Quyosh Sayyoralar Oy Quyosh va sayyoralarning kelib chiqishi
Мавзу: Quyosh. Sayyoralar. Oy. Quyosh va sayyoralarning kelib chiqishi haqidagi gipotezalar
REJA: 1 Quyosh 2 Sayyoralar 3 4 Oy Quyosh va sayyoralarning kelib chiqishi haqidagi gipotezalar.
Fotosfera Xromosfera Yadro Quyosh toji Yorug’lik Ichki sayyora Tashqi sayyora Issiqlik Sayyoralar Oy Quyosh Sinodik Tayanch so’z va iboralar Siderik va h. k.
Blits savol 1. Quyosh - ? 2. Quyosh tizimi- ? 3. Sayyoralarning harakati- ? 4. Oy - ? 5. Quyosh va sayyoralarning vujudga kelishi haqidagi gipotezalar-?
QUYOSH
QUYOSH Ø diametri 1 mln. 391 ming km; Ø Zichligi Yernikidan 4 marotaba kichik. Ø Quyosh massasi - u butun Quyosh tizimi massasining 99, 80 % ini tashkil qiladi; Ø Quyoshning yuzasi Yer yuzasidan 12 ming marta, Ø hajmi esa 1 mln. 300 ming marta katta; Ø Quyosh diametri Yernikidan 109 marta katta; Ø Quyosh yuzasidagi tortishish kuchi Yer yuzasi tortishish kuchidan 25 marta ko’p; Ø yuzasidagi harorat 5700°C; Ø markazida harorat 15 -20 million daraja, Ø bosim 300 mlrd. atmosferaga teng.
DIQQAT TOPSHIRIQ ! YODDA TUTUNG Quyosh nuri Yerga 8 minut 8 sekundda yetib keladi.
QUYOSHNING ICHKI TUZILISHI
QUYOSHNING ICHKI TUZILISHI Yadro - Quyoshning markazi bo’lib, unda bosim va harorat juda yuqori, natijada doimo yadro reaktsiyalari sodir bo’lib turadi. Yadro deyarli ko’zga ko’rinmaydigan va harakatsiz o’ta yuqori haroratga ega bo’lgan gazlardan iborat. Issiqlikni nur orqali taralashi oblasti- issiqlikni tashqi qobiqlarga uzatilishi nur yordamida amalga oshiriladi, bunda gazlar harakatsiz qoladi. yadrodan issiqlik nur oblastiga qisqa to’lqinli diapozonlarda keladi (gamma nur taratish), ketishda esa uzun to’lqinli (rentgenli) diapozonlarda ketadi, Konvektiv zona -issiqlikni nur yordamida tashilish oblastining tepasida joylashgan. Issiqlikning konvektiv harakati Quyoshning markazi va tashqarisida bosim va haroratning farqlari tufayli
Quyosh atmosferasi Fotosfera. Quyosh atmosferasinig quyi qatlami. Bevosita konvektiv oblastining tepasida joylashgan. Fotosfera qizigan, ionlashgan gazlardan iborat. Uning quyi qismida (asosida) harorat 6000 daraja, yuqori qismida esa 4500 daraja. Fotosfera juda yupqa gaz qatlamidan iborat; Xromosfera. Quyosh to’la tutilganda qoraygan doiraning eng chekkasida och qizil yog’du ko’rinadi. Ana shu yog’du xromosfera deyiladi. U fotosferanung tepasida joylashgan. Quyosh toji -joylashg. Quyoshning tashqi atmosferasi hisoblanadi. U juda siyrak ionlashgan gazlardan iborat. Quyosh tojining tashqi qatlamlari koinotga toj gazlarni tarqatadi. Mazkur gazkar Quyosh shamoli deb ataladi.
QUYOSH ATMOSFERASINING TUZILISHI
SAYYORALAR Sayyoralar Quyosh tizimidagi sovuq osmon jismlaridir. Sayyoralar Quyosh tizimida joylashgan o’rni, o’rtacha zichligi, o’z o’qi va Quyosh atrofida aylanishi, yo’ldoshlari soniga ko’ra bir-biridan farq qiladi
SAYYORALARNING GURUHLARI kichik ichki sayyoralar tashqi sayyoralar o’rtacha zichligi katta, o’z o’qi atrofida sekin aylanadigan, yo’ldoshlari kam (yoki butunlay yo’q) sayyoralardir. Ular: Merkuriy (Atorud), Venera (Zuhra), Yer Mars (Mirrix) o’rtacha zichligi kichik o’z o’qi atrofida tez aylanadigan, yo’ldoshlari ko’p bo’lgan katta sayyoralar. Ular: Yupiter (Mushtariy), Saturn (Zuhal), Uran, Neptun
Quyoshga eng yaqin va eng kichik sayyora. Quyoshdan 58 mln. km uzoqlikda joylashgan. Merkuriyning og’irligi Yernikidan 20 barobar kam. U Quyosh atrofida 88 Yer sutkasi davomida bir marta aylanib chiqadi, ammo o’z o’qi atrofida juda sekin aylanadi. Shu tufayli uning bir tomoni uzoq vaqt Quyosh tomonidan kuchli qizdirilsa (+1500 C), bir tomoni uzoq vaqt mobaynida kuchli soviydi (– 2400 C ). Oqibatda sutkalik haroratlar farqi juda katta bo’lgani uchun kuchli nurash jarayoni ro’y beradi. Merkuriy atmosferasida azot, is gazi, atomar vodorod, argon va neon borligi aniqlangan MERKURIY
VENERA Sayyoralar ichida eng yorug’i, uni oddiy ko’z bilan ko’rish mumkin. Shu sababli uni qadimiy greklar «nahorgi yulduz» yoki «tonggi yulduz» , yoki «yorug’lik keltiruv-chi» deb ataganlar. Quyoshgacha bo’lgan masofasi 108 mln. km. Yer sutkasi hisobida o’z o’qi atrofini 24 soat 37 minutda, Quyosh atrofini 224, 7 sutkada aylanib chiqadi. Harorat 235°C, sayyora yuzasida esa harorat +485°C gacha qizib ketadi, bosim esa 90 -95 atm. ga teng. Atmosferasi asosan is gazidan iborat (93 -97 %), kislorod juda kam (0, 5 %), azot esa 2% atrofida, eng yuqori qismlari atomar vodoroddan iborat
YER Yer Quyosh tizimidag hayot mavjud sayyoradir Yer Venera va Mars sa orasida joylashgan tizimidagi uchinchi sa Quyoshdan 149, 6 uzoqda joylashgan s jismdir
MARS Mars Yerdan ancha kichik-diametrining uzunligiga ko’ra ikki hissa, massasiga ko’ra to’qiz marta kichik. O’z o’qi atrofida 24 “ soat 37 minutda aylanadi. Bunday harakat Mars yuzasini sutka davomida isish va sovish vaqtlarini almashinishi uchun qulay sharoit tug’diradi. Marsning bir yili 687 sutkaga teng. U Yerga nisabatan 2 marta kam issiqlik oladi. Mars atmosferasi Is gazi va azot (95%), kislorod (0, 1%), suv bug’lari esa 0, 05% ni tashkil qiladi, qisman argon va azot mavjud. Marsning Fobos va Deymos deb ataluvchi yo’ldoshi bo’lib, yuzasida kraterlar ko’p.
YUPITER Yupiter diametri Yer diametridan 11 marta, massasi Yer massasidan 318 marta, hajmi Yer hajmidan 1300 marta katta. Uning Quyosh atrofida aylanish davri qariyb 12 Yer yiliga “ yaqindir. Ekvatorial radiusi (714000 km) qutb radiusidan (669000 km) 45 000 km uzundir. Harorati -1550 C. Bulut qatlamidan pastroqda atmosfera zichroq va issiqroq bo’lib qoladi. Yupiterning 16 ta yo’ldoshi bor, ularning eng yirigi – Ganimed Merkuriy sayyorasidan kattadir.
SATURN Kattaligi va massasiga ko’ra Quyosh tizimidagi sayyoralar ichida ikkinchi o’rinda turadi. Hajmi Yer hajmidan 760 marta, massasi Yer massasidan 93, 2 marta katta, o’z o’qi atrofida aylanish tezligi Yernikidan 2, 3 marta tez. Saturn zichligi butun sayyoralar orasida eng kichik bo’lib, 0, 7 g/sm 3 ni tashkil etadi. Atmosferasi asosan vodorod va geliydan, qisman metan, ammiak va etan gazlaridan iborat. Saturn yuzasi harorati -123 darajani tashkil qiladi. Saturnda 18 ta yo’ldoshi mavjud.
DIQQAT TOPSHIRIQ ! YODDA TUTUNG Saturnning TITAN nomli yo’ldoshi Quyosh tizimidagi eng yirik yo’ldosh hisoblanadi (diametri 4758 km. ).
URAN 1781 yilda kashf etilg Yerdan faqat teleskop or mumkin. Urandan bo’lgan masofa 870 mln atrofida Quyoshga nisb tomonga aylanadi. Ur atrofida tez (10 soat aylanganligi sababli ikki Uran Quyosh nurlarin miqdorda oladi, unin harorat -2100 C bo atmosferasi metan (84 (2%).
NEPTUN Quyosh atrofida 165 Yer yilida bir marta aylanib chiqadi. Neptun ammiak (74%) va og’ir metallardan (26%) iborat, degan taxmin mavjud. U Quyoshdan kam energiya olganligi sababli yuzasida harorat -2920 C. Uning 17 ta yo’ldoshi bor, ularning orbita tekisliklari Uran orbitasi tekisliklariga deyarli tik. Ulardan biri Triton eng yirik yo’ldoshlar toifasiga kiradi, teskari aylanadi.
OY Oy Yerning tabiiy yo’ldoshi, Y bo’lgan mustaqil osmon jism diametri Yernikidan to’rt marta kichik. Oyning o’rtach g/sm 3 bo’lib, Yernikidan ka diametri 3476 km, og’irligi Y 81, 5 marta kam. Oyning Yer atrofida ayl siderik oy yoki yulduz oyi de sutkaga teng. Oyning Yer atrof nisbatan aylanish davriga sinod va u 29, 5 sutkaga teng. Sinodi bir xil fazalari orasidagi o’tgan
OY FAZALARI
P. Laplas gipotezasi (1795 yili frantsuz matematigi va astronomi ) Quyosh tizimi avval aylanuvchi, o’ta siyrak, qizigan changlardan iborat bo’lib, uning markazida changlikning (tumanlikning) o’zagini tashkil etuvchi juda quyuq gazsimon moddalar zich holatda to’plangan. Mazkur tumanlikning tobora sovushi va siqilishi oqibatida uning tezligi kuchaygan. Shuning natijasida uning aylanishi yanada tezlashadi, markazdan qochma kuchlar tortish kuchidan ustun kelgach, tumanlikdan turli vaqtda gazsimon halqalar ajralib chiqib keta boshlagan. Ajralib chiqqan halqalardan sayyoralar hosil bo’lgan. P. S. Laplasning fikricha tumanlikning markaziy sharsimon yirik qismi Quyosh, undan ajralib chiqqan halqalar esa sayyoralarni va ularning yo’ldoshlarini keltirib chiqargan. 1795 yili frantsuz matematigi va astronomi P. Laplas yaratadi. Uning fikricha Quyosh tizimi avval aylanuvchi, o’ta siyrak, qizigan changlardan iborat bo’lib, uning markazida changlikning (tumanlikning) o’zagini tashkil etuvchi juda quyuq gazsimon moddalar zich holatda to’plangan. Mazkur tumanlikning tobora sovushi va siqilishi oqibatida uning tezligi kuchaygan. Shuning natijasida uning aylanishi yanada tezlashadi, markazdan qochma kuchlar tortish kuchidan ustun kelgach, tumanlikdan turli vaqtda gazsimon halqalar ajralib chiqib keta boshlagan. Ajralib chiqqan halqalardan sayyoralar hosil bo’lgan. P. S. Laplasning fikricha tumanlikning markaziy sharsimon yirik qismi Quyosh, undan ajralib chiqqan halqalar esa sayyoralarni va ularning yo’ldoshlarini keltirib chiqargan.
Kant va Laplas gipotezasi Quyosh yaqinidagi sayyoralar I. Kant fikriga ko’ra tortish va itarilish kuchlari ta’sirida vujudga kelgan. P. S. Laplas fikricha esa, sovish va zichlanish oqibatida aylanma harakatlar vujudga kelgan, hamda aylanuvchi halqasimon zichroq moddalar to’plami paydo bo’lgan. So’ngra har bir halqaning asosiy massasi sferik jism-sayyora bo’lib to’plangan, qolgan kamroq massasidan yo’ldoshlar paydo bo’lgan.
O. Yu. Shmitd nazariyasi sayyoralar qanday zarralar to’plamidan kelib chiqqan bo’lsa, kichik sayyoralar (asteroidlar) bilan komietalar ham huddi shunday to’plamdan, ammo zarralar u qadar zich bo’lmagan va ularning yopishish jarayonini kichik jismlar hosil qilishi lozim bo’lgan joyda kelib chiqqan.
Yu. Shmid nazariyasining afzalliklari a) Galaktikalardagi sayyoralar tizimining paydo bo’lishi tasodifiy emas, balki qonuniy va muqarrar hodisadir, chunki qoramtir (o’zidan nur chiqarmaydigan) kosmik modda bulutlari juda ko’p va yulduzlarning bunday bulut bilan uchrashishi tez-tez bo’lib turadigan hodisadir deb qaraydi; b) Quyosh tizimidagi hamma jismlarning (sayyoralar, ularning yo’ldoshlari, asteroidlar, kometalar) paydo bo’lishi qandaydir yagona jarayon deb hisoblaydi; v) Quyosh tizimidagi hamma asosiy xususiyatlarni yaxshi tushuntirib beradi.
Тest 1. Quyosh atrofida 165 Yer yilida bir marta aylanib chiqadigan sayyora A. Neptun B. Yupiter C. Saturn D. Pluton МУАММОЛИ ВАЗИЯТ Nima sababdan qutb Oy fazalari hosil bo’ladi? 2. Oyning Yer atrofida Quyoshga nisbatan aylanish davriga qancha? A. 29, 5 sutka B. 27, 3 sutka C. 24 sutka D. 29 -30 sutka Simtom Yer Oyning yo’ldoshi bo’lganda , uning tabiati qanda bo’lishi mumkin? AMALIY KO’NIKMA Dekart-Kant-Laplas gipotezalarining farqlarini aytib bering 29
DIQQAT UYGA VAZIFA Quyosh. Sayyoralar mavzusiga “tushunchalar tahlili” jadvalini to’ldiring.
TUSHUNCHALAR TAHLILI Tushunchalar mazmuni TUSHUNCHALAR TAHLILI Yer harakatining geografik oqibatidagi о‘rni Qо‘shimcha fikrlar
Foydalanilgan adabiyotlar Asosiy adabiyotlar: Vaxobov X, Abdunazarov O’, Zaynutdinov, Yusupov R. , Umumiy Yer bilimi. “Sharq” T. 2005. 30 -41 - bet. Qo’shimcha adabiyotlar: Баратов П. Ер билими ва ўлкашунослик. Т. Ўқитувчи, 1990. 15 -34 бет. Шубаев Л. П. Умумий ер билими. Т. Ўқитувчи 1974. 32 -39 бет. www. nuu. uz/faculties/geography/ www. tdpu. uz www. Ziyonet. uz http: //pedagog. uz/libr
E’tiboringiz uchun raxmat
- Slides: 33