Yoqilgi va yonish jarayonlari Asosiy tarkibiy qismi ugleroddan
Yoqilg‘i va yonish jarayonlari. Asosiy tarkibiy qismi ugleroddan iborat yonuvchi moddaga yoqilg‘i deyiladi. Kimyoviy reaksiyaning jadal borishi natijasida yoqilg‘i о‘zidan issiqlik chiqaradi.
Yoqilg‘iga quyidagi talablar quyiladi: vyonish vaqtida kо‘p miqdorda issiqlik chiqarish, v yonish mahsulotida tabiatga zarar yetkazadigan moddalar miqdorining kam bо‘lishi v tez va tо‘la yonishi; vqazib olish arzon bо‘lishi v qayta ishlash hamda transportda bir joydan ikkinchi joyga kо‘chirishning oson bо‘lishi.
• Yoqilg‘i qazib olinishi yoki tayyorlanishiga kо‘ra tabiiy va sun’iy bо‘ladi. • Tabiatda ishlatishga tayyor holda mavjud bо‘lgan yoqilg‘ilar tabiiy yoqilg‘ilar deyiladi. • Qazib olinadigan toshkо‘mir, yonuvchi slanetslar, torf, neft, gaz, о‘tin, qishloq xо‘jaligi ishlab chiqarishi chi-
• Tabiatdagi yoqilg‘ilarni yoki umuman moddalarni qayta ishlash natijasida olinadigan yoqilg‘ilar sun’iy yoqilg‘ilar deyiladi. Bularga koks, kukun holatigacha maydalangan qattiq yoqilg‘i, brikenlar, yog‘och kо‘miri, benzin, kerosin, solyar moyi, gazoyl, motor moyi, mazut, domna va koks batareyasi gazlari va tabiiy gazni qayta ishlashda olinadigan gazlar kiradi.
• Qattiq yoqilg‘iga toshkо‘mir, torf, yonuvchi slanetslar, koks, yog‘och kо‘mir kiradi. • Suyuq yoqilg‘iga neft va neft mahsulotlari (benzin, kerosin, solyar va motor moylari, gazoil, mazut, qozon qurilmasi) qurilmasi yoqilg‘ilarini kiritish mumkin. • Gaz yoqilg‘isiga – koks va domna, generator, neftni qayta ishlash zavodlari gazlari, propan, atsetilen, toshkо‘mir qazib
• Yoqilg‘i tarkibi organik va mineral moddalardan iborat bо‘ladi.
• Uglerod qattiq va suyuq yoqilg‘ining asosiy tarkibiy qismidir. U kislorod, vodorod, azot, oltingugurt va boshqa elementlar bilan murakkab kimyoviy birikma kо‘rinishida bо‘ladi. • Vodorod yoqilg‘ida kam miqdorda bо‘ladi, lekin uning bо‘lishi yoqilg‘ining issiqlik berish qobiliyatiga ancha ta’sir qiladi.
• Kislorod yoqilg‘ida yonuvchi elementlar bilan organik birikma kо‘rinishida bо‘ladi. Yoqilg‘ida kislorod bо‘lmaganligi ma’qul, chunki u yoqilg‘ini saqlaganda yonuvchi elementlarni, ayniqsa, vodorodni oksidlashi mumkin. • Yoqilg‘idagi azot inert gazdir. U yonmaydi va yonishga yordam ham bermaydi. Yoqilg‘i yoqilganda azot yonish mahsuloti – tutun gaziga qо‘shilib ketadi. Yoqilg‘i tarkibida azotning ham bо‘lmagani ma’qul. Azot vakislorod yoqilg‘ining ichki ballastini tashkil qiladi.
• Kul tarkibiga yonmaydigan har xil mineral aralashmalar kiradi. Kul yo-qilg‘ining yonishida hosil bо‘lib, qumturpoq, gilturpoq va boshqa oksidlardan tashkil topa-di. Kul yoqilg‘idagi yonuvchan elementlarning yonishiga xalaqit beradi va о‘zi bilan issiqlikning bir qismini olib ketadi.
Yoqilg‘i tarkibida nam bо‘lmaganligi ma’qul, chunki yonish jarayonida namning bug‘lanishiga issiqlik behuda sarflanadi. Yoqilg‘i tarkibidagi nam tashqi havodagi va ichki namga bо‘linadi. Nam va kul yoqilg‘ining tashqi ballastini tashkil qiladi.
• Yoqilg‘ining yonishiga halaqit beruvchi moddalarga ballast deyiladi. Koks tarkibida uglerodning asosiy qismi vakul bо‘ladi. Koks olishga yaroqli bо‘lgan kо‘mirlar kokslanadigan yoki tosh qotib qoladigan kо‘mirlar deb ataladi. Monolit zich bо‘laklar – g‘isht kо‘rinishida hosil qiladigan toshko‘mir domna pechlarida cho‘yan eritish va boshqa maqsadlarda ishlatiladi.
Torf botqoqlik о‘simliklarining suv ostida havo kirmasdan chirishiidan hosil bо‘lgan mahsulotdir. U qazib olinadigan yoqilg‘ilar ichida eng yosh yoqilg‘i. Qazib olingan torf 90% gacha namlik bо‘ladi. Issiqlik berish qobiliyati past va namligi yuqori bо‘lganligi uchun torfni uzoq masofalarga olib borish foyda bermaydi. Shu sababli torfni qazib olingan joy yaqinida yoqishga harakat qilish kerak.
Past navli kо‘mirda kо‘p miqdorda kislorod, kul, oltingugurt va nam mavjudir. Shuning uchun past navli kо‘mirlar о‘z –о‘zidan yonib ketish qobiliyatiga ega. Ularni uzoq muddat saqlashga mumkin emas. Past navli kо‘mirdan gaz, sun’iy suyuq motor yoqilg‘isi va kimyoviy sanoat uchun boshqa qimmatbaho mahsulotlar olinadi. Toshkо‘mir qazib olinadigan yoqilg‘ining asosiy turi hisoblanadi. Topilgan hamma kо‘mir qatlamlarining 80% ga yaqini toshkо‘mirdir.
• Antratsit uchib ketuvchi elementlari kamligi bilan xarakterlanadi, tarkibida uglerod kо‘p va deyarli alangasiz yonadi. Antratsitning namligi va kuli uncha kо‘p emas, uni uzoq muddat saqlash mumkin. Shuning uchun antratsitlar mahalliy yoqilg‘i turlariga kirmaydi.
• Yonuvchi slanetslar о‘simlik va hayvonot organizmlarining suv ostida havo kirmasdan chirishidan hosil bо‘lgan mahsulotdir. Uning tarkibida 70 – 80% gacha kul bо‘ladi. Slanetslar qa-zib olingan joyida yoqiladi. Slanetsdan gaz va sun’iy suyuq yoqilg‘i, har xil qimmatbaho moylar va kimyoviy mahsulotlar olinadi.
Yoqilg‘ining yonish jarayoni kechadigan qurilma о‘txona deyiladi. Yonish jarayonining borishini ta’minlaydigan va boshqaradigan uskunalar majmui о‘txona qurilmasi deyiladi. Konstruksiyasiga kо‘ra о‘txonada qattiq, suyuq, gaz yoqilg‘ilar yoqiladi. О‘txonalar qatlamli, kamerali (mash’alali, uyurmali) turlarga bо‘linadi
Energetikaning birlamchi tabiiy boyliklari – yoqilg‘i, suv, shamol va boshqalardan foydalanib mexa-nik energiya hosil qiladigan dviga-tellar va yordamchi uskunalar maj-muasi kuch qurilmalari deyiladi. Foydalaniladigan energiya turiga kо‘ra issiqlik, gidravlik, atom kuch qurilmalari bо‘ladi.
Issiqlik kuch qurilmalari maxsus energetik inshoat bо‘lib, u qozon qurilmasi, nasoslar, kondensatorlar, bug‘ turbinelari elektr generatorlar, quvurlar va shunga о‘xshash asosiy uskunalardan tashkil topgan. Issiqlik kuch qurilmalariga bug‘ turbinalari, gaz turbinalari, reaktiv dvigatellar kiradi. Issiqlik dvigateli issiqlik energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beruvchi qurilmadir.
Issiqlik energiyasiga sanoat, maishiy xiz-mat, idoralari va aholi yashaydigan turar joylarda talab ortgan sayin bug‘ va issiq suv tayyorlaydigan qozonlar tuzilishi va ularda tayyorlanadigan bug‘ parametrlari о‘zgarib boradi. Eng avval, bug‘ qozonining tuzilishi sodda, ishonchli va xavfsiz ishlashi, uni tayyorlashga metall kam sarflanishi va FIK yuqori bо‘lishiga e’tibor beriladi.
- Slides: 38