7 Natural sonlarni qoshish va uning xossalari 7

  • Slides: 4
Download presentation
7. Natural sonlarni qo‘shish va uning xossalari 7. 1. Natural sonlarni qo‘shish Ma'lumki, biror

7. Natural sonlarni qo‘shish va uning xossalari 7. 1. Natural sonlarni qo‘shish Ma'lumki, biror natural songa 1 ni qo‘shsak, bu sondan keyin keluvchi natural son hosil bo‘ladi. Masalan, 5+1=6; 27+1=28; 999+1=1000. 4 ga 3 ni qo‘shish 4 soniga 3 marta 1 ni qo‘shish degani: 4+3=4+1+1+1=5 +1+1=6+1=7. Bu qisqacha 4+3=7 deb yoziladi. Bir-biriga qo‘shiladigan sonlar- qo‘shiluvchilar, qo‘shish natijasi esa yig‘indi deb ataladi. Sonlarni qo‘shishni sonlar nurida tasvirlash mumkin (1 - rasm). A(4) nuqtadan o‘ng tomonga qarab 3 ta birlik kesmani sanaymiz va B(7) nuqtani topamiz. Demak, 4 + 3 = 7.

7. 2. Natural sonlarni qo‘shishning xossalari Qo‘shish amalining quyidagi xossalarini bilamiz: 1. Qo‘shiluvchilarning o‘rnini

7. 2. Natural sonlarni qo‘shishning xossalari Qo‘shish amalining quyidagi xossalarini bilamiz: 1. Qo‘shiluvchilarning o‘rnini almashtirgan bilan yig‘indi o‘zgarmaydi. Qo‘shishning bu xossasiga qo‘shishning o‘rin almashtirish qonuni deb ataladi. 1 - misol: 6+3 =3+6, chunki 6+3=9 (2. a- rasm) va 3+6 =9 (2. b- rasm). 2. Songa ikki son yig‘indisini qo‘shish uchun, bu songa oldin birinchi qo‘shiluvchini, so‘ng esa ikkinchi qo‘shiluvchini qo‘shish mumkin. Bu xossa qo‘shishning guruhlash qonuni deb ataladi.

2 - misol: Quyidagi misollarda hisoblashlar natijasi bir xil: 5+(4+2)=5+6=11 (3. a- rasm), (5+4)+2=9+2

2 - misol: Quyidagi misollarda hisoblashlar natijasi bir xil: 5+(4+2)=5+6=11 (3. a- rasm), (5+4)+2=9+2 = 11 (3. b- rasm). Demak, 5+(4+2)=(5+4)+2 3. Songa nolni yoki nolga sonni qo‘shganda o‘sha sonning o‘zi hosil bo‘ladi. 3 -misol: 6 + 0 = 0 + 6 = 6. Odatda (4 + 7) + 3 o‘rniga 4 + 7 + 3 yoziladi. Agar yozuvda qavslar qatnashmagan bo‘lsa, qo‘shish chapdan o‘ngga qarab birin - ketin bajariladi.

4. Har qanday natural sonni uning xona qo‘shiluvchilari yig‘indisi ko‘rinishida tasvirlash mumkin. 4 -misol:

4. Har qanday natural sonni uning xona qo‘shiluvchilari yig‘indisi ko‘rinishida tasvirlash mumkin. 4 -misol: 78135 sonini quyidagi xona qo‘shiluvchilari yig‘indisi ko‘rinishida yozish mumkin: 78 135=70000+800 0+100+30+5 yoki 78135 = 7 • 10000 + 8 • 1000 + 1 • 100 + 3 • 10 + 5 • 1. Bu tenglikdan ko‘pxonali sonlarni ustun shaklida qo‘shishda foydalaniladi. Savollarga javob bering! 1. 5 soniga 4 sonini qo‘shish deganda nimani tushunasiz? 2. Qo‘shish amali natijasi nima deb ataladi? 3. Qo‘shishning o‘rin almashtirish qonunini sonlar nurida tushuntirib bering. 4. Songa nol qo‘shilsa, yig‘indi nimaga teng bo‘ladi? 5. Natural son xona qo‘shiluvchilari yig‘indisi ko‘rinishida qanday tasvihanadi?