Kasbiy pedagogikada qllaniladigan tadqiqot metodlari Reja 1 Kasbiy
Kasbiy pedagogikada qо‘llaniladigan tadqiqot metodlari. Reja: 1. Kasbiy pedagogikada qо‘llaniladigan tadqiqot metodlar. 2. Kasb-hunar ta’limini tashkil qilish shakllari. 3. Kasb-hunar ta’limini tashkil qilish vositalari.
Ilmiy pedagogik izlanishlarni jarayoni. Kasb ta’limi pedagogikasi muammolariga karatilgan ilmiy izlanishlar о‘tkazishdan maqsad о‘qitish va о‘rgatish xususiyatlari, samarali metodlarni ishlab chiqish va amaliy qо‘llash, texnik vositalarini qо‘llashga doir masalalarni yechishdan iboratdir. Shartli ravishda quyidagi bosqichlarga bо‘lish mumkin: 1. О‘qituvchining adabiyotlar о‘rganish va amaliy ishlari asosida muammoni aniqlashi. 2. Gipoteza qurish ya’ni о‘qitishni bosqichma-bosqich tashkil etish. Faktlar va ularni taqqoslash orqali izlanuvchi asoslangan taklifni beradi. 3. Izlanish natijalarini rasmiylashtirish va о‘quv jarayoniga qо‘llash. Maxsus fanlarni о‘qitish metodikasida ilmiy izlanishlarning umumiy va maxsus metodlari qо‘llaniladi. Umumilmiy metodlarga nazariy izlanish, kuzatish, suhbat va eksperimentlar kiradi.
Kasbiy pedagogikada qо‘llaniladigan metodlar. Nazariy metod - adabiyotlardan о‘rganish va tahlil qilish, hamda pedagogik tajribalar asosida olib boriladigan izlanishlar kiradi. Adabiyotlar ustida ishlashda kitob va jurnallar, maqolalar va patentlar, ilmiy ishlanmalar tо‘plamlar va kataloglar, internet tizimidan olingan ma’lumotlardan foydalaniladi. Kuzatish - tabiiy kuzatish orqali talabalarning fanlarni о‘zlashtirishlari, ularning xulq-atvori va muomalalaridagi о‘zgarishlarni hisobga olish va tegishli ta’sir kо‘rsatish yо‘llarini belgilash uchun qо‘llaniladi. Bu metod tadqiqotchining pedagogik tajribaning muayyan bir tomoni va hodisalarini biror maqsadni kо‘zda tutib idrok etish tashkil etadi. Suhbat metodi - sо‘rashning bir turi bо‘lgani holda tadqiqotchining jiddiy tayyorgarlik kо‘rishini talab etadi, chunki u tekshirayotgan shaxs bilan bevosita aloqada bо‘lish vaqtida og‘zaki suhbat tarzida, suhbatdoshining javoblarini yozmasdan erkin muomala formasida qо‘llaniladi. �
Pedagogik sо‘rash metodi – tadqiqotchining boshqa kishilardan pedagogik tajribaning biror tomoni yoki hodisalari haqida axborot olish jarayoni bu metodning asosini tashkil qiladi. Sо‘rash savollarning mantiqiy о‘ylangan sistemasini, ularning aniq ifodalanishini, nisbatan kamchiligi (3 -5 ta) nazarda tutiladi. Shuningdek, qat’iy formadagi javobni ("ha", "yо‘q") ham taqozo etishi mumkin. Test, sо‘rovnomalar - bu sо‘rovnoma, ya’ni anketa usuli qо‘llanganda yaratilgan ilmiy farazning yangiligini bilish, aniqlash, talabalarning yakka yoki guruhli fikrlarini, qarashlarini, qanday kasblarga qiziishlarini, kelajak orzu-istaklarini bilish va tegishli xulosalar chiqarish, tavsiyalar berish maqsadida о‘tkaziladi. Test sinovlar metodi - bu yozma javoblarning ommaviy ravishda yig‘ib olish metodidir. Test sinovlarini (anketalarini) ishlab chiqish murakkab ilmiy jarayon. Pirovard natijada tadqiqot natijalarining ishonchliligi anketalar mazmuniga berilayotgan savollar shakliga, tо‘ldirilgan anketalar soniga bog‘liq bо‘ladi. Odatda test savollarining ma’lumotlarini kompyuterda matematik statistika metodlari bilan ishlash imkon beradigan qilib tuziladi.
Eksperiment-tajriba-sinov usuli - ushbu tajriba asosida ta’lim-tarbiya jarayoniga aloqador ilmiy faraz yoki amaliy ishlarning tadbiqi jarayonlarini tekshirish, aniqlash maqsadida о‘tkaziladi. Statistika ma’lumotlarini tahlil qilish usuli – ta’lim sohasidagi, jumladan, ajratilgan mablag‘larning doimiy о‘sib borishi, darslik va о‘quv qо‘llanmalari, kо‘rgazmali qurollar, о‘qituvchi kadrlar tayyorlash, ta’lim muassalarining qurilishi, xо‘jalik shartnomalari va ulardan tushayotgan mablag‘lar statistika usuli orqali aniqlanadi. Matematika va kibernetika usullari - о‘qitish nazariyasi, amaliyotida hisoblash matematikasi va kibernetikasi mashinalari yordamida bir tildan ikkinchi tilga tarjima, dasturli ta’lim va uni mashina orqali boshqarish, о‘qitishni mustahkamlash, baholash orqali ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish differensial va individual ta’lim berish kabi jarayonlardir. �
Sotsiologiya tadqiqot metodi - anketaga savollar kiritiladi. Bundan maqsad talabalarning kasb-hunarga bо‘lgan munosabatlarini aniqlash, ular orasidagi dо‘stlik munosabatlarini о‘quv yurtidagi shartsharoitlarni bilish, yutuq va kamchiliklarni, yoshlar orasidagi munosabatlarni, dinga xususan tasavvufga bо‘lgan qiziqishlarini aniqlash, talabalarning ma’naviy sifatlar darajasini, bilim olishga ishtiyoqi, adabiyotlar ta’minlanganlik darajasi, о‘quv taqsimoti, uqituvchilarning о‘qitish darajasi, о‘quv qо‘llanmalarning sifati, kompyuter bilan mashg‘ulot о‘tkazish turlarini о‘rganish, ilmiy va kasbiy mahoratini oshirishdagi mashg‘ulotlar turi, stipendiyalar miqdori, stipendiyalar talabalarning xarajatini qanchalik qoplaydi, haq tо‘lanadigan ishlarda talabalar qatnashishi, ish joyi, talabalarning kо‘p shug‘ullanadigan jamoat joyi, ilmiy dunyoqarashining shakllanishida ta’sir etuvchi omillar, mutaxassis bо‘lib yetishishida hal qiluvchi omillar, talabalarning onglilik darajasi jarayoni, komil inson bо‘lish uchun kerakli bо‘lgan ma’naviy sifatlar, о‘zlashtirganlik darajasi haqidagi savollar anketaga kiritiladi. Savol-javoblarning barchasi kompyuterda qayta ishlanadi va xulosalar chiqariladi.
2. Kasb-hunar ta’limini tashkil qilish shakllari. Ta’lim jarayoni ishtirokchilari (О‘qituvchi va tahsil oluvchilar)ning ma’lum belgilangan tartibda amalga oshiriladigan hamkorlikdagi faoliyatining tashqi kо‘rinishi kasbiy ta’limning tashkiliy shaklini anglatadi. Kishilik jamiyatining taraqqiyot etish davrida ta’limning tashkiliy shakllari turlicha bо‘lgan. Qadimgi paytlarda yakka tartibda о‘qitish keng tarqalgan bо‘lib, ma’lum ijodiy jihatlarga ega bо‘lganligi bois hozirgi vaqtgacha saqlanib qolgan. О‘rta asrga kelib, kasbiy ta’limtarbiya kichik guruhlar shaklida о‘tkazila boshlagan. chunki bu davrda sanoat ishlab chiqarishi yо‘lga qо‘yilayotgan davr edi.
XVI asrning oxiri va XVII asrning boshlarida chex pedagogi Y. A. Komenskiy sinf-dars tizimini nazariy jihatdan isbotlab berdi. Hozirgi paytda kasbiy ta’limning tashkiliy shakllari quyidagi hususiyatlariga binoan turlanadi: Tahsil oluvchilar soniga kо‘ra-ommaviy, jamoaviy, guruhli, individual. Оqitish joyiga kо‘ra-ta’lim-tarbiya muassasalarida va ta’lim muassasalaridan tashqarida (о‘quv ustaxonalarida, mashq maydonlarda, korxonalarda, uy ishlari, sayohat va shu kabilar). О‘quv vaqtining davomiyligiga kо‘ra-45 minutlik, juftlik (90 min), qisqartirilgan (70 minutlik), qо‘ng‘iroqsiz. �
Amaliyotda sinf-dars tizimi keng kо‘lamda qо‘llanilganligi sababli dars ta’lim tarbiya ishining asosiy shakli deb yuritiladi. Sinf-dars tizimining asosiy о‘ziga hos jihatlari quyidagilar hisoblanadi: -deyarli bir xil tarkib, yosh va tayyorgarlik darajadagi tahsil oluvchilar ishtirok etadi; -ta’lim-tarbiya jarayoni о‘zaro bog‘liq alohida-alohida qismlar kо‘rinishiga ega bо‘ladi; -har bir dars о‘quv rejasiga kirgan ma’lum bir о‘quv predmetiga oid bо‘ladi; -darslar muntazam ravishda almashib turadi; -iqtisodiy kо‘rsatgichlarining nisbatan yuqoriligi. Chunki bir о‘qituvchi bir vaqtni о‘zida kо‘p sonli tahsil oluvchilar bilan ishlaydi; Shu bilan birgasinf-dars tizimining quyidagi kamchiliklari ham e’tirof etilgan: -о‘rtacha tahsil oluvchiga mо‘ljallanganligi; -har bir tahsil oluvchilar bilan individual ishlash imkoniyatining yо‘qligi.
3. Kasb-hunar ta’limini tashkil qilish vositalari. Hozirgi paytda ta’lim-tarbiya tizimida о‘qituvchining tahsil oluvchilar bilan jonli muloqot va munosabati muhim ahamiyatga ega bо‘lganligiga qaramay, u yagona axborot manbai bо‘la olmasligi hayotiy haqiqat. Shuning uchun ham ta’lim-tarbiya ishini osonlashtiradigan va samaradorligini oshirish omili sifatida turli hil ta’lim vositalaridan keng foydalaniladi. Ana shunday omillardan biri о‘qitishning texnikaviy vositalaridir. О‘qitishning vositalari deganda ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining hamkorlik faoliyatini ta’minlab, uning samaradorligini oshirish, ta’minlash maqsadida foydalaniladigan qurilmalar tizimi tushuniladi.
Barcha о‘qitishning texnik vositalarini shartli ravishda uch asosiy guruhga bо‘lish mumkin. Audiovizual vositalar(kinoproyeksiya, diaproyeksiya va epiproyeksiyalar, ovoz yozib olish, televideniye, radio); Jihozlar, uskuna va asboblar; Dasturli (kompyuterli) ta’lim vositalari. О‘qitishning texnik vositalaridan ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etuvchi komponentalari bilan uzviy bog‘liqlik va munosabatlarini hisobga olgan holda foydalanish zarur. Aks holda mashg‘ulot samarasini umuman yо‘qqa chiqarish ham mumkin. Mashg‘ulotda о‘qitishning texnik vositalridan foydalanish yordamchi xarakterga ega bо‘lib, ularni tanlash, ishlatish vaqti va joyi darsning umumiy rejasida maqsadlarga muvofiq ravishda belgilanadi.
Ta’lim-tarbiya ishida texnik vositalardan foydalanish avvalo didaktik prinsiplarga amal qilishni kо‘zda tutadi. Masalan, kо‘rsatmalilik prinsipini real obyekt bilan mavhum tasavvurning birligini ifodalaydi. Real obyekt yoki uning tasvirini kо‘rish (idrok etish) inson uchun uni bilishning dastlabki va eng oddiy akti hisoblanadi, aniq tasavvurlar va mavhum tushunchalar hosil qilish uchun asos vazifasini о‘taydi. Ta’lim-tarbiya ishida kо‘rsatmalilik tamoyiliga amal qilish zaruriyati insonning fikrlash hususiyatidan kelib chiqadi. Insonning fikrlash hususiyati ma’lumdan mavhum tomon rivojlanadi. Tushuncha va mavhum qonun-qoidalar aniq kuzatishlarga asoslansa, ularning mohiyat mazmuni ancha oson va tez shakllanadi. Inson tafakkurining rivojlanishi uning yoshiga, hayotiy tajribasi kabilarga bog‘liq bо‘lib, ta’lim-tarbiya jarayonida hisobga olinishi, aniq dalillar va obrazlardan ajralib qolmasligini talab etadi.
Kо‘rsatmali qо‘llanmalarga quyidagi talablar qо‘yiladi: -barcha talabalarga yaxshi kо‘rinadigan darajada katta bо‘lishi: -о‘quv xonasining istalgan joyidan bemalol о‘qilishi: -muhim detallar va yozuvlarning boshqa diqqatni о‘ziga tortuvchi rang bilan alohida bо‘yalishi: -tasvirlar imkon qadar obyektning asl rangiga mos bо‘lishi: -tasvirlarning estetik did bilan rasmiylashtirilishi: -matnning haddan tashqari kо‘p bо‘lmasligi: -tasvirlangan obyektlarning tabiiy vaziyatda kо‘rsatilishi: -masshtabga rioya qilishi: -arzon, qulay, uzoq vaqt о‘z holatida saqlanishi va shu kabilar.
- Slides: 13