MAVZU BOSHLANGICH SINF DARSLARIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH 2
MAVZU: BOSHLANG`ICH SINF DARSLARIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH (2 soat ma’ruza)
Mavzuning rejasi: • 1. AKT rivojlantirish to’g’risidagi O’z. R Prezidenti Farmonlari, VMning Qarorlari va XTVning me’yoriy hujjatlari. • 2. Kompyuterning texnik ta’minoti. • 3. Kompyuterning dasturiy ta’minoti. Operatsion tizimlar.
AKT rivojlantirish to’g’risidagi O’z. R Prezidenti Farmonlari, VMning Qarorlari va XTVning me’yoriy hujjatlari
• 1. O’zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to’g’risida”gi 560 –II – sonli Qonuni qachon qabul qilindi? • 2. O’zbekiston Respublikasining “Telekommunikasiyalar to’g’risi-da”gi • 822 – I –sonli Qonuni qachon qabul qilindi? • 3. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish to’g’risida”gi PF-3080 – sonli Farmoni qachon qabul qilindi?
1 -savolning javobi • 11 – dekabr 2003 yilda qabul qilingan. Ushbu Qonunning maqsadi axborotlashtirish, axborot resurslari va axborot tizimlaridan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2 -savolning javobi • O’zbekiston Respublikasining “Telekommunikasiyalar to’g’risi-da”gi • 822 – I –sonli Qonuni 20 – avgust 1999 yilda qabul qilingan. Ushbu Qonunning maqsadi telekommunikasiyalarni yaratish, ishlatish va rivojlantirish sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir.
3 -savolning javobi • O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborotkommunikasiya texnologiyalarini joriy etish to’g’risida”gi PF-3080 – sonli Farmoni 30 – may 2002 yilda qabul qilingan. Ushbu Farmonning maqsadi axborotlashtirishning milliy tizimini shakillantirish, iqtisodiyot va jamiyat hayotining barcha sohalarida zamonaviy axborot texnologiyalarini, kompyuter texnikasi va telekommunikasiya vositalarini ommaviy ravishda joriy etish hamda ulardan foydalanish, fuqorolarning axborotga ortib borayotgan ta’lab-ehtiyojlarini yanada to’laroq qondirish, jahon axborot hamjamiyatiga kirish hamda jahon axborot resurslaridan bahramand bo’lishini kengaytirish uchun qulay shart – sharoitlarni yaratish.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining O’zbekiston Respublikasi jamoat ta’lim axborot tarmog’i “Ziyo. NET”ni tashkil etish to’g’risidagi PQ-191 -son Qarori 28 – sentyabr 2005 yilda qabul qilingan. • Ushbu Qarorning maqsadi mamlakatimizning maktablari, liseylari, kollejlari o’quvchilarining, oliy ta’lim muassasalari talabalarining axborotga bo’lgan ta’lab-ehtiyojlarini har tomonlama qondirish uchun zarur shart sharoitlarni yaratish, shuningdek Internet tarmog’ining milliy segmentida ta’lim va bilim beradigan axborot resurslarini rivojlantirish.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommuni-kasiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 200 – sonli Qarori 6 – iyun 2002 yilda qabul qilingan. • Ushbu Qarorning maqsadi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish to’g’risida”gi 30 – may 2002 yilda qabul qilingan PF-3080 – sonli Farmonini bajarish yuzasidan va axborot-kommunikasiya texnologiyalari sohasida strategik ustuvorlikni amalga oshirishga doir amaliy chora-tadbirlarni ta’minlash.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasi XTV huzurida multimediya umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 110 – sonli Qarori 7 -iyun 2006 yil qabul qilingan.
Ushbu Qarorning maqsadi • O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi umumta’lim maktablarini axborotlashtirish” loyihasini amalgam oshirish uchun “Koreya Respublikasi Hukumati tomonidan beriladigan imtiyozli kreditdan samarali foydalanish choratadbirlari to’g’risida” 2006 yil 27 martdagi PQ 312 – sonli Qarorini bajarish.
O’zbekiston Respublikasi XTVning “ 2006 -2007 o’quv yilini “Axborot kommunikasiya texnologiyalaridan foydalanishda pedagog kadrlar salohiyatini oshirish o’quv yili” deb nomlash to’g’risida”gi 6 G’ 5 -XB-sonli Buyrug’i 3 – avgust 2006 yilda qabul qilingan. • Ushbu Buyruqning maqsadi axborot kommunikasiya texnologiyalarining ta’lim tizimiga tadbiq qilinishini jadallashtirish va barcha pedagog kadrlarning kompyuter savodxonligini ta’minlashdan iborat.
O’zbekiston Respublikasi XTVning “XTVning axborot-ta’lim portali www. eduportal. uz ni tashkil etish va uning mazmunini takomillashtirish to’g’risida”gi 35 -sonli Buyrug’i 13 – fevral 2008 yilda qabul qilingan. • Ushbu Buyruqning maqsadi Kelajakda mazkur portalni xalq ta’limi tizimiga oid istalgan axborotlar va ta’lim resurslarining universal elektron bazasiga aylantirish.
Kompyuterning texnik ta’minoti Kompyuter bu insoniyatning eng ajoyib kashfiyotlaridan biridir. Hozirgi kunda kompyuter hayotimizning barcha sohalariga shiddat bilan kirib bormoqda. Agar boshida personal kompyuter asosan ma’lumotlarni saqlash va ularni qayta ishlash uchun foydalangan bo’lsa, hozirgi kunda esa kompyuterlar audio, video va chizmachilikda ma’lumotlar bilan ishlash uchun keng foydalanadi. Kelajakni uningsiz tassavur qilish mumkin emas.
Kompyuter - bu turli hajmdagi, har xil ko’rinishdagi axborotlarni tezlik bilan ishlab berishni ta’minlovchi universal avtomatik qurilmadir. Kompyuter inson hayot faoliyatining turli sohalarida ma’lumotlarni tezlik bilan kiritish, ko’rib chiqish, qayta ishlash, saqlab qo’yish va chiqarish uchun mo’ljallangan qurilma.
Kompyuter qurilmalar 2 qisimdan iborat: Asosiy qurilmalar – kompyuterning ishlashini ta’minlovchi qurilmalar bo’lib, bo’larga monitor, klaviatura, sichqoncha va tizimlar bloki kiradi. Qo’shimcha qurilmalar – kompyuterning ishlash samaradorligini oshirish uchun mo’ljallanagan qurilmalar bo’lib, bularga printer, skaner, aktiv kalonkalar, modem, plotter va boshqalar kiradi.
Monitor – grafikli va matnli ma’lumotlarni ekranga chiqarish uchun mo’ljallangan qurilma. Monitor kompyuterning ish jarayonida vujudga keladigan axborotlarni ekranda yoritib berishga xizmat qiladigan qurilma.
Klaviatura – kompyuterga ma’lumotlarni kiritish va qayta ishlash uchun mo’ljallanagan qurilma.
Sichqoncha – kampyuterga ma’lumotlarni kiritishni va buyruqlarni berishni yingillashtiruvchi qurilma.
Tizimlar bloki – kampyuterning eng asosiy qurilmasi bo’lib boshqa barcha qurilmalarini ishlashini ta’minlaydi.
Printer – kopyuterdan qog’ozga matnli va grafikli ma’lumotlarni chop etish uchun mo’ljallanagan qurilma. Printerlarning uch xil turi mavjud: - - matrisali (ignali) printerlar; purkagichli (siyohli) printerlar; lazerli printerlar;
Skaner – qog’ozdagi matnli va grafikli ma’lumotlarni kompyuterga rasm shaklida kiritish uchun mo’ljallanagan qurilma.
Aktiv kalonkalar – kopyuterdan har-xil tovushlarni eshitish uchun mo’ljallangan qurilma
Modem – boshqa kompyuterlar bilan telefon aloqa kanali orqali muloqat o’rnatish uchun yoki ma’lumot almashinish uchun mo’ljallangan qurilma.
Plotter – kompyuterdan katta o’lchamdagi matnli va grafikli ma’lumotlarni chop etish uchun mo’ljallanagan qurilma.
Diskyuritgich(Diskovod) – egiluvchan magnit desklardan (desketa) malumotlarni o’qish va yozish uchun mo’ljallanagan qurilma.
DVD – CD diskovodlar Kompakt disklardan ma’lumot o’qish va ularga ma’lumot yozish qurilmasi. Ma’lumot o’qish va yozish lazer nuri yordamida amalga oshiriladi. Kompakt disk yuzasiga 1 li bitlarni yozishda diskning ma’lum yuzasiga lazer nuri ta’sir qildiriladi va shu yuzada iz qoldiriladi. CD-ROM – CD kompakt disklardan ma’lumotlarni o’qish uchun mo’ljallanagan qurilma. CD-RW - CD kompakt disklardan malumotlarni o’qish va yozish uchun mo’ljallanagan qurilma. DVD-ROM – CD kompakt disklardan malumotlarni o’qish va yozish uchun hamda DVD kompakt disklardan esa ma’lumotlarni o’qish uchun mo’ljallanagan qurilma. DVD-RW – CD hamda DVD kompakt disklardan ma’lumotlarni o’qish va yozish uchun mo’ljallanagan qurilma.
• Flesh xotra- (ingl. Flash – qisqa xabar) juda katta hajmdagi axborotni o’z ichiga sig’dira oladigan yarim o’tkazgichli xotira. Hozirgi kunda flesh xotiralarning hajmi 32 Gb gacha bo’lgan axborotni o’ziga sig’dira oladigan turlari mavjud. Ma’lumot yozish tezligi 6700 kbayt. G’sek gacha etadi. Ma’lumot o’qish tezligi esa 18000 kbayt. G’sek gacha boradi.
Operasion tizimlar Operasion tizim komp’yuterning dasturli ta’limotining eng asosiy qismlaridan bo’lib, u turli tartibda kompyuterning eng samarali ishlashini, shuningdek masalalardan kompyuterda yechishga tayyorlash uchun amalga oshiriladigan barcha bosqichlarga sarflanadigan mehnatni engillashtirishni va amaliy dasturlarni komp’yuterda bajarishni avtomatlashtirishni ta’minlaydigan dasturli vositalar majmuasidan iborat bo’ladi.
Agar «operasion tizim» (OT) tushunchasini qisqacha izohlasak, bu boshqaruv dasturidir. OT bu – kompyuetrning fizik va dasturiy resurslarini taqsimlash va ularni boshqarish uchun ishlatiladigan dastur. Har qanday kompyuter ishlashi uchun dasturiy ta’minot kerak bo’ladi.
Windows operasion tizimi quyidagi imkoniyatlarga ega: • -Universal grafika - Windows dasturlarning qurilmalarga va dasturiy ta’minotga bog’liqsizligini ta’minlaydi. • -Yagona interfeys - Windows da foydalanuvchining muloqoti yagona, ya’ni turli dasturlar bilan ishlash qoidalari umumiy. Shuning uchun yangi dastur bilan ishlaganingizda bu qoidalardan foydalanishingiz mumkin. • -Mavjud dasturiy ta’minot bilan muvofiqligi - Windows MS DOS ning barcha amaliy paketlari, tahrirlagichlari, elektron jadvallari ishini to’la ta’minlaydi. • -Ko’p masalaligi - Windows bir paytning o’zida bir necha masalani hal etadi, bir dasturdan boshqasiga o’tishni ta’minlaydi. • -Windows mavjud tezkor xotiradan to’la foydalana oladi. • -Qurilma resurslaridan ham to’liq foydalanadi. Bu qurilmalar bilan muloqotni o’zi ta’minlaydi.
Darsni mustahkamlash 1. Zamonaviy axborot texnologiyalari va ularning jamiyat taraqqiyotidagi roli. 2. AKT ni yanada rivojlantirish to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidentinig farmoni qachon qabul qilingan? 3. XTVning qanday bo’yruqlari chiqarilgan. 4. Kompyuterning texnik ta’minoti deganda nimani tushunasiz? 5. Kompyuterning asosiy qurilmalarini sanab o’ting? 6. Qo’shimcha qurilmalariga ta’rif bering? 7. Kompyuterning dasturiy ta’minoti nima? 8. Operasion tizimlarni tushuntirib bering?
Adabiyotlar ro’yxati
Etiboringiz uchun rahmat • Savollar bo`lsa marhamat
- Slides: 34