Mavzu Qushlarning kopayishi rivojlanishi va kelib chiqishi Darsning
Mavzu: Qushlarning ko'payishi, rivojlanishi va kelib chiqishi
• Darsning maqsadi: • A) Ta’limiy: -qushlarning ko’payishi va rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlari, sudralib yuruvchilar bilan filogenetik yaqinligi to’grisida tushuncha hosil qilish. • B) Tarbiyaviy: -vatanparvarlik tuyg’usini kamol toptirish. O’quvchilar ongiga Milliy va umumbashariy qadiriyatlarni singdirish. • S) Rivojlantiruvchi: -mustaqil dunyoqarash va erkin tafakkurni shakillantirish, tarixiy xotiraga sadoqat, muqaddas qadriyatlarimizni asrab avaylash va rivojlantirish. O’quvchilarni parandachilik, o’qituvchilik, shoirlik , shifokorlik kasblariga qiziqtirish. • • Darsning turi: Yangi bilim berish. Darsning usuli: og’zaki, amaliy. Darsning uslubi: Interfaol, charhpalak. Dars jihozi: rasmlar, maketlar, kompyuter, test tarqatmalari, boshqotirmalar, qafasdagi kushlar, tuxum.
Darsning tuzilishi va vaqt taqsimoti: • • • I. Tashkiliy daqiqa. a) Salomlashish. Pisixologik iqlim yaratish. b) Aqliy hujum. Otilgan mavzunu takrolash. ( 2 daqiqa) ( 3 daqiqa) • • • II. Yangi mavzu bo’yicha guruhlar bilan ishlash. a) Qushlarning juft hosil qilishi va uya qurishi. b) Qushlar tuxumining tuzilishi. v) Jo’ja ochadigan va jish jo’ja ochadigan qushlar. s) Qushlarning nasliga g’amxo’rlik qilishi. d) Qushlarning kelib chiqishi. ( 5 daqiqa) ( 5 daqiqa) • • • III. Mustahkamlash. a) Krosvvord yechish. b) Slayd orqali test yechish. v) Guruhlarni ishini rag’batlantirish. s) Darsga yakun yasash , uyga vazifa berish. (3 daqiqa) (2 daqiqa) ( 2 daqiqa)
“Qushlar tilga kirganda” Keng quloch yozib, bahorni kutib Qushlar kunini o’tkamoqdamiz. Qush haqida olgan bilimni, Amaliy jihatdan pishirmoqdamiz. Odam do’sti qaldirg’och Ko’zlari kular qiyg’och. Bola ochar ko’klam yoz Ini loy oy nusha soz Tut pishig’i pallasi Yangrasa qush yallasi Bilingki men kelganman Hashorotu-qo’ng’izlar Ko’sak qurti yovuzlar Adabini berganman. Qushimni bo’yi navcha Tumshug’I tarnovcha Juda uzun oyog’I Ola bula har yog’i
i icha n t g iya yan iy m ja va isod da igan , iqt a j ra irad oiy a d elt tim n a ar k y, ij g a ar si ir. m o l z d y i ut iga a si elik k z- lar dig qiy o ir bha day vo q Inqiroz –malum In ja un bir sohaning ha iyat c r l tanazulga yuz tutishi. ba fao 1. Siyosiy 2. Iqtisodiy. 3. Moilaviy.
• • • Ko'payish davri. Qishki sovuq kunlar o'tib, havo isiy boshlashi bilan qushlar ko'payishga tayyorgarlik ko'ra boshlaydi. Ayrim qushlar erta bahorda, boshqalari esa bahornirlg o'rtalarida ko'payishga kirishadi. Qushlarning ko'payish davri tuxumdan chiqadigan jo'jalar uchun oziqning mo'1 -ko'l bo'lishiga bog'liq. Juft hosil qilishi. Ko'pchilik qushlarning erkagi va urg'ochisi ko'payish davrida juft hosil qiladi. /Maydaroq qushlar, masalan, ko'pchilik chumchuqsimonlar va musichalarning jufti faqat bir mavsum, yirtqichlar va boshqa yirik qushlar (laylaklar, qarqaralar) jufti uzoq yillar davomida saqlanib qoladi. Bir qancha qushlar bitta erkak va bir necha urg'ochilardan iborat gala hosil qiladi. Ayrim tovuqsimonlar (qurlar, karqurlar) vaqtinchalik juft hosil qiladi. Qushlar jufti saralanib tanlanadi. Erkak qushlar juftlanish oldidan sayraydi yoki raqsga tushayotgandek harakatlar qilib, urg'ochisini taklif etadi. Karqurlar va qurlarning xo'rozlari ochiq maydonda o'zaro bans qilish uchun to'planishadi. Ular qanotlari va dumini yoyib, o'zini ko'rsatishga harakat qiladi. Bu vaqtda ular o'rtasida qisqa muddatli jang ham bo'lib o'tadi. Uya qurishi. Ko'pchilik qushlar tuxum qo'yish uchun uya quradi (87 -rasm). Yirtqich qushlar, laylaklar, kaptarlar, go'ngqarg'alar novda va butoqlardan oddiy kosasimon uya quradi. Qizilishton va chittak kabi o'rmon qushlari daraxtlarning kovagida, o'rdak va turnalar yerda uya quradi. Qishloq qaldirg'ochlari uylarning bo'g'oti ostidagi yog'och to'sinlar ustiga yoki devorga yumaloqlangan loyni so'lagi bilan yopishtirib uya quradi. Ayrim qushlar, masalan, kakku, kayra uya qurmaydi. Kakku tuxumini boshqa qushlarning uyasiga tashlab ketadi. Kayra yalong'och qoyaga tuxum qo'yib, uni bosib yotadi. • • • 87 -rasm. Qushlar uyasi: 1 - ko'rgalak; 2 – vahma qush; 3 - qizilto'sh; 4 - qaldirg'och.
Qush tuxumining tuzilishi 1 - Po’choq, 2 -po’choqosti pardasi, 3 -havo kamerasi, 4 -suyuq oqsil, 5 -oqsil kanopcha, 6 sariqlik parda, 7 -sariqlik, 8 -murtak diski. Qush tuxumi sariqlik va oqsilga boy bo’lib, qattiq ohak po’choq bilan qoplangan. Po’choq ostida ikki qavatli oqsil parda, sariqligi ustida esa murtak diski bor. Murtak diskidan embrion rivojlanadi. Jo’ja ochish hususiyatiga ko’ra qushlar jish bola ochuvchi (kaptar, qarg’a, qizilishton, chumchuq, musicha, bulbul, laylak, yirtqich qushlar) va jo’ja ochuchi (tovuq, o’rdak, bedana, g’oz, kaklik, oqqush) larga ajratladi. Jish bola ochuvchi qushlar tuxumdan chiqqan bolasining ko’zo yumuq, tumshug’i sarg’ish, quloq teshiklari berk, tanasi patsiz bo’ladi, yurolmaydi. Jish bola ochuvchi qushlar uya qurib bolasini boqadi.
Jo'ja ochadigan va jish bola ochadigan qushlar. • • Qirg'ovul, bedana, o'rdak, g'oz va tovuqlarning tuxumdan chiqqan jo'jalarining tanasi par bilan qoplangan va ko'zi ochiq bo'ladi; jo'jalar ko'p o'tmay onasi orqasidan yugurib ketadi. Jlar jo'ja ochadigan qushlar deyiladi. Kaptar, qaldirg'och, chumchuq, qarg'a, musicha, laylak hamda barcha yirtqich qushlarning tuxumdan chiqqan jo'jalarining ko'zi yumuq, quloq teshigi yopiq; yalong'och tanasi siyrak mayin parlar bilan qoplangan bo'ladi. Ularni ota-ona qushlar boqadi. Sunday qushlar jish bola ochadigan qushlar deyiladi. • Nasliga g'amxo'rlik qilish. • • Qushlarning nasliga g'amxo'rlik qilishi tuxum bosish, jo'jalarni boqish, isitish va ularni himoya qilishdan iborat. Ona qushlar biron xavf tug'ilganida dushmaniga tashlanib, jo'jalarini himoya qiladi. Birgalikda uya quradigan qushlar, masalan, chug'urchuqlar dushmanini sezganida ovozining boricha shovqin solib, boshqa qushlarni yordamga chaqiradi. Jo'ja ochadigan qushlarning urg'ochisi xavf tug'ilganida tovush bilan jo'jalarini ogohlantiradi; jo'jalari darhol bekinib oladi. Ona qush esa dushmanga tashlanadi. Yo'rg'a tuvaloqning urg'ochisi yirtqich hayvonning e'tiborini o'ziga tortish va jo'jalaridan uni nariroqqa olib ketish uchun nayrang ishlatadi. U yaralangan holatga kelib qanotlarini sudraganicha yirtqichning oldiga tushib yugura boshlaydi. Qushlar oziq bo'ladigan narsa topganida ham ovoz chiqarib, jo'jalarini chaqirib oladi.
Qushlarning kelib chiqishi. • Qushlar qadimgi sudralib yuruvchilardan kelib chiqqan. Eng qadimgi qush arxeopteriksning toshga aylangan suyak va patlari topilgan (89 -rasmlar). Jag'lari, tishlari va 20 ta umurtqadan iborat uzun dumining bo'lishi bilan arxeopteriks sudralib yuruvchilarga; tanasining pat bilan qoplanganligi, oldingi oyoqlarining qanotga aylanganligi bilan esa qushlarga o'xshaydi. Arxeopteriks oyoqlaridagi barmoqlaridan biri orqada, qolgan uchtasi oldinga • • • 89 -rasm. Arxeopteriks: toshga aylangan qoldig'i (chapda) va suyak qoldiqlaridan tiklangan qush (o'ngda). qaragan bo'lishi uning daraxtda yashaganligini ko'rsatadi. Lekin arxeopteriks hozirgi qushlarning ajdodi bo'lolmaydi. Ularning ajdodi protoavis hisoblanadi. Protoavis arxeopteriksdan bir necha million yil oldin yashagan. Uning hozirgi qushlarga o'xshash toj suyagi rivojlangan.
Bilimingni sinab ko’r! • 1. Kloakaga ochiladigan organlar yo'li: • a) ichak, oshqozon, jinsiy bezlar; • b) ichak, jinsiy bezlar, siydik; • d) siydik, o't, jinsiy bezlar. • 2. Qushlar bosh miyasining: • a) oldingi qismi va miyachasi kuchli rivojlangan; • b) o'rta miya va miyachasi yaxshi rivojlangan; • d) yarimsharlari va miyachasi kam rivojlangan. Ib, 2 a. • 1. Kakku o'z tuxumini: ; • a) kosasimon uyasiga qo'yadi; • b) daraxt kovagidagi uyasiga qo'yadi; • d) boshqa qushlar uyasiga tashlab ketadi. • 2. Ko'payish usuliga binoan qushlar guruhlari: • a) jish bola ochuvchi va jo'ja ochuvchi qushlar; • b) tuxum bosuvchi, jish bola ochuvchi qushlar; • d) tuxum bosuvchi va jo'ja ochuvchi qushlar. Id, 2 a.
Qushlar nomi bilan ular uya quradigan joylar nomini juftlab yozing. • • • a) laylak; b) qizilishton; d) qaldirg'och; e) kakku; f) qirg'ovul. 1) daraxtlar shoxi; 2) binolar peshtoqi; 3) yer yuzasi; 4) daraxtlar kovagi; 5) uya qurmaydi. a-1, b-4, d-2, e-5, f-3. Lug'at daftaringizga yozib oling. Juft hosil qilish, uya qurish, murtak diski, sariqlik, kanopcha, jo'ja ochadigan qushlar, jish jo'ja ochadigan qushlar, arxeopteriks.
Vatanimiz kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro` - e’tiborini avvalombor farzandlarimizning o`nib – o`sib, ulg`ayib, qanday inson bo`lib hayotga kirib borishiga bog`liqdirt. Biz bunday o`tkir haqiqatni hech qachon unutmasligimiz kerak. I. A. Karimov. “ Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch”, Toshkent “ Ma’naviyat “ 2008 yil. Dars yakuni Yuraklardan ko`chgan jaji yuraksan Hozircha g`uncha dek murg`ak go`daksan Shu aziz yurtimga seng keraksan Sog’lom avlodi bo’l O’zbekistonning Charaqlab boshingdan oftob aylansin. Shu ma’sum chexrangdan moxtob aylansin Umringdan ming iymon savob aylansin Sog’lom avlodi bo’l O’zbekistonning Uyga vazifa Mavzuga doir ijodiy ish, Bukletlar, albomlar tayyorlash.
- Slides: 14