MOLIYANING MOHIYATI AHAMIYATI VA FUNKSIYALARI Reja 1 Moliyaying




























- Slides: 28
MOLIYANING MOHIYATI, AHAMIYATI VA FUNKSIYALARI
Reja 1. Moliyaying mohiyati 2. Moliyaning funksiyalari 3. Ijtimoiy takror ishlab chiqarishda moliyadan foydalanishning ob’ektiv shart-sharoitlari va imkoniyatlari 4. Moliyaning tashkiliy tamoyillari, iqtisodiyotdagi roli va transformatsiyalashuvi.
“Moliya” termini XII-XV asrlarda Italiyaning savdo shaharlarida yuzaga kelgan.
aholi bilan davlat o`rtasida pul munosbatlari bilan bog`liq tushuncha sifatida qo`llanila boshlangan
1755 yilda fransuz olimi J. Boden tomonidan ilk bora kitobda qo`llangan.
“Moliya” termini uninghozirgi zamon nuqtai nazaridan Davlat xazinasi ahamiyatining o`sishi Davlat byudjetining paydo bo`lish bosqichiga xosdir
Xorijlik iqtisodchi-olimlar E. Bodi va R. K. Mertonlar fikricha: “Moliya – kishilarining ma’lum vaqt davomida o`ta taqchil bo`lgan pul resurslarining kelib tushishi va ishlatilishini qay tarzda boshqarishlari haqidagi fandir. ”
Mualliflar takidlashicha, moliyaviy qarorlar yana shu bilan xususiyatlanadiki, harajatlar va daromadlar: Ø Davriyligiga ko`ra farqlanadi Ø Ularning aniq oqibatlarini oldindan aytib bo`lmaydi.
dastavval: Moliya= pul fondlarining shakllanishi
keyinchalik: Moliya= pul fondlarining shakllanishi + pul fondlarining ishlatilishi
hozirda: Moliya= davlat moliyasi Umumdavlat moliyasi Mahalliy moliya
Moliyaning xususiyatli belgilari: 1. Munosabatlarning pulli xususiyatlari. 2. Munosabatlarning taqsimlash xususiyatlari. 3. Munosabatlarning fondlilik xususiyati.
1. Yaratilgan qiymatni taqsimlash bilan bog`liq pul munosabatlari. 2. Turli xil pul fondlarini shakllantirish bilan bog`liq munosabatlari.
1. Birlamchi taqsimlash (ish haqi fondini shakllantirish foydani shakllantirish va boshqalar). 2. Qayta taqsimlash (ish haqi fondini taqsimlash, foydani taqsimlash, soliqlar)
1. Markazlashtirilgan pul fondlari (davlat byudjeti, byudjetdan tashqari fondlar) 2. Markazlashtirilmagan pul fondlari (korxonalarda shakllantiriladigan moddiy rag`batlantirish, iste’mol vo boshqa fondlar.
Moliya Pul Tovarlar
Moliyaning moddiy asosi Pul aylanishi Naqd pulsiz aylanmalar
Moliyaning iqtisodiy mohiyati 1. Moliyaning taqimlash nazariyasi 2. Moliyaning takror ishlab chiqarish nazariyasi
1 -nazariya bo`yicha Moliya ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining taqsimlash bosqichidagina paydo bo`ladi, ya’ni yalpi ichki mahsulot qiymatini qayta taqsimlash jarayonida vujudga keladi.
2 -nazariya bo`yicha Moliya iqtisodiy kategoriyasi sifatida takror ishlab chiqarish jarayonining barcha bosqichlarini qamrab oluvchi pul munosabatlaridir.
Funktsiya – obyekt ichki mohiyati konkret shaklining namoyon bo`lish jarayonidir.
Moliya Taqsimlash funktsiyasi Nazorat funktsiyasi
Moliyaviy resurslar bu yalpi ichki mahsulot va milliy daromadni taqsimlash, qayta taqsimlash natijasida xo`jalik yurituvchi sub’yektlar va davlatning qo`lidagi vaqtincha bo`sh pul mablag`lari yig`indisidir.
Moliyaviy resurlar manbalari: 1. Xo`jalik sub’yektlari miqyosida: foyda, amortizatsiya fondi, qimmatli qog`ozlar realizatsiyalari, bank kreditlari, foizlar, dividendlar. 2. Jismoniy shaxslar miqyosida: ish haqi, mukofotlar, qo`shimcha ish haqi, ijtimoiy to`lovlar, safar harjatlari, tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar. 3. Davlat va mahalliy hokimiyat organlari miqyosida: davlat unitar korxonalari foydasi, davlat mulkini xususiylashtirishdan tushumlar, tashqi iqtisodiy faoliyatdan daromadlar, soliq tushumlar, davlat krediti, pul emissiyasi.
Takror ishlab chiqarish jarayoni harajatlarini ta’minlash 4 shaklda amalga oshiriladi: 1. O`z-o`zini moliyalashtirish. Bunda korxonalar takror ishlab chiqarish jarayonlari uchun zaruriy harajatlarni ichki moliyaviy resurslar hisobiga qoplashi mumkin. Uning moliyaviy manbai korxonalar foydasi, amortizatsiya va boshqa o`ziga tegishli moliyaviy resurslar hisoblanishi mumkin. 2. Kreditlash. Bunda xo`jalik sub’yekti harajatlarni muddatlilik, qaytaruvchanlik, maqsadlilik va ta’minlanganlik shakllari asosida banklar va boshqa kredit muassasalaridan kreditlari evaziga qoplaydilar. 3. Jalb qilingan mablag`larni shakllantirish. Bunda takror ishlab chiqarish jarayoni harajatlari moliyaviy bozorlarga qimmatbaho qog`ozlar chiqarish yo`li bilan qoplanishi mumkin. 4. Davlatlardan moliyalashtirish. Bunda barcha harajatlar byudjet va byudjetdan tashqari boshqa davlat fondlari vositasida qoplanadi.
Takror ishlab chiqarish jarayonini uzluksiz moliyalashtirishda moliyaviy zaxiralar katta ahamiyatga egadir.
Moliyaning quyidagi tamoyillari amal qiladi: • Birlik (yaxlitlik) • Balanslilik • Maqsadga yo`naltirilganlik • Sharoitga moslashuvchanlik • Strategik asoslarga tayanuvchanlik
Moliyaviy barqarorlashtirish strategiyasi nuqtai-nazaridan iqtisodiyotni isloh qilish quyidagi tadbirlarni o`z ichiga oladi: ØBahoning erkinlashtirilishi ØXususiylashtirish ØIjtimoiy transformatsiya ØJahon moliya tizimaga integrallashuv




























