UNEP GROUP Afenov Nursulton Qadamova Ozoda Ashurova Dilnoza




















- Slides: 20
UNEP GROUP Afenov Nursulton Qadamova Ozoda Ashurova Dilnoza Tursunboyeva Nigora Turdaliyeva Durdona Burxonova Durdona Murotova Diyora Ergasheva Malika Turkmenbayeva Yulduz Muxtorova Gulnoza
Reja 1. 2. 3. Global muammolar va ularning turlari Global isish muammolarini yuzaga keltirgan sabablar tahlili Global isishni to‘xtatishning usullari
Global muammolar � Global muammolar - umumbashariy hayot va taraqqiyot bilan bogʻliq hozirgi zamon muammolari. Ular jumlasiga jahon termoyadro urushining oldini olish, xalqaro terrorchilikka qarshi kurash va barcha xalqlar uchun tinchlikni taʼminlash; rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar oʻrtasida ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyot darajasidagi tafovutni bartaraf etish, ochlik, qashshoqlik va savodsizlikni tugatish, rivojlanayotgan mamlakatlarda aholining tez surʼatlar bilan koʻpayayotganligini tartibga solish, atrof muhit halokatli tarzda ifloslanib borayotganligining oldini olish; insoniyatni kerakli resurslar — oziq-ovqat, sanoat xom ashyosi, energiya manbalari bilan taʼminlash, fan va texnika taraqqiyoti salbiy oqibatlarga olib kelishiga yoʻl qoʻymaslik kabilar kiradi. G. m. avvalo jahonda kechayetgan iqtisodiy, ijtimoiysiyosiy, harbiy, ilmiy-texnologik, ijtimoiy-madaniy jarayonlarning umumbashariy ahamiyat kasb etishi natijasida yuzaga keldi.
Global muammolarning turlari 1 • Xalqaro siyosiy munosabatlarda vujudga kelgan global muammolar 2 3 4 • ijtimoiy sohada vujudga kelgan global muammolar • Xalqaro iqtisodiy munosabatlarda vujudga kelgan global muammolar • Inson va tabiat o’rtasidagi munosabatlarining buzilishi natijasida yuzaga kelgan global muammolar
Asosiy global muammolar qatoriga, odatda, quyidagilar kiritiladi: � tinchlikni saqlash va jahon xavfsizligini ta’minlash muammosi; � ekologik muammo; � rivojlanayotgan davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy qoloqligi va qashshoqlik muammosi; � demografik muammolar, � oziq-ovqat muammosi, � energetika muammosi, � xomashyo resurslari muammosi, � Dunyo okeanidan oqilona foydalanish muammosi; � millatlararo va dinlararo munosabatlar muammosi; � qon-yurak, onkologik kasalliklar va OITSga qarshi kurashish muammosi.
Global muammolarning vujudga kelishi va keskinlashuvi sabablari jahon aholisi sonining qisqa vaqt ichida bir necha barobar o‘sganligi, sanoat va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlarining jadal sur’atlar bilan rivojlanishi, tabiiy muhitdagi muvozanatning inson xo‘jalik faoliyati ta’sirida buzilishi, jahon xo‘jaligida xalqaro iqtisodiy aloqalarning mustahkamlanishi tufayli yagona global tizim sifatida shakllanishi, fan-texnika inqilobi va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining salbiy oqibatlari, davlatlar va siyosiy kuchlar o‘rtasida ziddiyatlar kuchayishi kabilardan iborat.
Global isish muammolarini yuzaga keltirgan sabablar tahlili � Atmosfera barcha jonzotlarni zararli kosmik nurlardan himoya qilib turadi, sayyora yuzasidagi issiqlikni saqlaydi. Agar havo qobigi bo'lmaganida yer yuzasida kunduzi harorat +100 C va kechqurun-100 C harorat kuzatilgan bo'lar edi. Atmosferaning yuqori chegarasi taxminan 2000 km balandlikdan o'tadi, atmosfera bir necha qatlamlardan iborat bo’lib. Uning asosiy massasi 10 -16 km balandlikkacha bo’lgan quyi troposfera qismida joylashgan, ob - havo va iqlim ko'p jihatdan atmosferadagi jarayonlar bilan bog'liq.
Ozon qatlamining siyraklanishi � Ozonosfera atmosferaning muhim tarkibiy qismi hisoblanib, u iqlimga va yer yuzasidagi barcha tirik organizmlarni nurlanishdan saqlab turadi. Atmosferadagi azonning eng muhim xususiyati uning doimo hosil bcflib va parchalanib turishidir. Ozon quyosh nurlari ta'sirida kislorod, azot oksidi va boshqa gazlar ishtirokida hosil bo’ladi. Ozon kuchli ultrabinafsha nurlarni yutib qolib yer yuzidagi tirik organizmlarni himoya qiladi. Ultrabinafsha nurlar miqdorining ortishi tirik organizmlarga salbiy ta'sir qiladi. Ultrabinafsha nurlari ta'sirida nurlanish odamlarda terini kuyishiga sabab bo’ladi. Bugungi kunda teri raki bilan kasallanish ushbu nurlar ta'sirida kelib chiqayotganligi aniqlandi. Hozirgi davrda freonlardan keng foydalanish tufayli hamda aviatsiya gazlari, atom bombalarini portlatishlar atmosferada etarli miqdorda ozon to'planishiga imkon bermayapti.
� Ayrim hududlardagi havoning harakatsiz turib qolishi oqibatida kuzatiladigan zaxarli tuman-smog (tutun va tuman aralashmasi) insonlar sog'ligiga o'ta salbiy ta'sir ko’rsatadi. 1952 yili 5 -9 dekabrda Londonda yuz bergan smog oqibatida 4 mingdan ortiq kishi halok bo’lgan, keyingi yillarda dunyoning yirik shaxarlarida London tipidagi smog Los-Anjeles tipidagi smoglar qayd qilingan. Fotokimyoviy smog deganda sanoat va transport chiqindi gazlarining quyosh nurlari ta'sirida reaksiyaga kirishib xavfli brikmalarni xosil qilishi tushuniladi. Jumladan ozon, formaldegid va boshqa birikmalarning hosil bo'lishi va miqdorining ortishi kuzatiladi. Smogning oldini olish muhim ahamiyatiga ega. Yer yuzida atmosfera havosining ifloslanishini kamaytirish uchun tezlik bilan zarur choralar ko’rilishi lozim. Amerikalik meteorolog Luis Batgan aytganidek: yoki insonlar havodagi tutunni kamaytiradilar, aks xolda tutun yer yuzida insonlarni kamaytiradi.
� Dunyo bo'yicha 500 mln. dan ortiq avtomobil har kuni havoga yuz minglab tonna zararli birikmalar chiqaradi. Avtomobil tutunida 200 dan ortiq zararli birikmalar, shu jumladan o'pka raki va boshqa og'ir kasalliklarni keltirib chiqaruvchi birikmalar (benzapirin, qo'rg'oshin va boshqalar) mavjud. Toshkent shahrida havo ifloslanishining 70 foizidan ortig'i avtotransport hissasiga to"g'ri keladi. O’zbekistonning boshqa yirik shaharlarida ham havo ifloslanishida transportning hissasi ortib bormoqda. Transport harakatini tartibga solish, metro, elektr transportini rivojlantirish, yoqilg'1 sifatini yaxshilash va boshqa tadbirlar yirik shaharlar havosining ifloslanishini kamaytirishda muhim ahamiyatga ega. Ekologik toza transport vositalarini yaratish shu kunning ustuvor vazifalaridan hisoblanadi.
Global isishni to‘xtatishning usullari � Zamonamizning eng muhim ekologik muammolaridan biri global isishdir. 1900 -yilgacha 22 ming yil davomida Yer sirtidagi o‘rtacha harorat 3, 8 darajaga (yiliga 0, 00016 daraja) ortgan bo‘lsa, 1900 -yildan hozirgi kunga qadar bu ko‘rsatkich 1, 5 darajani (yiliga 0, 013 daraja) tashkil etdi, ya’ni haroratning o‘sish sur’atlari 8 barobarga ortdi. Bu muammoni hal qilish uchun turli yo‘llar taklif qilindi, ba’zilari amalga oshirildi ham (masalan, atmosferaga issiqxona gazlari chiqarish bo‘yicha Parij kelishuvlari). Shunga qaramay, iqlim isishda davom etyapti, va yangidan-yangi, ba’zan fantastik yechimlar taklif qilinyapti.
�Environmental Review Letters ilmiy jurnalida chop etilgan maqola mualliflari Yevroittifoq universiteti xodimi Ueyk Smit va Harvard universiteti xodimi Gernot Vagner yana bir qiziq metodni ko‘rib chiqdi. Maqolada Yer atmosferasining yuqori qatlamlarida sulfat (kislorodli oltingugurt birikmalari) aerozollarni changlantirish orqali Yerga kelib tushadigan Quyosh nurlanishini kamaytirish orqali global isish sur’atlarini pasaytirish g‘oyasi o‘rganilgan.
� Olimlarning hisoblashlariga ko‘ra, sulfatlarni yuqori atmosferaga yoyish uchun maxsus havo kemalaridan foydalanish har ikki tomonlama ustun bo‘lar ekan. Aniq ma’lumotlar olish uchun ular Airbus, Boeing, Bombardier, Gulfstream, Lockheed Martin, Northrup Grumman, GE Engines, Rolls Royce Engines, Atlas Air, Near Space Corporation, Scaled Composites, The Spaceship Company, Virgin Orbit va NASA mutaxassislari bilan muloqot qilgan. Ushbu korxonalardan olingan uchoqlarning texnik parametrlari va narxlari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalanib, ko‘zda tutilgan loyihani bajarish narx-navolari va harorat dinamikasiga qay darajada ta’sir ko‘rsatilishi hisoblab topilgan. Turli korxonalar ma’lumotlari asosida olingan natijalar bir-biri bilan va avvalgi tadqiqotlar natijalari bilan solishtirilgan.
� Tadqiqotchilar xulosasiga ko‘ra, hozirda mavjud uchoqlar bu ishga yaramaydi. Buning uchun yangi turdagi maxsus havo kemalari ishlab chiqish kerak. Tayyorgarlik ishlarining narxi olimlar tomonidan ~3, 5 milliard dollar miqdorida baholandi. Birinchi yil 200 kilotonna sulfat dioksidni havoga yoyib, 15 yil davomida bu miqdorni har yil yana 200 kilotonnaga oshirish yiliga o‘rtacha 2, 25 milliard dollar talab etadi. Mualliflar ta’kidlashicha, bu raqamlarda loyihaning ta’sirini kuzatish, baholash va nazorat etish hisobga olinmagan, shu sababli to‘liq xarajat yiliga 5, 25 milliard dollargacha ortishi mumkin. Biroq bu chiqimlar natijasida issiqlik ortishini ikki baravarga kamaytirish mumkin. � Narxlar, umuman olganda, ancha past. Dunyoning 50 mamlakatida yillik harbiy budjet 3 milliard dollardan ortiq, 30 tasida esa 6 milliarddan. Ya’ni bunday loyihani alohida bir rivojlangan mamlakat ham amalga oshirishi mumkin. Global isish muammosi nomi bilan butun dunyo mamlakatlariga tegishli ekanini hisobga olib, hech bo‘lmaganda 10– 20 davlat birgalikda ishga kirishsa esa, nafaqat ularning har birining chiqimi kamroq bo‘ladi, balki kutilayotgan natijani ham bir necha barobar oshirish mumkin bo‘ladi.
E’tiboringiz uchun rahmat




















