Mavzu PEDAGOGIK FAOLIYATDA REJISSORLIK MAHORATI REJA 1 Pedagogik

























- Slides: 25
Mavzu: PEDAGOGIK FAOLIYATDA REJISSORLIK MAHORATI. REJA: 1. Pedagogik texnika - o‘qituvchining fe’l – atvor, yurish – turishini tashkil etuvchi usullar ekanligi. 2. O‘qituvchining o‘z ruhiy texnikasini boshqara olish texnikasi. 3. Pedagogik va rejisiorlik mahoratida o‘zini boshqarish texnikasi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati • O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” T, 1997. • I. Karimov. “Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga ishonaman”. T, 2000 • Sh. Mirziyoev. “O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirdagi nutqi“. T, 2018. • Pedagogika. (qo’llanma. A. Munavvarov tahriri ostida)T, 1996. • Pedagogika (qo’llanma. Prof A. Ilina tahriri ostida ) M, 1984. • Karimov I. A. @YUksak ma’naviyat-engilmas kuch» Ma’naviyat nashriyoti. Toshkent 2008 yil. • Zununov. A. Badiiy asar tahlili : Adabiyot ӯqituvchilari uchun qӯllanma. - Toshkent. 1989 y. • R. Ishmuxammedov, M. Mirsolieva O‘quv jarayonida innovatsion ta’lim texnologiyalari. Metodik qo‘llanma. 2014 y.
Pedagogik texnika – o’qituvchining nafaqat ta’limtarbiya jarayonida, balki butun kasbiy faoliyatida zarur bo’lgan umumiy pedagogik bilim va malakalari majmuidir. Uning asosiy xususiyatlari–o’qituvchining maxoratini belgilovchi kasbiy ko’nikmalari xisoblanadi, ya’ni savodli va ifodali so’zlay olishi, o’z fikr muloxazasini tushunarli ta’sirchan bayon eta olishi, xis-tuygularini jilovlay olishi, xozirjavoblik, psixologik bilmlarga ega bo’lishi kabilar kiradi.
O‘quv faoliyatida ham, o‘qishdan tashqari faoliyatda ham zarur bo‘lgan umumiy pedagogik malakalar majmuidan tashkil topadi. Pedagogik texnikaning boshqa tarkibiy qismi pedagogning mimik va pantamimik ifodaligidir. Aniq imo, ishora, ma’noli qarash, rag’batlantiruvchi yoki istexzoli tabassum pedagogik ta’sir ko‘rsatishda ko‘p so‘zli tushuntirish yoki e’tiroz bildirishga qaraganda ancha samarali muomala vositalari bo‘ladi.
Pedagogik o‘zaro ta’sir ko‘rsatishda o‘qituvchining o‘z xissiy (psixik) holatini boshqarish, o‘zida eng qulay xissiy (ijodiy) jiddiylik darajasini va umidbaxshlik, xayrixoxlik kayfiyatini saqlash, o‘zining xissiy dam olishini tashkil qilish mahorati muhim rol o‘ynaydi. Bu mahorat pedagogning kasbiy jihatdan o‘z-o‘zini nazorat qilishini ta’minlaydi, ko‘p yillar davomida sog‘lom asab sistemasini saqlab qolish, asabiy buzilishlardan, xissiy va aqliy zo‘riqishdan o‘zini tiyishga yordam beradi. Samarali pedagogik o‘zaro ta’sir ko‘rsatishni tashkil etish uchun o‘qituvchi aktyor va rejissyorlik mahorati tarkibiy qismlarini egallash zarur, ular o‘qituvchiga bolalar bilan muomila qilishda tarbiyalanuvchilarning aql-idrokigagina emas, balki ularning xis-tuyІulariga ham ta’sir ko‘rsatish, ularga olamga bo‘lgan xissiy-qadriyatli munosabatda bo‘lish tajribasini ancha to‘liq bera bilishga yordamlashadi
O‘qituvchining pedagogik texnikasi-bu shunday bir malakalar yig‘indisidirki, u pedagogga tarbiyalanuvchilar ko‘rib va eshitib turgan narsalar orqali ularga o‘z fikrlari va qalbini yetkazish imkonini beradi. Bolalar bilan bevosita muomila qilishda pedagogning xuddi ana shu malakalari (yoki ularning yo‘kligi) uning xulq-atvorida namoyon bo‘ladi. Pedagogik texnika o‘qituvchi malakalarining yig‘indisidirki, u o‘qituvchining eng yaxshi ijodiy xulqatvoriga, boshqacha qilib aytganda, har qanday pedagogik vaziyatda tarbiyalanuvchilarga samarali ta’sir ko‘rsatishga yordam beradi.
Rivojlangan pedagogik texnika o‘qituvchiga o‘quvchilar bilan muomila qilganda zarur so‘z, gap ohangi qarash, imo-ishorani tez va aniq topish, eng o‘tkir va kutilmagan pedagogik vaziyatlarda osoyishtalikni va aniq fikr yuritish, taxlil qilish qobiliyati saqlab qolish imkonini beradi. Bundan tashqari, haqiqiy pedagog ta’sir ko‘rsatishda o‘qituvchining pedagogik texnika sohasidagi barcha malakalari bir vaqtda namoyon bo‘ladi. Nutq uzluksiz o‘zini tuta bilash ta’sirchan vositalarni tanlashga, muvaffaqiyatli ravishda tuzatish, kirib borish, imkonini beradi.
Pedagogik texnika ikkita komponent guruhga bo’linadi: 1. O’qituvchining shaxsiy axloqiy fazilatlari va xulqi bilan bog’liq bo’lib. Ta’lim-tarbiya jarayonida o’zo’zini boshqarish malakalarida namoyon bo’ladi: Ø ta’lim-tarbiya jarayonida o’z xatti-xarakatlarini boshqarishi, ØTa’lim-tarbiya jarayonida o’z xissiyotini va kayfiyatini jilovlay olishi ØMukammal perseptiv qobiliyatga egaligi ØNutq texnikasini bilishi va o’z o’rnida qo’llay olishi.
2. O’qituvchining shaxs va jamoaga ta’sir ko’rsatish malakalari bilan bog’liq bo’lib, bu gurux talim-tarbiyaning texnologik tomonini qamrab oladi: Ø O’qituvchining didaktik, tashkilotchilik, konstruktiv, kommunikativ qobiliyatlari ØMa’lum bir reja asosida o’z oldiga qo’yilgan talablarning bajarilishini nazorat kilish ØTa’lim muassasasida va o’quvchilar jamoasida ta’lim-tarbiya bilan bogliq bo’lgan ijodiy faoliyatni tashkil eta olish ØO’quvchilar bilan pedagogik muloqot jarayonini bir muvozanatda saklab boshqara olish.
Pedagogik texnika malakalarining xususiyati shundan iboratki, ularning hammasi aniq ifodalangan individual shaxsiy tusda bo‘ladi, ya’ni pedagogning indivudual psixik-fiziologik xususiyatlari asosida tarkib topadi. Individual pedagogik texnika pedagogning yoshi, jinsi, mijozi, fe’l-atvori, sihat - salomatligi, anatomik – fiziologik xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi.
Pedagogik texnika malakalari o‘qituvchining individual-shaxsiy xususiyatlari bilan chambarchas bog‘liqligi faqat shu malakalarning individual tusda bo‘lishi emas, balki ularning shakllanishi va rivojlanishi pedagogik shaxsiga ta’sir ko‘rsatishda ham namoyon bo‘ladi.
Vosita maqsad bilan natija o‘rtasidagi o‘rta bo‘g‘in hisoblanadi. Ayrim pedagogik vosita shart - sharoitga qarab foydali yoki zararli, zaif yoki ta’sirchan bo‘lishi mumkin. Tarbiyaning maqsadlari, vositalari va tarbiyachi o‘rtasida, shuningdek, tarbiyalanuvchi va tarbiyachi tafakkuri, motivlar o‘rtasida g‘oyat murakkab bog‘liqlik bor. Kattalarning maqsadi, odatda, bolalarning maqsadlari bilan to‘qnash kelib qoladi. O‘qituvchi bilan o‘quvchining maqsadlari bir-biriga mos kelsa, navbatdagi «to‘siqlar» ni yengish uchun birgalikda vositalar izlansa, chinakam tarbiyaviy jarayon sodir bo‘ladi.
Xar qanday pedagogik vosita hamisha bir qator boshqa vositalar, usullar, shartlar bilan bogliq bo‘ladi, ular pedagogik jarayonning muayyan bosqichida ta’sir ko‘rsatish natijasini belgilab beradi. Pedagogikada universal vositalar yo‘q, lekin har bir pedagogik vosita o‘zining qarama-qarshi tomoniga aylanishi mumkin.
Pedagogik texnikaning verbal va noverbal vositasi o‘qituvchining kommunikativ qobiliyatida namoyon bo‘ladi. O‘qituvchining faoliyatida eng muhim narsa bu uning nutqi va o‘quvchilar bilan muloqatidir. Nutq bu og‘zaki kommunikatsiya, ya’ni til yordamida munosabat qilish jarayoni demakdir. Ijtimoiy tajribada biron - bir mohiyatni anglatadigan so‘zlar og‘zaki kommunikatsiya vositasi hisoblanadi.
Odamlar munosabatiga aloqa bog‘lovchilarning xis-hayajoni ham qonuniy ravishda jalb etilgan bo‘ladi. U kommunikatsiyaning mazmunini hisoblanganligini narsaga ham munosabatga kirishganlarga nisbatan muayyan tarzda taalluqli bo‘lib, nutqiy fikr-mulohazalari bilan qo‘shilgan bo‘lib, yuzaga chiqadigan bu xisxayajonli munosabatlar axborot ayriboshlashning alohida, nutqsiz jihati, o‘zgacha nutqsiz kommunikatsiya tarkib topadi.
Nutqsiz kommunikatsiya vositalariga noverbal ya’ni qo‘l, barmoq va yuz harakatlari, imo-ishora, ohang, pauza, turq-tarovat, kulgu, ko‘z yosh qilish va shu kabilar kiradi. Og‘zaki nutq kommunikatsiyasi verbal bo‘lib, uning ta’sirini kuchaytirishda munosabatga kiruvchilarning fazoga joylashuvi muhim ahamiyatga egadir. Sira o‘ylanmasdan tashlangan luqma kommunikatorning retsipientiga munosabatni aniq ifodalaydi. Ta’limning ba’zi turlarida o‘kituvchi o‘quvchilarni sinfda qabul qilinganidek bir-birining orqasidan emas, balki doira shaklida, bir-biriga yuzma -yuz o‘tkazilganini afzal ko‘radi.
§MIMIKA – bu o’z fikrlarini, kayfiyatini, xolatini xissiyotini qosh, ko’z va chexra muskullarining xarakati bilan bayon qilish san’atidir. §PANTOMIMIKA – bu o’qituvchining gavdasi, qo’l, oyoq xarakatini tartibga soluvchi uslubdir
*Diapozon – tovushning xajmi bo’lib, uning chegarasi eng yuqori va quyi oxanglari bilan belgilanadi. (tovushning kengligi) *Tembr – tovushning rang-barangligi, yorqinligi xamda yumshoqligini namoyon qilib, shu bilan birga o’qituvchi nutqining chiroyli, mayin, jozibali, o’ziga xosligini ta’minlaydi. *Diksiya – aniq talaffuz qilish. *Artikulyasiya – aniq talaffuz qilishni takomillashtirish, ya’ni artikulyasiya nutq organlarini xarakatlantirish orqali vujudga keltiriladi. *Ritmika – bu ayrim so’z bo’g’inlarining aytilish muddati va to’xtalishi gapirishdagi to’liq davomiylik, nutq va ifodalarning navbat bilan o’z o’rnida ishlatilishini bildiradi.
*. «har qanday maktabda ham eng muhim narsa ma’ruzalarning g‘oyaviy - siyosiy yo‘lidir. Bu yo‘lni nima belgilaydi? Butunlay va faqat lektorlar tarkibi belgilaydi. . . *har qanday «Rahbarlik» , har qanday «Dasturlar» , «Nizomlar» va hokazolar, bularning hammasi notiqlar tarkibi oldida quruq gapdir. har qanday nazorat, har qanday dastur va hakazolar mashg‘ulotlarning yo‘lini aslo o‘zgartira olmaydi. Bu yo‘lni faqat notiqlar tarkibi belgilaydi» . *Maktabda, darsda va darsdan tashqari vaqtlarda o‘quvchilarga har tomonlama ijobiy ta’sir etishda o‘qituvchining tarbiyaviy kuchidan qudratliroq kuch yo‘qdir. O‘qituvchi maktabda har doim o‘quvchilar bilan birga bo‘ladi. u bolalarga o‘zining fikrlari, so‘z va iboralari, shaxsiy na’munasi, kishilarga bo‘lgan munosabati, aql – idroki, irdasi bilan ta’sir etadi
Pedagogik mahorat bu faxm-farosat va bilimlarning, chinakkam ilmiy, tarbiyaviy qiyinchiliklarni engishga qodir bo‘lgan nufuzli rahbarlikning, bolalar qalbining qandayligini his qilish mahorati, ichki dunyosi nozik va zaif bo‘lgan bola shaxsiga mohirlik bilan avaylab yondashish, donolik va ijodiy dalillik, ilmiy tahlil, hayol va fantaziyaga bo‘lgan qobiliyat mujassamidir
O’QITUVCHINING MA’NAVIY-SIYOSIY E’TIQODI O‘qituvchi shaxsiy xususiyatlarining muhim tomonini uning ma’naviy – siyosiy e’tiqodi, dunyoqarashi tashkil qiladi. O‘qituvchining butun ishi, xatti – harakati ana shu e’tiqodi, axloq prinsipi asosida sodir bo‘ladi. O‘qituvchining dunyoqarashi uning pedagogika nazariyasi masalalarini hamda maktabning amaliy ishlarini hal qilish uchun mustahkam asosdir. O‘qituvchilar yoshlarda Vatanga muhabbat, mehnatsevarlik. Insonparvarlik, halollik va rostgo‘ylik, axloqiy poklik, kamtarlik, kamchiliklarga nisbatan murosasizlik, do‘stlik, o‘rtoqlik kabi axloqiy fazilatlarni tarbiyalaydi.
* O‘qituvchining tafakkuri asosan o‘quv materiallarini mustaqil rejalashtirish va sistemali bayon etishda namoyon bo‘ladi. O‘quv materialini sistemali ravishda bayon qilish uni aniqroq, ongliroq idrok qilishni va yaxshiroq esda qoldirishni ta’minlaydi. O‘qituvchi o‘quv materialini kitob tilida, darslikda bor bo‘lganlargagina asoslanib bayon etmay, har doim ijodiy ish ko‘rishi lozim. O‘qituvchi keltirgan gapdagi fikrlarni isbotlay olishi, ilmiy asoslanmagan fikrlarni (isbotlay olishi) rad etish yo‘llarini egallashi lozim. O‘qituvchi tafakkurining mazmunliligi, tezligi, kengligi kabi sifatlari bolalarga o‘z bilimlarini aniq, mazmunli, tushunarli, qilib so‘zlab berishda ham namoyon bo‘ladi
* O’QITUVCHINING IRODAVIY SIFATLARI. *Pedagogik faoliyat ta’lim tarbiya maqsadlariga muvofiq yo‘naltirilgan hamda ko‘pgina qiyinchiliklarni bartaraf etish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatdir. SHuning uchun ham bu faoliyat kishidan katta irodaviy kuch talab qiladi. Bu qiyinchiliklar darsga tayyorlanish, bolalarga bilim berish va ularni ishontirish va hakazolardir. Bu qiyinchiliklarni bartaraf qilish uchun g‘ayrat, chidam sabr – toqat, umuman kuchli iroda kerakdir. *O‘qituvchidagi e’tiqod, dunyoqarash, burch hissi pedagogik ishidagi muvaffaqiyatlarning garovidir. Agar o‘qituvchi ehtiros va qiziqish zo‘r bo‘lsa, u o‘zini kuchli his qiladi, qiyinchiliklarni muvaffaqiyatli bartaraf etadi. O‘qituvchi faoliyatida eng muhim xususiyat maqsadga intilish yo‘lida tinmay harakat qilishdir
Bu haqda shunday degan edi: «har bir yaxshi, vijdonli o‘qituvchi o‘zining oldiga fuqaroni tarbiyalashni katta maqsad qilib qo‘yadi. Bizning ajoyib yosh avlodlarimiz dunyoga keltirgan ijtimoiy – tarbiyaviy ishimizning chinakam olamshumul muvaffaqiyatining siri ana shunda» .
U z i g in r o b i t ’ E at! m x Ra n u ch