GIMNASTIKA MASHGULOTLARIDA UMUMRIVOJLANTIRUVCHI MASHQLAR URM 1 2 3

  • Slides: 17
Download presentation

GIMNASTIKA MASHG`ULOTLARIDA UMUMRIVOJLANTIRUVCHI MASHQLAR (URM) 1. 2. 3. 4. REJA: Gimnastikaning vujudga kelishi. Umumrivojlantiruvchi

GIMNASTIKA MASHG`ULOTLARIDA UMUMRIVOJLANTIRUVCHI MASHQLAR (URM) 1. 2. 3. 4. REJA: Gimnastikaning vujudga kelishi. Umumrivojlantiruvchi mashqlar UMUMRIVOJLANTIRUVCHI VA ERKIN MASHQLARGA OID TERMINLAR. 1 -9 sinflarda gimnastika va akrobatika mashqlarini o‘rgatish.

GIMNASTIKANING VUJUDGA KELISHI n n Jismoniy tarbiya sifatida gimnastika juda ko‘p vaqtdan buyon rivojlanib

GIMNASTIKANING VUJUDGA KELISHI n n Jismoniy tarbiya sifatida gimnastika juda ko‘p vaqtdan buyon rivojlanib kelgan. Gimnastikaning rivojlanishi janglarni olib borish usullarining, jamiyat to‘zilishining o‘zgarishlariga va inson to‘g‘risidagi ilmlarni rivojlanishiga o‘zviy boglik bo‘lib kelgan. Qadimlardan, qadimiy SHarqda gimnastik mashg‘ulotlari qo‘llanib kelingan. qadim Gretsiyada ham gimnastika jismoniy tarbiya sifatida qo‘llanilgan. Greklar gimnastika deb butun bir jismoniy tarbiya tizimini atashgan, lekin yoshlarning jismoniy tarbiyasiga va ularni musobaqalarga tayyorlashga alohida e’tibor berishgan. SHuning uchun birinchi tizimni gimnastika, ikkinchisini esa agonistika deb atashgan. qadimiy greklarning mashg‘ulotlariga yugurish, sakrash, har xil predmetlarni otish, so‘zish, bug‘doy to‘ldirilgan qoplarni urish kirar edi. Keyinchalik gimnastika Qadimiy Rimda armiyaning jismoniy tarbiyasini kuchaytirishda juda rivojlanadi. Bu erda maxsus gimnastik moslamalar qo‘llaniladi, masalan, otda chavandozlarning yurishinn o‘rgatish uchun yog‘och ot, nayza, pichoq sanchishni o‘rgatish uchun yog‘och moslamalar, dushman istehkomini zabt etish uchun zina va narvonlar.

Umumrivojlantiruvchi mashqlar – tananing alohida qismlarining harakati yoki bu harakatlarni qо‘shilmasi bо‘lib, turlicha tezlikda,

Umumrivojlantiruvchi mashqlar – tananing alohida qismlarining harakati yoki bu harakatlarni qо‘shilmasi bо‘lib, turlicha tezlikda, amplitudada va muskullarning zо‘riqish darajasi turlicha tarzda bajariladi. Bu mashqlar jismoniy sifatlarni tarbiyalash, tо‘g‘ri qomatni shakllantirish va о‘quvchilarni yanada murakkabroq harakat elementlarini, kо‘nikmalarini egallashga tayyorlash maqsadida qо‘llaniladi. Tananing alohida qismlari va muskullar guruhiga tanlab-tanlab ta’sir kо‘rsatish (kо‘pincha) uchun ham foydalanish mumkin. Shuning uchun mashqlarni kvalifikatsiyalash asosiga anatomik belgi qо‘yilgan: qо‘llar va yelka kamari, tana va bо‘yin, oyoq muskullari, butun tana muskullari uchun. Bundan tashqari barcha mashqlar kuch, egiluvchanlik, harakatlar tezkorligi, epchillik, muskullarni bо‘shashtirish qobiliyatini tarbiyalash, tо‘g‘ri qomatni shakllantirish mashqlariga bо‘linadi. Umumrivojlantiruvchi mashqlar harakatlar majmuasi kо‘rinishida qо‘llaniladi. Majmuaga kiritiladigan mashqlar о‘quvchilar organizmiga har tomonlama ta’sir kо‘rsatish kerak. Shu maqsadda ular tanasining turli qismlari bilan, turli yо‘nalishda, о‘zgaruvchan tezlikda va muskullarni turlicha kuchantirgan holda bajariladi. Majmuadagi mashqlarni gigiyena gimnastikasi uchun 1 tadan 15 tagacha, jismoniy tarbiya (gimnastika) darsining tayyorlovchi qismi uchun 10 -15 tagacha, atletik gimnastika uchun 15 dan ortiq bо‘lishi mumkin.

ERTALABKI GIMNASTIKA – MAJMUASINING MASHQLARINI QUYIDAGI KETMA-KETLIKDA BAJARISH TAVSIYA ETILADI: n n n Qо‘l-oyoqni

ERTALABKI GIMNASTIKA – MAJMUASINING MASHQLARINI QUYIDAGI KETMA-KETLIKDA BAJARISH TAVSIYA ETILADI: n n n Qо‘l-oyoqni yozish mashqlari (umurtqa pog‘onasini tо‘g‘rilash va qomatning tо‘g‘rilanishini his qilish); Butun organizmning funksional faoliyatini yaxshilash uchun umumiy ta’sir qiluvchi bir-ikkita mashq (tana, oyoqlar muskullarining katta guruhi ishtirok etadi); Turli guruh muskullari uchun mashqlar turlari, bunda tananing turli qismlari ketma-ket jalb qilinadi va jismoniy yuklanish sekin-asta orttirib boriladi; Tananing barcha qismlari uchun jadal mashqlar (sakrash, yugirish, tez-tez о‘tirib turish); Yurish va yugurish; Muskullarni bо‘shashtirish va nafasni rostlash mashqlari.

Kundalik gimnastika suvli muolajalar, о‘z-о‘zini massaj qilish bilan tugallanadi. Jismoniy arbiya dasturiga mos ravishda

Kundalik gimnastika suvli muolajalar, о‘z-о‘zini massaj qilish bilan tugallanadi. Jismoniy arbiya dasturiga mos ravishda ertalabki gimnastika odatda, ochiq havoda (chidamlilik va yugurish mashqlari) bilan о‘tkaziladi. Gimnastikaning umumiy davomiyligi 30 daqiqagacha chо‘zilishi mumkin. Qizlar uchun ertalabki gimnastika mashqlarining namunaviy majmuasi (2 -rasm).

Qizlar uchun ertalabki gimnastika mashqlari n n Oyoq –qо‘lni chо‘zish (har tomonga 4 martadan).

Qizlar uchun ertalabki gimnastika mashqlari n n Oyoq –qо‘lni chо‘zish (har tomonga 4 martadan). Dastlabki holat: asosiy turish. 1. Qо‘llar boshning orqasiga qо‘yiladi. 2. Oyoq uchlarida turib chap tomonga yarim buriling, 3. Qо‘llar ochiladi (nafas oling), 4. Oyoq kaftlariga turib, qо‘llar boshning orqa qismiga qо‘yiladi. 5. Dastlabki holat. 6 -8. Shuning о‘zi boshqa tomonga takrorlanadi. О‘tirib turishlar (4 martadan). Dastlabki holat. 1. Oyoq uchida turib, qо‘llar yuqoriga chо‘ziladi (nafas oling). 2 -3. Ikki marta о‘tirib turish (prujinasimon). 4. Dastlabki holat. 5 -6. Sekin о‘tiring, qо‘llar belda. 7 -8. Dastlabki holat.

n n n Egilishlar (oldinga) 4 marta. Dastlabki holat. Asosiy turish. 1. Kaftlarni old

n n n Egilishlar (oldinga) 4 marta. Dastlabki holat. Asosiy turish. 1. Kaftlarni old tomonga qaratgan xolda qо‘llarni yuqoriga kо‘tarib, yoysimon orqaga egiling. 2 -3. Oldinga ikki marta egilib, qо‘llarni (kaftlarni) polga tekkizing. 4. Rostlaning, qо‘llarni yon tomonga yoyiladi. 5 -6. Oldinga egiling. 7 -8. Dastlabki holat. Yon tomonga egilish (har tomonga 4 martada). Dastlabki holat. 1. Chap oyoqning uchiga turib, yon tomonga egiling, qо‘llar yon tomonga uzatiladi. 2 -3. Chap tomonga 2 marta prujinasimon egiling, о‘ng qо‘lni yuqoriga chо‘zing, chap qо‘l belga qо‘yiladi (chap yelka orqali chap oyoq uchiga qarang). 4. Dastlabki holat. 5 -8. Shuning о‘zi boshqa tomonga takrorlanadi. Tanani doirasimon harakatlantirish (har tomonga 4 martadan). Dastlabki holat. 1. Chap oyoqning uchi orqa tomonga chо‘ziladi, qо‘llarni yon tomonga uzatib, kaftni yuqoriga qaratiladi. 2. Chap oyoqni oldinga uzatib, oyoq ostiga chapak chalinadi. 3. Chap oyoq uchini orqaga chо‘zib, qо‘llar yon tomonlarga chо‘zilib, kaftlar yuqoriga qaratiladi. 4. Dastlabki holat. 5 -8. Shuning о‘zi boshqa oyoq bilan takrorlanadi.

Yotgan holda qо‘llarni bukish (4 marta). Dastlabki holat. 1. О‘tiriladi. 2. Yotiladi. 3. Qо‘llrni

Yotgan holda qо‘llarni bukish (4 marta). Dastlabki holat. 1. О‘tiriladi. 2. Yotiladi. 3. Qо‘llrni bukib, chap oyoq orqa tomonga uzatiladi. 4. Yotiladi. 5 -6. Qо‘llarni egib, о‘ng oyoq orqa tomonga uzatiladi va yotiladi. 7. О‘tiriladi. 8. Dastlabki holat. 15 daqiqa sekin yurish va yugirish (goh bir, goh ikkinchi oyoqda sakrash, ikkala oyoqda xar xil sakrash). Muskullarni bо‘shashtirish va nafasni rostlash mashqlari

Utirishlar — erda yoki gimnastika snaryadlarida o‘tirish holatlari. Utirishning quyidagi turlari bor: o‘tirish oyoqlarni

Utirishlar — erda yoki gimnastika snaryadlarida o‘tirish holatlari. Utirishning quyidagi turlari bor: o‘tirish oyoqlarni kerib o‘tirish (56, rasm), burchakli o‘tirish (5 v, ras^i), oyoqlarni kerib burchakli o‘tirish, buqilib o‘tirish (5 g, rasm), oyoqlarni quchoqlab o‘tirish (5 d, rasm), tovonlarda yoki o‘ng tovonda (5 e, rasm), o‘tirish, sonda o‘tirish va boshqalar CHo‘qqayish — shug‘ullanuvchining oyog‘^lary bukilgan holat (6 a, rasm), yarim cho‘qqayish (66, rasm), do‘ngsimon cho‘qqayish, do‘ngsimon yarim cho‘qqayish (6 v, rasm), ortga engashib yarit cho‘qqayish (6 g, rasm), zngashib yarim cho‘kqayish va bu «suzuvchi starti» deb ham yuritiladi, (6 d, rasm), o‘ng yoki chap oyoqda yarim cho‘qqaynsh, o‘ng (6 e, rasm) yoki chap oyoqda cho‘qqayish va boshqalar.

1 -9 sinflarda gimnastika va akrobatika mashqlarini о‘rgatish Barkamol avlod orzusi – eng ulug‘

1 -9 sinflarda gimnastika va akrobatika mashqlarini о‘rgatish Barkamol avlod orzusi – eng ulug‘ orzu. О‘zbekistonning kelajagi buyuk ekaniga qathiy ishonch bilan yashayotgan xalqimizning orzusi bu. Prezidentimiz tahkidlaganidek, “Nimani о‘z oldimizga maqsad qilib qо‘ymaylik, qanday buyuk ishlarni amalga oshirishga intilmaylik, barcha olijanob harakatlarimizning negizida, barcha ezgu niyatlarimizning zamirida farazandlarimizni ham jismonan, ham mahnaviy jihatdan sog‘lom qilib о‘stirish, hech kimdan kam bо‘lmaydigan avlodni tarbiyalash orzusi mujassamdir”. Gimnastika bilan maktabgacha yoshdagi ta’lim muassasalarida, maktablarda, jismoniy tarbiya va sport jamiyatlarida, ishlab chiqarish korxonalarida va turli tashkilotlarda keng shug‘ullaniladi. Ushbu sport turining keng yoyilganligiga sabab vositalarning barchaga tushunarli va hilma-xil ekanligida, jismoniy tarbiyaning turli vazifalarni hal qilish uchun mashqlar tanlash imkoniyati katta ekanligidadir.

n n n Gimnastika mashg‘ulotlarida hayotiy zarur malaka va kо‘nikmalar orttiriladi va takomillashtiriladi. “Alpomish”

n n n Gimnastika mashg‘ulotlarida hayotiy zarur malaka va kо‘nikmalar orttiriladi va takomillashtiriladi. “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus test sinovlariga gimnastikadan nazorat mehyorlari kiritilgan. Gimnastika mashqlarining sog‘lomlashtirish ahamiyati katta bо‘lib, shug‘ullanuvchilarni estetik tarbiyalashning samarali vositasi hisoblanadi. Mashqlarni bajarish texnikasining gimnastikaga xos uslub talab qiladigan darajada mukammal bо‘lishi uchun harakatlar ravon va ifodali bо‘lishi, ijrochining harakatlari о‘ziga yarashadigan, nafis bо‘lishi kerak. Gimnastika mashqlari bilan shug‘ullanish natijasida kelishgan qomatga ega bо‘linadi, gavda tuzilishidagi nuqsonlar tuzaladi, gavdani ayrim bо‘g‘inlari rivojlanishida yaxshi mutanosiblikka erishiladi. Foydalaniladigan mashqlarning hajmi butun organizmga ta’sir kо‘rsatish va muskullar hamda organlarning alohida guruhlarini rivojlantirish, bolaning jinsini, yoshini, jismoniy tayyorgarlik darajasini hisobga olgan holda bajariladigan mashqlarni boshqarish imkonini beradi.

Gimnastika – bu harakatar majmui bо‘lib, har qanday kasb egasi uchun zarur bо‘lgan yuqori

Gimnastika – bu harakatar majmui bо‘lib, har qanday kasb egasi uchun zarur bо‘lgan yuqori harakat imkoniyatini tahminlaydi. Gimnastika mashg‘ulotlarida muhim amaliy malaka va kо‘nikmalar: tо‘g‘ri yurish, yugurish, sakrash, tо‘siqlardan о‘tish, arqonlar va uzun yog‘ochlarga tortilib chiqish, emaklab о‘tish, og‘irliklarni kо‘tarish va bir joydan ikkinchi joyga kо‘chirish va h. k. shakllantiriladi. Gimnastika mashg‘ulotlarida iroda, estetika va boshqa kо‘plab sifatlar, shu jumladan insonda harakatlanish apparatining turli qismlari hatti- harakatlarini bir-biriga moslashtirish qobiliyati rivojlantiriladi. Bu esa inson kundalik hayotida, turmushida, mehnat qilishida va sport faoliyatida duch keladigan murakkab harakatlarni egallashga yordam beradi. Gimnastika jismoniy tarbiya sifatida kо‘p asrlik tarixga ega. Bizning mamlakatimizda XX asr о‘rtalarida gimnastika bilan shug‘ullanish uchun katta imkoniyatlar tug‘ildi. Shundan buyon о‘quvchi yoshlarni jismoniy tarbiyalashda gimnastikadan keng foydalaniladi. Qо‘llanma maktab jismoniy tarbiya о‘qituvchilari, sport murabbiylari uchun mо‘ljallangan.