DIDAKTIKA PEDAGOGIK TALIM NAZARIYASI OQITISH JARAYONI YAXLIT TIZIM

  • Slides: 20
Download presentation
DIDAKTIKA - PEDAGOGIK TA’LIM NAZARIYASI. O‘QITISH JARAYONI YAXLIT TIZIM SIFATIDA Reja: 1. Didaktika pedagogikaning

DIDAKTIKA - PEDAGOGIK TA’LIM NAZARIYASI. O‘QITISH JARAYONI YAXLIT TIZIM SIFATIDA Reja: 1. Didaktika pedagogikaning tarkibiy qismi sifatida. 2. Didaktikaning asosiy kategoriyalari. 3. Zamonaviy ta’lim paradigmalari. 4. O‘qitish jarayoni mohiyati, vazifalari va bosqichlari. 5. O‘quvchilarning bilish faoliyati va uning tuzilishi. 6. Ta’lim qonuniyatlari va tamoyillari. Tayanch tushunchalar: didaktik jarayon, didaktikaning asosiy kategoriyalari, ta’lim paradigmalari, ta’lim qoninuyatlari, ta’lim tamoyillari.

Adabiyotlar ro’yxati 1. Asqarova R. , Haitboev M. , Nishonov S. Pedagogika. T. :

Adabiyotlar ro’yxati 1. Asqarova R. , Haitboev M. , Nishonov S. Pedagogika. T. : O’qituvchi, 2001. 2. Pedagogika. M. To’xtaxo’jaevaning umumiy taxriri ostida. – T. : O’zbekiston faylasuflari Milliy jamiyati, 2010. 3. Podlasiy I. P. Pedagogika V 2 -x kn. -M. : VLADOS, 2000. 4. B. X. Xodjaev. Pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Toshkent, “Sano-standart” nashriyoti, 2017. 5. Kаldibеkоvа А. S. Umumiy pеdаgоgikа nаzаriyasi vа аmаliyotidаn lаbоrаtоriya mаshg‘ulоtlаri. – T. : “Fan va texnologiya” nаshriyoti, 2013. Elektron ta`lim resurslari http: //www. edunet. uz; http: //www. ziyonet. uz; http: //www. istedod. uz

1. Didaktika pedagogikaning tarkibiy qismi sifatida. Didaktika pedagogika nazariyasining nisbatan mustaqil qismi bo‘lib, unda

1. Didaktika pedagogikaning tarkibiy qismi sifatida. Didaktika pedagogika nazariyasining nisbatan mustaqil qismi bo‘lib, unda o‘qitish jarayonining umumiy qonuniyatlari ochib beriladi. Didaktikaning so‘zma-so‘z tarjimasi «ta’lim nazariyasi» ma’nosini anglatadi. Didaktika «yunoncha» so‘zdan olingan bo‘lib, «didacticos» - o‘rgatish, o‘qitish ma’nosini bildiradi. Didaktika ta’lim jarayoni shakl tamoyillari qonuniyat mazmuni metod vositalarini ilmiy asoslab beruvchi ta’lim nazariyasi, pedagogikaning alohida sohasi.

Didaktikaning fundamental ilmiy asoslari ilk bor Ya. A. Komenskiy tomonidan ishlab chiqilgan. 1657 -yilda

Didaktikaning fundamental ilmiy asoslari ilk bor Ya. A. Komenskiy tomonidan ishlab chiqilgan. 1657 -yilda u chex tilida «Buyuk didaktika» asarini yozdi. Didaktikani Komenskiy «hammani hamma narsaga o‘rgatish san’ati» deb tushuntirdi. Didaktika nimani o‘qitish? nimaga o‘qitish? qanday o‘qitish? qaerda o‘qitish?

Didaktikaning ob’yekti О‘sib kelayotgan avlodga ijtimoiy tajribalarni, milliy va umuminsoniy madaniyatni tarkib toptirishga yo‘naltirilgan

Didaktikaning ob’yekti О‘sib kelayotgan avlodga ijtimoiy tajribalarni, milliy va umuminsoniy madaniyatni tarkib toptirishga yo‘naltirilgan faoliyatning asosiy turi hisoblangan ta ’lim berishdir. Didaktikaning predmeti О‘rgatish (o‘qituvchi faoliyati) va o‘rganish (o‘quvchilarning bilish faoliyati), ularning o‘zaro harakati aks etadi.

Didaktika va metodika mustahkam aloqa va o‘ zaro bog‘ liqlikda joylashadi. Didaktika o‘ qitishning

Didaktika va metodika mustahkam aloqa va o‘ zaro bog‘ liqlikda joylashadi. Didaktika o‘ qitishning umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi. Aniq bir predmetni o‘qtishning o‘ziga xos xususiyatlari xususiy metodikalarda ishlab chiqiladi. 2. Didaktikaning asosiy kategoriyalari o‘rgatish ko‘nikma maqsad o‘rganish bilim mazmun o‘qitish malaka metod vosita tashkil etish natija ta’lim kompetensiya shakl

3. Zamonaviy ta’lim paradigmalari. Paradigma (grekcha, paradeigma) so‘zi biror sohasining fundamental asoslarini aniqlab beruvchi

3. Zamonaviy ta’lim paradigmalari. Paradigma (grekcha, paradeigma) so‘zi biror sohasining fundamental asoslarini aniqlab beruvchi o‘ziga xos tuzilishga ega nazariya deb izohlanadi. An’anaviy (bilimga yo‘naltirilgan) paradigma stik i r o i v Bixe tik) s i l a n (ratsio igma parad ik l r a arv log p n Inso omeno ma (fen aradig p ik) nik, x e t Ilmiy kratik texno gma i parad Ezoter i paradi k gma

4. O‘qitish jarayoni mohiyati, vazifalari va bosqichlari. O‘qitish - o‘qituvchi va o‘quvchilarning maqsadga qaratilgan

4. O‘qitish jarayoni mohiyati, vazifalari va bosqichlari. O‘qitish - o‘qituvchi va o‘quvchilarning maqsadga qaratilgan birgalikdagi faoliyati jarayoni bo‘lib, bu jarayonda o‘quvchilarni rivojlantirishni amalga oshiradigan bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalar yuzaga chiqadi. O‘qitish jarayonining vazifasi ta’limiy tarbiyaviy rivojlantiruvchi

O‘qitish jarayonining bosqichlari. o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan materialni idrok etish; uni fahmlab olish, tushunchalarning hosil

O‘qitish jarayonining bosqichlari. o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan materialni idrok etish; uni fahmlab olish, tushunchalarning hosil bo‘lishi; bilimlarni mustahkamlash va takomillashtirish, ko‘nikma va malakalarning hosil bo‘lishi; hosil qilingan ko‘nikma va malakalarni amaliyotda qo‘llash (kompetentsiyalarni tarkib toptirish).

5. O‘quvchilarning bilish faoliyati va uning tuzilishi. Ma’lumki, bilish faoliyatining sub’yekti o‘quvchi sanaladi. Shu

5. O‘quvchilarning bilish faoliyati va uning tuzilishi. Ma’lumki, bilish faoliyatining sub’yekti o‘quvchi sanaladi. Shu bois ijtimoiypedagogik asoslarga ega ta’lim markazida uning shaxsi, ongi, ham o‘rganilayotgan olamga, ham bilish faoliyatidagi hamkorlariga: o‘quvchilar va uning ta’lim olishini tashkil etuvchi va yo‘naltiruvchi o‘qituvchilar munosabati yotadi. O‘quvchining bilish faolligi uning bilish jarayonidagi intellektual mulohazasida, umumiy va alohida topshiriqlarni bajarishida namoyon bo‘ladi. Bu xususiyatlar o‘quvchilarning faqatgina yuqori darajadagi bilim olishini kafolatlab qolmay, balki uning hayotiy faoliyati, ya’ ni o‘quvchi shaxsining shakllanishi, uning amaliyotga, hayotga bo‘lgan faol munosabati uchun harakterlidir.

O‘quvchilarning bilish faoliyati va uning tuzilishi. 4 -rasm. O‘quvchilarning bilish faoliyati ko‘rsatkichlari

O‘quvchilarning bilish faoliyati va uning tuzilishi. 4 -rasm. O‘quvchilarning bilish faoliyati ko‘rsatkichlari

Hamkorlikdagi faoliyatga tayyorlash nuqtai nazaridan zamonaviy ta’lim jarayonini ko‘rib chiqish asosida o‘quvchilarning rollar orqali

Hamkorlikdagi faoliyatga tayyorlash nuqtai nazaridan zamonaviy ta’lim jarayonini ko‘rib chiqish asosida o‘quvchilarning rollar orqali namoyon bo‘lishi quyidagicha ko‘rinish kasb etadi: o‘quv jarayoni bilan dastlab tanishishda tomoshabin, kuzatuvchi; guruhli faoliyatning ishtirokchisi; namuna bo‘yicha uy vazifasini mustaqil bajargandan so‘ng faoliyat egasi; faoliyatning shaxsiy namunasini yaratishda faoliyat egasi + fikr egasi; o‘z faoliyati natijasida yuzaga keladigan o‘z-o‘zining faoliyati egasi.

6. Ta’lim qonuniyatlari va tamoyillari. Pedagogikada qonuniyatlar - bu qonunlarning aniq sharoitldaridagi harakat ifodasi.

6. Ta’lim qonuniyatlari va tamoyillari. Pedagogikada qonuniyatlar - bu qonunlarning aniq sharoitldaridagi harakat ifodasi. Ta’limninig umumiy qonuniyatlariga quyidagilar kiradi: ta’limning ta’lim mazmunli maqsadi ta’lim metodlari ta’limni boshqarish samaradorligi ta’limning sifati ta’limda rag‘batlantirish samaradorligi pedagogikada ta’ limning xususiy qonuniyatlari gnoseologik sotsiologik kibernetik psixologik tashkiliy

Ta’lim tamoyillari. Ta’lim mazmuniga aloqador tamoyillari Ta’limning tashkiliymetodik tamoyillari Ta’limni insonparvarlashtirish - uning mazmuni,

Ta’lim tamoyillari. Ta’lim mazmuniga aloqador tamoyillari Ta’limning tashkiliymetodik tamoyillari Ta’limni insonparvarlashtirish - uning mazmuni, tamoyillari, shakl va metodlarini yangilash, ularning o‘zaro aloqasi va birligini ta’minlash orqali shaxsni har tomonlama shakllantirish va rivojlantirishga yunaltirishdir. Ta’limning tabiat bilan uyg‘unligi tamoyili. Ya. A. Komenskiy tomonidan fanga kiritilgan bo‘lib, tabiatda hayot bahordan boshlangani kabi ta’lim olish jarayoni uchun eng qulay davr bolalik ekanligi g‘oyasiga asoslanadi.

Ta’limning ilmiylik tamoyili - o‘quvchining o‘quv materialidagi qonuniyatlarni aks ettirishi, tushunishi va o‘zlashtirishi uchun

Ta’limning ilmiylik tamoyili - o‘quvchining o‘quv materialidagi qonuniyatlarni aks ettirishi, tushunishi va o‘zlashtirishi uchun to‘g‘ri shartsharoit yaratish maqsadi uchun zarur ahamiyat kasb etadi. Ta’limning fundamentalligi va amaliy yo‘nalganligi tamoyilining ahamiyati shundaki, umuiy o‘ rta ta’lim maktablaridayoq o‘quvchilar chuqur nazariy va amaliy tayyorlikdan o‘tadilar. Ta’lim va tarbiyaning uyg‘unligi tamoyili yaxlit pedagogik jarayonda ta’lim va tarbiyaning birligi qonuniyatlariga tayanadi. Ta’limning madaniyat bilan uyg‘unlik tamoyili. Ta’limni azaldan mazmuni inson ongida nafaqat olam manzarasini, balki insondagi rivojlanish, yuksaklikka harakat va o‘sish holatida bo‘lgan o‘zining shaxs sifatidagi qiyofasini shakllantirishdan iborat.

Ta’lim tamoyillari. Ta’lim mazmuniga aloqador tamoyillari Ta’limning tashkiliymetodik tamoyillari Ta’limning tizimliligi va izchillik tamoyili

Ta’lim tamoyillari. Ta’lim mazmuniga aloqador tamoyillari Ta’limning tashkiliymetodik tamoyillari Ta’limning tizimliligi va izchillik tamoyili Ta’limda onglilik, faollik va mustaqillik tamoyili Ta’limda ko‘rsatmalilik tamoyili Ta’limning o‘quvchilarga mos bo‘lish tamoyili Ta’limda bilim ko‘nikma va malakalarni puxta va mustahkam o‘zlashtirish tamoyili Ta’limning tushunarliligi tamoyili

Tushunchalar Didaktikaning ob’yekti Paradigma Qonuniyat Ta’limda ko‘rsatmalilik tamoyili Ushbu tushunchalar ma’nosini izohlang

Tushunchalar Didaktikaning ob’yekti Paradigma Qonuniyat Ta’limda ko‘rsatmalilik tamoyili Ushbu tushunchalar ma’nosini izohlang

Tushunchalar Didaktikaning ob’yekti Paradigma Qonuniyat Ta’limda ko‘rsatmalilik tamoyili Ushbu tushunchalar ma’nosini izohlang Didaktika pedagogika

Tushunchalar Didaktikaning ob’yekti Paradigma Qonuniyat Ta’limda ko‘rsatmalilik tamoyili Ushbu tushunchalar ma’nosini izohlang Didaktika pedagogika nazariyasining nisbatan mustaqil qismi bo‘lib, unda o‘qitish jarayonining umumiy qonuniyatlari ochib beriladi. Didaktikaning so‘zma-so‘z tarjimasi «ta’lim nazariyasi» ma’nosini anglatadi. Didaktika «yunoncha» so‘zdan olingan bo‘lib, «didacticos» - o‘rgatish, o‘qitish ma’nosini bildiradi. О‘sib kelayotgan avlodga ijtimoiy tajribalarni, milliy va umuminsoniy madaniyatni tarkib toptirishga yo‘naltirilgan faoliyatning asosiy turi hisoblangan ta ’lim berishdir. Zamonaviy ta’lim paradigmalari. Paradigma (grekcha, paradeigma) so‘zi biror sohasining fundamental asoslarini aniqlab beruvchi o‘ziga xos tuzilishga ega nazariya deb izohlanadi. Pedagogikada qonuniyatlar - bu qonunlarning aniq sharoitldaridagi harakat ifodasi. О‘qitish jarayonini sifatini oshiradi, o‘quvchilarning bilim olishlarini osonlashtiradi. Ya. A. Komenskiy uni didaktikaning “oltin qoidasi” deb atagan. Unga binoan ta’limda inson sezgi orgalaridan foydalanish kerak. «Agarda biz o‘quvchilarda haqiqiy va aniq bilimlar paydo qilishni istasak, unda biz umuman hamma narsaga shaxsiy kuzatish va sezib ko‘rish bilan ta’limga intilishimiz kerak - deb ta’kidlaydi u - agarda qandaydir predmetni baravariga bir necha sezgi organlari bilan qabul qilish mumkin bo‘lsa, mayli ular baravariga bir necha sezgilari bilan o‘rganilsin» .

NAZORAT UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR v Didaktika nimani o‘rganadi? Mazkur sohaning ob’yekti va predmetini

NAZORAT UCHUN SAVOL VA TOPSHIRIQLAR v Didaktika nimani o‘rganadi? Mazkur sohaning ob’yekti va predmetini izohlang. v Didaktikaning asosiy kategoriyalarini sanab bering. v O‘ qitish j arayonining asosiy vazifalariga izoh bering. v O‘qitish jarayonining bosqichlariga ta’rib bering. v Ta’lim qonuniyatlari deganda nimani tushunasiz? v Ta’limning qanday umumiy qonuniyatlari mavjud? v Ta’limning xususiy qonuniyatlariga nimalar kiradi? v Ta’limning mazmunga doir tamoyillariga nimalar kiradi? v Ta’limning tashkiliy-metodik tamoyillariga izoh bering.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!