6 SINF TARIX DARSLARIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH KIRISH

  • Slides: 16
Download presentation
6 – SINF TARIX DARSLARIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH KIRISH REJA: I. BOB. Innovatsiya va

6 – SINF TARIX DARSLARIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH KIRISH REJA: I. BOB. Innovatsiya va innovatsion texnologiyalar mazmun mohiyati 1. 1. Innovatsion texnologiya tushunchasining mazmun- mohiyati va uning nazariy asoslari 1. 2. Mustaqillik yillarida ta’lim tizimidagi islohotlar va innovatsion texnologiyalarning tatbiq etilishi II. BOB. Umumiy o`rta ta’lim maktablarida tarix fanini o`qitishda innovatsion ta’lim texnologiyasidan foydalanishning maqsad va vazifalari 2. 1. Umumiy o`rta ta’lim maktablarida tarix darslarini o`qitishga qo`yilgan zamonaviy talablar 2. 2. 6 -sinf tarix darslarini o`qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish III. BOB. Tarix darslarida o`quvchilar bilimlarining uzviyligini ta`minlash yo`llari 3. 1. Tarix ta’limida o`quvchilarda mustaqil fikr yuritish va tarixiy tasavvurni shakllantirishda innovatsion texnologiyalarning o`rni 3. 2. 6 -sinf tarix darslarini tashkillashtirish yuzasidan namunaviy dars ishlanmalari.

Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi zamon fanida, ijtimoiy hayot sohalarida ajoyib kashfiyotlar, murakkab jarayonlar, universal texnologiyalar

Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi zamon fanida, ijtimoiy hayot sohalarida ajoyib kashfiyotlar, murakkab jarayonlar, universal texnologiyalar bilan bog`liq umumbashariy jarayonlar yuz bermoqda, shunday jarayonlarni, yangiliklarni tahlil qilishda ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan ilmiy, ma’naviy, madaniy, diniy me`rosimizni avaylab bilim va ko`nikmalarni yosh avlodga taqdim etishda, yangicha mantiqiy fikrlash malakasini shaklalntirishda ta’limning, ayniqsa tarix fanining ahamiyati kattadir.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov 1998 yil 26 - iyunda mamlakatimiz tarixchi olimlari,

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov 1998 yil 26 - iyunda mamlakatimiz tarixchi olimlari, shoir va jurnalistlari bilan bo`lgan uchrashuvda ko`rsatib berdi. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1998 yil 27 - iyunda “O`z. RFA Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to`g`risida” qaror qabul qildi. Yangi tarixni xolisona yoritish, tarix fanini o`qitish davlat siyosati darajasiga ko`tarildi. Bu hol umumta’lim maktablarida tarix fani asoslarini o`rganish oldiga, xususan ushbu o`quv fanini o`qitish mazmuniga va uni qanday o`qitilishiga, jamiyatimizga kirib kelgan innovatsion texnologiyalardan foydalanish masalalari oldiga katta talablar qo`ydi. Yuqoridagi fikrlarga tayanib, dissertatsiya bir qator dolzarb muammolarni o`z ichiga oladi.

Birinchidan, maktabda tarix ta’limi jarayonida qo`llanilayotgan innovatsion texnologiyalarning mazmun – mohiyati va natijalari, nazariy

Birinchidan, maktabda tarix ta’limi jarayonida qo`llanilayotgan innovatsion texnologiyalarning mazmun – mohiyati va natijalari, nazariy asoslari, bu borada ta’lim tizimida yuz berayotgan sifat o`zgarishlarini tahlil qilish, mustaqillik yillarida O`zbekiston Respublikasi ta’lim tizimidagi tub islohotlar mohiyatini ochib berish.

Ikkinchidan, umumiy o`rta ta’lim maktablarida tarix fanini o`qitishda innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning zarurati va

Ikkinchidan, umumiy o`rta ta’lim maktablarida tarix fanini o`qitishda innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning zarurati va shu bilan birga zamonaviy ta’lim tizimida maktab tarix ta’limi mazmuni tubdan o`zgarganligi bois innovatsion texnologiyalardan foydalanish usullarini ishlab chiqish.

Uchinchidan, Axborot texnologiyalar jamiyatning barcha jabhalariga kirib borishi bilan bir qatorda, ta’lim tizimida ham

Uchinchidan, Axborot texnologiyalar jamiyatning barcha jabhalariga kirib borishi bilan bir qatorda, ta’lim tizimida ham o`zining ijobiy natijalarini ko`rsatmoqda. Jumladan, tarix darslarini o`qitish jarayonida axborot texnologiyalaridan foydlanishning samarali usullarini tatbiq etish.

To`rtinchidan, bugungi zamonaviy ta’limda islohotlar natijasida tarix fanlarini o`qitishda o`quv uslubiy majmuaning unsurlari metodologik

To`rtinchidan, bugungi zamonaviy ta’limda islohotlar natijasida tarix fanlarini o`qitishda o`quv uslubiy majmuaning unsurlari metodologik va metodik jihatdan tarix ta’limi maqsad – vazifalarini amalga oshirishga xizmat qilishi bois dars ishlanmalariga bo`lgan talablarning salmog`i oshayotganligi sababli, namunali dars ishlanmalarini ishlab chiqish zarurligi mavzuning dolzarbligini belgilaydi.

Tadqiqot ob`yekti. 6 -sinf tarix darslarini o`qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanishning usullarini tadqiq etish tadqiqot

Tadqiqot ob`yekti. 6 -sinf tarix darslarini o`qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanishning usullarini tadqiq etish tadqiqot ob`yekti hisoblanadi. Tadqiqotning predmeti. 6 – sinf o`quvchilariga tarix o`qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanishning samarali usullarini aniqlash tadqiqot predmeti hisoblanadi.

Tadqiqot maqsadi. 6 -sinf tarix darslarini o`qitishda innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning samarali usullarini tadqiq

Tadqiqot maqsadi. 6 -sinf tarix darslarini o`qitishda innovatsion ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning samarali usullarini tadqiq etish asosida kerakli tavsiya va xulosalarni ishlab chiqish. Bu maqsadlarni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni hal qilish maqsadga muvofiq: - innovatsiya, innovatsion texnologiyalar tushunchasining mazmun mohiyatini ochib berish; - maktab ta’lim tizimiga innovatsion texnologiyalarni olib kirish va ularning samaradorlik usullarini aniqlash; - ta’lim tizimiga kiritilayotgan innovatsion texnologiyalar natijasida yuz berayotgan sifat o`zgarishlarini tahlil qilish; - mustaqillik yillarida ta’lim tizimidagi tub islohatlarning mazmunini yoritish; - umumiy o`rta ta’lim maktablarida 6 -sinf tarix darslarini o`qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanishning usullarini ishlab chiqish; - umumlashgan xulosalar asosida taklif va tavsiyalar berish.

TADQIQOTNING ILMIY YANGILIGI: - innovatsion texnologiyalar tushunchasi va uning nazariy asoslari tegishli adabiyotlar asosida

TADQIQOTNING ILMIY YANGILIGI: - innovatsion texnologiyalar tushunchasi va uning nazariy asoslari tegishli adabiyotlar asosida tadqiq etildi; -6 – sinf tarix darslarini o`qitishda axborot texnologiyalaridan foydalanishning nazariy asoslaridagi yangiliklar ilmiy – amaliy asoslandi; -6 -sinf tarix darslarini o`qitishda yangi interfaol metodlar ishlab chiqildi; -tarix fani o`qituvchilarining innovatsion pedagogik faoliyatga tayyorlash mexanizmi ishlab chiqildi; - tadqiqot natijalari keyingi tadqiqotlar uchun ilmiy va metodik jihatdan tavsiya xarakteriga ega bo`ldi.

TADQIQOTNING ASOSIY MASALALARI VA FARAZLARI - innovatsion texnologiyalar tushunchasining nazariy asoslarini izohlab berish; -

TADQIQOTNING ASOSIY MASALALARI VA FARAZLARI - innovatsion texnologiyalar tushunchasining nazariy asoslarini izohlab berish; - ta’limning yangi mazmunini shakllantirish; - o`qitishning yangi usullarini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish; - o`quvchilarni bilimga bo`lgan qiziqishini mustaqil ravishda har bir masalaga ijodiy yondashgan holda kuchaytirish; - o`qituvchilarini innovatsion pedagogik faoliyatga tayyorlash mexanizmini ishlab chiqish.

“Tarixiy sanalar ” metodi. Tarix darslarini o`qitish jarayonida o`qituvchi tarixiy yillar bilan ishlashda ularni

“Tarixiy sanalar ” metodi. Tarix darslarini o`qitish jarayonida o`qituvchi tarixiy yillar bilan ishlashda ularni o`quvchilarga o`rgatishda muammolarga duch keladi. Bu usul keng qamrovli ma`lumotlarni o`zida mujassam etgan usul hisoblanadi. Masalan, 1877 -yil nemis geografi F. Rixtgofen tomonidan “Ipak yo`li ”atamasi fanga kiritildi. O`quvchi o`rgangan tarixiy sanalardan foydalanib, jadvalni to`ldirishi kerak bo`ladi. 1 8 7 7 А-tarixiy yil qo`yilsin oxirgi raqami 1 soni bilan tugashi kerak bo`ladi va uni o`quvchi o`zi sharhlay bilsin, keyingi jadvallar ham shunday to`ldiriladi. BSD-

“Saylov” o`quv o`yini Bu o`yin saylov deb nomlanishiga sabab, o`yin jarayoni partiyalar o`rtasida bo`lib,

“Saylov” o`quv o`yini Bu o`yin saylov deb nomlanishiga sabab, o`yin jarayoni partiyalar o`rtasida bo`lib, o`tgan siyosiy kurashlar kabi olib boriladi. “Saylov” o`yinidan tarix fanidagi barcha mavzularda foydalanish mumkin. O`quvchilarga o`tiladigan dars mavzusi, rejalari va foydalaniladigan adabiyotlar oldindan beriladi O`quvchilarni mavzuni to`ldirish uchun qo`shimcha adabiyotlardan va internet saytlaridan foydalanishlari tavsiya etiladi. Dars boshlangach tashkiliy qismdan so`ng guruhlar shakllantiriladi, bunda 4 partiyaning emblemasi o`quvchi soniga qarab taqsimlanadi. Berkitilgan qog`ozchalardan foydalanib, o`quvchilar o`z guruhlarini shakllantiradi. 1 -bosqich. Belgilangan reja asosida partiyalar kamida bittadan ma`lumot berib boradi qayta takrorlangan ma`lumotlar qabul qilinmaydi 2 -bosqich. Bunda ham shu qoidalarga amal qilinadi

“Saylov” o`quv o`yini 3 -bosqich. Bunda ham shu qoidalarga amal qilinadi va har bir

“Saylov” o`quv o`yini 3 -bosqich. Bunda ham shu qoidalarga amal qilinadi va har bir bosqich tugashi bilan to`plangan ballar e`lon qilinib boriladi. Yakuniy natijalar hisobiga ko`ra ko`p ball yiqqan partiya a`zolari 4 -bosqichni davom ettiradi. Bu bosqichda endi jamoa bo`lib kelgan partiya a`zolari yakka kurashni davom ettiradi Yakuniy bosqichda g`olib chiqqan o`quvchi eng bilimdon o`quvchi deb topiladi “Saylov” o`quv o`yinining afzalligi: - o`quvchilar siyosiy jarayonlarni borishini mustaqil anglab boradi; - o`quvchilar tomonidan muayyan nazariy bilimlarni puxta o`zlashtirishga erishiladi; - guruhlarni har bir a`zosini faol bo`lishga undaydi; - guruhning boshqa a`zolarini fikrlarini tinglay olishga va o`z fikrlarini himoya qilishga o`rgatadi. Shuningdek saylovni yurtimizda demokratik tamoyillar asosida amalga oshirilishini ko`rsatib beradi.

“Orolcha”o`quv o`yining qoidalari. Guruhni shakllantirish; o`quvchilar qo`llaridagi kartochkalarda belgilngan sonlar bo`yicha 5 ta guruhga

“Orolcha”o`quv o`yining qoidalari. Guruhni shakllantirish; o`quvchilar qo`llaridagi kartochkalarda belgilngan sonlar bo`yicha 5 ta guruhga bo`linadi va o`z kemalariga guruh bilan kelishgan holda nom beradi. O`qituvchi tomonidan berib borilgan topshiriqlarni tez va aniq bajargan kema a`zolari bir oroldan ikkinchi orolga suzib o`tadi, yangi orolga kelgan kema a`zolari qaysi oroldan suzib kelganligini o`qituvchiga ma`lum qiladi. Qaysiki guruh berilgan topshiriqlarni bajarib, orollarni suzib o`tib yana oldingi manziliga qaytib borsa o`yin g`olibi hisoblanadi. O`yinning ahamiyati. O`quvchi tarixiy ma`lumotlar bilan bir qatorda geografik hudud nomlarini ham bilib boradi.