l Muhammad l I Yusuf tavalludida bagishlangan tadbir
l. Muhammad l. I Yusuf tavalludida bag`ishlangan tadbir ssenariysi Boshlovchi: Xayolimdek abad ozod sabolardan salom sizga Kuychi ko`nglim kabi mahzun navolardan salom sizga l. II Boshlovchi: Ming so`z aytsam topib aybin mudom aksin aylagaysiz, Tosh yurakka tegib qaytgan sabolardan salom sizga l. I Boshlovchi: Jing`il ichinda o`grilib, o`grilib sayraydi bulbul, Nolasi beadog’ umri adolardan salom sizga. l. II Boshlovchi: Nahotki, bemuruvvatlik kishini boy etar oxir, Tabassum deb qo`l uzatgan gadolardan salom sizga l. I Boshlovchi: Jabr ustiga jafolar quyib havolandi dilbar Jafolardan salom sizga, navolardan salom sizga l. II Boshlovchi: Necha dil berdimu Iqbol, necha bor tavbalar etdim, Haqiqatdan zavqi ustun xatolardan salom sizga.
l l l l l I Boshlovchi: Adabiyot-shunday bir chamanzorki, Unda gul ko`p, chechak ko`p II Boshlovchi: Bu chamanzorda bir-biriga o`xshamagan, bir-birini takrorlamaydigan shoirlar avlodi qayta-qayta bo`y cho`zaveradi. I Boshlovchi: Shu chamanzorning xushxon bulbuli bo`lib, shoirlar-kuygan ko`ngillar nolasi, g`arib onalarning g`arib bolasi, deb kuylagan edi Muhammad Yusuf. II Boshlovchi: Jami buyuklarning buyugi ular, jami bechoralar ham bechorasi , deb so`ylardi Muhammad Yusuf. I Boshlovchi: Shoirlar-ohular o`tlar dalasi, dardli ko`ngillarning dardli qal`asi, deb o`rtanardi Muhammad Yusuf. II Boshlovchi: Ular kulbasidan do`zah bir qadam, jannat-ular ikki qoshin orasi, deb iftixor etardi Muhammad Yusuf. I Boshlovchi: Bugun xalq dardini kuylagan, hamisha yurtin o`ylagan, haqiqatni so`ylagan, azim chinor yanglig` bo`ylagan II Boshlovchi: Qisqa hayotida “tutamay, yonib”, o`zbegim qalbidan mangu joy olib, o`zidan o`lmas adabiy meros qoldirgan shoir Muhammad Yusufning 55 yilligi munosabati bilan diydor ko`rishib turibmiz. I Boshlovchi: Ko`ngil ko`shklarining to`ridan joy olgan, vatanni har joydan azizroq bilgan, rayhon-u yalpizni behad xush ko`rgan, sodda va ta`sirchan so`zlarni
l l marjondek tergan, xalqimizning bulbulzabon shoiri Muhammad Yusufning ruhini shod etish maqsadida tayyorlangan “Men ketarman bir kuni, navolarim, zorim qolur…” nomli tadbirimizni ochish uchun ilk so`zni Navoiy viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti pedagogika, psixologiya va ta’lim menejmenti asoslari kafedra mudiri G. Hasanovaga beramiz. Sahnaga 7 -sinf o’quvchisi Komiljonova Bahora taklif etiladi. Raqs ijro etiladi. Bahor madhi. Muhammad Yusuf hayot yo’li haqida fikrlar tinglanadi. II Boshlovchi: Lochin ko`kda netar, ko`zi o`tmasa, Sindir qalamingni so`zi o`tmasa, Vatan desa, o`pkang to`lib ketmasa She`r yozishga balo bormi birodar? . l l l I Boshlovchi: Sen - shoxlari osmonlarga Tegib turgan chinorim, Ota desam, O’g`lim deb, Bosh egib turgan chinorim, Qo`ynimdagi iftixorim, Bo`ynimdagi tumorim, O`zing mening ulug`lardan Ulug`imsan , Vatanim! l II Boshlovchi: Vatan har kun o`ylagan o`yimiz, kuylagan kuyimizdir. Qancha yurtni ko`rmang, qancha hashamatli binolarda yashamang, o`zingiz tug`ilib o`sgan go`shangiz o`rnini bosa olmaydi. l I Boshlovchi: Olloh bizga bulbullar madhini o`qib tamom qila olmaydigan, qishlarida bahor shivirlaydigan, bog` desa bog`i, tog` desa tog`i bor O`zbekiston atalmish jannatmonand yurt ato etgan ekan, biz bu uchun o`zimizni baxtli deb hisoblashimiz kerak. l II Boshlovchi: Endi navbatni xalqimizning suyukli shoiri Muhammad Yusufning qalamiga mansub Vatan madhiga bag`ishlangan she`rlarga beramiz.
l l l l I Boshlovchi: Kuy avjida uzilmasin tor, She`r yarmida sinmasin qalam. Yashab bo`lmay umrini bir bor, Bu dunyodan ketmasin odam. II Boshlovchi: Qo`ldan tushib sinmasin qadah, Lab tekkanda to`kilmasin may. To`xtamasin urib turgan qalb, Aytib turgan qo`shig`i bitmay. Keling, hozir navbatni bir dilrabo qo’shiqqa beraylik “O’zingdan qo’ymasin xalqim” Vatanni madh etuvchi she’rlar, Qo’shiq “Vatanim”. II Boshlovchi: Keling, uning umrboqiy she`rlaridan tinglaylik. I Boshlovchi: San`atga baxsh umrning ajib nashidasi bor, . Bu dunyoni tark etsa, undan sado qoladi. IIBoshlovchi: Qo’shiq umri mazmunli inson umri poyidor, Navosoz yuraklarda o’lmas navo qoladi.
l l l l l Sahnaga 9 -sinf o’quvchisi Kenjaeva Munavvar taklif etiladi. Oxunjon Madaliyev ijrosida “Unutmoq osonmas bizlarni” qo’shigi ijro etiladi. “Erta so’ngan yulduzlar” ko’rsatuvi. Sahnada Muhammad Yusuf siymosi gavdalanadi. Shoir she’rlaridan o’qib eshittiriladi. Shoir haqida mashhur shaxslarning xotiralari tinglanadi. I. Boshlovchi: She`riyat , ey bevafo sanam! Qo`llaringdan mahkam tutarman. . Sendan har narsani kutarman. Sen bir malham, Sen bir shirin g`am II Boshlovchi: Sen borsanki, zahmatlarim bor, Bu dunyoda orttirgan zarim. Uxlamay qon yutgan kunlarim Uchun senga rahmatlarim bor. I Boshlovchi: Ostonang`tgayman da iting –xayolim, Yo`ling poylab o sening, Ko`ngling kimda bilmayman sening, Sen ko`kda qo`l yetmas hilolim. II Boshlovchi: Ruhim ko`kda, tuproqda tanam, Bag`rimni tilkalar bir og`riq Endi baxtim o`zingga bog`liq. She’riyat, ey, bag`ritosh sanam!
l l l l I Boshlovchi: Sevimli shoirimizning qariyb barcha she`rlari kuyga solingan. Uning she`rlaridan vatan, sevgi, mehr-muruvvat kabi mavzular o`rin olgan. Keling uning umrboqiy she’rlaridan tinglaylik. I Boshlovchi: Biz bahorga oshiq bo`ldik, kuzdan uzr, Xazonlarda qolib ketgan qizdan uzr, Har ne o`tsa bizdan o`tdi, bizda gunoh, Tug`ilmagan qo`shiqlarim, sizdan uzr. II Boshlovchi: Yo`lim qarab jayron ko`zi tolib ketgan, , Goh dalada daydi shamol olib ketgan, Goh andisha ayvonida qolib ketgan, Tug`ilmagan qo`shiqlarim , sizdan uzr I Boshlovchi: M. Yusufning ijod yo’lidan borib, biz ham u singari she’rlar yozib, xalqning sevimli shoir-u shoiralari bo’lmoq niyatidamiz. II Boshlovchi: Sizni esa o’z ijodimizdan namunalar tinglashga taklif etamiz. Qo’shiq ijro etiladi “Beshinchi o’g’il”. I Boshlovchi: Sodda va dilga yaqin so’zlar bilan she’riyat shaydolarining qalbini mahv etgan, yuragida qancha orzu-dardlarini olib ketgan , muxlislari ardog’ida qolib ketgan buyuk shoir Muhammad Yusuf 2001 -yil 31 -iyulda Qoraqalpogistonning Ellikqal’a tumaniga qilingan ijodiy safar chog’idam, yuzlab muxlislari qarshisida she’r o’qiyotgan paytda yurak xurujidan vafot etdi. Xuddi Boburdek, Shavkat Rahmondek Muhammad Yusuf ham bor-yo’gi 47 yil umr ko’rdi
l l l l l II Boshlovchi: Biroq bu umr bir dilbar shoirning tugilishi, kamol topishi, o’zini voyaga yetkazgan yurt va millatga samimiy va ixlos ila xizmat qilib, ortidan yaxshi nom qoldirishi uchun kifoya qildi… I Boshlovchi: Umr nima? Umr aslida bir yumaloq tugmacha yo’q, Tugmadan sal kattaroq yo yana bir nimacha yo’q. Beshigimning oldidan qabrim oldigacha yo’l, Men ketarman bir kuni, navolarim, zorim qolur. IIBoshlovchi: Bu uzun hijron yo’lidir , bu uzun azob yo’li , Har sahar kulib chiqib, yig’lab botar oftob yo’li. Kim uchun gunoh yo’lidir , kim uchun savob yo’li, Har nadir, har biriga ortimda iqrorim qolur. I Boshlovchi: Yaxshilik murodi bor har dilga men jonim beray, Yaxshilarga qo’lda borim yo’g’-u imkonim beray. Ko’ksi pok shogirdiman bulbul gul zabonim beray, Men ketarman bir kuni zor yig’labon torim qolur. II Boshlovchi: Ol, deya bir Egam, osmonga uchsa ruhlarim, Bir ajib moviy diyor bo’ynini quchsa ruhlarim, Ko’k mening ko’ksim bo’lur, yulduzlari- anduhlarim, Gul o’pib, gul yopinib har dilda mozorim qolur, Men ketarman bir kuni, navolarim, zorim qolur… Xayr sog’ bo’ling. Hmmamizga diydor ko’rishish nasib etsin.
MAVZU: Tug’ilmagan qo’shiqlarim sizdan uzr. l l (Muhammad Yusuf hayoti va ijodiga bag’ishlanadi. ) Maqsad: Ta’limiy: Bulbulzabon shoir hayoti va ijodi haqida ma’lumotlar. Tarbiyaviy: Shoir she’rlarining o’quvchilar tarbiyasida tutgan o’rni. O’quvchilarni tarbiyaviy xulosalar chiqarishga o’rgatish.
l l l l Rivojlantiruvchi: mavzuga doir ma’lumotlar keltirish, ifodali she’r o’qish, qiziqarli topshiriqlar bajarish. Kasbga yo’llovchi: Shoir she’rlari asosida kasbga yo’llovchi fikrlar keltirish. Milliy istiqlol g`oyasini singdirish: adabiyot darslarida vatanparvarlik, millatga hurmat, tinchlik, do’stga sadoqat, mehr-oqibat kabi g’oyalarini o’quvchilar ongiga singdirish. Dars usuli: Aqliy hujum, ifodali o’qish, qiziqarli topshiriqlar Dars jihozi: darslik, Muhammad Yusufning she’r to’plamlari, test va savol tarqatmalari, televizor, DVD disklar. Dars shiori: Adabiyot - odob-axloq, yaxshiliklar darsidir, Bobolarim qurib ketgan odamiylik qasridir. Darsning borishi: I. Tashkiliy qism: a) salomlashuv b) davomatni aniqlash II. Uy vazifasini tekshirish 1. To’ra Sulaymon qachon va qayerda dunyoga kelgan? 2. Shoirning she’rlaridan namunalar ayting? 3. ”Armon” she’rida shoir nima haqida fikr yuritgan? III. Yangi mavzu bayoni (Mavzu yuzasidan o’quvchilarga topshiriqlar berilgan, she’rlar yod olingan)
1 -o’quvchi: O’zbek adabiyoti shunday chamanzorki , uning bo’stonida gul ko’p, chechak ko’p. Bu bo’stonda bir-biriga o’xshamaydigan, bir-birini takrorlamaydigan dilbar shoirlar avlodi qayta-qayta bo’y cho’zaveradi. Ana shunday betakror shoirlardan biri, shubhasiz, O’zbekiston xalq shoiri, xalqimizning bulbulzabon farzandi Muhammad Yusuf edi. l 2 -o’quvchi: So’zlari insonni o’ziga sehrlab oladigan shoir 1954 -yil 26 -aprelda Andijon viloyatining Marhamat (1898 -yilda mashhur Dukchi eshon qo’zgoloni bo’lib o’tgan Mingtepa) tumanidagi Qovunchi qishlogida oddiy zahmatkash odamlar orasida tugildi. l 3 -o’quvchi: O’rta maktab ta’limini olgach, Muhammad Yusuf Toshkentdagi Rus tili va adabiyoti institutiga o’qishga kiradi va uni 1978 -yilda bitiradi. Uning dastlabki she’rlari 1976 -yilda “O’zbekiston adabiyoti va san’ati” haftaligi sahifalarida chop etiladi. l 4 -o’quvchi: Yosh ijodkor 1978 -1980 yillarda respublika “Kitobsevarlar” jamiyatida, 1980 -1986 yillar oraligida poytaxtning “Toshkent oqshomi” gazetasida, 1986 -1992 yillarda esa Gafur Gulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyotida xizmat qiladi. l
l l l l l O’qituvchi: Mana shu nashriyotda ishlash yillari Muhammad Yusufning ijodiy taqdirida muhim o’rin egallaydi. Shoir shunday ko’pki, ularga yer tor, Hammasi mashhur va hammasi nomdor, Ulugvor, ularga yetmoq kop dushvor. Ammo ular oyga bosib yuzini Turganda osmonin bagrida ilk bor Biz olib borgaymiz tuproq isini, Gulday dimogiga tutamiz , qizim, Biz hali hammadan otamiz, qizim!. . Shoir ushbu she’r orqali qalamkashlar orasida muhim o’ringa ega bo’lish, “tutab emas, yonib ijod qilish kerak”ligini ta’kidlaydi.
l l 3 -o`quvchi: Muhammad Yusuf 1992 -1995 yillarda “O`zbekiston ovozi” gazetasida O`zbekiston Milliy axborot agentligida xizmat qildi. 1997 yildan e`tiboran shoir O`zbekiston yozuvchilar uyushmasi raisining o`rinbosari etib tayinlandi. 4 –o`quvchi: Garchi unnig vaqtli matbuotda tez-tez chop etilib turgan bo`lsa-da, birinchi she`riy to`plami, nisbatan kech- 1985 yildagina e`lon qilingandi. IV. Og`zaki so`rov. Shoirning qanday she`riy to`plamlarini bilasiz? (O`quvchilar she`riy to`plamlarini aytib o`tadilar: “Bulbulga bir gapim dor” (1987), “Iltijo” (1988), “O`yqudagi qiz” (1989), “Halima enam allalari” ( 1989), “Ishq kemasi” (1990), “Ko`nglimda bir yor” (1990), “Bevafo ko`p ekan” (1991), “Yolg`onchi yor”, “Erka kiyik” (1992), “Osmonimga olib ketaman” singari o`nlab she`riy majmualari bor. O`qituvchi: U yirik poetik janrlarga murojaat etib, “Osmonning oxiri”, “Qora quyosh” singari dostonlar yaratdi. Yurtimizning mustaqillikka erishgani Muhammad Yusuf ijodida yangi ufuqlarni ochdi. Uning millat va yurt istiqloli sharafiga bitgan she`rlari o`zining samimiyligi, soddaligi bilan millionlar qalbidan joy oldi.
l l l l l V. Muhammad Yusufning ijodidan video lavha namoyishi. O`qituvchi: Hozirgina tinglagan “Iqror” vatanni “Xalq bo`l elim”, “Dunyo”, “O`zbek momo” singari o`nlab she`rlari chinakam she`riyat yurtni qanday kuylamog`i lozimligini isbotlagan sarlar bo`lib qoldi. O`quvchi: Istiqlol yillarida erishgan yuksak ijodiy yutuqlari uchun Muhammad Yusufga 1998 yilda O`zbekiston xalq shoiri unvoni berildi. O`quvchi: Muhammad Yusuf ijodi keyingi davr o`zbek qo`shiqchiligi rivojida muhim o`rin tutadi. Yulduz Usmonova, Oxunjon Madaliyev, Muhriddin Xoliqov, G`iyos Boytoyev, Sevara Nazarxon, Erkin Xudoyqulov, Iroda Dilroz Ozodbek Nazarbekov, Anvar Sanayev kabi o`nlab xonandalar shoir she`rlarini qo`shoq qilib ko`ylashgan. VII. Qo`shiq ko`ylanadi. “Xalq bo`l elim”, o’quvchilar tomonidan she`rlar tinglanadi. VIII. Mustahkamlash uchun savollar. 1. Shoir she`rlarida qanday g`oyalar ilgari suriladi? 2. “Vatanim”she`rida” Sen Mashrabsan, xalqda tumor…” misralarni izohlang. 3. Muhammad Yusuf ijodidan she’rlar ayting
l l IX. O’quvchilarni baholash. X. Xulosa. Afsuski, yuraklar to’ridan mangu joy olgan, sodda va samimiy she’rlari bilan muxlislarni lol qoldirgan Muhammad Yusuf 2001 -yilning 31 -iyulida Qoraqalpogistonning Ellikqal’a tumaniga qilingan ijodiy safar chogida, yuzlab muxlislari qarshisida she’r o’qiyotgan paytda yurak xurujidan vafot etdi. Xuddi Boburdek, Shavkat Raxmondek, Muhammad Yusuf ham 47 yil umr ko`rdi. Biroq bu umur bir dilbar shoirning, kamol topishi, o`zining voyaga etkazgan yurt millatga samimiy va ixlos ila xizmat qilib ortidan yaxshi nom qoldirishi uchun kifoya qildi. l Biz bahorga oshiq bo’ldik kuzdan uzr, Xazonlarda qolib ketgan qizdan uzr Har ne o’tsa bizdan o’tdi , bizda gunoh, Tug’ilmagan qo’shiqlarim, sizdan uzr… Tilimdan bol tomdi boqib olamga goh, Bir shirin so’z aytolmadim bolamga goh, Yillab barmoq bosolmadim qalamga goh, Tug’ilmagan qo’shiqlarim sizdan uzr…
l Otashqalb shoir Muhammad Yusuf hayoti va ijodiga bagishlab tayyorlangan “Tug’ilmagan qo’shiqlarim sizdan uzr…” nomli ochiq darsimiz nihoyasiga yetdi. Xayr, sog’ bo’ling. l Shogird agar shayx-ul islom, agar qozidur, l Ustoz andin rozidur, tengri rozidur…
- Slides: 15