3 mavzu Falsafada borliq masalasi va uning tahlili
3 -mavzu: Falsafada borliq masalasi va uning tahlili. Reja: 1) Borliq. Ontologiya-borliq falsafasi. Borliqning asosiy turlari. 2) Olamning asosi haqidagi falsafiy qarashlar. 3) Materiya kategoriyasi. Materiyaning tuzilish va xususiyatlari. 4) Materiya mavjudligining obyektiv shakllari. Harakat. Fazo va vaqt.
ADABIYOTLAR: 1) Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” –T, “ Ma’naviyat ”, 2008 -yil, 18 -28 -betlar. 2) J. Tulenov “Borliq falsafasi”-T, 2001 –yil. 3) B. To’rayev, Borliq: mohiyati, shakllari, hususiyatlari. – T. , 2011 yil 4) K. Tulenova, I. Karimova, S. Valiyeva, M. Tillavoldiyeva Falsafaning umumnazariy masalalari. – T, 2012 yil, 122 -129 betlar. 5) “ Falsafa” M. Ahmedova tahriri ostida- T, 2006 yil 279 -292 betlar. 6) Ibrohim Karimov, M. Rustamova “Falsafa fani tarixi va nazariyasi” -T, 2007 -yil, 147 -154 -betlar. 7) “Falsafa” Ensiklopedik lug`at -T, “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti, 2010 -yil.
borliq materiya substansiya harakat fazo vaqt real borliq virtual borliq mavjudlik tabiat vahdati vujud vahdati mavjud emanatsiya aksidensiya
Chizma-1 Borliq to’g’risidagi qarashlar. Parmenid - (mil. av VI asrning 2 -yarmi V asr boshlari) Platon - (mil. av. taxm. 427 -347 yillar) Aristotel - (mil. av. taxm 384 -322 yillar) Demokrit - (mil. av. taxm 460 -370 yillar) Abu Nasr Forobiy - (873 -950 -yillar) Borliq - olamning markazida turuvchi harakatsiz ulkan shar. “Goyalar dunyosi” va “Soyalar dunyosi” ta’limoti. Borliq - bu moddiy narsalarning obyektiv mavjudligi. Borliq- atomlar majmuidan iborat. Borliq - yagona. U ikki shaklda namoyon bo’ladi: vahdati-vujud, vahdatimavjud. Borliq 6 bosqichdan iborat. Abu Rayhon Beruniy - (973 -1048 yillar) Ingliz olimi Jorj Berkli - (1684 -1753 yillar) va David Yum - (1711 -1771 yillar) Borliq hamma narsaning asosida yotadi. Nemis faylasufi Vilgelm Gegel (1770 -1831 -yillar) Borliq - “Mutlaq ruh” ning namoyon bo’lishi. Materialistik falsafa. Borliqni obyektiv reallik, materiya bilan aynanlashtiradi. Borliq - sezgilar majmuasi.
Chizma-2 Ontologiya – borliq haqidagi falsafiy ta’limot. Borliq Butun mavjudotni, uning o’tmishini, hoziri va kelajagini ifodalovchi tushuncha. Uning asosiy belgisi – mavjudligidir. Borliq barcha mavjud narsalarni o`z ichiga qamrab oladi. Borliq turli asoslarga ko’ra, moddiy va ma’naviy, haqiqiy va mavhum, real va virtual, aktual va potensial turlardan iborat. Barcha mavjud narsalar keng ma’noda “Butun olam” deb yuritiladi. Olam – borliqning asosi - substansiya tushunchasida ifodalanadi. Substansiya barcha narsa va hodisalar asosida yotadigan moddiy yoki ruhiy mohiyat.
Chizma-3 Materiya falsafiy kategoriyasi. Materiya - borliqdagi moddiy narsalar, hodisalar, jarayonlarning umumiy xususiyatlarini ifodalovchi tushuncha. Materiya moddiy borliqni ifodalashga xizmat qiladi. Materiya sifat jihatdan ikki, modda va nomodda ko’rinishida namoyon bo’ladi. Materiyaning nomodda ko’rinishi. Materiyaning modda ko’rinishi. modda maydon antimodda nurlanish Materiyaning tuzilish darajalariga ko’ra turlari. mikrodunyo makrodunyo megadunyo
Chizma-4 Materiya ( moddiy olam) ning o`ziga xos xususiyati 1) Materiya inson ongiga bog’liq bo’lmagan holda mavjud obyektiv reallik. Uni yaratib ham, yo’qotib ham bo’lmaydi. 2) Materiya, ya’ni moddiy olamdagi har qanday narsa va hodisalar doimo harakatda, o’zgarishda, rivojlanishda bo’ladi. Bu materiyaning mavjudlik shakllarida namoyon bo’ladi. 3) Inson o’z faoliyati jarayonida moddiy olamdagi narsa, hodisa, jarayonlarning xossalari va mohiyatini bilib boradi.
Materiyaning namoyon bo`lish shakllari. Harakat (umuman o’zgarish, obyektlarning o’zaro ta’siri) Harakat shakllari: 1) 2) 3) 4) 5) mexanik fizik kimyoviy biologik ijtimoiy Fazo (dunyoni tashkil etuvchi obyektlarning joylashish tartibi, ko’lami va miqyosi) Chizma-5 Vaqt (olamda sodir bo’luvchi hodisalar va jarayonlarning ketma-ketligi davomiyligi)
- Slides: 8