Manaviyatga tahdidlarning oldini olishda milliy goyaga tayanish zarurati

  • Slides: 7
Download presentation
Ma’naviyatga tahdidlarning oldini olishda milliy g’oyaga tayanish zarurati • Reja: • Ma’naviy tahdid, g’oyaviy

Ma’naviyatga tahdidlarning oldini olishda milliy g’oyaga tayanish zarurati • Reja: • Ma’naviy tahdid, g’oyaviy ta’zyiq va tajovuz tushunchalari, ularning mazmun-mohiyati va yuzaga kelish shart-sharoitlari. • Mahalliy-hududiy darajadagi ma’naviy tahdidlar. Global miqyosdagi ma’naviy tahdidlar, ularning mazmun-mohiyati. • O’zbekistonda ma’naviy tahdidlarni oldini olishning shart-sharoitlari va omillari, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy asoslari, texnik-texnologik imkoniyatlari.

 • О‘zbekiston mustaqilligi, xavfsizligi hamda barqarorligiga jiddiy xavf tug‘diradigan mafkuraviy tahdidlar ham bugungi

• О‘zbekiston mustaqilligi, xavfsizligi hamda barqarorligiga jiddiy xavf tug‘diradigan mafkuraviy tahdidlar ham bugungi kunda dunyo mafkuraviy manzarasiga keskin ta’sir etmoqda. Diniy ekstremizm, fundamentalizm, terrorizm, buyuk davlat shovinizmi kabi global mafkuralar bugungi kunda О‘zbekiston hayoti va kelajagiga ham jiddiy xavf tug‘diriyotir. • XX asrning oxirida dunyoning siyosiy hvritasi, jumladan, Markaziy Osiyoning manzarasi tubdan о‘zgardi. Markaziy Osiyodagi respublikalarning о‘z mustaqilligini qо‘lga kiritishi mintaqamizda nafaqat ijtimoiy-siyosiy jihatdan, balki g‘oyaviy jihatdan ham yangi mafkuraviy vaziyatni vujudga keltiradi.

 • • • О‘zbekiston respublikasi Prezidenti ma’naviyatga qarshi turli xurujlar haqida gapirar ekan,

• • • О‘zbekiston respublikasi Prezidenti ma’naviyatga qarshi turli xurujlar haqida gapirar ekan, ta’kidlab о‘tadiki: “Bu haqda gapirganda, faqat bitta millat yoki xalq haqida fikr yuritish masalani о‘ta tor tushunish bо‘lur edi, ya’ni, bu о‘rinda sо‘z faqat bizning ma’naviyatimizga qarshi qaratilgan tajovuzlar haqida, azaliy fazilatlarimiz, milliy qadriyatlarimizni ana shunday hujumlardan asrash xususidagina borayotgani yо‘q. Muhim ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega bо‘lgan ushbu muammoni keng miqyosda, dunyoning barcha mamlakatlari va xalqlari hayotiga daxldor masala sifatida о‘rganish, tahlil qilish va baholash maqsadga muvofiqdir”. Masalaga bunday keng qamrovli yondoshuv kecha yoki bugun paydo bо‘lgani yо‘q. Prezident I. A. Karimovning о‘zi ham eslab о‘tganidek, bizning ulug‘ ajdodlarimiz barchasi “о‘z ijodi bilan nafaqat ikki daryo oralig‘idagi xalqlarni, balki butun bashariyat farzandlarini doimo mehr-oqibatli, dо‘st-birodar bо‘lib yashashga” da’vat etib kelganlar. Insonning qalbi va ongiga jo bо‘lgan milliy ma’naviy-axloqiy negizlar uni butun umri davomida halol, pok, bilimli, xalq xizmatida bо‘lishga, Vatan ravnaqi hamda taraqqiyotiga hissa qо‘shishga, о‘zining ongli va erkin mushohada qiluvchi shaxs sifatida kamol topishiga muttasil ravishda undaydi. Prezidentimiz I. A. Karimov doimo ta’kidlab kelganidek: “. . . Farzandlarimizni milliy va umuminsoniy qadriyatlarimiz asosida, о‘z fikru tafakkuri va zamonaviy bilimga ega bо‘lgan vatanparvar etib voyaga yetkazish – barchamizning otalik va onalik burchimizdir” 1 Vatanimiz kelajagi bо‘lgan yoshlarga hozirgi zamon talablari darajasida bilim va tarbiya berish, ularni yuksak ma’naviyatli, ongi harqanday salbiy ta’sirlarga nisbatan bardoshli qilib voyaga yetkazish – bugungi kun ta’lim muassasalarining asosiy vazifasidir, chunki faqat ana shunday insonlargina kelajakda odil jamiyat poydevorini yarata oladilar. 1 Каримов И. А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Т. , Маънавият, 2008, 112 бет.

 • Prezidentimiz I. A. Karimovning “. . . Aql-zakovatli, yuksak ma’naviyatli kishilarni tarbiyalay

• Prezidentimiz I. A. Karimovning “. . . Aql-zakovatli, yuksak ma’naviyatli kishilarni tarbiyalay olsakgina, oldimizga qо‘ygan maqsadlarga erisha olamiz, yurtimizda farovonlik va taraqqiyot kamol topadi” degan sо‘zlari ayni shu ma’noni anglatadi. Bu esa har birimizning farzandlarimiz, yosh avlodning ma’naviy-axloqiy kamoloti, g‘oyaviy chiniqishiga, har hil buzg‘unchi g‘oya va mafkuralarga qarshi murosasiz kurashchi ruhida tarbiyalashga mas’uliyat bilan yondashishga undaydi. Aynan farzandlarning kamoloti – ertangi kunda barchamizning tinch hayotimizni ta’minlaydi. Buning uchun ularni milliy g‘oya ruhida tarbiyalash, ularga hurlik, ozodlik, demokratik tamoyillarga asoslangan jamiyat barpo etish, erkin fuqarolik jamiyat asoslari haqida tushuncha berish barchamizning burchimizdir 1. • 1 Каримов И. А. Миллий истиқлол мафкураси – халқ эътиқоди ва буюк келажакка ишончдир. – Т. , Ўзбекистон, 2000, 34 -бет

 • Turli millatlar ma’naviyatining о‘ziga xosligi kamalakdagi turli ranglar tovlanishiga monand bо‘lib, ular

• Turli millatlar ma’naviyatining о‘ziga xosligi kamalakdagi turli ranglar tovlanishiga monand bо‘lib, ular bir-birini tо‘ldiradi, boyitadi, ammo inkor etmaydi, bir sо‘z bilan aytganda, ma’naviyat ellarni zidlashtirmaydi, balki birlashtiradi. Aslida umuminsoniy qadriyatlarni biror-bir alohida xalq yaratmaydi, bu qadriyatlarni har bir xalq, har bir elat о‘z tarixiy tajribasi bilan asta-sekin shakllantirib boradi va о‘zaro turlicha munosabatlar jarayonida elatlar, millatlar bir-birini tushunib, о‘zaro ma’naviyatlaridagi umumiy jihatlarni tadrijiy anglab boradi. • Ming yillar davomida yer yuzidagi turli mintaqalarda yashagan xalqlarning о‘zaro siyosiy, madaniy, ijtimoiy aloqalari hozirdagidek yaqin bо‘lgan emas. Asrlar mobaynida yer yuzida turli madaniy mintaqalar shakllangan. Yevropa xalqlarining umummintaqa madaniyati, janubi-sharqiy Osiyo xalqlari mintaqa madaniyati, Hindiston yarimoroli va unga qо‘shni hududlarda yaratilgan umumiy madaniyat va boshqa bir qator mintaqalar madaniyati - bularning har biri о‘zgasidan farq qiluvchi qator diniy e’tiqod, falsafiy maktablar, san’at va adabiyot, urf-odat va an’analarning о‘ziga xos uyg‘un bir tizimlarini vujudga keltirgan-ki, ahli basharning bunday bebaho mulkini, ma’naviy xazinalarini befarqlik bilan bir-biriga qorishtirib yuborish mutlaqo ijobiy natijalar bermaydi.

 • Biz milliy urf-odatlarimiz, marosimlarimizga baho bermoqchi bо‘lsak, butun insoniyat manfaatlari nuqtai nazarini,

• Biz milliy urf-odatlarimiz, marosimlarimizga baho bermoqchi bо‘lsak, butun insoniyat manfaatlari nuqtai nazarini, alohida shaxs erkinligi, Vatan va millat manfaatlarini, milliy qadriyatlarimiz majmuini yaxlit uyg‘unlikda olib qaramog‘imiz talab etiladi. Agar shu uyg‘unlikka mohiyatan muvofiq bо‘lsa, yoxud loaqal unga zid bо‘lmasa, demak, maqbul, ammo insonlararo ziddiyat tug‘dirsa, nifoq solsa, yoki о‘zga shaxs erkini bо‘g‘sa, Vatan va millat manfaatlariga zid bо‘lsa, demak, maqbul emas. Ammo milliy ma’naviyatimizni qadrlashimiz, uni rivojlantirishga urinishimiz, kimlardir talqin qilmoqchi bо‘layotganidek, о‘zga xalqlar madaniyatini mensimaslik yoki milliy xudbinlikka berilishni anglatmaydi, balki uzoq yillik qaramlik asoratidan qutulib о‘zligimizga qaytish, о‘zligimizni anglab yetishga urinishni bildiradi. “Chunki har qaysi millat yoki xalqning ma’naviyati uning bugungi hayoti va taqdirini, о‘sib kelayotgan farzandlarining kelajagini belgilashda shak-shubhasiz hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi” 1. 1 Каримов И. А. Озод ва обод Ватан, эркин ва фаровон ҳаёт – пировард мақсадимиз. – Т. , Ўзбекистон, 2000, 342 -бет.

 • Prezident I. A. Karimovning «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» asarida 1 muallifning

• Prezident I. A. Karimovning «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» asarida 1 muallifning ota-onalar mas’uliyatini oshirishga qaratilgan say-harakati millat taqdirini о‘z taqdiri deb bilish, millat farzandlariga о‘z farzandi kabi qarash tuyg‘ularidan kelib chiqadi. Muallif farzand tarbiyasida hushyor bо‘lishga chaqirar ekan, otaonalar о‘z farzandlarining qiziqish va intilishlariga, ularning ongu tafakkurida har kuni bir о‘zgarish rо‘y berib, kо‘zida yangi-yangi savollar paydo bо‘layotganiga ahamiyat berishlarini astoydil xohlaydi. Xonadondagi har bir narsa – daraxt va о‘simliklar bо‘ladimi, turli о‘yinchoqlar, uy hayvonlari bо‘ladimi – bularning barchasi bolaning kо‘ziga gо‘yoki olamning beqiyos mо‘jizasi bо‘lib kо‘rinadi va shu tariqa u yorug‘ dunyoni о‘zi uchun kashf qiladi, deydi muallif. Darhaqiqat, bolalarga milliy qahramonlarimiz haqida ertaklar aytib berish, milliy ideallarimizni о‘zida ifodalagan о‘yinchoqlar taqdim etish ularning murg‘ak ongiga о‘z xalqidan g‘ururlanish tuyg‘usini о‘stirish yо‘lida qadalgan ilk urug‘ emasmi? • 1 Каримов И. А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Т. , Маънавият, 2008, 32 -бет.