OZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TALIMI VAZIRLIGI Navoiy davlat pedagogika
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA'LIMI VAZIRLIGI Navoiy davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti «Umumiy tarix» kafedrasi Bajardi: 4 – kurs “B” guruhi talabasi J. Rustamv. Ilmiy rahbar: o’qt. Z. Hayitov.
MAVZU: Rivojlangan o’rta asrlar madaniyati mavzusini o’rganishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish. ØKirish. ØI-bob. Rivojlangan o’rta asrlarda G’arbiy Yevropa mamlakatlarining ijtimoiyiqtisodiy va madaniy hayoti. Ø 1&. O’rta asr G’arbiy Yevropa shaharlarining savdo-sotiq va ilm-fan markazlari sifatida paydo bo’lishi va rivolanishi. Ø 2&. Rivojlangan o’rta asrlar G’arbiy Yevropa madaniy hayotida uyg’onish davri paydo bo’lishi va uning ilm-fan, adabiyot, arxitektura, san’at sohalarida mujassamlashuvi. ØII-bob. “Rivojlangan o’rta asrlar madaniyati” mavzusini o’rganishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish. Ø 1&. Yangi pedagogik texnologiya tushunchasi va usullari. Ø 2&. Yangi pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda “Rivojlangan o’rta asrlar madaniyati” tarixini o’rganish metodlari va yo’llari. Ø 3&. Dars ishlanmasi. ØXulosa. ØAdabiyotlar ro’yxati.
“Haqqoniy tarixni bilmasdan turib o’zlikni anglash mumkin emas”. Karimov. I. A. “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q”. Toshkent. : “O’zbekiston”-1998. 32 -bet.
Kirish. Tarix- bu o’tmishda bo’lib o’tgan tarixiy voqealar bayoni bo’libgina qolmay, bamisoli o’tmish va kelajak o’rtasidagi ko’rinmas ko’prik hisoblanadi. Tarix fanining biron bir xalq, millat kelajagi va taraqqiyotidagi o’rni beqiyosdir. Shu o’rinda aytib o’tish lozimki, bir kishi o’z xotirasisiz yashay olmaganidek, xalq ham millat ham o’z o’tmishi va tarixisiz taraqqiyotga bo’y cho’zolmaydi. Fikrimiz isboti sifatida Prezidentimiz I. A. Karimovning quydagi so’zlarini keltirdim: “Tarix xalq ma’naviyatining asosidir”. “O’rta asrlar tarixi” esa Yevropa mamlakatlari taraqqiyotida muhim bosqich sanaladi. Chunki, aynan shu davrda G’arbiy Yevropa mamlakatlarida yangi xristian dinining keng hududlarga tarqalishi, ma’naviy hayotda gumonizmning yuzaga kelishi, ijtimoiy o’zgarishlar-yerga egalikning yangi shakillari va ishlab chiqarishning o’ziga xos bosqichga ko’tarilganligi shu bilan birga, ilk demokratik asoslar ya’ni-inson qadr-qimmati, insonparvarlik g’oyalarining ilk elimentlari paydo bo’lgan davrdir. Bu esa hazirda biz intilayotgan fuqarolik jamiyatining dastlabki kurtaglaari edi.
I-bob. Rivojlangan o’rta asrlarda G’arbiy Yevropa mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti. O’rta asrlar ijtimoiy-iqtisodiy hayotida “Qadimgi davr”ga nisbatan bir qancha o’zgarishlar sodir bo’lgan. Bu o’zgarishlar dastlab, qishloq xo’jaligi va ishlab chiqarish sohalarida ko’zga tashlanadi. Xususan, tarixchilarning bir guruh qismi quydagi farqlarni keltirib o’tgan: 1) natural xo’jalik hukm surishini; 2) mayda ishlab chiqarish feodal ishlab chiqarishning negizini tashkil qilishini; 3) mehnatkashlar ishlab chiqarish vositalari bilan uzviy ravishda bog’langan bo’lishini; 4) iqtisodiy qonunlarga qarshi ularoq, dehqon mahsulotining bir qismini pomeshchikka berishga (obrok) yoki xo’jayin yerida ishlab berishga (barshchina) majbur edilar: 5) mayda ishlab chiqarish tufayli texnika past, ibtidoiy darajada bo’lgan.
O’rta asrlardagi jamiyat va davlat taraqiyotida asosiy bosqichlarning xronologik tartiblanishi. O’rta asrlar tarixi odatda uchta katta bo’limga bo’linadi: 1) Ilk O’rta asr — V asrdan boshlab taxminan XI asr oxirlarigacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi, bu davr feudal tuzumning tashkil topishi, feodal jamiyatning asosiy iqtisodiy bo’g’ini bo’lgan feodal pomestesining vujudga kelishi, feodallar tabaqalarining va feodal iyerarxiyasi deb atalgan iyerarxiyaning tashkil topishi, 2) O’rta asrlarning ravnaqi — XI—XV asr o’rtalarini o’z ichiga oladi, bu davrda feodal ishlab chiqarish usuli qishloqda to’la rivojlanibgina qolmay, balki sex hunarmandchiligiga va o’ziga xos shahar ijtimoiy tuzumiga ega bo’lgan O’rta asr shaharlari ham rivojlanib, muvaffaqiyatlarga erishdi, bu tuzumning xususiyati shaharlarning feodallar hukmronligidan ilk xalos bo’lishi, erkin shahar deb atalgan shaharlarning yoki respublika—shaharlarning vujudga kelishidir. 3) Keyingi O’rta asrlar — XVI asrni va XVII asr-ning birinchi yarmini o’z ichiga olib, bu davr feodalizmning chirishi va feodalizm ichida kapitalizm unsurlarining yeti-lishi davridir. Yevropa tarixida reformatsiyasi deb atalgan davr boshlanadi, dehqonlarning XIV va XV asrlardagiga qaraganda yanada kuchliroq qo’zg’olonlari (dehqon urushlari) va ilk burjua inqloblari davridir.
1&. O’rta asr G’arbiy Yevropa shaharlarining savdo-sotiq va ilm-fan markazlari sifatida paydo bo’lishi va rivolanishi. Ko’pchilik olimlar G’arbiy Yevropa hududidagi dastlabki shaharlar tarixini antik davirga taqashadi. Agar bazi shaharlar nomlariga etibor qaratadigan bo’lsak: Strasburg, Mest, Maynst, Trir kabi shaharlar o’zlarining nomlari va joylashishi bilan rimliklar asos solganligini eslatadi. Lekin, bu keltirilgan misollar bilan deyarli o’rta asrlardagi barcha Yevropa shaharlarining rimliklar tomonidan bunyod etligan deyish noo’rin hisoblanadi. Nemis olimlaridan biri Karl Byo’xer o’z tadqiqotlari bilan o’rta asrlarda Germaniya hududida qancha shaharlar bo’lganligini aniqlashga uringan. Ularning soni 2300 tani tashkil qilgan. Tadqiqot natijalariga ko’ra german yerlarida rimliklar tomonidan asos solingan shaharlar soni bir-necha o’nta bo’lgan. Bu keltirilgan juda sodda raqamlar bir narsani yaqqol ko’rsatib beradiki, o’rta asrlarda Yevropa hududida bunyod etilib, hazirgi kunlarimizgacha saqlanib kelayotgan shaharlarining ko’pchiligi rimliklar va rim sarkardalarining oyog’i yetmagan joylarda qurilgan.
Misol uchun janubiy Fransiya hududidagi Arl shahri antik davr shaharlari birining ustiga qurilgan. Yosh shahar O’rta Yer dengizi bo’ylarida yashagan rimliklar tomonidan qurilgan Arelata shahri xarobalarining mustahkam tosh devor bilan o’rab olingan qismi o’rnida qad ko’tardi. Ammo, Arl shahrini rimliklar tomonidan qurilgan Arelata shahri davomchisi deb bo’lmaydi. Chunki, bu shahar o’rta asrlarga kelib yangi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy sharoit natijasida paydo bo’ldi. Shuningdek, tarixchilardan biri P. Yo’. Uvarovning “O’rta asrlarda Fransiya shaharlari” asarida yozishicha fransiya hududidagi bazi bir shaharlar rimliklar kelishidan ham olidinroq, yunon koloniyalashtirish davrida asos solingan: “O’rta Yer dengizi qirg’oqlarida miloddan avvalgi 600 -yilda yunonlar Massil (Marsel) shahriga asos solganlar.
2&. Rivojlangan o’rta asrlar G’arbiy Yevropa madaniy hayotida uyg’onish davri va uning ilm-fan, adabiyot, arxitektura, san’at sohalarida mujassamlashuvi. “Renessans” ( frans. Renaissance, italyan Rinascimento yani “renri” -“qayta” yoki “yangidan” va “nasci” — “tug’ilish”. ) so’zining ma’nosi O’rta asr madaniyatidan voz kechish, antik (yunon -rim) madaniyati va san’ati an’analariga qaytish, uning Uyg’onishi davridir. Birinchi navbatda inson tafakkuri o’zgardi: odamlar osmonga, erga, tabiatga o’ziga boshqacha nuqtai nazar bilan qaray boshladi. Oldingi maqsadlardan farqli o’laroq boshqacha maqsadlar paydo bo’lib, ular san’atda ham o’ziga xos ohangda tasvirlana boshladi. Mikelanjelo. 1499 -yil Ona muhabbati.
Hayotda faqat insonning ijodiy qobiliyatlarini, aqlni tan olish yerdagi baxtga intilish bilan almashinadi. Bu maqsadni ro’yobga chiqarish o’tmish madaniyati yutuqlarini o’zlashtirishni taqozo etardi. Shuning uchun, Uyg’onish davri “gumanizm”i antik madaniy merosga qiziqishni, qadimgi falsafaning boyliklaridan foydalanishni taqozo qilardi. Endi Platon va Aristotel ta’limotlari, neoplatoniklar, stoiklar va epikurchilar falsafasi, Sitseron va boshqalar merosiga yangicha yondoshildi va talqin qilindi. Ularning falsafiy-tarixiy talqini qayta ko’rib chiqildi. “Uyg’onish davri bu eng avvalo antik davr asarlarini erkin tafakkur qilish, tayyor va o’zgarmas deb hisoblangan haqiqatlardan voz kechishni anglatardi. Bu esa o’z navbatida nima haqiqat va nima haqiqat emas, degan masalani hal qilish huquqini berardi Gumanizm (lot. humanitas — “inson uchun”, humanus — “insonga xos”, homo — “inson”) bu-o’rta asrlarda Yevropa madaniy-mafkuraviy hayotida yuzaga kelgan falsafiy dunyoqarash hisoblanadi. Bunda inson qadr-qimmati uning ezgulikka erishishi. Ular olam markaziga insonni qo’yishadi va barcha narsani inson uchun xizmat qilishi kerakligini o’qtirishgan asoslangan. Ilk gumanistlar Italiyada ijod qilishgan.
O’rta asr ritsarlari
II-bob. “Rivojlangan o’rta asrlar madaniyati” mavzusini o’rganishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish. 1&. Yangi pedagogik texnologiya tushunchasi va usullari. Ta’lim texnologiyasi nazariyasining umumiy asoslari mohiyati xususida so’z yuritish uchun “ta’lim texnologiyasi” tushunchasining tub ma’nosini anglash talab etiladi. “Texnologiya” yunoncha so’z bo’lib, “techne”-mahorat, san’at hamda “logos”-tushuncha, ta’limot so’zlarining birikmasidan hosil bo’lgan. “Ta’lim texnologiyasi” tushunchasi esa lug’aviy jihatdan inglizcha “an educational Technology” ta’lim jarayonini yuksak mahorat, san’at darajasida tashkil etish borasida ma’lumotlar beruvchi fan ma’nosini anglatadi. Pedagogik texnologiya tushunchasi XX asrda paydo bo’ldi va turli rivojlanish bosqichlaridan o’tib kelmoqda.
Pedagogik texnologiyaning tarkibiy unsurlari Pedagogik texnologiya asosiy jarayoni ishtirokchilarining faoliyat turlari O’quvchi faoliyati O’qituvchi faoliyati Pedagogik texnologiya jarayoni o’qituvchi tushuntirish , rahbarlik qilish orqali mustaqil bilim olish , fikrlashni o’rgatish so’zlash, ko’rsatish , topshiriqlar berish , nazorat o’quvchi tushunish , o’zlashtirish orqali mustaqil bilim olish , fikrlashni o’rganish diqqatni jamlash, tinglash, kuzatish, topshiriqlar bajarish
O’qituvchi darsni tushuntirishi, o’quvchi esa uni tinglashi orqali bu ikki subyekt o’rtalarida bog’lanish vujudga keladi, hamda bu bog’lanish orqali o’qituvchi o’quvchining ongiga ta’sir ko’rsatadi. Lekin o’qituvchi o’quvchining boshqa sezgi turlarini, ko’rish va eshitishni faollashtirish orqali mavzuni og’zaki taqdim etilishini kengaytirsa, bunda o’quvchining ongiga ta’sir kuchayadi va mavzu uning xotirasida chuqurroq o’rnashadi.
Pedagogik motivlarning bir-biri bilan bog’liqligi. Pedagogik texnologiya motivlar: Ihtiyoj, manfaat, maqsadlar. Jamiyat Kadrlar tayyorlash Ota-ona Farzand tarbiyasi, ta’limi O’qituvchi Kasbiy maqsad, vazifalar, pedagogik ijod O’quvchi Bilim va tarbiya olish, kasbhunar o’rganish (qiziqishiga ko’ra),
Pedagogik texnologiyaning tamoyillari quydagilardan iborat: �kafolatlangan yakuniy natija, �ta’limning maxsuldorligi, �teskari aloqaning mavjudligi, �ta’lim maqsadining aniq shakillanganligi. U yoki bu pedagogik texnogiyani tanlash, rejalashtirilgan dars va mashg’ulotda qaysi darajadagi bilim va kunikmalarni o’zlashtirish nazarda tutilganligiga bog’liqdir. Pedogogik texnologiya doirasida yangi o’quv materialini o’zlashtirishning boshlang’ich, algoritmik, evristik, ijodiy xarakterdagi darajalari mavjud. Boshlang’ich xarakterdagi darajao’quvchining eshitganlari, ularga berilgan namunalar, taqdim etilgan algoritm va kursatmalar asosida topshiriqlarni bajarish kunikmasini ifodalaydi.
Ta’limda ko’rgazmali metoddan foydalanish quyidagi afzalliklarga ega Ta’lim tizimida yani dars jarayonlarida ko’rgazmali metodni qo’llash larayonida o`qituvchi mavzuni ko’rgazmal biian bayon qilishi o`quvchilar bilimini yanada yaxshiroq o’zlashtirish uchun yordam beradi. O`quvchi o`ziga ishonch , unda o`zini hurmat qilish, fanni chuqur o`rganish istagini hosil qiladi. O`quv dasturidagi minumim bilim daraja bilan maksimum talabga chiqish uchun hisob kitob qilib, o`ziga qo`yilgan bahoning noto`g`ri ekanligini isbotlaydi, kerak bo`lsa u shikoyat qilish huquqidan foydalana oladi. Test o`quvchining individual ishlash qobiliyatini yaxshi tahlil qilibgina qolmay, test orqali bir paytning o`zida o`quvchining nazariy va amaliy bilimlari sifatini tekshirish imkoniyatini yaratiladi.
Xulosa. «Biz bugun – deb ta’kidlaydi yurtboshimiz, - mustaqil taraqqiyot yillarida to’plangan tajribalarimizga tayanib, hayotimizni yangilash va isloh qilish yo’lida davlat va jamiyat qurilishining eng asosiy maqsad va vazifalarini, oldimizda turgan birinchi galdagi muhim masalalarini aniqlab olmog’imiz zarur. Bizning bosh strategik maqsadimiz qat’iy va o’zgarmas bo’lib, bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik davlat barpo etish, fuqarolik jamiyatining mustahkam poydevorini shakllantirishdan iborat» . Bu jarayon eng avvallo ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar bilan belgilanadi desak mubolag’a bo’lmaydi. Shu nuqtai nazardan mamlakatimizda ta’lim sohasida zamonaviy pedagogik texnologiyalar izchil ravishda yo’lga qo’yilmoqda. Amalga oshirilayotgan ilg’or pedagogik texnologiyalar darsda o’quvchi tomonidan zaruriy bilim, ko’nikma, tushunchalarni to’liq o’ziga singdirib olishga xizmat qilishi kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar
Manba
E’TIBORLARINGIZ UCHUN RAHMAT!
- Slides: 23