14 mavzu FUQAROLIK TARBIYASI Reja 1 Fuqarolik tarbiyasining
14 -mavzu: FUQAROLIK TARBIYASI
Reja 1. Fuqarolik tarbiyasining maqsad va vazifalari. 2. Vatanparvarlik va baynalmilal tarbiyasining ijtimoiy ahamiyati. 3. Huquqiy tarbiyaning maqsad va vazifalari.
1 -topshiriq. “Fuqarolik insonga nima uchun kerak? ” mavzusidagi munozarani o‘tkazishga doir ko‘rsatmalar 1. O‘qituvchi savolni muhokama qilish uchun o‘rtaga tashlaydi va o‘ylash uchun bir daqiqa vaqt beradi. 2. Talabalarning javoblari tinglanadi va doskaga ketma-ketlikda yozib boriladi. Garchi takrorlanish holati mavjud bo‘lsa ham, mazkur holatda hamma javoblarning yozib borilishi talab etiladi, . 3. Hamma o‘z fikrini bildirib bo‘lgach, o‘qituvchi doskaga yozilganlarini talabalar bilan birgalikda muhokama qiladi va to‘g‘ri javoblar ajratib olinadi.
2 -topshiriq. Fuqarolik tarbiyasining maqsad va vazifalariga doir blits-so‘rov savollari 1. Fuqaro deganda nima tushuniladi? 2. “Fuqaro”, “fuqaroligi bo‘lmagan shaxs” va “chet el fuqarosi” tushunchalariga izoh bering. 3. Fuqarolik nima? 4. Kimlar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘la oladi? 5. Fuqarolarning burchlariga nimalar kiradi? 6. Fuqarolarning majburiyatlari nimalardan iborat? 7. Fuqarolarning ma’suliyati nimalardan iborat? 8. Fuqarolik tarbiyasi deganda nimani tushunasiz? 9. Fuqarolik tarbiyasining maqsadi nima? 10. Fuqarolik tarbiyasining vazifalari nimalardan iborat?
3 -topshiriq. “Vatanparvarlik, baynalmilallik va harbiy vatanparvarlik” mavzusida sayohat metodini tashkil etish va o‘tkazishga doir ko‘rsatmalar 1. Talabalar uch guruhga bo‘linadilar hamda ularga “vatanparvarlik”, “baynalmilallik” va “harbiy vatanparvarlik” mavzusiga doir ijodiy ish tayyorlash vazifasi topshiriladi; 2. Guruhlarda ishlash uchun vatman qog‘ozi, marker va skoch kabi jihozlar taqdim etiladi. 3. Guruhlarda ishlash tartibini o‘qituvchi boshqarib borishi va talabalarning har birining ishtirokini ta’minlashi zarur. 4. Talabalar ularga berilgan mavzu bo‘yicha ijodiy ishni tayyorlab bo‘lganlaridan so‘ng, uning taqdimotini amalga oshirishadi.
4 -topshiriq. Vatanparvarlik va baynalmilallik tarbiyasini aniqlashda “Chaynvord” metodi Mazmuni Tushuncha Vatanga bo‘lgan ………. . , unga sadoqat O‘zlari, an’analari, millat va ………… haq-huquqlari, erki, urf-odatlari, turmush tarzi, til xususiyatlari bilan yaqindan tanishtirish O‘zi mansub bo‘lgan millat o‘tmishi, urf-odatlari, an’analari, ………… sodiqlik Vatan va millat tarixidan ………. Yurtning moddiy, shuningdek, millat tomonidan yaratilgan ma’naviy boyliklarini asrash, ularni ……………… borasida g‘amxo‘rlik qilish O‘zga millat va elatlarning tarixi, bugungi taraqqiyoti, umuminsoniyat madaniyatiga qo‘shgan hissasi, jahon …………… tutgan o‘rni, vijdon erkinligiga oid ma’lumotlarni berish Vatan ravnaqi va millat taraqqiyoti yo‘lida ………… faoliyatini tashkil etish O‘zga millat va elatlarning haq-huquqlari, erki, urf-odatlari, turmush tarzi, til xususiyatlari, vijdon erkinligiga hurmat, milliy manfatlariga ziyon yetkazmaslik kabi …………… shakllantirish O‘zga millat va elatlarning vakillari bilan o‘zaro ………… aloqalarini o‘rnatishga amaliy jihatdan tayyorlash ………ozodligi va millat erkiga qilinayotgan har qanday tahdidga qarshi. kurashish Vatan va millat obro‘yi, …………. , or-nomusini himoya qilish
5 -topshiriq. Huquqiy tarbiyaning maqsad va vazifalariga doir tushunchalar tahlili metodini bajarish TUSHUNCHALAR TAHLILI TUSHUNCHALAR MAZMUNI KASBIY FAOLIYATINGIZDAGI O‘RNI Huquqiy ta’lim Huquqiy ong Huquqiy madaniyat Huquqiy tarbiya Huquqiy faoliyat Milliy g‘urur
MUSTAQIL TA’LIM TOPSHIRIQLARI: Mavzu: Fuqarolik tarbiyasi 1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining “Inson huquqlaari, erkinliklari va majburiyatlari” bo‘limini konspekt qilish. 2. Savollarga javob bering. Fuqarolik tarbiyasining maqsadi nimadan iborat? Xuquqiy tarbiyaning maqsadini izohlang. Fuqarolik nima? Adabiyot: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Pedagogika nazariyasi va amaliyoti. B. X. Xodjaev. Toshkent, “Sano-standart” nashriyoti, 2017.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. Karimov I. A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T. : Ma’naviyat, 2008. 2. Pedagogika. Toxtaxodjaeva M. X. va boshqalar. – Toshkent, O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2010. 3. Djuraev R. X. va boshq. Pedagogik atamalar lug‘ati. –Toshkent, Fan, 2008. 4. Pedagogikadan amaliy mashqlar va masalalar /O‘quv qo‘llanma. O‘. Asqarova. – Toshkent, Istiqlol, 2005. 5. Pedagogik entsiklopediya. I va II jild. “O‘zbekiston milliy entsiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti. -Toshkent, 2012. 6. TEACHING AND LEARNING Pedagogy, Curriculum and Culture by Alex Moore 2012. 7. Pedagogika nazariyasi va amaliyoti. B. X. Xodjaev. -Toshkent, “Sano-standart” nashriyoti, 2017. 8. Quronov M. Milliy tarbiya – Toshkent: Ma’naviyat. 2007 Internet saytlari: 1. www. ziyonet. uz 2. www. pedagog. уz 3. www. tdpu. uz
ETIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!!!
- Slides: 10