OAV fuqarolik jamiyati instituti sifatida Kirish 1 2

  • Slides: 25
Download presentation
OAV fuqarolik jamiyati instituti sifatida

OAV fuqarolik jamiyati instituti sifatida

 • Kirish. 1 2 3 • Konstitutsiyaviylik va qonuniylik – ommaviy axborot vositalarining

• Kirish. 1 2 3 • Konstitutsiyaviylik va qonuniylik – ommaviy axborot vositalarining bosh mezoni. • Ommaviy axborot vositalarining huquqiy asoslari. • Ommaviy axborot vositalarining fuqarolik jamiyatini yuksaltirishdagi o`rni. • Xulosa. • Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.

KIRISH. “O`zbekistonda demokratik yangilanishlar jarayonini chuqurlashtirish va fuqarolarning erkinliklarini ta`minlashning g’oyat muhim sharti –

KIRISH. “O`zbekistonda demokratik yangilanishlar jarayonini chuqurlashtirish va fuqarolarning erkinliklarini ta`minlashning g’oyat muhim sharti – bu ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish uchun andozalarni joriy etish bo`yicha aniq choralarni amalga oshirishdir. ” Islom Karimov.

Respublikamiz Konstitutsiyasida mustaqillik sharofati tufayli so`z, matbuot va fikr erkinligini ta`minlashga qaratilgan muhim qoidalar

Respublikamiz Konstitutsiyasida mustaqillik sharofati tufayli so`z, matbuot va fikr erkinligini ta`minlashga qaratilgan muhim qoidalar mustahkamlab qo`yildi. Ushbu konstitutsiyaviy qoidalarni ikki guruhga bo`lib tasniflash mumkin. v Birinchi guruh – fikr yuritish va so`z erkinligini inson va fuqaroning daxlsiz hamda ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo`yishga hech kim haqli bo`lmagan shaxsiy huquq va erkinliklari sifatida qaror toptiruvchi konstitutsiyaviy qoidalar. v Konstitutsiyaning 29 -moddasida qayd etilganidek, har kim fikrlash, so`z va e`tiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim o`zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi konstitusiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir. Fikr yuritish va uni ifodalash erkinligi faqat davlat siri va boshqa sirlarga taalluqli bo`lgan taqdirdagina qonun bilan cheklanishi mumkin.

�Ikkinchi guruh – insonning fikrlash, so`z va matbuot erkinligini to`g’ridan to`g’ri ta`minlashga qaratilgan fuqarolik

�Ikkinchi guruh – insonning fikrlash, so`z va matbuot erkinligini to`g’ridan to`g’ri ta`minlashga qaratilgan fuqarolik jamiyatini alohida instituti – ommaviy axborot vositalarining jamiyatdagi huquqiy maqomi belgilab qo`yilgan konstitutsiyaviy qoidalardan iboratdir. . �Konstitutsiyaning 67 -moddasi bunga misol bo`la oladi. Unda qayd etilganidek: “Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. Ular axborotning to`g’riligi uchun belgilangan tartibda javobgardirlar. Cenzuraga yo`l qo`yilmaydi”. Bunday qoida ilgari O`zbekistonning birorta konstitutsiyasida, hattoki sobiq ittifoq konstitutsiyasida ham qayd etilmagan.

Bugungi kunda ommaviy axborot vositalarining jamiyatdagi o`rnini yuksaltirish, matbuot, televidenie, radio faoliyatini yanada liberallashtirish,

Bugungi kunda ommaviy axborot vositalarining jamiyatdagi o`rnini yuksaltirish, matbuot, televidenie, radio faoliyatini yanada liberallashtirish, ularning mustaqilligi va erkinligini amalda ta`minlash masalalari hayotimizni isloh qilish va yangilash borasida oldimizga qo`ygan ustuvor vazifalardan biri etib belgilab qo`yilgan. Respublikamizda ommaviy axborot vositalari erkinligi – konstitutsiyaviy tamoyillardan biri sifatida tan olindi. Shunga amal qilingan holda ish olib borilmoqda. O`zbekiston Respublikasi mustaqilligining dastlabki davridanoq ommaviy axborot vositalarini tom ma`noda “to`rtinchi hokimiyat” darajasiga ko`tarish borasida bosqichma bosqich amalga oshirilayotgan uzviy islohotlar bugun ham mustahkamlanib borilmoqda.

Ommaviy axborot vositasi – sodir bo`layotgan voqea hodisalar haqidagi barcha ma`lumotlarni to`plab, qayta ishlovchi

Ommaviy axborot vositasi – sodir bo`layotgan voqea hodisalar haqidagi barcha ma`lumotlarni to`plab, qayta ishlovchi va ularni yangilik axborot sifatida ommaga etkazib turuvchi muassasadir. Buni ba`zan ommaviy axborot kommunikatsiyalari ham deb ataydilar. Bugungi kunda o`zida matbuot, radio va televidenie xususiyatlari hamda imkoniyatlarini mujassamlashtirgan, axborot etkazib berish darajasi bo`yicha tezkorlikda va ko`lamdorlikda mukammal bo`lgan Internet ayniqsa shiddat bilan hayotimizga kirib keldi. Bugun O‘zbekistonda Internetdan foydalanuvchilar umumiy soni 13 million kishidan oshdi. Respublika hududida ro`yxatga olingan saytlar esa 150 mingdan ortdi. Mamlakatda Internet xizmatlari va ma’lumotlar uzatish tarmoqlari provayderlari soni 921 tani tashkil qiladi, global tarmoqdan ommaviy foydalanish punktlari umumiy soni 963 taga yetdi.

�O`zbekiston milliy qonunchiligida Internet ommaviy axborot vositasi turi sifatida alohida tilga olinmaganligini ham eslatish

�O`zbekiston milliy qonunchiligida Internet ommaviy axborot vositasi turi sifatida alohida tilga olinmaganligini ham eslatish o`rinlidir. “Ommaviy axborot vositalari to`g’risida”gi qonunning 1 moddasida qayd etilganidek, “Gazetalar, jurnallar, axborotnomalar, byulletenlar, axborot agentliklari, televidenie (kabelli, efir kabelli televidenie) va radioeshittirishlar, hujjatli kino, elektron axborot tizimi, shuningdek, doimiy nomga ega bo`lgan, davlat tasarrufidagi, mustaqil va boshqa ommaviy davriy nashrlar ommaviy axborot vositalaridir”.

Hozirgi yurtimizdagi ommaviy axborot vositalarini davlat va nodavlat, shuningdek mahalliy ommaviy axborot vositalari sifatida

Hozirgi yurtimizdagi ommaviy axborot vositalarini davlat va nodavlat, shuningdek mahalliy ommaviy axborot vositalari sifatida farqlash mumkin. Nodavlat ommaviy axborot vositalari sirasiga esa nodavlat tashkilotlar, jamoat birlashmalari, xususiy shaxslar tomonidan ta`sis etilgan va ularning mablag’lari hisobidan faoliyat ko`rsatayotgan ommaviy axborot vositalari kiradi. Davlat ommaviy axborot vositalari davlat tomonidan ta`sis etilgan yoki muayyan davlat ulushi va davlat byudjetidan ajratiladigan mablag’lar hisobidan faoliyat ko`rsatayotgan ommaviy axborot vositalaridir. Mahalliy ommaviy axborot vositalari mahalliy hokimiyat vakillik organlari tomonidan ta`sis etilgan yoki ularning ulushi bo`lgan va mahalliy byudjetdan ajratiladigan mablag’lar hisobidan faoliyat ko`rsatayotgan ommaviy axborot vositalari, demakdir.

�Fuqarolik jamiyati institutini mustahkamlash va rivojlantirish, OAVlarni rivojlantirish bo’yicha bir talay ishlar amalga oshirildi.

�Fuqarolik jamiyati institutini mustahkamlash va rivojlantirish, OAVlarni rivojlantirish bo’yicha bir talay ishlar amalga oshirildi. �Bugungi kunda O’zbеkistonda 8250 dan ortiq nodavlat notijorat tashkilot, 870 dan ortiq gazеta va jurnallar 100 ga yaqin davlat va nodavlat tеlеradiostantsiyasi faoliyat ko’rsatmoqda. �Rеspublikamizda faoliyat yuritayotgan OAVlar soni 2016 yilga kеlib 1200 tani tashkil etdi. Xususan, ularning 600 dan ziyodi viloyatlarda faoliyat ko’rsatmoqda.

�Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov 2010 yil 12 noyabrda Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizda

�Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov 2010 yil 12 noyabrda Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish kontseptsiyasi” nomli ma’ruzasida ta’kidlaganidek, mamlakatimizda o‘tgan yillar davomida ommaviy axborot vositalarini liberallashtirish, so‘z erkinligini ta’minlashga qaratilgan demokratik talab va standartlarga to‘la mos keladigan mustahkam qonunchilik bazasi yaratildi. � Fuqarolik jamiyatining muhim tarkibiy instituti sifatida ommaviy axborot vositalarining mavqeini belgilashda, ularning davlat hokimiyati organlari bilan munosabatlari qaysi yo‘nalishlar asosida amalga oshirilishini aniqlab olish muhim ahamiyat kasb etadi. � Mamlakatimizda ushbu munosabatlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha yuzaga kelayotganligini ko‘rsatib o‘tish mumkin:

- • Birinchidan, davlat jamiyat hayotining eng muhim masalalari bo‘yicha yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarni

- • Birinchidan, davlat jamiyat hayotining eng muhim masalalari bo‘yicha yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarni muayyan huquq normalari yaratish orqali tartibga solib boradi. OAV ham o‘z faoliyatini muayyan huquq normalari asosida amalga oshiradi. Davlat bunda OAVni tashkil etish, tugatish, ular faoliyatini litsenziyalash va kafolatlash kabi masalalarga oid huquq normalarini belgilab beradi. - • Ikkinchidan, bozor iqtisodiyoti sharoitida OAV mulkchilikning turli xil shakllari ko‘rinishida tashkil etiladi hamda ular bozor qonuniyatlari asosida faoliyat yuritadilar. Shu bilan birga, davlat OAVning barqaror faoliyat yuritishi hamda muayyan ijtimoiy funk tsiyalarni amalga oshirishlari uchun ularga har tomonlama yordam beradi. - • Uchinchidan, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida davlatimiz o‘zining maqsad va vazifalarini amalga oshirishda hamda ularning mazmun va mohiyatini aholiga yetkazishda OAVdan asosiy vosita sifatida foydalanmoqda.

- • To‘rtinchidan, ommaviy axborot vositalari davlat hokimiyati organlarini shakllantirish jarayonida fuqarolik jamiyatining muhim

- • To‘rtinchidan, ommaviy axborot vositalari davlat hokimiyati organlarini shakllantirish jarayonida fuqarolik jamiyatining muhim instituti sifatida ishtirok etmoqda. - • Beshinchidan, ommaviy axborot vositalari davlat hokimiyati organlarining huquq ijodkorligi jarayonida faol ishtirok etmoqda. - • Mustaqillik yillarida ommaviy axborot vositalari faoliyatini tartibga soluvchi quyidagi qonunlar qabul qilindi:

�Istiqlolga erishganimizdan so‘ng, birinchi navbatda, sohaning huquqiy bazasiga e’tibor qaratildi va rivojlangan davlatlar tajribalarini

�Istiqlolga erishganimizdan so‘ng, birinchi navbatda, sohaning huquqiy bazasiga e’tibor qaratildi va rivojlangan davlatlar tajribalarini o‘rganish boshlandi. �Ommaviy axborot vositalarining xalqaro huquqiy asoslari bu «Inson huquqlari xalqaro umumjahon deklaratsiyasi, Fuqaroviy va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt» , O‘zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlar va boshqa davlatlar bilan axborot siyosatiga doir tuzgan bitim va shartnomalari hisoblanadi. �Mazkur huquqiy hujjatlar axborotni izlash, olish, tarqatish jarayonlari va ommaviy axborot vositalari faoliyatini bevosita yoki bilvosita tartibga soluvchi normalardir.

v «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida» gi Qonun (2007 yil 15 yanvar’); v «Axborot olish

v «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida» gi Qonun (2007 yil 15 yanvar’); v «Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida» gi Qonun (1997 yil 24 aprel’); v «Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida» gi Qonun (1997 yil 24 aprel’); v «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida» gi Qonun (2002 yil 12 dekabr); v «Noshirlik faoliyati to‘g‘risida» gi Qonun (1996 yil 30 avgust); v «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida» gi Qonun (2006 yil 20 iyul’); v «Reklama to‘g‘risida» gi Qonun (1998 yil 25 dekabr); v «Axborotlashtirish to‘g‘risida» gi Qonun (1993 yil 7 may); v «Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida» gi Qonun (1999 yil 20 avgust).

� «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi» da yana axborot

� «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi» da yana axborot sohasiga alohida to‘xtalib o‘tilgani diqqatga sazovordir. �Mazkur Konsepsiyada axborot sohasiga daxldor «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida» gi va «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida» gi Qonunlarga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bilan birga «Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida» gi qonunni takomillashtirish hamda «Ommaviy axborot vositalari faoliyatining iqtisodiy asoslari to‘g‘risida» gi, «Ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qo‘llab quvvatlash kafolatlari to‘g‘risida» gi, «Davlat hokimiyati boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida» gi va «Teleradioeshittirishlar to‘g‘risida» gi Qonunlarni qabul qilish taklifi kiritildi.

Ommaviy axborot vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi • O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarini davlat

Ommaviy axborot vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi • O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 11 oktabrdagi 214 sonli qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom» asosida olib boriladi. Noshirlik ishi • 1996 yilda qabul qilingan «Noshirlik faoliyati to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 11 iyundagi 275 sonli qarori bilan tasdiqlangan «Noshirlik faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida Nizom» , 2006 yil 16 aprelda O‘zbekistan Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1561 raqami bilan ro‘yxatga olingan O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligining 2006 yil 15 martdagi «Nashrlarni chop etish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida» gi 29 sonli buyrug‘i Matbaachilik • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 2 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasida matbaa faoliyatini tartibga solish to‘g‘risida» gi 52 sonli qarori, 2002 yil 27 dekabrdagi «Matbaa korxonalarini ro‘yxatga olish va hisobga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida» 454 sonli qarori, 2006 yil 16 aprelda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1561 raqami bilan ro‘yxatga olingan O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligining 2006 yil 15 martdagi «Nashrlarni chop etish qoidalarini tasdiqlash haqida» gi 29 sonli buirug‘i shular jumlasidandir.

Noshirlik faoliyatini litsenziyalash tartibi Matbaa korxonalarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi • O‘zbekiston Respublikasida nashriyotlar faoliyati

Noshirlik faoliyatini litsenziyalash tartibi Matbaa korxonalarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi • O‘zbekiston Respublikasida nashriyotlar faoliyati va ularni litsenziyalash Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 11 iyundagi 275 sonli qarori bilan tasdiqlangan «Noshirlik faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida Nizom» bilan tartibga solinadi • O‘zbekiston Respublikasida matbaa korxonalarini ro‘yxatga olish va hisobga qo‘yish Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 27 dekabrdagi 454 sonli qarori bilan tasdiqlangan «Matbaa korxonalarini ro‘yxatga olish va hisobga qo‘yish tartibi to‘g‘risida nizom» bilan tartibga solinadi.

�So`z va matbuot erkinligini huquqiy himoya qilishga, axborot olish va tarqatishni kafolatlashga qaratilgan boshqa

�So`z va matbuot erkinligini huquqiy himoya qilishga, axborot olish va tarqatishni kafolatlashga qaratilgan boshqa bir qonun hujjati – 1997 yil 24 aprelda qabul qilingan “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to`g’risida”gi qonun jurnalistning kasb faoliyati bilan bog’liq holda yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soladi, uning huquq va majburiyatlarini belgilaydi, unga huquqiy va ijtimoiy kafolatlar beradi, jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to`g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik choralarini belgilaydi. �Qonunning 4 moddasida: “Jurnalistdan xabarlar va materiallarni oldindan kelishib olishini, shuningdek material yoxud xabarning matnini o`zgartirishni yoxud ularni butunlaynashrdan olib qolishni (efirga berilmaslikni) talab qilishga hech kimning haqqi yo`q” ekani qayd etilgan. �Jurnalist o`ziga qonun hujjatlari bilan berilgan boshqa huquqlardan ham foydalanadi.

XULOSA �Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini shakllantirish va huquqiy demokratik davlat qurish

XULOSA �Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini shakllantirish va huquqiy demokratik davlat qurish jarayonida jamiyat siyosiy tizimining eng muhim tarkibiy bo‘ g‘inlari sifatida qaraladigan davlat hokimiyati organlari va ommaviy axborot vositalari o‘rtasida samarali munosabatlar tizimini takomillashtirish va bu boradagi muammolarni hal etish o‘z navbatida, amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning muvaffaqiyatini ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. �OAVlarning jamoatchilik fikrini shakllantirish, milliy istiqlol mafkurasini xalqimiz, avvalo yosh avlod ongiga singdirishdagi o`rni beqiyos. Ular jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, millatni modernizaciya va isloh etish jarayonlarni, bu boradagi muammolarni jamiyat hayotining turli qirralarini tezkorlik bilan aks ettiradigan eng samarali vositadir.

�Asosiy vazifa – ommaviy axborot vositalari faoliyatida demokratik andozalarni joriy etish bo`yicha aniq hamda

�Asosiy vazifa – ommaviy axborot vositalari faoliyatida demokratik andozalarni joriy etish bo`yicha aniq hamda izchil choralarni amalga oshirish, matbuot, televidenie, radio faoliyatini yanada liberallashtirish, ularning tom ma`nodagi mustaqilligi va erkinligini ta`minlashdan iboratdir. �Bundan ko`zlangan maqsad va ommaviy axborot vositalari fuqarolarning siyosiy huquq va erkinliklarini ro`yobga chiqarishda eng ta`sirchan omil bo`lishidir, desak har tomonlama to`g’ri bo`ladi. Bu, avvalo, har bir fuqaroning o`z fikrini erkin ifoda qilish, axborot olish, davlat va jamiyat qurilishining o`ta muhim masalalarini muhokama etishda faol qatnashish huquqini ta`minlash demakdir. �Ommaviy axborot vositalariga doir barcha yangilanishlar, birinchi navbatda, mustaqil davlat sifatida jahon hamjamiyatiga dadil kirib borayotgan mamlakatimizda ommaviy axborot vositalarini “to`rtinchi hokimiyat” darajasiga ko`tarishga qaratilgan.

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati. 1. 2. 3. 4. 5. 6. 7. 8. O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati. 1. 2. 3. 4. 5. 6. 7. 8. O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – T. : “O`zbekiston”, 2003. Karimov I. A. Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir. O`zbekiston demokratik taraqqiyotning yangi bosqichida. – T. : “O`zbekiston”, 2005. Karimov I. A. O`zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo`lmaydi. T. : “O`zbekiston”, 2005. Karimov I. A. Eng asosiy mezon – hayot haqiqatini aks ettirish. T. : “O`zbekiston”, 2009. Karimov I. A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. //uza. uz, 2010, 12 noyabr. “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to`g’risida”gi qonun. // Xalq so`zi, 2003, 7 fevral. G’ulom Mirzo, Saylovlar va ommaviy axborot vositalari. –T. : TDYu. I, 2004. “Ommaviy axborot vositalari to`g’risida”gi qonun, // To`rtinchi hokimiyat: O`zbekiston Respublikasining qonunlari, qarorlari va boshqa hujjatlari to`plami, T. : “Mehnat”, 2003.