REFERAT Jut osimligining kelib chiqishi va ahamiyati 6

REFERAT “ Jut o’simligining kelib chiqishi va ahamiyati” 6 au-12 guruh talabasi Esonov Iqboljon

Jut Jut- Corchorus capsularis oilasiga mansub o’simlikdir. Bo’yi 3, 5 metrgacha o’sadi, poyasi tik o’suvchi. Barglari- lansetsimon, oval, cheti arrasimon barglari ham mavjud. Asosiy turi: Oq va Tossa juti Jut o’simligini o’stirish uchun issiq va nam havo talab etiladi. Harorat 24 -37 C bo’lsa jut o’simligi uchun eng maqbul harorat hisoblanadi. U Osiyoning subtropik zonalarida keng tarqalgan.

Jut o’simligini keng ko’lamda Hindiston va Bangladesh mamlakatlarida etishtiriladi. Qadimdan insonlar jut o’simligini arg’amchi tayyorlashda, qo’pol kesimi material tayyorlashda foydalanib kelingan. Yosh niholini esa iste’mol uchun foydalanishgan. Lekin jut o’simligi keng ko’lamda Tovar sifatida ishlatishni 18 -asrdan boshlangan. Yangi texnologiyalar paydo bo’lib, jut o’simligidan turli mahsulotlar tayyorlana boshlandi. Jut o’simligidan tayyorlangan matolar judayam pishig’ lekin undan bejirim va chiroyli mato tayyorlab bo’lmaydi.

Jut Shuning uchun undan qoplar tayyorlay boshlashdi. Jutdan tayyorlangan qoplar judayam pishig’ bo’lib, o’ziga namni tortib olib qop ichidagi mahsulotga namni o’tkazmas edi. Shu xususiyati uchun undan keng ko’lamda foydalana boshlashgan. Undan: shakar, tuz, sement, urug’, har xil o’g’it va kimyoviy moddalar tashishda foydalanishdi. Hozirgi paytga kelib jut o’simligidan: arg’amchi, qop, turli xil mebel tayyorlashda va paxta mahsulotlarini qadoqlash materiali sifatida foydalanib kelinmoqda.

Jut Oliy nav jut mahsulotidan gilamlar va mato ishlab chiqarishda foydalanilmoqda. Yosh niholi va bargidan ovqat tayyorlashda hamda turli xil kasalliklar Ya’ni: yurak hastaligi, qon tomir kasalliklarini davolash sifatida foydalaniladi Jut o’simlgidan tekstil yo’nalishida ham foydalanishadi. Undan: sumka, poyabzal, qog’oz va geotekstil mahsulotlarini ishlab chiqarishda foydalaniladi. Jutdan yana kofe va choy saqlanadigan plastmassa idishlar ishlab chiqariladi.

Jut o’simligining keng ko’lamliligini sababi uning hosildorligi va narxining arzonligidadir, undan tashqari uning sifatidadir. Biodegradatsiya xususiyatiga ko’ra jut o’simligi dunyo tomonidan tan olinib kelinmoqda. Uni tabiiy kelib chiqganligi uchun uni “oltin ip” deb nom berishgan. Jut o’simligidan tayyorlangan mahsulotdan foydalanib bo’lgandan so’ng o’g’it sifatida singdirib yuborish mumkin u tabiiy holda tuproqqa kirib singib ketadi. Singdirilgan erda keyinchalik don sepilsa undan yuqori mahsuldorlik olish mumkin.

Jut Undan tashqari jutni yoqilganda uning tutuni atmosferaga hech qanday zarar olib kelmaydi. Uni o’rmon o’rnida ishlatsa bo’ladi.

Kanop va Jut

Jut tolasi

Arg’amchi

Jutli bantik

Jut

Jut matosi

Jutli so’mka, qop, polos

E’tiboringiz uchun rahmat
- Slides: 15