Mavzu Ravish yordamchi va alohida guruh sozlari Reja






















- Slides: 22
Mavzu: Ravish, yordamchi va alohida guruh so’zlari Reja: 1. Ravish so’z turkumi, uning ma`no jihatdan turlari, tuzulishi. 2. Koʻmakchi, bogʻlovchi, yuklama haqida umumiy ma`lumot. 3. Alohida soʻz turkumlari: taqlid, modal, undov so’zlari.
Terminlar ingliz tilida: • • Adverb – ravish Conjunction – bog’lovchi Modal – modal Exclamaition – undov
“Erkin yozish” metodi Ravish so’z turkumi haqida nimani bilasiz?
Ravish va uning leksik-grammatik xususiyatlari haqida ma’lumot • Harakat-holatning bajarilish tarzi, payti, o`rni, daraja miqdori kabi belgilarini bildiruvchi va qanday? , qanaqa? , qancha? , qachon? , qayer? singari so`roqlarga javob bo`luvсhi so`zlar ravish deyiladi. M: tez yozmoq, erta turmoq, oldinga o’tmoq, ko’p ishlamoq, atayin bajarmoq
Morfologik xususiyati: • 1. Ravish fe’llarga bog’lanib, harakat va holatning belgisini ifodalaydi. • 2. Ravishlar o`zgarmas so`z turkumi bo`lib, ular so`zlarga qo`shimcha olib, o`zgarmasdan bog`lanadi. Ravishlarning tarkibidaga egalik va kelishik qo`shimchalari morfemalarga ajratilmaydi: ertalablari, kechasi, birga, rostdan.
Ravish so’z turkumi yasalish xususiyatiga ega. 1. Affiksatsiya usuli bilan ravish yasashda so`z negiziga maxsus ravish yasovchi affikslarni qo`shish bilan ravish yasaladi: Otdan: do’st/ona, ruh/an, be/ixtiyor. Sifatdan: yaxshi/lab, mard/ona, tirik/lay Sondan: bitta/lab. Fe’ldan: uyalgan/simon, to’xtov/siz. Ravishdan: ko’p/lab, hozir/cha, keyin/cha Modal so’zlardan: kerag/icha, bori/cha
Kompozitsiya usuli bilan qo’shma, juft, takroriy sifatlar yasaladi. • 1) har olmoshi bilan o`rin yoki payt ma’nosini bildiruvchi so`zlarni biriktirish bilan: har vaqt, har lahza, har on, har gal, har yoq, har zamon • 2) ko`rsatish olmoshlariga yon, er, yoq so`zlarini qo`shish bilan: shu er, shu yoqqa, shu yonda, bu erda, bu yoqqa, o`sha yoqda, o`sha yoqqa, u erdan • 3) bir soniga o`rin, payt, miqdor ma’nosini bildiruvchi so`zlarni yoki mustaqil ishlatilmaydigan so`zlarni qo`shish bilan: bir zum, bir lahza, bir zamon, bir yo`la, birmuncha, birvarakay, bir yoqqa, birato`la, bir oz
Juft ravishlar: • Juft ravish ikki so`zning teng bog`lanishi bilan yasaladi: • 1) ma’nosi bir-biriga yaqin (sinonim) so`zlarning teng bog`lanishi bilan: asta-sekin, ochiq-oydin, eson-omon • 2) qarama-qarshi ma’noli (antonim) so`zlarning teng bog`lanishi bilan: bugun-erta, yozin-qishin, nari-beri • 3) –ma (-ba) elementlari, shuningdek, chiqish va jo`nalish (ba’zan bosh) kelishigi shaklini olgan so`zlarni takrorlash bilan: yuzma-yuz, yonma-yon, dam-badam, kundankunga, naridan-beri, kamdan-kam • 4) turli fe’l shakllarining takrorlanishi hamda ularni bo`lishli va bo`lishsiz shaklda takrorlash bilan: qayta, sezilar-sezilmas, qo`yarda-qo`ymay, bilinarbilinmas kabi.
Ravishlarning tuzilishi jihatdan turlari Sodda Qo’shma Juft Takroriy
1. 2. 3. 4. • RAVISH DARAJALARI: ODDIY DARAJA: tez, kech, sekin Ozaytirma daraja: sal tezroq, biroz kech, sal sekinroq QIYOSIY DARAJA: tezroq, kechroq ORTTIRMA DARAJA: juda tez, juda kech, eng oxir (-I, -da).
holat ravishi maqsad ravishi payt ravishi Ravishlarning ma’no turlari o`rin ravishi sabab ravishi miqdor-daraja
Holat ravishi • Holat ravishi ish-harakatning qay tarzda, qay holatda bajarilishini bildirib, qanday? qay tarzda? qanday qilib? kabi so`roqlarga javob bo`ladi: asta, sekin, tez, piyoda, ayov, qo`qqisdan, tasodifan, xomlay, ochin-to`kin, butunligicha, jim, darhol, zo`rg`a, birdan, birga, majburan, yaqqol, harbiylarcha, o`zbekcha, yuzma-yuz, ochiqoydin kabi.
• Holat ravishlari, asosan, ravish holi otga bog`lanib kelganda sifatlovchi-aniqlovchi va kesim vazifalarida keladi: __Bobur ota yurtidan ajralganini endi astoydil his qildi (P. Q. ). __Salqin shabadasi kelib olqishlar bizning g`olibona bayrog`imizni (A. M. ). __Auditoriya jimjit, hamma unga qarar (P. Q. ).
Payt ravishi • Payt ravishi ish-harakatning paytini bildirib, qachon? qachongacha? qachondan beri? kabi so`roqlarga javob beradi. • Payt ravishlariga: hozir, boya, hali, endi, oldin, burun, avval, qadim, bultur, tunov kun, yaqinda, hamisha, hanuz, hamon, bugun, indin, keyin, so`ng, yiliga, dastlab, har kuni, erta-indin, erta-kech, qishin-yozin kabilar kiradi.
Payt ravishlari • Payt ravishlari asosan, payt holi, ba’zan kesim vazifasida keladi. • Masalan: Sen birodaringning ayblarini zikr qilmoqchi bo`lsang, avval o`z ayblaringni esla! (Imom Ismoil al Buxoriy). Bugun sening tug`ilgan kuning, Bugun uying to`ladi gulga (H. O. ).
O`rin ravishi • O`rin ravishi ish-harakatning bajarilish o`rnini va harakat yo`nalgan tomonni anglatadi. • O`rin ravishi qayerga? qayerdan? kabi so`roqlarga javob berib, ularga nari, beri, oldinga, pastda, tubanda, yuqoridan, quyidan, u yoqqa, bu yoqqa, yaqinda, orqadan, to`g`riga, chapda, o`ngda kabilar kiradi.
• O`rin ravishlari gapda, asosan, o`rin holi ba’zan esa kesim vazifasini bajaradi: Biror kishi gapirgan paytida u yoq - bu yoqqa qarab qo`ysa, demak bu gap omonatdir (Hadisdan). YOshi ulug` Nazarali ota shu yerda (G`. G`ulom).
Miqdor-daraja ravishi. • Miqdor-daraja ravishi ish-harakatning miqdoriy belgisi, bajarilish darajasini, shuningdek, predmetning noaniq miqdori, belgining darajasi va miqdorini anglatadi.
• Miqdor-daraja ravishlari, asosan, miqdordaraja holi, ba’zan kesim vazifasini bajaradi: Mo`l-ko`l nur to`kar, ko`kdan qadrdon quyoshimiz (E. Vohidov). Biroq ko`zgu shunaqangi xira Ediki, o`zimning yuzimni zo`rg`a ko`rardim (O`. H. ). • Miqdor-daraja ravishi predmetning belgisini bildirib, sifatlovchi-aniqlovchi vazifasida ham keladi: Ko`p gap quloqqa yoqmas (Maqol).
Sabab ravishi. • Sabab ravishi ish-harakatning bajarilish sababini anglatadi. Sabab ravishi nega? nima uchun? nima sababdan? kabi so`roqlarga javob bo`ladi va ularga noiloj, noilojlikdan, chorasizlikdan kabi ravishlar kiradi. • Sabab ravishi, asosan, sabab holi vazifasini bajaradi: Qunduzoyning qistashi bilan noiloj birinchi qatorga borib o`tirdi (Oydin).
Maqsad ravishi • Maqsad ravishi ishharakatning bajarilishidagi maqsadni anglatib, nega? nima maqsadda? kabi so`roqlarga javob beradi. Bu ravishlarga atay(in), ataylab, jo`rttaga, qasddan kabilar kiradi. • Maqsad ravishi gapda, asosan, maqsad holi vazifasini bajaradi: YUksak binolar tomon, Bordik bizlar atayin (Po`lat Mo`min
Ravishlarning ma’no turini to’g’ri toping va yozing? № HOLAT RAVISHI MAQSAD RAVISHI O’RIN RAVISHI PAYT RAVISHI SABAB RAVISHI MIQDORDARAJA R 1. YAYOV ATAY ICHKARI HOZIRCHA NOILOJ 2. TASODIFAN ATAYLAB SHU YERGA HANUZ CHORNOCHOR 3. MARDLARCHA QASDDAN U YOQDA KECHAKUNDUZ BEKORDAN BAHOLI BEKORGA QUDRAT 4. DARHOL JO’RTTAGA O’RTAGA BUGUN NOILOJLIK DAN 5. TEZDA AZZABAZZA UZOQDAN DOIMO MAJBURLIK BUTUNLA DAN Y 6. O’ZICHA ATAYIN YUQORI DASTLAB MO’LKO’L 7. BEIXTIYOR O’NGGA ERTA-YU KECH ZARRA CHA SAL G’OYAT BEADAD






















