Mavzu Sparta davlati REJA Sparta jamiyati Spartada davlat

  • Slides: 21
Download presentation
Mavzu: Sparta davlati

Mavzu: Sparta davlati

REJA: Sparta jamiyati. Spartada davlat tarbiyasi. Davlat tuzumi. Arxaik davr hayotining umumiy manzarasi.

REJA: Sparta jamiyati. Spartada davlat tarbiyasi. Davlat tuzumi. Arxaik davr hayotining umumiy manzarasi.

Sparta xarobalari

Sparta xarobalari

 Qadimgi Sparta arxaik va klassik davrlarda Yunonistonning eng katta polislaridan biri edi. Sparta

Qadimgi Sparta arxaik va klassik davrlarda Yunonistonning eng katta polislaridan biri edi. Sparta polisi va davlatchiligining boshlanishi doriylar bosqinining tugallanish vaqtiga to`g`ri keladi. Doriy qabilalari er. avv. XII -XI asrlarda Peloponnes hududiga o`rnashdilar va er. avv. XI-VIII asrlarning birinchi yarmi davomida mahalliy qabilalar bilan hukmronlik uchun uzoq kurash olib bordilar. Er. avv. X asrda Peloponnes janubidagi Lakonikada Yevrot daryo vodiysining o`rta qismidagi unumdor yerlarga Sparta manzilgohi paydo bo`ldi. Qadimgi yunonlar Sparta davlatini Lakedemon deb atadilar. Ko`pchilik doriylar bo`lg`usi Sparta polisining fuqarolari 5 qishloqni birlashtirgan Sparta manzilgohiga o`rnashdilar. Mahalliy axey aholisining bir qismi bo`ysundirilib, qolgan qismi qirib tashlandi. Sparta davlatining paydo bo`lishi qisqa vaqt ichida boshqa keng hududlarni bosib olish bilan belgilanadi. Doriylar ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning quyi bosqichida, urug` munosabatlarining yemirilish davrida turar edilar. Bu hol Spartra davlatida urug`chilik tuzumi qoldiqlarining uzoq vaqt saqlanishi uchun shart-sharoit yaratdi. Peloponnes yarim orolida arxaik davrdan Sparta davlati yetakchi o`ringa chiqib oldi va bu hududda tashkil topgan shaharlar ittifoqiga boshchilik qildi. Er. avv. VIII asrda Sparta Janubiy Lakonikaning bir qancha viloyatlari, Kifera oroli, keyin esa, Pamis daryosi vodiysidagi hosildor Messeniyani bosib oldi. Bu boy o`lka Spartaning kam sonli to`la huquqli fuqarolari tomonidan bo`lib olindi. Mahalliy aholi huquqsiz qaram ilotlarga aylantirildi.

 Spartaliklar o`zlariga tegishli bo`lgan ekin yerlarini 9000 ta ulushga bo`ldilar. Har bir to`la

Spartaliklar o`zlariga tegishli bo`lgan ekin yerlarini 9000 ta ulushga bo`ldilar. Har bir to`la huquqli spartalik shunday yer ulushini bu yerdagi bosib olingan mahalliy aholi-ilotlar oilasi bilan umrbod mulk qilib oldi. Ilotlar xo`jayinlariga hosilning yarmini berishga majbur edilar. Yuz yildan so`ng, Sparta G`arbiy Messeniyani ham egalladi. Keyin esa, sharq va shimoldagi Agros, Arkadiya viloyatlarini ham o`ziga qo`shib oldi. Arkadiyaning janubiy qismidagi bir qancha viloyatlar ham Sparta tarkibiga kirdi. Tergiya, Korinf, Sikion, Megara, Egina va Elida kabi shahar va davlatlar Sparta bilan simmaxiya-ittifoqga kirishga majbur bo`ldi. Ittifoq majlisida har bir polis bir ovozga ega bo`lib, qaror ko`pchilik ovoz bilan qabul qilinar edi va har bir shahar-davlat Sparta podsholari ixtiyoriga o`z qo`shinining 1/3 qismini berishga majbur edi. Ittifoqchilar o`rtasida aloqa zaif bo`lib, alohida polislar bir-biri bilan urush olib borar, boshqa ittifoqchilar bunga aralashmas edilar. Sparta Peloponnes yarim orolining 1/3 qismini (8000 km) bevosita o`z hukmronligi ostida olgan edi. Spartaning ittifoqdagi yetakchilik mavqei kuchli edi.

Yodda saqlang! Spartaning ittifoqdagi yetakchilik o`rniga hech kimga shubha yo`q edi. Bu ittifoq o`sha

Yodda saqlang! Spartaning ittifoqdagi yetakchilik o`rniga hech kimga shubha yo`q edi. Bu ittifoq o`sha davrda Yunonistonda eng kuchli edi. Yunon dunyosida eng harbiylashgan davlat ham aynan Sparta edi. Worlds Together, Worlds Apart. W. W. Norton. & COMPANY. New York. London. 2011, р. 194.

Spartalikni tarbiyalash tizimi uch bosqichdan iborat edi: 7 yoshgacha bolalar ota homiyligi ostida. 7

Spartalikni tarbiyalash tizimi uch bosqichdan iborat edi: 7 yoshgacha bolalar ota homiyligi ostida. 7 yoshdan so`ng, davlat nazorati ostiga o`tgan. O`smirlar 12 yoshdan 15 yoshgacha katta yoshli o`smir (iryen) boshchiligida maxsus guruhlar (il)ga kirgan. 16 -20 yoshlarda o`qitishning uchinchi bosqichi (iryeniya).

Yodda saqlang! Bolaligidan kasal va jismoniy zaif bolalar ortiqcha yuk hisoblangani uchun ularni jarlikka

Yodda saqlang! Bolaligidan kasal va jismoniy zaif bolalar ortiqcha yuk hisoblangani uchun ularni jarlikka uloqtirar edilar.

 Davlat tarbiyasining birinchi bosqichida 7 -12 yoshgacha bolalarni agella (“poda”)ga to`plab, mashqlar va

Davlat tarbiyasining birinchi bosqichida 7 -12 yoshgacha bolalarni agella (“poda”)ga to`plab, mashqlar va sinovlar muntazam o`tkazilgan. Bu bosqichda bolalarda kuch va chidamlilikni tarbiyalash asosiy maqsad qilib qo`yilgan. Bolalar badani momataloq bo`lgunicha kaltaklash, tan jarohati yetkazish marosimidan o`tar edi. Kaltaklanayotgan og`riqqa un chiqarmay chidashi, og`riqni sezdirmasligi lozim edi. O`smirlar 12 yoshdan 15 yoshgacha katta yoshli o`smir (iryen) boshchiligida maxsus guruhlar (il)ga kirganlar. Ular g`arib chaylada yarim och, juldur kiyimlarda o`zlari yig`ib kelgan qamish ustida uxlar edilar. Harbiy mashqlar (qurollarni o`zlashtirish, zich safda harakat qilish, tez harakatlanish va taktika) harbiy o`qish kursi, sport va ov bilan to`ldirilar edi. Bu davrda o`qituvchilar spartalik yosh o`smirlarga ilotlarga nisbatan mensimaslik, nafrat tuyg`usini shakllantirganlar. Bu o`qitish davri dala mashqlari (kriptiya) bilan tugallanar edi. Keyinchalik, bu mashqlar ilotlarni yo`q qilish marosimi shaklini oldi. 16 -20 yoshlarda o`qitishning uchinchi bosqichi (iryeniya) boshlangan. Yosh spartalik yigit yer ulushi egasiga aylanar edi. Bu yer ulushi uni va oilasini boqishi kerak edi.

 Yosh yigit 20 yoshga yetgach, Sparta (“Tenglar jamiyati”)ning to`la huquqli a’zosi hisoblanar edi.

Yosh yigit 20 yoshga yetgach, Sparta (“Tenglar jamiyati”)ning to`la huquqli a’zosi hisoblanar edi. Endi u kattalar bilan birgalikda o`tkaziladigan ovqatlanish (fiditiya yoki filitiya)larga ishtirok etishi majburiy edi. Fiditiya uchun har bir spartalik har oy ma’lum miqdorda pishloq, arpa, vino, anjir va pul berar edi. Spartaliklar birgalikda o`tirib, uksus, tuz qo`shilib, qonda tayyorlangan cho`chqa go`shti bo`tqasini iste’mol qilar edilar. Spartaliklar o`z vaqtlarini doimiy muntazam harbiy mashqlar va ovda o`tkazib, chodirlarda yashar edilar. Qattiq, shafqatsiz tarbiya natijasida spartaliklarning ongida boshqa yunon polislari aholisiga nisbatan jismoniy va ma’naviy ustunlik histuyg`usi shakllantirilar edi. Yunon dunyosida spartaliklarni qat’iy intizomi uchun hurmat qilar edilar, ammo yoqtirmas edilar. Bosib olingan qaram viloyatlarning ilotlarga aylantirilgan aholisining qo`zg`olonlaridan xavfsiragan spartaliklar har yili ilotlarga dahshat solish va ularning ongida bo`ysunish hissini tug`dirish uchun ularni tunda o`ldirishni (kriptiya) e’lon qilganlar. Er. avv. XI asrdayoq spartaliklar o`zlarini har xil “yangiliklar”dan himoya qilish, an’anaviy turmush tarzini saqlash maqsadida tashqi dunyodan ajralib yashashga urindilar. Qadimgi an’anaviy holatning o`zgarmasligi uchun Sparta faqat mayda temir tangani muomalaga kiritdi. Sparta uylarining eshik va tomlari faqat yog`ochdan bo`lib, ularni faqat bolta va arra bilan tayyorlashga ruxsat etildi. Hashamatli kiyimlar qonundan tashqari edi. Jamiyatdagi mavqeiga qarab, spartaliklar bir xildagi kalta yoping`ich (plash) kiyar edilar va bu bilan o`zlarini teng deb hisoblardilar.

 Podsholar hokimiyati xalq yig`inining keng vakolatlari bilan cheklab qo`yilgan edi. Podsholardan biri urush

Podsholar hokimiyati xalq yig`inining keng vakolatlari bilan cheklab qo`yilgan edi. Podsholardan biri urush vaqtida qo`shinga boshchilik qilgan, ammo ular rahbarlikda eforlarning fikrlarini hisobga olishga majbur bo`lganlar. Xalq yig`ini eng muhim masalalar yuzasidan qaror chiqarish huquqiga ega bo`lgan. Faqatgina xalq yig`inigina urush e’lon qilish huquqiga edi. Fuqarolik ishi bo`yicha sud ishlarini mansabdor shaxslar-eforlar amalga oshirganlar. Ular spartaliklarning butun hayoti davomida qonunlarni bajarishini ham nazorat qilganlar. Eforlar davlatda ijroiya hokimiyatni ham amalga oshiganlar. Taxminlarga ko`ra, eforlar ilk davrda podsholar tomonidan tayinlanganlar. Er. avv. XI asrdan boshlab esa, xalq yig`ini tomonidan tayinlanganlar. Besh efor kollegiyasi podsholar va gerusiya faoliyatini nazorat qiladigan oliy organ sifatida paydo bo`ldi va tezda Sparta oligarxiyasi hokimiyatining qo`shimcha oliy organiga aylandi. Besh Sparta qishlog`ining har biridan bittadan efor bir yil muddatga saylangan. Ular oliy nazorat hokimiyatiga edilar. Hamda har qanday spartaliklarni, hatto, geront va podsholarni ham javobgarlikka tortish huquqiga edilar. Bundan tashqari, ular Sparta turmush tarzi qoidalari va Sparta qonunlarini bajarilishini kuzatganlar. Eforlar Spartaning ichki va tashqi siyosatini boshqardilar hamda ilotlarga qarshi jazo-qo`rqitish tadbirlarini amalga oshirishga rahbarlik qildilar.

Butun hokimiyat ustidan hukmronlik spartaliklar periek ilotlar Ashdod urug`lariga Yevrionit urug`lariga Davlat tepasida ikki

Butun hokimiyat ustidan hukmronlik spartaliklar periek ilotlar Ashdod urug`lariga Yevrionit urug`lariga Davlat tepasida ikki podsho turar edi.

 Taxminlarga ko`ra, arxaik davrda yunon uy-joyi oddiy va bir qavatli edi. Epik matnlariga

Taxminlarga ko`ra, arxaik davrda yunon uy-joyi oddiy va bir qavatli edi. Epik matnlariga ko`ra, erkaklar qisqa ko`ylak (xiton) kiyib, ko`chaga chiqayotganda ustilariga keng yoping`ich (xlamida) tashlaganlar. Ayollar xiton ustidan hashamatli keng kiyim, kamar bilan tortilgan kamzul (peplum) kiyganlar. Sharqdan erkaklar uchun uzun, yubqa kanopdan to`qilgan, tumshuqqacha boradigan xiton o`zlashtirib olingan. Sochga tilla to`g`nog`ich qistirilgan. Ijtimoiy tabaqalanish kiyinishga ta’sir qilgan. Zodagon yoshlar otliq yurganda, oval plash (xlamida) bilan o`ranganlar. Hunarmandlar esa, chap yelka orqali tashlangan kamtar jun yoping`ich (eksomida) bilan cheklanib qolganlar. Dafn marosimlari o`zgardi. Arxaik davrda ko`kragiga urib yig`laydigan go`yandalar paydo bo`ldi. Yig`i-sig`idan so`ng, marhum jasadi yuvib-taralib, xushbo`y yog`lar surtilgan. Keyingi kun dafn qilish marosimi o`tkazilib, yig`i bilan mayit shahar tashqarisidagi qabristonga chiqarib ko`milgan. O`likning og`ziga yer osti Aid podsholigida o`liklarni tashuvchi Xarondga to`lov sifatida tanga qo`yganlar. Ehtimol, krematsiya ham bo`lgan. Bu haqida Gomer poemalarida eslatiladi. Marhum o`zining qimmatli buyumlari bilan katta gulxanda yoqilgan. Olovga vino, sut va asal sepish odati bilan marosim tugagan.

Mustahkamlash uchun savollar: Sparta davlati tashkil topish shart-sharoitlarini tushuntiring. Sparta boshqaruv tartibi xaqida ma’lumot

Mustahkamlash uchun savollar: Sparta davlati tashkil topish shart-sharoitlarini tushuntiring. Sparta boshqaruv tartibi xaqida ma’lumot bering. Spartaning yunon dunyosidagi o’rnini manbalardan foydalanib izohlang. Sparta – Afina munosabatlarini tushuntiring. Spartancha tarbiyani izohlang. Sparta g’oyalarini zamonviy tarixda ham uchratamizmi? Sparta Tenglar jamiyati tushunchasi izohlang.

Glossariy Gerusiya - podsholar yoshi 60 yoshdan yuqori bo`lgan, yigirma sakkiz aslzoda keksadan tuzilgan

Glossariy Gerusiya - podsholar yoshi 60 yoshdan yuqori bo`lgan, yigirma sakkiz aslzoda keksadan tuzilgan kengash. Xiton - yepik matnlariga ko`ra, erkaklar qisqa ko`ylak. Kriptiya - bosib olingan qaram viloyatlarning ilotlarga aylantirilgan aholisining qo`zg`olonlaridan xavfsiragan spartaliklar har yili ilotlarga dahshat solish va ularning ongida bo`ysunish hissini tug`dirish uchun ularni tunda o`ldirishni e’lon qilganlar.