OLIY VA ORTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI NIZOMIY NOMIDAGI

  • Slides: 15
Download presentation
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI TARIX FAKULTETI

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI TARIX FAKULTETI “MILLIY G’OYA VA MA’NAVIYAT ASOSLARI” KAFEDRASI 7 – MA’RUZA MAVZUSI: XAVFSIZLIK, MILLATLARARO TOTUVLIK VA DINIY BAG‘RIKENGLIKNI TA’MINLASH TOSHKENT – 2020 YIL

REJA: 1. O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligini muhofaza qilish. 2. Axborot xavfsizligini

REJA: 1. O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligini muhofaza qilish. 2. Axborot xavfsizligini ta’minlash. Fuqarolik, millatlararo va konfessiyalararo tinchlik hamda totuvlikni mustahkamlash. 3. O‘zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish. 4. Chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosatni amalga oshirish.

1 -reja: O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligini muhofaza qilish Konstitutsiyada davlat tomonidan

1 -reja: O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumi, suvereniteti, hududiy yaxlitligini muhofaza qilish Konstitutsiyada davlat tomonidan eng barqaror, doimiy huquqlar va jamiyat hayoti me’yorlari mustahkamlab qo‘yilgan. «Konstitutsiya» lotincha «constitutio» so‘zidan olingan bo‘lib, «belgilash» , «tuzilish» degan ma’nolarni anglatadi, ya’ni Konstitutsiya jamiyat va davlat tuzilishini, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini tuzish hamda ularning ish faoliyati asosiy prinsiplari va vakolatlarini, fuqarolar asosiy huquqlari va burchlarini, jamiyat va shaxs o‘rtasidagi munosabatlarni belgilab beradi. Konstitutsiya – davlatning Asosiy qonuni, unda inson va fuqaroning huquq va erkinliklari e’lon qilinadi, e’tirof etiladi va kafolatlanadi, davlat boshqaruvi shakli va hududiy tuzilishi, hokimiyat markaziy va joylardagi mahalliy organlarni tashkil etish tizimi va ularning va kolatlari bеlgilab qo‘yiladi, shuningdek, qonunchilik, ijro organlari va sud hokimiyati organlarini tuzish tartibga solib turiladi, saylov tizimi, davlat ramzlari va Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish tartibi belgilanadi. Suverenitet (frans. souverainete — oliy hokimiyat)— hokimiyatning ustunligi va mustaqilligi. Suverenitetni hurmatlash — xalqaro huquq va xalqaro munosabatlarning asosiy prinsipi. U BMT Ustavi va boshqa xalqaro hujjatlarda mustahkamlab koʻyilgan. Konstitutsiyaviy huquq fanida davlat Suverenitet, millat Suverenitet, xalq Suverenitet tushunchalari ishlatiladi. Davlat Suverenitet — hokimiyatning mamlakat ichida oliyligi va tashqi munosabatlarda toʻla mustakilligi. Davlat Suverenitet haqidagi g’oya Jan Boden (16 -asr, Fransiya)ga tegishlidir. Uning fikricha, Suverenitet davlatning eng muxim belgisi hisoblanadi, bunda abadiy, mutlaq, boʻlinmas oliy hokimiyat nazarda tutiladi. Davlat

Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo‘naltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini

Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo‘naltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo‘yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiyiqtisodiy taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish; “Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish” deb nomlangan uchinchi yo‘nalishda ko‘rsatilgan chora-tadbirlarni ro‘yobga chiqarish uchun milliy valyuta va narxlarning barqarorligini ta’minlash, valyutani tartibga solishning zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish, mahalliy byudjetlarning daromad bazasini kengaytirish, tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, eksportga mo‘ljallangan mahsulot va materiallar ishlab chiqarish uchun zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, transport-logistika infratuzilmasini, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda xorijiy investorlar uchun investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish, soliq ma’murchiligini yaxshilash, bank faoliyatini tartibga solishning zamonaviy prinsiplari va mexanizmlarini joriy etish, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish, shuningdek turizm industriyasini jadal rivojlantirish nazarda tutilmoqda

2 -reja: Axborot xavfsizligini ta’minlash. Fuqarolik, millatlararo va konfessiyalararo tinchlik hamda totuvlikni mustahkamlash. Agar

2 -reja: Axborot xavfsizligini ta’minlash. Fuqarolik, millatlararo va konfessiyalararo tinchlik hamda totuvlikni mustahkamlash. Agar tarixga nazar tashlasak, o‘z faoliyatida boshi berk ko‘chaga kirib qolganda, hamma vaqt ilmiy — texnikaviy yangilikka intilgan va erishilgan muvaffaqqiyat evaziga o‘z ko‘chasini ochiq qilib olgan: olov paydo bo‘lishdan, bug‘ mashinasi, yadro, atom energiyasi paydo bo‘lishiga qadar biz uning guvohimiz. Axborotni qayta ishlash, boshqaruv jarayonining boshi berk ko‘chaga kirib qolishi o‘z navbatida tezkor elektron hisoblash mashinalari bunyod etilishiga olib keldi. Jamiyatni axborotlashtirish ishlab chiqarishning yuqori darajasidagi jarayon bo‘lib, axborotdan jamoat resursi sifatida foydalaniladi. Axborotlashtirish, bu umumjahon jarayoni bo‘lib, taraqqiy etgan mamlakatning jahon bozoridagi peshqadamligi, iqtisodiy o‘sishi va milliy xavfsizligini ta’min etadi. Ma’lumki, globallashuv jarayoni obyektiv va qonuniy jarayon bo‘lib, o‘ziga xos bir qancha ijobiy xususiyatlarga ega. Bu jarayon birinchi galda davlatlarga xalqaro maydonga erkin chiqishga, boshqalar bilan yaqindan hamkorlik olib borishga hamda o‘z milliy manfaatlarini turli xil xalqaro va nodavlat tashkilotlar doirasida ta’minlashga keng imkoniyatlar beradi.

Shuni aytish kerakki, vaqt o‘tishi bilan globallashuv jarayonining o‘ziga xos ijobiy tomonlari bilan birga,

Shuni aytish kerakki, vaqt o‘tishi bilan globallashuv jarayonining o‘ziga xos ijobiy tomonlari bilan birga, bir qator salbiy jihatlari ham namoyon bo‘la boshlaydi. Davlatlarning bir-biriga sezilarli darajada o‘sgan bog‘liqligi shuni ko‘rsatmoqdaki, bir mintaqadagi xoh salbiy, xoh ijobiy voqea — hodisalar dunyoning boshqa bir mintaqasiga juda tez tarqalib, o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Buning oqibatida, mintaqa xavfsizligi va barqarorligiga jiddiy tahdidlar vujudga kelmoqda. Vaziyatning keskinlashuvi, tashqi tahdidlarning ichki tahdidlar bilan, ya’ni an’anaviy tahdidlar bilan o‘zaro qo‘shilishi, ular orasidagi masofa yaqinlashuvi hamda ularning o‘zaro bog‘liqligi o‘sishi kuzatilmoqda. Bu holat esa milliy va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashda jiddiy muammolarni keltirib chiqarmoqda. Shuningdek, bugungi kunda jahon geosiyosatida geostrategik kuchlar muvozanatining o‘zgarishi, ko‘p qutbli markazlar yuzaga kelishi, ular orasidagi raqobat hamda ayrim davlatlarning dunyo hukmronligi uchun ochiqdan — ochiq da’volari yangi mustaqil davlatlarda jamiyatni erkinlashtirish va huquqiy demokratik davlat qurish jarayoniga, milliy va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ushbu geosiy raqobat oqibatida xalqaro xavfsizlikning yangi noan’anaviy tahdidlari: xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm va fundamentalizm, narkobiznes, noqonuniy qurol savdosi, separatizm vujudga kelishi kuzatiladi. Mazkur tahdidlar esa zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimidagi globallashuv va integratsiyalashuv natijasida kundankunga milliy, mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikka xavf solmoqda. So‘nggi davrlarga kelib, geosiy vaziyatning o‘zgarishi hamda raqobat kuchayishi natijasida yuqorida ko‘rsatilgan omillardan tashqari, ilgari kuzatilmagan tahdidlar yuzaga kela boshladi. Ayrim g‘arb davlatlari tomonidan o‘z milliy manfaatlarini kengaytirishda «demokratiya eksporti» «ikkilamchi me’yor» siyosiy va «axborot huruji» kabi asosiy vositaga aylanmoqda. Globallashuv jarayonini bevosita axborot bilan bog‘liq ekanligini tushinish qiyin emas, albatta.

Mutaxassislarning fikricha, hozirda axborot iqtisodiyotning eng serdaromad manbaiga aylanib bormoqda. AQSh Strategik tadqiqotlar institutining

Mutaxassislarning fikricha, hozirda axborot iqtisodiyotning eng serdaromad manbaiga aylanib bormoqda. AQSh Strategik tadqiqotlar institutining ma’lumotlariga ko‘ra, axborot mahsulotiga sarflangan har bir dollar, yoqilg‘ienergetika sohasiga sarmoya qilingan 1 dollardan ko‘ra bir necha barobar ko‘p foyda berar ekan. Bu faqat uning iqtisodiy jihati, uning siyosiy jihati esa o‘z shaxsiy manfaatlariga o‘ta arzon, o‘ta qulay yo‘llar bilan erishish sifatida qaralmoqda. Shu nuqtai nazardan bugungi kunda axborot omili ham siyosiy, ham iqtisodiy jihatdan ayrim kuchlar manfaatiga aylanib bormoqda. Shuning uchun ham yangi mustaqil davlatlarning milliy xavfsizligini ta’minlashda siyosiy, iqtisodiy, harbiy omillar bilan bir qatorda uning axborot jihatlari borgan sari dolzarblashmoqda. Xalqaro munosabatlar tizimida yuz berayotgan o‘zgarishlar natijasida milliy xavfsizlik, mintaqaviy xavfsizlik va xalqaro xavfsizlik kabi tushunchalar mohiyatini tushinishga, ularning o‘zaro bog‘liqligini anglashga e’tibor ortib bormoqda. Bugungi dunyoning axborot xavfsizlik holati «Xavfsizlik» ka bo‘lgan zamonaviy yondashuvlarni ishlab chiqishga va milliy, mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikka nisbatan konseptual qarashlarni rivojlantirishga undamoqda.

Bugun jahon miqyosida bo‘layotgan olamshumul o‘zgarishlar, iqtisodiy taraqqiyot, ilm-fandagi inson aqlini lol qoldiradigan yangiliklaru

Bugun jahon miqyosida bo‘layotgan olamshumul o‘zgarishlar, iqtisodiy taraqqiyot, ilm-fandagi inson aqlini lol qoldiradigan yangiliklaru ixtirolar barcha-barchasi ommaviy axborot vositalari orqali ma’lum bo‘lmoqda. Demak, OAV, matbuot yaxshilikka, ezgulikka xizmat qilmoqda. Lekin ming afsuslar bo‘lsinki, o‘tgan asrning oxirlari, XXI yuz yillikning dastlabki yillarida G‘arb matbuotida biz aytgan ezgulikka xizmat qilish o‘rniga boshqa buyurtmali «ezgulikka» xizmat qilish hollari ham kuzatilmoqda. Ayniqsa, bu holni sobiq ittifoq parokanda bo‘lgach, uning o‘rnida tashkil topgan mustaqil respublikalar, xususan, Markaziy Osiyo, ayniqsa, O‘zbekiston bilan bog‘liq jarayonlarda uchratish mumkin. Agarda mustaqilligimizning dastlabki yillarida G‘arb matbuotining Respublikamizga bo‘lgan munosabatini tahlil etadigan bo‘lsak, «Ozodlik» , «BBS» va boshqa radio hamda gazetalarda ko‘proq ijtimoiy, iqtisodiy, maishiy va shu kabi sohalardagi kamchiliklarga e’tibor qaratilar edi. Lekin, O‘zbekiston o‘z tashqi siyosatida qat’iy va dadil yo‘l tuta boshlaganidan, ayrim xalqaro tashkilotlaru «Buyuk derjava» larning yo‘rig‘iga yurmaganidan, ularning geostrategik rejalarini barbod etgandan so‘ng axborot hurujlar avj ola boshladi. So‘nggi vaqtlarda ayrim ommaviy axborot vositalarida terroristik tajovuzlar dunyoning Yevropa qismida «terrorizm» deb baholanib, O‘zbekistonda «inson haq-huquqlarining himoyasi» sifatida qaralmoqda. Mana shunday sharoitda, ya’ni, demokratik jarayonlarga baho berishda kim holis yondoshayotganligi, kimning esa berayotgan bahosi uydirma bo‘lib, haqiqiy demokratiyaga va milliy manfaatlarga zid ekanligini anglash uchun har birimizda fuqaroviy pozitsiya bo‘lishi kerak. Shu o‘rinda ulug‘ alloma Abu Rayxon Beruniy merosidagi ayrim fikrlarga e’tiborni qaratmoqchimiz. Alloma bundan ming yil burun shunday yozib ketganlar. «Xabar beruvchilar sababli rostlik va yolg‘onlik tusini oladi. Chunki, odamlarning maqsadlari xilma-xil xalqlar o‘rtasida tortishish va talashish ko‘p. Shunday kishilar ham bo‘ladiki, ularning tabiatiga yolg‘on xabar tarqatish o‘rnashib qolib, go‘yoki unga shu vazifa yuklangandek bo‘ladi va xabar tarqatmasdan tinchiyolmaydi. Bu yomon xohishlardan va tabiatiga buzuq fikrlarning joylashganligidan kelib chiqadi» . Qarang bundan o‘n asr avval yashab o‘tgan bobokalonimiz bugungi kun voqeligi, ayniqsa, o‘zini adolatparvar, inson huquqlari himoyachisi, oddiy so‘z bilan aytganda, «jurnalist» deb yurgan ayrim kimsalarga bahs berib o‘tgan ekanlar. Axborotni himoyalash masalalariga rivojlangan mamlakatlar katta ahamiyat beradi.

O’zbekiston milliy endsiklopediyasida fuqarolik tushunchasiga quydagicha ta’rif berilgan— shaxsning muayyan davlat bilan doimiy siyosiy

O’zbekiston milliy endsiklopediyasida fuqarolik tushunchasiga quydagicha ta’rif berilgan— shaxsning muayyan davlat bilan doimiy siyosiy huqukiy aloqasi; bu aloqa shaxs va davlatning o‘zaro huquq va majburiyatlarida ifodalanadi. Shaxs fuqarolikka ega bo‘lgach, davlat uning hamma huquq va erkinliklarini e’tirof etadi, ularning amalga oshishini ta’minlash choralarini ko‘radi. Fuqarolarning manfaatlarini davlat, fuqarolar boshqa mamlakatlar hududida turgan vaqtda ham himoya qiladi, ularga homiylik ko‘rsatadi. O‘z navbatida, fuqarolar davlat qonunlari va qoidalarga so‘zsiz rioya kiladilar, o‘zlari uchun belgilangan majburiyatlarni bajaradilar. Bu huquq va majburiyatlar yig‘indisi fuqaroning siyosiy huquqiy maqomini tashkil etadi, fuqarolar ana shu maqom b-n chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardsh ajralib turadilar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni 2017 yil 19 may PF-5046 – sonli Farmonida Jamiyatda bag‘rikenglik va insonparvarlik madaniyatini yuksaltirish, millatlararo va konfessiyalararo hamjihatlikni, fuqarolar totuvligini ta’minlash, shuningdek, xorijiy mamlakatlar bilan do‘stona, teng huquqli va o‘zaro manfaatli munosabatlarni mustahkamlash O‘zbekiston davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Bular Konstitutsiyamizda mustahkamlangan fuqarolarning irqi, millati, tili, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy kelib chiqishidan qat’i nazar, qonun oldida tengligi tamoyillari hamda turli millat va elatlar vakillarining tili, urf-odatlari va an’analarini hurmat qilish, ularni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga asoslanadi. Jamiyatda do‘stlik va ahillik, tinchlik va barqarorlik muhitini mustahkamlash ijtimoiy, siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, gumanitar va ma’naviy sohalarda islohotlarni izchil amalga oshirish, xalqaro maydonda mamlakatimiz nufuzini yanada oshirishning muhim omili va zarur sharti hisoblanadi.

Bugun O‘zbekistonda 130 dan ortiq millat va elat vakillari bir oila bo‘lib yashamoqda. Ular

Bugun O‘zbekistonda 130 dan ortiq millat va elat vakillari bir oila bo‘lib yashamoqda. Ular barcha soha va tarmoqlarda fidokorona mehnat qilib, rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik huquqiy davlat qurishga va kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirishga katta hissa qo‘shmoqdalar. Mustaqillik yillarida milliy madaniy markazlarning 120 dan ortiq faoli davlat mukofotlariga sazovor bo‘ldi, orden va medallar bilan taqdirlandi, jumladan, 14 nafariga “O‘zbekiston Qahramoni” yuksak unvoni berildi. Respublika baynalmilal madaniyat markazi, 138 milliy madaniy markaz, O‘zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik va madaniy-ma’rifiy aloqalar jamiyatlari kengashi, shuningdek, 34 do‘stlik jamiyati faoliyati O‘zbekistondagi barcha millatlar va elatlarning tarixi, madaniyati, ma’naviy qadriyatlari, an’ana hamda urf-odatlarini asrash va har tomonlama rivojlantirish, millatlararo munosabatlarni uyg‘unlashtirish, jamiyat va davlatni barqaror rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. Ular “xalq diplomatiyasi” mexanizmidan faol foydalangan holda tinch va farovon hayotni asrash, xorijiy mamlakatlar bilan do‘stona munosabatlar va madaniy-ma’rifiy aloqalarni rivojlantirish, chet eldagi hamyurtlar bilan yaqin va o‘zaro manfaatli munosabatlarni yo‘lga qo‘yishga salmoqli hissa qo‘shmoqda. Bugungi kunda mamlakatimiz ta’lim muassasalarida o‘qish 7 tilda olib borilmoqda. Teleradioko‘rsatuv va eshittirishlar 12 tilda efirga uzatilmoqda, gazeta va jurnallar 10 dan ortiq tilda chop etilmoqda. 2017 — 2021 -yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining qabul qilinishi va amalga oshirilishi, biz yashayotgan bugungi davrning o‘zi davlatimiz mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, mamlakat atrofida xavfsizlik, barqarorlik va yaqin qo‘shnichilik muhitini yaratishga qaratilgan puxta o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy siyosatni yuritish, shuningdek, aholi, ayniqsa, yoshlar ongida insonparvarlik qadriyatlarini, turli millat vakillari o‘rtasida o‘zaro hamjihatlikni yanada mustahkamlash, bu borada amalga oshirilayotgan ishlarni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishni taqozo etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni jamiyatda barqarorlik, tinchlik va totuvlikni ta’minlash, fuqarolar ongida katta, ko‘p millatli yagona oilaga mansublik tuyg‘usini mustahkamlash, milliy madaniy markazlar va do‘stlik jamiyatlari faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va yanada rivojlantirish, xorijiy mamlakatlar bilan madaniy-ma’rifiy aloqalarni kengaytirishga qaratilgan. Xususan, Respublika baynalmilal madaniyat markazi va O‘zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik va madaniy-ma’rifiy aloqalar jamiyatlari kengashi negizida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining tashkil etilishi muhim ahamiyat kasb etadi.

3 -reja: O‘zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish. XAVFSIZLIKNI TA’MINLASH –

3 -reja: O‘zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish. XAVFSIZLIKNI TA’MINLASH – ENG MUHIM MASALA Bugungi kunda xavfsizlik butun dunyoda eng dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Yil sayin davlatlar tomonidan mudofaa tizimi va harbiy sohaga ajratilayotgan xarajatlarning oshib borayotgani fikrimizni tasdiqlaydi. Biroq, faqatgina zamonaviy qurol-yarog‘ga ega bo‘lishning o‘zigina xavfsizlikni ta’minlash uchun yetarli emas. Chunki, buzg‘unchi kuchlar ochiqchasiga kurash olib bormay, balki xiyonatkorona qo‘poruvchilik amaliyotlarini qo‘llash, tinch aholini nishonga olish kabi qabih usullardan foydalanmoqdalar. Ma’lumki, bizning qadimiy va saxovatli zaminimizda ko‘p asrlar davo-mida turli millat va elat, madaniyat va din vakillari tinch-totuv yashab kelganlar. Mehmondo‘stlik, ezgulik, qalb saxovati va tom ma’nodagi bag‘rikenglik bizning xalqimizga doimo xos bo‘lgan va uning mentaliteti asosini tashkil etadi. Shavkat Mirziyoyev

 • Bunda esa milliy va diniy nizolarni keltirib chiqarish asosiy vosita hisoblanadi. Masalan,

• Bunda esa milliy va diniy nizolarni keltirib chiqarish asosiy vosita hisoblanadi. Masalan, XX asrning ikkinchi yarmida davlat-huquqiy, etno-hududiy va etnodemogra-fik sabablarga ko‘ra ro‘y bergan 300 dan ortiq katta-kichik nizolar qayd qilingan. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o‘zining saylovoldi dasturida tinchlikni ta’minlash, millatlar va dinlararo totuvlik muhitini qo‘llab-quvvatlash, din niqobidagi ekstremizm va terrorizmga qarshi ayovsiz kurashish masalalarini asosiy tamoyil sifatida olg‘a surdi. O‘zbekiston diyorida qadimdan turli sivilizatsiya vakillari, madaniy qatlamlar, xilma-xil e’tiqod va dunyoqarashlar yonma-yon yashab kelgan. Bu zamin ota-bobolarimiz yashab o‘tgan azaliy va muqaddas makondir. Bu zamin Sharq va G‘arbning, Shimol va Janubning, qadim o‘tmish va buyuk kelajakning tutashgan joyi, Markaziy Osiyoning yuragi, insoniyat tafakkuri, fan va madaniyatining eng ko‘hna o‘choqlaridan biridir. • Bu tuproqda jahonni hayratga solgan sivilizatsiyaning ildizlari vujudga kelgan, insoniyat tarixining eng qadimgi davrlariga mansub diniy va falsafiy an’analar shakllangan. Qadimgi yunon faylasufi Geraklit bu yurtni bejiz «Falsafiy tafakkur beshigi» deb ta’riflamagan. • Shuni ta’kidlash joizki, bizning sivilizatsiya o‘ziga xos bag‘rikenglik tafakkur uslubiga tayanadi. Uch ming yillik tariximiz shundan guvohlik bermoqdaki, oliyjanoblik va insonparvarlik, millatlararo totuvlikka intilish xalqimizning eng yuksak fazilatlaridan hisoblanadi. Bu boradagi an’analar avloddan-avlodga o‘tib kelmoqda.

XAVFSIZLIK VA BARQARORLIKNI TA’MINLASHDA MILLATLARARO TOTUVLIKNING AHAMIYATI O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritganidan so‘ng nafaqat

XAVFSIZLIK VA BARQARORLIKNI TA’MINLASHDA MILLATLARARO TOTUVLIKNING AHAMIYATI O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritganidan so‘ng nafaqat o‘zbek xalqi, balki mamlakatimizda istiqomat qilayotgan turli millatga mansub aholining ma’naviy-madaniy ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan milliy-madaniy markazlar tashkil etildi. Ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda millatlararo totuvlikni mustahkamlash uchun 1992 -yil 13 yanvarda Respubli ka baynalmilal madaniyat markazi tashkil etildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, bundan yuz yil avval hozirgi respublikamiz hududida 70 ga yaqin millat vakillari istiqomat qilganlar. 1926 -yilda respub likamizda 90 ta millat va elat vakillari yashagan bo‘lsa, 1959 -yilda ularning soni 113 taga, 1979 -yilda 123 taga yetdi, 1989 -yilda esa ularning soni 130 dan ortdi.