Ozbekiston Respublikasi Oliy va Orta talim vazirligi Nizomiy
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta ta'lim vazirligi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti O‘zbek tili va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi “O‘zbek tili tarixi” fanidan 11 -ma'ruza uchun SLAYDLAR Mavzu - Kelishik kategoriyasi
Kelishiklar
Ega Kelishiklar Birlik Kesim Undalma Bosh kelishik 0 shakl Ko‘plik
belgili, belgisiz Qaratqich aniqlovchi -niŋ/-nїŋ -nüŋ/-nuŋ Kelishikl ar -ŋ (iŋ/-їŋ -üŋ/-uŋ) Qaratqich kelishigi -m Ot+ot
Vositasiz to‘ldiruvchi Turdosh otlarda belgisiz -ni/-nї Kelishikla r -n (in, їn/ -ün, -un) Tushum kelishigi Olmoshlar ga qo’shilgan - i/-ї Ot+fe’l belgili Egalikdan so‘ng
o‘rin, chiqish Vositali to‘ldiruvchi -gä, -g‘a/ -kä, -qa Kelishiklar Jo‘nalish kelishigi -ä, -a o‘rin, chiqish -gärü, -kärü/ -qaru, g‘aru Ot+fe’l -rä, -ra/ -rü, -ru ravish, ko‘makchi
Vositali to‘ldiruvchi Kelishiklar O‘rin holi Orin-payt kelishigi Ot+fe’l -tä, -ta o‘rin, chiqish
Vositali to‘ldiruvchi Kelishiklar Vosita kelishigi -n (in, -їn/ -ün, -un) Qurol, vosita Ot+fe’l
Kelishik kategoriyasi Eski o‘zbek tilida hozirgi o‘zbek tilidagidek, 6 ta kelishik shakli saqlangan. Bosh kelishik. Bu kelishik maxsus ko‘rsatkichga emas. Uning asosiy sintaktik funksiyasi ega vazifasida kelishidir: Sakkākiy ul ay manzїlїna xud yetä bilmäs (Sakkokiy). Anda kөp ulamālar davra alїb olturubturlar (Furqat). Bosh kelishikdagi so‘z ega, kesim va undalma vazifasida ham keladi.
Qaratqich kelishigi. -nїŋ//-niŋ. XV asrgacha tanglay unli bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilgan: Qoychїnїŋ iti (Tafsir). -nuŋ //-nüŋ. Oxirgi bo‘g‘inida lablangan unlilar qatnashgan negizlarga qo‘shiladi: Rasulnuŋ sөzi (Tafsir). Xarunnuŋ aqlї (QR) kabi. Chekinish hollari ham uchraydi: Kөzniŋ niyati (Atoiy), xalqnuŋ ranji (Tafsir). -їŋ //-iŋ //-üŋ. Undosh bilan tugagan negizlarga qo‘shilgan. «Tafsir» da keng qo‘llangan: ul eliŋ evläri, anlarїŋ evläri. -üŋ qo‘shimchasi kim olmoshi bilangina qo‘llangan: Sen kimüŋ og‘lї-sen?
-im XIII-XIV asrlarda I shaxs birlik va ko‘plikdagi kishilik olmoshlariga qo‘shilgan: Menim yarlїqїm bila kirdi (Rabg‘. ). Bu bizim bāg‘imiz ermäz (Rabg‘. ). Bo‘stān bizim ermäz ermishdük (Tafsir) Qaratqich kelishigining -nїŋ/-niŋ//-nuŋ /-nüŋ shakli bu davrda ham belgisiz qo‘llangan: Mülk ikki bāg‘ї ikki ālam, Sultanlїg‘ erür saŋa musallam (Xamsa). Yїg’ach budaqlarї (Taf. ) atalarїmїz dini (Rabg’. ) kөzüŋ qarasї (Lutf. )/ kөzüm yashї (Atoiy) Hindustān daryālarї (BN)
Tushum kelishigi. -nї//-ni. Bu affiks eski o‘zbek tilida daol qo‘llangan: Yolnї berkitäyin, qamug‘nї qutqarayїn (QR). Bu sөzni kizlädilär (TF). Qadingi turkiy tilda qisqargan -n shakli qo‘llangan. «Bobirnoma» asarida qaratqich kelishigi o‘rnida qo‘llangan: Bir qїrg‘avulnї üskünäsini tөrt kishi yeb tugata almaydur (BN). -n varianti she'riy asarlarda keng qo‘llangan va III shaxs egalik qo‘shimchasidan keyin qo‘shilgan: Qїlїch birlä bashїn kesti (O‘N). Ismāilnїŋ evin sordї (QR).
-ї//-i. Bu qo‘shimcha I va II shaxs egalik qo‘shimchalaridan keyin qo‘shilgan: Adl qulag‘ї-la eshit hālїmї (Muqimiy). Aqlїmї tamām aldї tügmäi giribaniŋ (Furqat). Uning belgisiz qo‘llanishi ham bu davrga xos: Qoymag‘umdur etägiŋ (Bobir). Kөŋül shäkär bikin ag‘zїŋ kөrüp (Sakkokiy). –g‘//-g, -їg‘//-ig//-ug‘//-üg eski o‘zbek tilida uchramaydi.
Jo‘nalish kelishigi. Bu kelishik eski o‘zbek tilida –qa//-g‘a //- kä // -gä, –a// -ä va –na //-nä kabi variantlariga ega. -g‘a//–gä jarangli undosh bilan, –qa//-kä qo‘shimchasi jarangsiz undoshlar bilan tugagan so’zlarga qo‘shiladi: Eykim barї she'r ahlїg‘a sen xān yaŋlїg‘, She'riŋ Harї she'rlärgä sultān yaŋlїg‘ (Bobir). XIII-XIV asr yodgorliklarida bu tartib buzilgan: Ibrahimg‘a//Ibrahimqa, avg‘a//avqa, otg‘a //otqa (QR). -a/-ä affikslari undosh bilan tugagan so‘zlarga qo‘shiladi. XIII- XIV she'riy asarlarda ham, prozaik asarlarda qo‘llangani holda, XV asrdan keyingi davrlarda asosan she'riy asarlarda uchraydi: Bashlarїnї qashїma yetkürüŋüz (Sh. N). Kel, taqї yurtuŋa egä bo‘l (Sh. tar).
III shaxs egalik shaklidan so‘ng -a/-ä affiksidan oldin n (-na/-nä) tovushi orttiriladi: Salman nazarni өzgä sanamlar jamolina (Atoiy). Qadimgi turkiy tilga xos –g‘aru/-gärü//-qaru/-kärü//ru/-rü affikslari eski o‘zbek tilida o‘zining kelishik funksiyasini yo‘qotgan va ravishga aylanib ketgan. –ra/-rä affiksi «Tafsir» da uchraydi: Ya Muhammad, tashra chїq. Jo‘nalish kelishigining belgisiz qo‘llanishi ham eski o‘zbek tili uchun xarakterli bo‘lgan: Senki ul yan äzimät etküŋdür (Navoiy). Bir inisin yibärür boldї Hisār (Sh. N).
Jo‘nalish kelishigi boshqa kelishiklar vazifasida ham qo‘llangan: Chiqish kelishiigi o‘rnida: Bashig‘a nekim өtti äyladi yād (Navoiy SS). O‘rin payt kelishigi o‘rnida: Anї evina kөrmädi (Tafsir). Tushum kelishigi o‘rnida: Ul kimersägä fasiq atayurlar (Tafsir)
O‘rin-payt kelishigi. -da/-dä jarangli undosh va unli bilan tugagan so‘zlarga qo‘shiladi: Qayg‘uda za'if boldї (QR). Yüzüŋdä nurї tajallї, labїŋda javhari ruh (Lutfiy). -ta/-tä jarangsiz undosh bilan tugagan so‘zlarga qo‘shiladi: Bu ishtä ixtїyarїm yoq turur (Atoiy). Tanїmaqta mägär yanїlmїsh-sen (Navoiy). Qadimgi turkiy tilda bo‘lgani kabi XIII-XIV asrlarda III shaxs egalik shaklidagi so‘zlarga qo‘shilganda n tovushi orttirilgan: yetti yashїnda.
O‘rin-payt kelishigi boshqa kelishiklar vazifasida ham qo‘llangan: Jo‘nalish kelishiigi o‘rnida: Men Kābulg‘a kelgandä, …Xurāsāndїn Kābulda kildilär (BN). Chiqish kelishigi o‘rnida: Bashїnї uch yerdä yardїlar (Tafsir). Bu ishlärdä birini qїlsaŋїz (QR). Meni devāna teb, axir surar ermish eshikindä (Tafsir).
Chiqish kelishigi. -dїn/-din jarangli undosh va unli bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilgan: Charx qasrїdїn quyash har kün tüshär ālamarā (Navoiy). Andїjannїŋ näshbätisidin yaxshїraq näshbäti bolmas (BN). -tїn/-tin jarangsiz undosh va unli bilan tugagan so‘zlarga qo‘shilgan: Sen bashtїn ayaq jan-sen (MN), Jarangsiz undoshlar tugagan so‘zlariga ham –dїn/din affiksi qo‘shila beradi. Aksincha jarangli undosh bilan tugagan so‘zlarga ham –tin // -tїn affiksining qo‘shilishi qayd qilinadi: Xojandtїn Axsїg‘a kelür (Bobir).
-dan/-dän//-tan/-tän affiksi XV asrdan oldingi yodgorliklarda uchraydi: Uch kundin sөŋ zindandan chїqardїlar (QR). Qadimgi va eski turkiy tilga oid –dun/-dün//-tun/-tün affikslari so‘zning oxirgi bo‘g‘inlari lab unlilari bilan kelgan negizlarga qo‘shilgan. Bu affikslar «O‘g‘uznoma» da uchraydi: Qїrq kundun sөŋ, kөp toqushg‘udun sөŋ, anuŋ kөzü kөktün kөkräk erdi. Chiqish kelishigi formasi keyingi davrlarda shakllangan bo‘lib, uning o‘rnini ma'lum davrlarda o‘rin-payt va jo‘nalish kelishiklari bajargan.
XIII-XIV asr manbalarida o‘rin-payt kelishigi III shaxs egalik shakliga qo‘shilganda n tovushi orttirilgan: Ul kün qachqaylar eränlär qarїndashlarїndїn, kendü analarїndїn, atalarїndїn, urag’utlarїndїn, og‘lanlarїndїn (Tafsir) Kөŋlimiz bug‘day unїdїn bo‘lg‘an ashnї tiläy turur (SH tar. )
Vosita kelishigi shakli XIII-XIV asrlarga oid yozma yodgorliklar tilida ham ma'lum darajada qo‘llangan. XV asr va undan keyingi davrlarda vosita kelishigining qo‘llanishi ancha chegaralangan bo‘lib, o‘zining grammatik xususiyatini yo‘qotgan va kelishik kategoriyasi sifatida iste'moldan chiqqan. Shu davrdan boshlab vosita kelishigi shaklida qo‘llangan so‘zlar ravish kategoriyasiga o‘tgan yoki o‘tish jarayonida bo‘lib, payt, holat kabi ma'nolarni ifodalashga xizmat qiladi: Āh urub, faryād etär-men sensizin Bu vujudїmdїn qalїbtur yalg‘uz ün (Lutfiy). Bolsa jannatda Atāyi sensizin, qїlg‘ay fїg‘ān (Atoiy).
Uning quyidagi ma’no turlari mavjud: a) qurol-vosita manosini ifodalagan: Fāsih tilin javāb berdi (Tafsir). Anї kishilär kөzin kөrgän bar-mu? b) ish-harakatning bajarish usuli, holatini bildiradi: Faryad etäräm tüshkäli men yalg‘uzun andїn, Hech oldї tanїm, qaldї hamin yalg‘uz ün andїn (Lutfiy). Keräkmäs sensizin, vaallāh, maŋa jān minnatї (Atoiy). c) ish-harakatning bo‘lish paytini bildiradi: Axsham namāz vaqtin tegdilar (Tafsir) d) ish-harakatning bo‘lish o‘rnini bildirgan: Kene tashqarun qalmasun billüg bo‘lsun (O‘N). Vosita kelishigi payt bildiruvchi so‘zlarga qo‘shilib ravishga aylangan: qїshїn, yazїn, erten, kechin, tunun kabi.
«VENN» DIAGRAMMASI
Savol va topshiriqlar Morfologiya nimani o‘rganadi? Tarixiy morfologiyaning asosiy xususiyatlari nimalardan iborat? Eski o‘zbek tilida egalik va grammatik son kategoriyasi. Ko‘plik ma'nosini ifodalovchi morfologik shakllarni sanang. Arabcha ko‘plik shaklidagi so‘zlar lug‘atini tuzing. Egalik qo‘shimchalarining hozirgi o‘zbek tilida qo‘llanmaydigan variantlariga manbalardan misol keltiring. So‘z turkumi deganda nima tushuniladi? Kelishik kategoriyasi Kelishiklar taraqqiyoti haqida gapiring. Eski o‘zbek tilida bosh, qaratqich, tushum kelishiklari shakllari. Eski o‘zbek tilida jo‘nalish, o‘rin-payt va chiqish kelishiklari. Qaratqich kelishigi qo‘shimchalarining variantlarini sanang. Jo‘nalish kelishigining qadimgi turkiy tilga xos bo‘lgan qanday qo‘shimchalari mavjud? Kelishik qo‘shimchalarining har biriga yodnomalardan misollar yozing. Vosita kelishigi qanday hosil qilingan? Kelishik kategoriyasi deganda nimani tushunasiz? Kelishik qo‘shimchalarining belgili-belgisiz qo‘llanishi deganda nima tushuniladi?
ESKI O‘BEK TILIDA BOG‘LAMALAR (ISMLARDA TUSLANISH VA KESIMLIK AFFIKSLARI) Eski o‘zbek tilida ham ot va ot turkumidagi so‘zlar (sifat, son, olmosh) kesim vazifasida kelganda maxsus kesimlik shakllarini qabul qiladi: -men, -sen, -miz (- biz), siz. Masalan: Üch kun boldi ach-men (QR). Sen meŋa sultan-sen (Lutfiy). Siz ikäv bir atanїŋ og‘lї-siz, Siz ikävgä qaravchї bizlär-biz (SH N ). Atam ornig'a emdi atam-siz (Sh. tar. )
Va bu hol turklarning sidqu safo va tuz niyatidin va sortlarning ilmu funun va hikmatidin zohirdurur (NM). Burunqi doiraning ikkinchi bahri rajaz bahridurur, bu durur (NM). . alardin biri komil bahridurur (NM) Firoqing ichra ulus o‘rtamakka, ey mohim, Choqindurur damimu ildirimdurur ohim (NM). Ammo bir soat o‘q otmoq savobi bilan ellik yilg‘i toatning savobi barobar turur (NM).
ot + kesimlik shakli (turur//durur) + shaxs-son affiksi shaklidagi ot kesimlar. 1. Tur- (holat fe’li) + -ur (sifatdosh) qo‘shilishidan hosil bo‘lgan kesimlik shakli turur, durur bog‘lama sifatida keng qo‘llangan. XIII—XIV asrlarda asosan turur shakli qo‘llangan: Men muxlis turur-men (Tafsir). Biz barchamiz Yusufnuŋ qarїndashї turur-miz (QR). Bu darvish yaman kishi turur (NF). Ul faqir durur (Saroyi). XV asr va undan keyingi davrlarda asosan uning qisqargan shakli dur/ dur, tur/ tur qo‘llangan boiib, turur, durur shakllari, asosan, she’riy asarlarda uchraydi: Kөŋlum tilim birla muvafiqtur (Atoiy)
Bu sevishmäk ikki yandin xush turur (Lutfiy). Ishq behad yiraqdurur andin (Navoiy, SS). O‘zbek tili taraqqiyotining oldingi davrlarida kesimlik affiksi turur, durur, tür/tur, dür/ dur har uchala shaxsda ham mavjud bo‘lgan. Keyinchalik I va II shaxslar tarkibidan tushib qolgan: atam turursen (>atamdur-sen)> atam-sen kabi. III shaxsda esa shaxs-son ko‘rsatkichi yo‘qligi uchun asosan saqlangan. Hozirgi o‘zbek tilida III shaxsda ham ko‘pincha tushirib qoldiriladi. Lekin ot kesim tarkibida kesimlik affiksining bo‘lishi yoki bo‘lmasligi ma’noga ta’sir qilmaydi.
2. Er- to‘liqsiz fe’li kesimlik affiksi vazifasida erur (hozirgi kelasi zamon) shaklida qo‘Ilanishi XIII—XIV asrlar tiliga xos bo’lib, nasriy asarlarda ham, she’riy asarlarda ham uchraydi: Bu menim shāgirdim erur (Tafsir). Üstünräk ne’matim tilämäk mahal erur (QR). XV asrdan keyingi davrlarda erur to‘liqsiz fe’lining kesimlik affiksi vazifasida qo‘llanishi she’riy asarlarda uchraydi: Өzga kishi sөzi lāf erur (Lutfiy). Biri ul jumladin imārat erur (Navoiy, SS). Kөchamiz mahkam erur, qo’rg‘an ham (SHN).
Otlarda bo'lishsizlik shakli Ot va ot turkumidagi so‘zlar kesim vazifasida qo‘llanganda bo‘lishli yoki bo‘lishsiz shaklda keladi. Eski o‘zbek tilida ham otlarning bo‘lishsizligi erto’liqsiz fe’Iining bo‘lishsiz shakli ermäs//emäs (ermäz//emäz) yordamida ifodalangan: Biz bu narsalarga muhtaj ermiis-biz (QR). Eviiklik. Yaŋqildiŋ, men taqi Farhad emiiz-men (XSH). XIII—XIV asrlarga oid yodgorliklarda otlarning bo‘lishsizlik ma’nosi tegül/degül (dügül) so‘zi yordamida ham ifodalangan. Mundin ilgärü andag’ tegül erdi (Tafsir). Bu ul-mu yā degül-mu, bilsä bo’lmas (XSH).
Bu shakl XV asrda ham ayrim asarlarda qo‘llangan : Gar qilsa vafā dilbar, ajab degül (Lutfiy). Shubha birlä barmag‘ї mushkil degül (Nav. LT). Otlarda bolishsizlik ma’nosining tegül/degül (dügül) so‘zi bilan ifodalanishi o‘g‘uz guruhidagi turkiy tillar uchun xos bo‘lib, bu shaklning o‘zbek tili taraqqiyotining oldingi davrlarida qo‘llanishi shu tillarning ta’siridir.
E’tiboringiz uchun rahmat !
- Slides: 38