Ozbekiston Respublikasi Madaniyat va Sport ishlari Vazirligi Toshkent
O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va Sport ishlari Vazirligi Toshkent Davlat Milliy raqs va Xoreografiya Oliygohi Tayyorladi: 2 -kurs “Xoreografiya jamoalari rahbari” talabalari Qabul qildi: Dotsent Nurmuhammedov T. R
O’zbekistonda internet saytlari va rivojlanish istiqbollari Hozirgi kunda O’zbekistonda internetdan foydalanuvchilar soni Provayderlar soni va uning qiyosiy tahlili 3. Hozirgi kunda O’zbekistonda ishlatilayotgan aloqa vositalari: telefon, Wi. FI 1. 2.
Hozirgi kunda kelib dunyo bo'yicha va O'zbekiston bo'yicha Internetdan foydalanuvchilar soni ortib bormoqda. Internetni turli xizmatlaridan foydalanilmoqda. Bulardan eng ommabobi bu shubxasiz WWW ( World Wide Web ) dir. Bu matnli multimedia xizmati, giperraslkalar orqali ishlaydi, oddiy qilib aytgandan Web-sayt dir. Hozirgi kunda Web-saytlarni sanog'i yo'q. O'zbekistonda yani. uz domenida 1 mln oshiq sayt ro'yhatdan o'tgan. Ular oddiy shaxslar, kompaniyalar, qo'shiqchilar, shou-biznes olami vakilari va turli sohalarda xizmat ko'rsatadigan saytlardir. Hozirda mutlaqo tekinga Web-sayt ochib pul ishlash mumkin. Albatta buning uchun ancha mexnat qilishga tog'ri keladi. Agar siz Web-sayt ochmoqchi bo'lsangiz xosting xizmatini taklif qiluvchi provayderlar bilan ishlashingiz kerak. Domen beruvcxhilar 2 xil bo'lishi mumkin pulli va bepul. Pulli domenlarda ish sifati yaxshi va har tomonlama qulay bo'ladi, bepullarida esa ishlash sifati yaxshimas, saytingizda har xil reklamalar ( saytni chap- yuqori qismida ) doim turadi. Lekin bepul. domenlar endi boshlovchilar uchun juda qulay, siz bepul domen olib saytni boshqarishni o'rganib olishingiz mumkin ( dizayn tanlashni, userlar bilan ishlashni, yangiliklarni tartibga solishni va x. k ).
n n Keyin, saytingiz biroz rivojlangandan keyin pulli domen olib ( masalan. uz domen ) ishni davom ettirishingiz mumkin. . . Bepul domen beruvchi saytlar juda ko'p, ularni ichida eng yaxshisi Ucoz. ru dir. Uz domenidagi juda ko'p saytlar shu sayt orqali ochilgan. Saytlarni pastki qismida, yoki burchaklarida Ucoz reyting, yoki umuman ucoz. ru ni ko'rishingiz mumkin. Shu saytga kirib reg da o'tganinggizdan keyin sizga Unet. com dan profil ochiladi. Unga kirganinggizdan keyin windowsni rabochiy stoliga o'xshagan web saxifa ochiladi o'sha yerdan o'zingizga sayt ochsangiz bo'ladi ( 10 tagacha ochishingiz mumkin ) shu saxifa orqali saytlaringizni boshqarishingiz yangi sayt ochib uni yopishingiz ham mumkin. O'zbekistonda internetdan foydalanuvchilar soni 3 million kishiga yaqinlashdi. O'zbekiston Aloqa va ahborotlashtirish agentligi hisobotida aytilishicha, 2010 yilning yanvariyun oylari davomida O'zbekiston hududida internet foydalanuvchilari soni 2. 94 million kishini tashkil qilgan. Ma'lum bo'lishicha, joriy yil boshida ushbu raqam 2. 74 million kishi atrofida bo'lgan. Internetga ulanish va internet bilan bog'liq hizmat ko'rsatish sub'ektlar soni so'ngi olti oy davomida 982 taga etgan, internet kafelar soni esa jami 1025 taga etgan. O'zbekiston veb sahifalarining milliy domeni hisoblangan UZ domenida ro'yhatga olinganlar soni 10 foizga ortib, ushbu raqam 10 500 tani tashkil qilgan. O'zbekistondagi Internetprovayderlar xalqaro axborot tarmoqlari, jumladan, Internetga bog‘lanish uchun o‘z sun'iy yo‘ldoshidan foydalanishi mumkin emas. CA-news agentligi xabariga ko‘ra, bu borada O'zbekiston qonunchiligiga o‘zgartirish kiritilgan. Endilikda Internet-provayderlar xalqaro axborot tarmoqlariga "O'zbektelekom" aktsiyadorlik kompaniyasiga qarashli texnik vositalari orqaligina ulanadi. O'zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktori Hakim Muhiddinov tomonidan imzolangan buyruqqa ko‘ra, bu boradagi nizomga o‘zgartirish kiritildi va ushbu buyruq 15 martdan kuchga kirdi. Avvalroq Internet-provayderlar xalqaro telekommunikatsiya tarmog‘iga ulanish uchun o‘z texnik vositalaridan foydalanishi mumkin edi. O'zbekistondagi yirik telekommunikatsiya operatori sanalgan "O'zbektelekom" kompaniyasi provayderlarga Internetga kirish imkoniyatini berish borasida monopol mavqega ega. Xabarlarga ko‘ra, kompaniya Internet xizmati sifatini oshirish maqsadida Toshkentda Telehouse markazini tashkil etishni maqsad qilgan. 2011 yil yakunlariga ko‘ra, O'zbekistondagi Internet foydalanuvchilar soni 7, 4 mln. kishini tashkil etgan.
O‘zbekistonda axborot texnologiyalari rivojlanish holatiga nazar ayni zamonda jamiyatning barcha sohalari qatori oddiy kundalik hayotga ham axborot texnologiyalari shiddat bilan kirib kelyapti. Dunyo mamlakatlarining rivojlanish darajasiga baho berganda, uning qancha askarga yoki qanday qurol-yaroqqa ega ekani emas, zamonaviy axborot texnologiyalaridan qay darajada foydalanayotgani masalasi birinchi o’ringa chiqayotgani ham bor gap. Shu o‘rinda haqli savol tug‘iladi: ho‘sh, jahon hamjamiyatiga tobora tezroq sur’atda integratsiyalashayotgan O‘zbekiston global miqyosda kechayotgan o‘zgarish, yangilanishlarni nechog‘li o‘zlashtirayapti? Bugun mamlakatimizda axborot texnologiyalari rivoji qay darajada? “Axborot texnologiyalar asri” deb sifatlanayotgan yangi yuzyillikda insoniyatning hayot tarzi butunlay o‘zgarib ketdi. Aytishlaricha, Birinchi jahon urushi boshlangani to‘g‘risidagi xabar Turkistonga olti oydan so‘ng yetib kelgan ekan. Bu gaplar yangi davr avlodi uchun ertakday tuyuladi. Boisi, hozir sun’iy ravishda bunday mushkulotlar tug‘dirishga hojat yo‘q. Tafakkur asri odamlari tomonidan ixtiro qilingan axborot kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) dunyoning u nuqtasida ro‘y bergan yangilikni soniyalar ichida sayyoraning bu chekkasida qabul qilib olishga imkon bermoqda. BMT hamda Aloqa va axborotlashtirish agentligi hamkorlikda amalga oshirib kelayotgan “Raqamli rivojlanish tashabbusi” dasturi tomonidan O‘zbekistonda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining 2004 yildagi rivoji bo‘yicha maxsus hisobot e’lon qilindi. Ushbu hisobotdan yuqoridagi savollarga to‘la javob olish mumkin. Eslatib o‘tamiz, “Raqamli rivojlanish tashabbusi” (RRT) — “Digital Development Initiative” (DDI) loyihasiga 2002 yil oktyabrda asos solingan. Dastur O‘zbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish, bu boradagi davlat siyosatini takomillashtirish va elektron hukumatni shakllantirishga ko‘maklashish kabi maqsadlarni ilgari surgan. ham xalqaro tarmoqni rivojlantirish uchun ko‘p ishlar qilish kerakligini yodga soladi. Hisobkitoblar Internetdan foydalanish uchun to‘lovlar yildan yilga kamayib borayotganini ko‘rsatmoqda. Masalan, 2003 yilda xalqaro tarmoqda ishlash uchun soatiga o‘rtacha 1000 so‘m to‘lash talab etilgan bo‘lsa, o‘tgan yildan boshlab ushbu xizmat bahosi 570 so‘mga tushgan. Biroq umumiy daromad ko‘rsatkichlari bilan qiyoslaganda, bu narx baribir yuqori. Shu bois ham, aholining keng qatlami uchun Internetdan foydalanish hamon muammoligicha qolmoqda. Dunyoning rivojlangan davlatlarida AKT va Internetga ta’limning qo‘sh qanoti sifatida katta e’tibor berilmoqda.
O'zbekistonda internetdan foydalanuvchilar soni 3 million kishiga yaqinlashdi. O'zbekiston Aloqa va ahborotlashtirish agentligi hisobotida aytilishicha, 2010 yilning yanvar-iyun oylari davomida O'zbekiston hududida internet foydalanuvchilari soni 2. 94 million kishini tashkil qilgan. Ma'lum bo'lishicha, joriy yil boshida ushbu raqam 2. 74 million kishi atrofida bo'lgan. Internetga ulanish va internet bilan bog'liq hizmat ko'rsatish sub'ektlar soni so'ngi olti oy davomida 982 taga etgan, internet kafelar soni esa jami 1025 taga etgan. O'zbekiston veb sahifalarining milliy domeni hisoblangan UZ domenida ro'yhatga olinganlar soni 10 foizga ortib, ushbu raqam 10 500 tani tashkil qilgan. O'zbekistondagi Internet-provayderlar xalqaro axborot tarmoqlari, jumladan, Internetga bog‘lanish uchun o‘z sun'iy yo‘ldoshidan foydalanishi mumkin emas. CA-news agentligi xabariga ko‘ra, bu borada O'zbekiston qonunchiligiga o‘zgartirish kiritilgan. Endilikda Internet-provayderlar xalqaro axborot tarmoqlariga "O'zbektelekom" aktsiyadorlik kompaniyasiga qarashli texnik vositalari orqaligina ulanadi. O'zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktori Hakim Muhiddinov tomonidan imzolangan buyruqqa ko‘ra, bu boradagi nizomga o‘zgartirish kiritildi va ushbu buyruq 15 martdan kuchga kirdi. Avvalroq Internet-provayderlar xalqaro telekommunikatsiya tarmog‘iga ulanish uchun o‘z texnik vositalaridan foydalanishi mumkin edi. O'zbekistondagi yirik telekommunikatsiya operatori sanalgan "O'zbektelekom" kompaniyasi provayderlarga Internetga kirish imkoniyatini berish borasida monopol mavqega ega. Xabarlarga ko‘ra, kompaniya Internet xizmati sifatini oshirish maqsadida Toshkentda Telehouse markazini tashkil etishni maqsad qilgan. 2011 yil yakunlariga ko‘ra, O'zbekistondagi Internet foydalanuvchilar soni 7, 4 mln. kishini tashkil etgan.
O‘zbekistonda axborot texnologiyalari rivojlanish holatiga nazar Ayni zamonda jamiyatning barcha sohalari qatori oddiy kundalik hayotga ham axborot texnologiyalari shiddat bilan kirib kelyapti. Dunyo mamlakatlarining rivojlanish darajasiga baho berganda, uning qancha askarga yoki qanday qurol-yaroqqa ega ekani emas, zamonaviy axborot texnologiyalaridan qay darajada foydalanayotgani masalasi birinchi planga chiqayotgani ham — bor gap. Shu o‘rinda haqli savol tug‘iladi: xo‘sh, jahon hamjamiyatiga tobora tezroq sur’atda integratsiyalashayotgan O‘zbekiston global miqyosda kechayotgan o‘zgarish, yangilanishlarni nechog‘li o‘zlashtirayapti? Bugun mamlakatimizda axborot texnologiyalari rivoji qay darajada? “Axborot texnologiyalar asri” deb sifatlanayotgan yangi yuzyillikda insoniyatning hayot tarzi butunlay o‘zgarib ketdi. Aytishlaricha, Birinchi jahon urushi boshlangani to‘g‘risidagi xabar Turkistonga olti oydan so‘ng yetib kelgan ekan. Bu gaplar yangi davr avlodi uchun ertakday tuyuladi. Boisi, hozir sun’iy ravishda bunday mushkulotlar tug‘dirishga hojat yo‘q. Tafakkur asri odamlari tomonidan ixtiro qilingan axborot kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) dunyoning u nuqtasida ro‘y bergan yangilikni soniyalar ichida sayyoraning bu chekkasida qabul qilib olishga imkon bermoqda. BMT hamda Aloqa va axborotlashtirish agentligi hamkorlikda amalga oshirib kelayotgan “Raqamli rivojlanish tashabbusi” dasturi tomonidan O‘zbekistonda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining 2004 yildagi rivoji bo‘yicha maxsus hisobot e’lon qilindi. Ushbu hisobotdan yuqoridagi savollarga to‘la javob olish mumkin. Eslatib o‘tamiz, “Raqamli rivojlanish tashabbusi” (RRT) — “Digital Development Initiative” (DDI) loyihasiga 2002 yil oktyabrda asos solingan. Dastur O‘zbekistonda axborotkommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish, bu boradagi davlat siyosatini takomillashtirish va elektron hukumatni shakllantirishga ko‘maklashish kabi maqsadlarni ilgari surgan. (Dastur to‘g‘risidagi to‘liq ma’lumotni www. ddi. uz saytidan olishingiz mumkin).
Ta’kidlash o‘rinliki, RRT hisoboti Garvard universitetining jahonda tan olingan metodologiyasi asosida tayyorlangan. Olti bo‘limni o‘z ichiga olgan hujjatda yurtimizda tarmoq resurslari, xususan, Internetdan foydalanish holati, axborot texnologiyalarining ta’lim tizimidagi ahvoli, AKTni jamiyatda qo‘llash, elektron hukumat va elektron tijorat, shuningdek, AKT sohasidagi siyosat masalalari tahlil qilingan. Nashrni tayyorlashda vazirliklar ma’lumotlari va mamlakatimiz viloyatlarida o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rov natijalariga tayanib, xulosalar chiqarilgan. Axborot infratuzilmasi tahliliga muvofiq, 2004 yil iyul holatiga ko‘ra, yurtimizda faoliyat yuritayotgan 2000 dan ortiq telefon stantsiyasi 1, 91 million mijozga xizmat qilmoqda. Ya’ni, mavjud telefon apparatlari har 100 kishiga 6, 8 tadan to‘g‘ri kelmoqda. Mamlakatimizda uyali aloqa tizimi ham sekinlik bilan bo‘lsa-da, rivojlanib bormoqda. O‘tgan yili uyali aloqa xizmati ko‘rsatuvchi operatorlar soni 8 taga yetdi. Har yuz kishiga to‘g‘ri keladigan foydalanuvchilar ko‘rsatkichi esa 1, 54 tani tashkil etdi (2003 yili bu ko‘rsatkich 0, 98 ga teng bo‘lgan). Bu borada o‘sish tendentsiyasi kuzatilayotgan bo‘lsa-da, uyali aloqa vositasi aholining barcha qatlamlariga yetib borishi uchun hali ko‘p vaqt kerak bo‘ladigangan o‘xshaydi. Chunki ba’zi rivojlangan davlatlarda, masalan, Yaponiyada uyali telefonlar har yuz kishiga 70 tagacha to‘g‘ri keladi. So‘rov natijalarining ko‘rsatishicha, yurtimizda o‘tgan yilning iyunida 590 ming kompyuter mavjudligi aniqlangan. Ya’ni, umumiy aholi ko‘rsatkichi bo‘yicha har yuz kishining 2, 34 nafari texnika mo‘’jizasidan foydalanish imkoniga ega bo‘lgan. Yurtdoshlarimizning xalqaro tarmoq — Internetdan foydalanish imkoniyati ham yil sayin oshib boryapti. Buni mamlakatimizdagi mijozlarga Internetga ulanish imkoniyatini beruvchi provayderlar soni 2004 yilda 135 tadan 416 taga, tarmoqdan doimiy foydalanuvchilar miqdori esa 235 mingdan 526 kishiga yetgani ham ko‘rsatib turibdi. Lekin jami provayderlarning 331 tasi va foydalanuvchilarning ko‘p qismi poytaxt Toshkentda ekani viloyatlarda ham xalqaro tarmoqni rivojlantirish uchun ko‘p ishlar qilish kerakligini yodga soladi.
Hisob-kitoblar Internetdan foydalanish uchun to‘lovlar yildan yilga kamayib borayotganini ko‘rsatmoqda. Masalan, 2003 yilda xalqaro tarmoqda ishlash uchun soatiga o‘rtacha 1000 so‘m to‘lash talab etilgan bo‘lsa, o‘tgan yildan boshlab ushbu xizmat bahosi 570 so‘mga tushgan. Biroq umumiy daromad ko‘rsatkichlari bilan qiyoslaganda, bu narx baribir yuqori. Shu bois ham, aholining keng qatlami uchun Internetdan foydalanish hamon muammoligicha qolmoqda. Dunyoning rivojlangan davlatlarida AKT va Internetga ta’limning qo‘sh qanoti sifatida katta e’tibor berilmoqda. Ayni paytda mamlakatimizda 9700 dan ziyod o‘rta ta’lim maktabi faoliyat yuritmoqda. Ushbu ta’lim dargohlarida AKTdan foydalanish holati tahlil etilganda ham ijobiy, ham salbiy xulosalarga kelish mumkin. Yurtimiz maktablarida 434 o‘quvchiga bitta kompyuter to‘g‘ri kelmoqda. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yillar bilan solishtirilganda (2002 yil — 518, 2003 yil — 477), o‘sish holati kuzatilayotganini sezish mumkin. O‘rta ta’lim muassasalarining Internetga ulanish ko‘rsatkichi esa juda past: 1, 5 foiz. Bu esa mamlakatdagi 9700 dan oshiq maktabning bor-yo‘g‘i 148 tasi xalqaro tarmoqdan foydalanadi, demakdir. Shuningdek, ta’lim maskanlarini zamonaviy kompyuterlar bilan ta’minlash masalasi ham kun tartibida turibdi. Chunki ayrim maktablarda hamon 1990 -yillarning yaroqsiz “Pravets” kabi mashinalaridan foydalanilyapti. Bu boradagi ahvolni yaxshilash uchun rejaga ko‘ra, joriy yilda AYREKS dasturi doirasida 60 ta, BMT Taraqqiyot loyihasi bo‘yicha 40 ta maktab Internetga ulanishi mo‘ljallanmoqda. Mamlakatimizda 61 ta oliy o‘quv yurti, 54 ta akademik litsey va 791 ta kollej mavjud. Ushbu ta’lim muassasalarining AKT foydalanish ko‘rsatkichi turlicha. Quvonarlisi, yurtimizdagi barcha oliy o‘quv yurtlari Internet tarmog‘iga ulangan. 2004 yil holatiga ko‘ra, OO‘Yuda jami 15, 8 ming kompyuter bor va bu raqam 16 nafar talabaga bitta kompyuter to‘g‘ri kelishini anglatadi. O‘tgan yilda oliy ta’lim muassasalarining umumiy byudjetdan AKT uchun ajratayotgan mablag‘ miqdori 9, 2 foizga tushgan (2003 yilda bu ko‘rsatkich 10 foizga teng edi).
Axborot jamiyat qurish sharoitida AKTdan foydalanish faqat ziyoli qatlam bilan cheklanmasligi, axborot texnologiyalari aholining barcha qatlamlariga kirib borishi zarur. Ayni paytda O‘zbekiston aholisining 2, 06 foizi Internet, 98, 5 foizi televidenie, 99 foizi radiodan foydalanadi. Umumxalqning xalqaro tarmoqda ishlash ko‘rsatkichi pastligicha qolayotgan bo‘lsa-da, harqalay, dastlabki paytlarda hasham sifatida foydalanilgan Internetning tobora kunlik ehtiyojga aylanib borayotganini ijobiy hol sifatida baholash mumkin. Sir emas, axborot texnologiyalari rivojlangan G‘arb davlatlarida allaqachon elektron hukumat shakllanib ulgurgan. Ya’ni, G‘arbda hukumat boshqaruvini olib borishda axborot texnologiyalaridan yuqori darajada foydalaniladi. Mamlakatimizning bu boradagi rivojlanish darajasi qanday? Tahlillarning ko‘rsatishicha, ayni paytda davlat idoralarining 87, 3 foizi o‘z saytiga ega. Mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha ham yil sayin o‘sish kuzatilyapti. Misol uchun, 2003 yilda 63 ta davlat tashkilotining 49 tasi o‘z vebsahifasini ochgan bo‘lsa, 2004 yilga kelib bu raqam 55 taga yetgan. Davlat xizmatchilarining kompyuter va Internet bilan ta’minlanganlik darajasi quyidagicha: hozirda bitta oddiy kompyuterga 5 ta, Internetga ulangan kompyuterga esa 67 tagacha davlat xodimi to‘g‘ri keladi. Hukumat muassasalarida mavjud kompyuterlarning 7 foizi esa bevosita xalqaro tarmoqqa ulangan.
Wi-Fi simsiz aloqa tarmog‘i Bir necha yillar ichida Wi-Fi simsiz aloqa tarmog‘i IEEE 802. 11 ac (maksimal tezlik – 1 Gbit/s) hamda 802. 11 ad (maksimal tezlik – 7 Gbit/s) standartlariga o‘tganidan so‘ng, mazkur tarmoq orqali ma’lumotlarni o‘tkazish tezligi 15 barobargacha oshadi. O‘sha paytga kelib, siqilmagan Full HD videolarni “havo” orqali bemalol o‘tkazish mumkin bo‘ladi. Wi-Fi (simsiz aloqa tarmoqlari standartlari oilasi – 802. 11 uchun qo‘llaniladigan marketing atamasi) tarmog‘i o‘zining 802. 11 b xususiyatiga ega bo‘lganidan so‘ng, foydalanuvchilar orasida keng miqyosda tarqalib ulgurdi. Mazkur standart orqali ma’lumotlarni o‘tkazish tezligi soniyasiga 11 megabitgacha yetadi. Undan keyin esa, 802. 11 g standarti (54 Mbit/s gacha) qabul qilindi. Hozirgi kunda amalda bo‘lgan 802. 11 n standarti yordamida ma’lumotlarni o‘tkazishning maksimal tezligi 450 Mbit/s gacha yetadi. Bugungi kunga kelib, Wi-Fi simsiz aloqa tarmog‘i shunchalik mashhur bo‘lib ketdiki, u hozirda smartfonlarda, avtomobillarda, avtobuslarda, televizorlarda va hatto samolyotlarda ham qo‘llanilmoqda.
802. 11 standartlari oilasini Elektrotexnika va elektronika bo‘yicha muhandislar instituti (IEEE) ishlab chiqadi. Yana bir boshqa tashkilo – Wi-Fi Alliance (WECA nomi bilan tanilgan) esa qurilmalarning ushbu standartlarga muvofiqligini ta’minlash uchun sertifikatlashtiris bilan shug‘ullanadi. Shu kungacha alyans tomonidan turli apparatlarga 10 mingdan ortiq sertifikat topshirgan bo‘lib, ularning har biriga Wi-Fi firmali logotipi tushirilgan. Hozirgi kunda 802. 11 ac va 802. 11 ad standartlari to‘liq ishlab chiqilgani yo‘q, shuning uchun ham ularning ma’qullanishiga hali ozroq vaqt bor. Wi-Fi Alliance tashkilotining marketing bo‘yicha direktori Kelli Devis-Felnerning so‘zlariga ko‘ra, 802. 11 ac standarti hozirda uylarda va umumiy Wi-Fi “xot-spot”larida qo‘llaniladigan kirish nuqtasi (Access Point) texnologiyasining o‘rnini egallaydi. Ikkinchi istiqbolli standart – 802. 11 ad esa eng yuqori markaziy chastotaga (60 Ggs) ega bo‘lib, uning yordamida katta hajmdagi ma’lumotlarni, masalan, siqilmagan HD-videolarni o‘tkazish mumki bo‘ladi. 802. 11 ac va 802. 11 ad standartlari bilan bir qatorda ularga hamroh standartlar – masalan, Wi-Fi Direct standarti ham ishlab chiqilmoqda Agar hozirda barcha Wi-Fi qurilmalari kirish nuqtasi yoki router orqali ulanishi shart bo‘lsa, Wi-Fi Direct yordamida esa bir qurilman boshqasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulash mumkin (masalan, kamerani smartfonga ulash). In-Stat agentligining yozishicha, 802. 11 ac standarti ushbu protokolni ham qo‘llab-quvvatlaydi.
Wi-Fi tarmoqlari uchun dasturlar Hozirgi davrda nafaqat umumiy fan va texnika, balki birgina sohaga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'lish ham juda qiyin. Har kuni ko'plab yangi texnologiyalar, qurilmalar, dasturlar paydo bo'ladi va bu son-sanoqsiz yangiliklarni bilib olish uchun ko'p vaqt hamda kuch sarflashga to'g'ri keladi. Bugungi kunda axborot texnologiyalari ham jadal sur'atlarda rivojlanayotganligi hech kimga sir emas. Bu sohaning rivojlanishi bilan kundalik hayotimizga talay imkoniyatlar taqdim etilmoqda. Wi-Fi tarmog'idan foydalanish ham ana shunday qulay imkoniyatlardan biridir. Mazkur tarmoqdan foydalanishda turli dasturlar zarur. Quyida ulardan ayrimlari bilan tanishib o'tamiz. Simsiz aloqa uzoq 1991 -yilda yaratilgan va dastlab kassa xizmatlari tizimi uchun ishlab chiqilgan edi.
O'shanda axborot uzatish tezligi bor-yo'g'i 1 -2 Mbit/s ni tashkil qilar edi. O'tgan davrda Wi-Fi o'zining signallari bilan sayyoramizning millionlab kvadrat kilometr yuzasini qoplashga, axborotlarni uzatish tezligini bir necha bor oshirishga hamda ko'plab sonli foydalanuvchilarni jalb etishga ulgurdi. Bu jarayonlar axborotlarni uzatishning ushbu usulini: tarmoqni ko'p mablag' sarflamasdan yer kurrasining har qanday nuqtasida tashkil qilish imkoniyati; ulanish kabellari yo'qligi sababli mablag'larni tejash; Wi-Fi standartida ishlashni ta'minlaydigan turli ishlab chiqaruvchilarning qurilmalarini keng tarqalishi va ularning bir-biri bilan mos ishlashi; Wi-Fi tarmog'ida rou-mingni ta'minlash kabi so'zsiz ustunliklari evaziga amalga oshdi.
Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Simonovich S. V “Informatika”, “Bazoviy kurs”-SPB. : Piter, 2003 2. Aripov M. “Internet va elektron pochta asoslari”- T. : Uz. MU, 2001 3. Makarova N. V, Matveyev L. A “Informatika”-M. : Finansi i statistika, 2001
E’tiboringiz uchun rahmat!!!
- Slides: 16