PEDAGOGIK NAZOKATNING MOHIYATI VA MAZMUNI Pedagogik nazokat Pedagog















- Slides: 15

PEDAGOGIK NAZOKATNING MOHIYATI VA MAZMUNI

Pedagogik nazokat ¡ ¡ ¡ Pedagog o'quvchilar oldida nihoyatda odobli xattiharakatlarni qilishi, noto'g’ri harakatlardan saqlanishi lozim, aks holda o'qituvchi hurmati keta boshlaydi. Pedagogik nazokat me'yori tuyg’usi o'z o'quvchilari bilan to'g’ri munosabat qoidalariga amal qilishdir. Pedagogik nazokatning asoslari deb, bir qolipdagi fikrlar (barqaror tasavvurlar) ijtimoiy yo'l-yo'riqlar va shaxsiy xislatlar jamini aytish mumkin, ular o'qituvchinnng o'quvchilar bilan muomalasi sohasidagi xulq-atvorini belgilab beradi. O’qituvchining pedagogik nazokati mazmuni va uni namoyon bo'lishi shakllarini belgilab beradigan ayrim ijtimoiy yo'l-yo'riqlarni ko'rib chiqamiz.

¡ Nazokat me'yor tuyg’usi yoki odob qoidalariga rioya qilishni, o'z o'quvchilari bilan tug’ri munosabatga amal qilishni bildiradi. Agar o'qituvchi o'quvchilar bilan munosabatlarning ishonch asosiga qurilishiga erishishga yo'l-yo'riq bo'lsagina bunday muloqot ro'y beradi. Tarbiya tajribasida bunday yo'l-yo'riqni amalga oshirish qiyin ishdir, lekin unga butunlay erishish mumkin. Pedagogda bolalar bilan o'zaro ishonch va do'stlik munosabatlari vujudga kelgandagina bunga erishish mumkin. Bunga shuning uchun ham erishish mumkinki, bolalardagi katta yoshdagi do'stga ega bo'lish va u bilan muomala qilishga qat'iy ehtiyoj mavjud bo'ladi

O’QITUVCHINING PEDAGOGIK ODOB – AXLOQI, NAZOKATI HAQIDA TUSHUNCHA. ¡ ¡ «Odob deganda rasm – taomil, xulq – odatlar yigindisi, ijtimoiy – iktisodiy to’zum takozosi bilan turmush sharoitining aloxida tarzi, an‘analari asosida odamlar o’rtasida paydo bo’lgan muomala munosabatlarining xususiyatlari tushuniladi. Demak, o’qituvchi odobi umuminsoniy va milliy axloqning qonuniyatlari, talablari, mezonlarini ta‘lim – tarbiya jarayonida oydinlashtirib, muallimning o’quvchilar, o’z kasbdoshlari, ota – onalar, maktab raxbarlari bilan muomala – munosabatlarida ifodalanadigan axloqiy xususiyatdir.

O’qituvchi odobining moxiyati, asosiy mazmuni pedagogik faoliyat uchun muxim bo’lgan axloqiy sifatlarda ifodalanadi. l Axloq ijtimoiy ong shakllaridan biri bo’lib, inson turmushining barcha soxalarida kishining xulqi, xatti – harakatlarini tartibga solib bashqarib turuvchi, Vatanga, mexnatga, mulkka, odamlarga munosabatini bildiruvchi (yunaltiruvchi) qonun – koidalar, yul – yuriklar, mezonlar, pand – nasixatlar yigindisidan iboratdir. Axloq umuminsoniy va milliy harakterga ega bo’lib, kishilarning tarixan qaror topgan va har bir odam egallashi lozim bo’lgan axloqiy ideallari, orzu – umidlari to’g’risidagi tasavvurlari, tushunchalari, bilimlari, qarashlarini o’z ichiga oladi. l

l O’qituvchining odob normalari har bir muallimning shaxsiy fikriga, axloqiy fazilati va e‘tikodiga aylanishi lozim. Axloqiy e‘tiqod va sifatlar o’qituvchining dars berish jarayonida, tarbiyaviy ishlarda, o’quvchilar, ota – onalar va bashqa kishilar bilan muomala – munosabatlarida, kundalik turmushda o’zining shaxsiy namunasi bilan axloqiy ta‘sir o’tkazishda ko’zga tashlanadi. Pedagogik takt o’qituvchi axloqining amaliy ko’rinishlaridan biridir. Muallim xulqining natijalari uning yoshlarga axloqiy ta‘sirining samaradorligida, axloqiy tarbiya soxasida erishgan yutuqlarida namoyon bo’ladi.

O’QITUVCHI ODOBINING ASOSIY SIFATLARI o o O’qituvchi odobining asosiy sifatlari umuminsoniy va milliy axloqiy fazilatlar tushunchalariga mos keladi. Ularni pedagogik faoliyat bilan bog’liq tarzda bir kadar oydinlashtiradi. Insonparvarlik, vatanparvarlik, milliy gurur, adolat, yaxshilik qilish, burch, kadr – kimmat, mas‘uliyat, vijdon, xalollik, rostguylik, poklik, talabchanlik kabi axloqiy fazilatlar o’qituvchi odobida pedagoglik faoliyati bilan bog’liq ravishda taxlil qilinadi. O’qituvchilik sha‘ni, qadr – qimmati, o’qituvchilik mas‘uliyati, o’qituvchilik vijdoni, talabchan va adolatli bo’lish, o’qituvchining ma‘naviy kiyofasi, xalolligi, pokligi, rostguyligi o’qituvchi axloq – odobining asosiy tamoyillari xisoblanadi. Bu tamoyillarni puxta o’zlashtirish bulajak o’qituvchi uchun katta ahamiyat kasb etadi.

YAXSHILIK QILISH l l Yaxshilik qilish -- ijobiy axloqiy fazilat bo’lib, xulqiy sifatlarini inson faoliyati yoki biror xatti – harakatiga ijobiy munosabatning yigindisini aks ettiradi. O’qituvchi odobida yaxshilik fazilatiga pedagogik faoliyat bilan bog’liq holda o’quvchilar jamoasi manfaatlarining birligi, muallim va o’quvchi maksadining birligi, ta‘lim – tarbiyaning samarasi uchun ko’rashning birligi aks etadi. Yaxshilik fazilati muallimning ham, o’quvchilarning ham, ota – onalarning ham yaxshi niyatli, xayrixox, mehribon bo’lishini takozo etadi. Yaxshilik qaror topishi uchun pedagogik jarayonda yomonlikka murosasiz bo’lish, yaxshi istak bilan muomalada bo’lish, yaxshi kilik, yaxshi harakatlarning birligi zarurdir.

O’QITUVCHI BURCHI l l l O’qituvchi burchi -- burchda shaxsning jamiyatga bo’lgan munosabati namoyon bo’ladi. O’z burchiga sodiklik har bir kishiga obru, shon – sharaf keltiradi. Kishining o’z burchiga sodikligi jamiyatga, Vatanga, mexnatga, oilaga, farzandlariga bo’lgan munosabatida bilinadi. O’qituvchi yosh avlodga ta‘lim – tarbiya berish soxasidagi o’z burchini zurlik tufayli yuklatilgan majburiyat emas, balki o’z xayotining ma‘nosi, ishonch, vijdon da‘vati deb xisoblaydi. O’qituvchi burchi aql bilan hissiyotning birligidan iborat. Muallim kasbiga nisbatan kuyiladigan talablarning moxiyati va mazmunini bilsa, uning shaxs va jamiyat uchun muximligini anglasa, bu vazifalarni bajarish uchun zarur fazilatlarni tarbiyalash yullarini belgilab olsa, shundagina unda kasbiy burch shakllana boshlaydi.

O’QITUVCHILIK MAS‘ULIYATI l O’qituvchilik mas‘uliyati. Shaxs axloqini tavsiflaydigan belgilardan biri mas‘uliyatdir. O’qituvchining mas‘uliyati, muallimlik faoliyati va ta‘lim – tarbiya jarayonining anik vazifalarini ham o’z ichiga oladi. O’qituvchi zimmasiga bola shaxsini barkamol inson sifatida tarbiyalash mas‘uliyati yuklangan. O’qituvchilik kilayotgan yoki muallimlik kasbini tanlagan kishilar o’z zimmalariga kanchalik yuksak, sharafli mas‘uliyat olayotganliklarini tasavvur etishlari lozim.

O’QITUVCHILIK SHA‘NI, QADR QIMMATI. l l O’qituvchilik sha‘ni, qadr – qimmati. Umuminsoniy va milliy axloqning muhim belgilaridan biri insoniylik sha‘ni, kadr – kimmatidir. Insonning kadr – kimmati uning mansabi, kasb – koridan ko’ra ham ko’proq o’z kasbini qanday bajarishiga, uning odobi va xulq – atvoriga bog’liq. Bu fazilat o’qituvchi odobida muallimning kadr – kimmati, sha‘ni deb ataladi. U, avvalo, o’qituvchidan o’z ishining ustasi, kamtar bo’lishni, shu bilan birga pedagoglar va o’quvchilar jamoasida o’zini tuta bilishni talab etadi.

Pedagogik nazokat juda murakkab sifat bo’lib, quyidagi komponentlari tarkibiy qismlari mavjud : l l l l O’quvchini hurmat qilish va unga nisbatan talabchanlik ; Faoliyatning hamma turlarida o’quvchilarning mustaqilligini rivojlantirish va ularning ishiga qat‘iy pedagogik rahbarlik qilish; O’qituvchining o’quvchi psixik holatiga nisbatan diqqat bilan qarashi va o’quv mashgulotlarini bajarayotganida unga nisbatan talablarning izchilligi. O’quvchilarning tafakkur holida iroda aktivligini rivojlantirish, o’quv ishida ularga har tomonlama yordam berish, ularga nisbatan mehribon va g’amxo’r bo’lish ; O’qituvchining o’quvchilar bilan ishlashidagi sabotliligi hamda tarbiyaviy ta‘sir ko’rsatishning xilma – xil usullarini ularning pedagogik samaradorligini hisobga olgan holda qo’llashi ; O’quvchilarga ishonish va ularning o’quv ishlarini muntazam ravishda tekshirib turish ; O’qituvchining o’quvchilar bilan munosabatidagi amaliy va emotsional aloqa bog’lashning pedagogik jihatdan asoslangan holda birga qo’shib olib borilishi ; O’quvchilar bilan munosabatda osoyishta qat‘iylik, muvozanatlilik va nutqning ifodaliligi.

BUYUK MUTAFAKKIRLAR O’QITUVCHI VA TARBIYACHI AXLOQ-ODOBI HAQIDA. l l O’rta Osiyoda yashagan allomalar yosh avlodni o’qitish va tarbiyalash, shuningdek o’qituvchilik faoliyati va odobiga doir ta‘limotlarni ham yaratdilar. Abu Nasr Forobiy o’z asarlarida, har bir kishi jamiyatga, davlatga munosib inson bo’lishi uchun ta‘lim va tarbiya olishi lozim deb hisoblaydi. Yoshlarga ta‘lim va tarbiya beradigan ustoz shogirdiga nisbatan juda qattiq zug’um qilishga intilmasligi, shuningdek, haddan tashqari ko’p yon berishga ham intilmasligi lozim. Chunki ortiqcha zug’um shogirdda ustozga nisbatan nafrat uyg’otadi, bordi – yu, shogird ustozning juda yumshoqligini payqab qolsa, bu hol ustozni mensimaslikka va u beradigan bilimdan sovishga olib keladi.

Abu Ali ibn Sinoning fikricha, tarbiya yagona jarayon bo’lib, yoshlarga aqliy, jismoniy, nafosat, axloqiy tarbiya berishni, xunar o’rgatishni nazarda tutadi. l Bolaga ta‘lim – tarbiya berish uchun saxovatli, dono, iymonli, axloqiy va aqliy tarbiya usullarini yaxshi biladigan, irodasi kuchli muallim – tarbiyachini tanlash zarur. Muallim sog’lom, pok, xalol, xushmuomala kishi bo’lmog’i lozim, deydi. l Kaykovus. «Qobusnoma» da bolalarga hunar va kasb o’rgatmoq to’g’risida farzandiga qilgan nasixatida ota – onaning va muallimlarning bolaga muomala – munosabati masalasiga ham to’xtaladi. l

Alisher Navoiy. O’qituvchi jamiyatda obro’li va xurmatga loyiq insondir, deb hisoblaydi. Shogirdlar muallimni xurmat qilishlarini, e‘zozlashlarini uqtiradi. Navoiyning fikricha, ba‘zan bir kishi bitta bolaga tarbiya berishga ojizlik kiladi. Muallim esa bir tuda bolalarga ilmu adab o’rgatadi. Bu jarayonda muallim ko’p aziyat chekadi, mashakkatlarni boshidan kechiradi. Shuning uchun shogirdlar ustozlari oldida umrbod qarzdor ekanliklarini xis etishlari lozim : - deb : l Haq yo’lida kim senga bir harf o’qitmish ranj ila, l Aylamak bo’lmas ado oning xaqin yo’z ganj ila. l