holatlari to’g`risidagi ma`lumotlarni ko’chako’ydan, o’rtoqlar va dugonalaridan eshitib bilib oladilar.
O’smirlik davrida idtimoiy hayotda yaramas odatlarni kelib chiqishi quyidagi manbalar bilan bog`liq: • -kino zallari va televidenieda o’smirlarga to’g`ri kelmaydigan filmlarga ruxsat berilishi; • -jamoat joylari va ko’cha-ko’yda kattalarning nojoiz qiliqlarni ko’rsatishlari; • -ta`limda biologik rivojlanish to’g`risida etarli bilimlarni berilmasligi; • -shifokorlarning bu sohada keng ko’lamli ish olib bormasligi; • -ota-onalarda fiziologik va psixologik bilimlarni etishmasligi; • -o’smir bolalar va qizlarga mo’ljallangan materiallarning kamligi.
• Akseleratsiya (lot. Acseleratio tezlashish) - bolalar va o’smirlarda oldingi avlodga nisbatan bo’y nisbati va jinsiy taraqqiyotining tezlashishi, jadallashishi.
Akseleratsiyaning quyidagi turlari mavjud • 1. Geliogen nazariyasi -ushbu nazariya 1936 yilda chet el olimlari tomonidan yaratilgan bo’lib, uning asosiy mohiyati akseleratsiya hodisasi quyosh nurining bevosita ta`siri bilan vujudga keladi, degan g`oyadan iborat. • 2. Geteroziya nazariyasi -19 asrning oxiri va 20 asrning boshlarida yuzaga kelib, aralash nikoh natijasida tug`ilgan bolalarda jismoiy, psixik rivojlanishning tezlashishi, jadallashishidir.
• 3. Urbanizatsiya nazariyasi -19 asrning o’rtalariga kelib qishloq aholisini shaharga ko’chib kelishi natijasida ularning jismoniy, psixik rivojlanishidagi tezlashish. • 4. Nutritiv nazariya –o’sishdagi jadallashish odamlarning ovqatlanishini yaxshilanishi, iste`mol qilinayotgan ozuqalarda darmondorilar miqdorining ko’payishi sababli vujudga keladi.
• 5. Nurlanish nazariyasi –er yuzidagi turli nurlarning inson organizmiga ta`siri natijasida jadallashishi. • 6. Ijtimoiy akseleratsiya -uning asoschisi A. A. Markosyan bo’lib, hozirgi kishilardagi bilimlar hajmini 20 asr yarmidagi kishilarning bilimlari hajmiga taqqoslash orqali bolalardagi o’sish jarayonini aniqlash.















