XXI ASR JAHON TALIM TIZIMIDAGI GLOBAL TENDENSIYALAR Rj
XXI ASR JAHON TA’LIM TIZIMIDAGI GLOBAL TENDENSIYALAR.
Rеjа: 1. Jahonning iqtisodiy rivojlangan davlatlarida ta’lim siyosati. 2. Jahonning iqtisodiy rivojlangan davlatlari ta’lim tizimi. 3. Ta’lim mazmuni. 4. Pedagog-kadrlar tayyorlash tizimi. 5. Xalqaro baholash dasturi.
Аdаbiyotlаr: • 1. Hоshimоv K. , Nishоnоvа S. , Inоmоvа M. , Hаsаnоv R. Pеdаgоgikа tаriхi. – T. : O’qituvchi, 1996. . • 2. Xayrullayev M. Ma’naviyat yulduzlari. – T. : Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashiryoti, 2001. • 3. Niyozov G’. , Axmedova M. Pedagogika tarixidan seminar mashg’ulotlari. – T. : NOSHIR, 2011. . • 4. • 5. J. Yo‘ldoshev. Xorijda ta’lim. –T. : Sharq, 1999. B. X. Xodjayev. Umumiy pedagogika. – T. : “Sanostandart”, 2017 y.
1 -TOPSHIRIQ. “JAHONNING RIVOJLANGAN DAVLATLARI TA’LIM TIZIMI “MAVZUSIGA DOIR BLITS-SO’ROV SAVOLLARI 1. TA’LIM TIZIMI DEGANDA NIMANI TUSHUNASIZ? 2. XALQARO TA’LIM STANDART KLASSIFIKATSIYASI QACHON YANGILANDI? 3. XALQARO TA’LIM STANDART KLASSIFIKATSIYASIDA TA’LIMNING NECHTA BOSQICHI KO’RSATILGAN? 4. QIYOSIY PEDAGOGIK TIZIM BU…? 5. JAHONNING IQTISODIY RIVOJLANGAN DAVLATLARI TA’LIM TIZIMINING QAYSI DAVLATIDA BOSHLANG’ICH TA’LIMDA DARSGA KELMAGAN FARZANDI O’RNIGA OTA-ONASI YOKI ISHONCHLI VAKIL QATNASHISHI SHART? 6. QAYSI DAVLATDA OLIY TA’LIMGA CHET EL FUQAROLARIGA DAVLAT GRANTLARI BOSHQA DAVLATLARGA NISBATAN KO’PROQ AJRATILADI? 7. XALQARO BAHOLASH DASTURLARIGA NIMALAR KIRADI?
Buyuk Britaniya davlat ta`lim tizimi
Buyuk Britaniya ta`lim tizimi • maktabgacha ta`lim • boshlang`ich ta`lim • umumiy o`rta ta`lim • keyingi ta`lim • oliy ta`lim
O`quvchilar 11 sinfni tamomlaganidan so`ng majburiy ta`lim tugaganligi haqida sertifikat olish uchun imtihonlar topshiradilar. Bu imtihonlarga britaniyaliklar 2 yil davomida maxsus GCSE(General Certificate of Secondary Education) dasturi bo`yicha tayyorlanadi.
Buyuk Britaniyada magistratura faqat 1 yil davom etadi. Britaniya universitetlarida magstirlik dasturlari ikki toifaga bo`linadi: Research programmes va Taught programmes
TAILAND TA’LIM TIZIMI BAJARDI: ZAYIRKULOVA NOZIMA ZOHIDOVA ZIYODA Za
TAILAND DAVLATI 1238 - YILDA TASHKIL TOPGAN TAILAND QIROLLIK-MONARXIYA HISOBLANADI. POYTAXTI- BANGKOK. QIROLI- PUMIPON ADULYADET BOSH VAZIRI- SONCHAT VONGSAVAT YER MAYDONI - 514 000 KM AXOLISI-68 MLN PUL BIRLIGI- BAT
• TAILANDDA TA’LIM HUKUMAT TOMONIDAN BERILADI( BU ISHNI TAILAND HUKUMATI VAZIRLIGI ORQALI AMALGA OSHIRADI) VA BU JARAYON MAKTABGACHA TARBIYA MUASSASLARIDA BOSHLANIB, O’RTA MAKTABNING YUQORI SINFLARIGACHA DAVOM ETADI. MAMLAKAT KONSITITUTSIYASI 12 YILLIK BEPUL TA’LIMNI KAFOLATLAYDI VA BU MAMLAKATDA MAJBURIY MAKTAB TA’LIMI KAMIDA 9 YIL DAVOM ETISHI SHART. RASMIY TA’LIM O’N IKKI YILLIK ASOSIY TA’LIM VA OLIY TA’LIMDAN IBORAT. ASOSIY TA’LIM OLTI YIL BOSHLANG’ICH VA OLTI YIL O’RTA TA’LIMGA BO’LINADI, O’Z NAVBATIDA O’RTA TA’LIM 2 DARAJAGA AJRATILADI: 3 YILLIK BIRINCHI DARAJA VA UCH YILLIK IKKINCHI DARAJA.
MAKTAB O’QUVCHILARI YOSHI VA SINF BOSQICHLARINING O’ZARO NISBATI: • TURFA XIL QO’SHIMCHA DASTURLAR – 6 YOSHGACHA • YASLI- 3 -4 YOSH; • BOLALAR BOG’CHASI- 4 -5 YOSH; • TAYYORLOV GURUHLARI – 5 -6 YOSH; • PRATHOME SINFLAR(1 -6) - 7 -12 YOSH; • MATTHAYOM SINFLAR(1 -6) – 12 -18 YOSH; • PROFESIONAL –TEXNIK TA’LIM- TURLI XIL YOSH; • OLIY TA’LIM- GTURLI XIL YOSH; • KATTALAR UCHUN TA’LIM- TURLI XIL YOSH
• Zamonaviy Tailandda davlat ta’lim tizimi 4 bosqichdan iborat: • Maktabgacha ta’lim-1 -2 yil • Boshlang’ich ta’lim- 6 yil • O’rta ta’lim - 6 yil (ikki bosqichdan iborat).
• Boshlang’ich ta’lim amaliy jihatdan barcha uchun mo’ljallangan. Boshlang’ich ta’lim majburiy va bepul bo’lsa-da, bir qancha xarajatlarga ega. Bazida otaonalarning forma, o’quv darsliklari va transport to’lovlarini to’lashga qurbi yetmasligi bir qancha bolalarni maktabni tashlashga majbur qiladi
O’RTA TA’LIM HAM DAVLAT TOMONIDA QO’LLAB –QUVVATLANAI, AMMO TA’LIMNING BU BOSQICHI MAJBURIY EMAS VA OTA-ONALARGA QIMMATGA TUSHADI, SHU SABABLI BU YERDA O’QUVCHILAR SONI BOSHLANG’ICH MAKTABGA QARAGANDA ANCHAGINA KAM
• Tailandda o’rta maktabda tahsil oluvchi o’quvchilar soni yildan –yilga ko’payib bormoqda. Xuddi shuningdek, o’ra ta’lim muassasalari miqdori ham o’sib bormoqda. Ammo, hatto 2000 - yilda ham 35% 12 -17 yoshdagi bolalar o’rta ta’lim tizimiga qamrab olinmagan edi. Eng avvalo, bu holatning sababi sifatida ko’plab o’quvchilarning o’rta ta’lim muassasalaridan haydalishi, shu bilan birga sinfdan sinfga qoldirilgan o’quvchilar miqdorining ko’pligini ko’rsatishimiz mumkin. •
Tailandning eng yaxshi maktablari • Mahidol Wittayanusorn School; Nakhon Pathom • Triam Udam Suksa School; Bangkok • Suankularb Wittayalai School; Bangkok • Haytaiwittayalai school; Sonngkla • Samsen Wittayalai School; Bangkok • Bunyawat Wittayalai School; Lampang • Bodindecha School; Bangkok • Patumwan demonstartions School; Bangkok • Debsiri school: Bangkok • Kanaratbunrung Yala; Yala • St. Gabriel’s College; Bangkok • Benjamarachutit School; Ubol Ratchatani
Shuningdek, mamlakatda har ikki; akademik va professional yo’nalishlarni taklif etuvchi akademik gimnaziyalar va umumta’lim maktablari ham mavjud. Akademik guruhlarni tanlaydigan talabalar odatda universitetga kirishga harakat qilishadi. Professional-texnik o’quv yurtlarini talabalari keyingi mehnat faoliyatiga yoki ta’limga tayyorlaydigan dasturlarni taklif etadi. Gimnaziyalarga qabul kirish imtihonlari orqali amalga oshiriladi.
Tailand universitetlarida ta’lim ikki tilda olib boriladi. Talabalar o’qishga qabul qilinishlaridanoldin ta’lim tilini tanlaydilar. Ta’lim jarayonida esa ularga ingliz tilini tez va oson o’rgatuvchi ko’plab dasturlar taklif etiladi. • Tailandda oliy ta’lim olish AQSH va Yevropaning ba’zi davlatlariga nisbatan arzonroq. To’lov (kontrakt) miqdori- 1 yilga 4 -6 ming dollar. Tailandda yashash harajatlari esa bir yilga 600 dollar. •
Oliy o’quv yurtlariga bitiruvchilarning 14%( boshqa mamlakatlarga qaraganda nchangina ko’proq) bitiruvchilar kiradi. Ammo oliy o’quv yurtlarining katta qismi uiversitet emas, balki professional maktabdir. Oliy o’quv yurtlari bitruvchilarining 20% dan kamrog’I fan va texnikaga ixtisoslashadi. (Singapurda esa 50%dan ortig’I ).
Tailand hukumati oldidagi ta’lim sohasiga oid asisy muammolardan biri sifatida professional – texnik o’quv muassasalari tizimini kengaytirish va ularning bitiruvchi tayyorlash sifatini oshirish masalasi turibdi.
Osiyo mamlakatlarida ta’lim tizimi (Janubiy Koreya)
Hududiy joylashuvi:
KOREYA XALQ DEMOKRATIK RESPUBLIKASI HAQIDA QISQACHA MA’LUMOT: • Shiori “Insoniyatga foyda keltirish” • Milliy tili –Koreys tili • Poytaxti – Seul shaxri • Hukumat shakli: Prezidentar Respublika • Prezidenti : Li Myon Bak • Hududi: 99 392 км², dunyo bo’yicha 107 o’rinda turadi • Aholisi 50 mln. (dunyo bo’yicha 25 -o’rinda) • Pul birligi - Von
TA’LIM TIZIMI TARIXI: MA’LUMKI KOREYA 1910 YILDAN TO 1945 - YILGACHA YAPON MUSTAMLAKASI HISOBLANGAN. KOREYANI YOPPASIGA SAVODSIZGA AYLANTIRISH SIYOSATI NATIJASI O'LAROQ, 1944 YILGI KOREYA UMUMIY ARXIV QO'MITASI MA'LUMOTLARIGA QARAGANDA O'SHA PAYTDA KOREYANING SAVODXONLIK DARAJASI BOR-YO'G'I 13, 8%NI TASHKIL ETGAN. 1945 YILI IKKINCHI JAHON URUSHI BILAN BIRGA KOREYADGI YAPONIYA MUSTAMLAKACHILIGI HAM TUGADI. ENDILIKDA KOREADA TABIIYKI BOSHQA SOXALAR QATORI TA'LIM TIZIMINI O'ZGARTIRISH VAZIFASI TURARDI. ENG AVVALO "TA'LIMNI RIVOJLANTIRISH QO'MITASI" TASHKIL ETILDI VA QO'MITA OLDIGA DARSLIKLAR YARATISH MAJBURIYATI QO'YILDI. TA'LIM TIZIMI TADQIQ ETILISHI DAVOM ETTIRILIB, AXLOQ, ETIKA, TEXNIKAGA OID FANLAR KIRITILDI. 1963 YILLARDAN BOSHLAB ESA TA'LIM TIZIMIDA TABIIY VA IJTIMOIY FANLARGA E'TIBOR KUCHAYDI. 1981 YILI PREZIDENT CHON DU XVAN MAMLAKATDA SHAXSIY TA'LIM BERISH VA XUSUSIY TA'LIM MASKANLARI FAOLIYATINI QONUNAN TA'QIQLAB QO'YDI. LEKIN MAKTABDA MUSTAQIL SHUG'ULLANISH UCHUN IMKONIYATLAR YARATIB BERDI. 1992 YILGA KELIB ESA BOSHLANG'ICH MAKTABLAR FAOLIYATI YANADA RIVOJLANISHI UCHUN XUKUMAT TOMONIDAN BIR QANCHA IMTIYOZLAR BERILGAN.
Koreya ta’lim tizimining umumiy sxemasi: Bosqichlar Ta’limning davomiyligi Majburiyligi 6 yil Ha O’rta maktab 3 yil Ha Yuqori maktab 3 yil Yo’q (Kasbiy ta’lim) Kollej 2 yil Yo’q (Oliy ta’lim)t. Universitet 4 yil Yo’q Boshlang’ich maktab
Maktabgacha ta’lim muassasasi. • Koreys bog’chalari ta’lim tizimining bir qismi hisoblanmaydi. Bolalar xususiy muassasalarda qabul qilinadi. Ular asosan koreys tilida, biroq ingliz tilida faoliyat yuritadigan bog’chalar ham anchagina. Bog’chalarga bolalar 3 yoshdan 5 yoshgacha qabul qilinadi. Ko’pchilik bolalar maktabga tayyorgarlik ko’rishmaydi va shunchaki o’z tengqurlari bilan bog’chalarga qatnab yuraverishadi. Bog’chaning asosiy vazifasi bolalarni har tomonlama rivojlanishi uchun sharoit yaratish. Bog’chalarda asosan musiqa, rasm, hisoblash darslari o’tiladi. Koreys bog’chalari bolalarda mustaqillikni shakllantirishga katta etibor beriladi. Bolalar yoshi orasidagi farq 3 yoshgacha bo’lishi mumkin.
Boshlang'ich maktab • Koreyada boshlang'ich ta'lim uchun o'quv yilida 1 martga qadar 6 yoshdan yuqori bo'lgan bolalar qabul qilinadi. Lekin 5 yoshli bolalar ham o'qishga kirishga xuquqli bo'lib, buning uchun maktab mas'ul shaxsining ruxsatnomasini olishi lozim bo'ladi. Ular 13 (12) yoshgacha boshlang’ich maktablarda ta’lim oladilar. O'quv yili esa 1 mart Koreya respublikasida davlat bayrami munosabati bilan 2 martdan boshlanadi. 6 yil davom etadigan boshlang'ich ta'lim majburiy etib belgilangan. Boshlang'ich ta'limda 1 yil ikki semestrga bo'lingan holda olib boriladi. Boshlang’ich ta’limda o’qitiladigan fanlar qatoriga: • Koreys tili Matematika Aniq fanlar Jamiyat haqidagi fanlar Chet tili Tasviriy san’at Musiqa kiradi. • • •
O'rta ta'lim • O'rta ta'lim Koreya respublikasida 3 yil davom etadi. Kopchilik o’quvchilar o’rta maktabga 12 yoshda kelishadi va 15 yoshgacha shu yerda ta’lim olishadi. O'rta ta'lim ham majburiy bo'lib, bir o'quv yili 1 martdan keyingi yil mart oyiga qadar davom etadi. Darslar 45 daqiqadan etib belgilangan bo'lib, bir yilda 1222 soatni tashkil etadi. O'rta ta'lim maktablarida davlat tili, axloq, ijtimoiy fan, matematika, jismoniy tarbiya, musiqa, san'at, chet tili kabi 10 ga yaqin fanlar o'qitiladi. Shuningdek, o'rta maktabda o'quvchi uchun tanlov fanlar mavjud. Bular qatoriga axborot, chet tili (ko'pincha nemis, fransuz, ispan, xitoy, yapon, rus, arab tillari) kabilarni kiritish mumkin. O’rta maktabda o’quvchilar qattiq nazorat qilinadi o’quvchilarning formasi, soch turmagi va maktabdan tashqari faoliyatlari ham nazorat qilinadi. Boshlang’ich maktabdagi kabi o’rta maktabda ham o’quvchilar asosan bir sinfda o’tirishadi, ammo fanlar turli o’qituvchilar tomonidan olib boriladi. O’quvchilar har kuni 6 ta o’quv predmeti bo’yicha dars o’tishadi.
Yuqori maktab • Yuqori maktabning 1 - kursiga o’quvchilar 17 yoshdan qabul qilinib 19 yoshgacha tahsil oladilar. • Yuqori maktablar bir necha turlarga bo'linadi: davlat yuqori maktablari (Koreya Ta'lim va Texnika fanlari vazirligi, Madaniyat, Jismoniy tarbiya va sayyohlik vazirligi boshqaradi), Umumiy yuqori maktablar (Har bir viloyatdagi yuqori tashkilotlar tomonidan boshqariladi), xususiy yuqori maktablar. Shuningdek, yuqori maktablar o'qitish fanlariga ko'ra ham bir qancha turlarga bo'linadi: umumiy maktablar, ixtisoslashtirilgan maktablar (qishloq xo'jaligi, sanoat, dengiz xo'jaligi, axborot), maxsus maktablar (litsey shaklidagi maktab), texnika maktablari, chet tili maktabi, jismoniy tarbiya maktabi, san'at maktablari. Koreya Respublikasida Ta'lim vazirligi maxsus tashkil etgan yuqori maktablar ham bor. Bular asosan qishloq xo'jaligi, baliqchilik, sanoat, xalqaro tillarga ixtisoslashgan bo'ladi. Yuqori maktab o’rta maktab kabi majburiy emas biroq 2005 yilgi ma’lumotlarga qaraganda 97% koreys yoshlari yuqori maktabni tamomlaganlar. Bu juda yuqori ko’rsatkichdir.
Oliy ta’lim Muassasa Beriladigan ma’lumot Kollej Kasbiy ma’lumot Universitet Oliy ma’lumot Magistratura Magistr (2 yil)
Koreyaning eng mashxur Universitetlari: • Seul Milliy Universiteti, Korea Advanced Institude of Science and Technology, Pusan milliy Universiteti. • Shuningdek, xususiy universitetlardan: Koreys Universiteti, Pohang Universiteti, Yonsei Universiteti, Sogang Universiteti, Hanyang Universiteti, Sungkyunkwan Universiteti va Ewha Womans Universiteti.
Seul Milliy Universiteti
Janubiy Koreya haqida qiziqarli faktlar • Osiyoda meditsina jihatidan eng rivojlangan mamlakat hisoblanadi. • Forbes jurnalining ma’lumotlariga ko’ra dunodagi eng mehnatkash xalq bu –koreyslar hisoblanadi.
• Janubiy Koreya internet foydalanuvchilari eng ko’p bo’lgan dunyoning kuchli 10 taligiga kiradi. • Koreya dunyodagi eng havfsiz!!! mamlakat. Koreyada jinoiy ishlar Germaniyaga qaraganda 8 marta kam, odam o’ldirish Rossiyaga qaraganda 15 marta, o’g’rilik AQShga qaraganda 20 marta kamdir. Bu yerda narkomaniya deyarli yo’q. • Koreyadagi baland qavatli uylar liftida “ 4”raqami yo’q. Chunki 4 –”CA” va o’lim-”ca” bir hil yoziladi. Shuning uchun 4 soni o’rniga “F” belgisi yoziladi.
• Koreys odatlariga ko’ra chap tomon hosiyatli sanaladi. • 90% koreyslar ko’zoynak va kontakt linzalardan foydalanishadi. • Koreyada bepul ishlaydigan internetni istalgan binodan, xatto avtobuslardan ham olish mumkin.
UMUMIY PEDAGOGIKA VA PEDAGOGIKA TARIXI AMERIKA QO’SHMA SHTATLARIDA TA’LIM TIZIMI C Tayyorladi: Logopediya yo’nalishi 201 -guruh talabasi Zokirova Ruxsora
Amerika Qo’shma Shtatlari
● AQSHda bolalar uchun 6 yoshdan 17 yoshgacha 12 yillik majburiy ta’lim tizimi tashkil etilgan. 3 -5 yoshgacha Bolalar 3 yoshdan 5 yoshgacha tarbiyalanadigan maktabgacha tarbiya muassasalari 6 -13 yoshgacha • 1 -8 -sinfgacha bo’lgan boshlang’ich maktablar maktab 14 -17 yoshgacha • 9 -12 -sinflardan iborat o’rta maktablar. maktab Oliy ta’lim 2 -4 yillik kollejlar • Aspirantura • Doktorantura •
BOSHLANG’ICH TA’LIM 5 yoshdan 11 -12 yoshgacha XX asrning boshlarida paydo bo’lgan progressiv ta’lim kursidan kelib chiqqan Ijtimoiy va tabiiy fanlar kam o’tiladi va ko’pincha o’lkashunoslik shaklidagi fanlar o’rgatiladi Darslar asosan trening, ekskursiyalar, badiiy loyihalar va ko’ngilochar tadbirlardan iborat Ta’limning ushbu shakli bolalarga odatiy harakatlar va ularning oqibatlarini tahlil qilish orqali bilim olish kerak ekanligini o’rgatadi Jismoniy tarbiya fanidan tashqari barcha fanlarni bitta o’qituvchi o’qitadi
O’RTA MAKTAB • 11 -12 yoshdan 14 yoshgacha bo’lgan o’quvchilar o’qishadi. Har bir o’qituvchi o’z fanini o’rgatadi. O’quv dasturiga ingliz tili, matematika, ijtimoiy va tabiiy fanlar hamda jismoniy tarbiya kiradi. Mahalliy Texnik Shahar Boshlang’ich KOLLEJLAR • Shuningdek, bolalar mustaqil ravishda o’zlari uchun bitta yoki ikkita ta’lim fanini tanlashi mumkin: qoida tariqasida, bular san’at, chet tillari va texnologiyalar sohasidagi fanlardir. • Ko’pgina o’rta maktablarda o’quvchilar matematika (2 yil), ingliz tili (4 yil), tabiiy (2 yil) va ijtimoiy fanlarni (3 yil) o’rganadilar.
OLIY TA’LIM AQShda 4, 5 mingga yaqin oliy o’quv yurtlari mavjud. Mamlakatdagi barcha unversitetlar davlat tomonidan moliyalashtirilgan davlat unversitetlariga va xususiy o’quv muassasalariga bo’lingan. • Oliy o’quv yurtlari tadqiqot yoki aspirantura dasturlari mavjudligiga qarab kollej va unversitetlarga bo’linadi • Bakalavriat uchun o’qish muddati 4 yil. Magistr darajasiga ega bo’lish uchun o’qish 6 yilgacha oshiriladi. • Magistrlik darajasini olish uchun talaba o’zi tanlagan mavzu bo’yicha ilmiy ish yozishi va unversitetda o’qigandan keyin 2 yil davomida himoya qilishi shart. • Eng yuqori daraja – falsafa doktori ilmiy tadqiqot olib borgan va 3 yil ichida dissertatsiyasi himoya qilingandan keyin beriladi OLIY TA’LIM TIZIMI
AQSHDAGI MASHXUR OLIY O’QUV YURTLARI DUNYO BO’YICHA KUCHLI O’NTALIKDA YETAKCHI O’RINLARNI EGALLAB KELAYOTGAN AQSHDAGI UNVERSITETLAR: Reyting bo’yicha 3 -o’rinda STENFORD unversiteti Reyting bo’yicha 4 -o’rinda MASSACHUSETS TEXNOLOGIYA unversiteti Reyting bo’yicha 5 -o’rinda KALIFORNIYA TEXNOLOGIYA unversiteti Reyting bo’yicha 6 -o’rinda GARVARD unversiteti Reyting bo’yicha 7 -o’rinda PRINSTON unversiteti Reyting bo’yicha 10 -o’rinda CHIKAGO unversiteti
AQShdagi bepul ta’lim imkoniyatlari MOLIYAVIY YORDAM STIPENDIY ALAR GRANTL AR • Fulbrayt dasturi, E. Maski stipendiyasi dasturi va AAUW Ta’lim Jamg’armasi kabi grant dasturlari juda mashxur
AQSHda o’qish juda qimmat. Amerikada o’qish qanchalik qimmat ekanligi to’g’risida yaxshi ma’lumotga ega bo’lish uchun quyida jadval keltirilgan. Trening turi va xarajatlar Trening turi va davomiyligi Trening turi Minimal hafta/ yillik Yozgi oromgoh 1 -10 hafta Til darslari 1 -16 hafta Yozgi oromgoh $699 $999 O’rta ma’lumot 1 -6 yil Til darslari $350 $650 O’rta ma’lumot $13, 000 $30, 000 $16, 000 $25, 000 Magistratura $15, 000 $25 -35, 000 Ustoz $15, 000 25, 0000 Doktorantura $15, 000 25, 0000 Unversitetga tayyorgarlik 1 yil Magistratura 4 yil Ustoz 2 yil Doktorantura 3 -5 yil Unversitetga tayyorgarlik O’rtacha
BILIMLARNI BELGILASHNING 5 BALLIK SHKALASI A’lo A c D Qoniqarli Qoniqarsiz B F Yaxshi Yomon Sinf nazorati va maktab ichidagi nazoratlar mavjud bo’lib, asosan test va yozma ishlar shaklida o’tkaziladi
um pedagog
Yaponiya ta’lim tizimi
• Yaponiya — Sharqiy Osiyoda, Tinch okeandagi orollarda joylashgan davlat. Yaponiya hududida 6, 8 mingga yaqin orol boʻlib, shimolisharqdan janubigʻarbga qariyb 9. 13 ming km ga choʻzilgan; eng yirik orollari: Hokkaydo, Honshu, Sekoku va Kyushu. Shimolidan Oxota dengizi, sharq va janubi-sharqdan Tinch okean, gʻarbdan Yapon va Sharqiy Xitoy dengizlari bilan oʻralgan. Maydon 377, 8 ming km². Aholisi 127, 8 mln. kishi (2004). Poytaxti — Tokio shahri
Yaponiya ta’lim tizimi Yaponiyaning dunyodagi eng rivojlangan davlatlardan biriga aylanishiga zamin yaratgan noyob kashfiyotchilar va yetuk mutaxassislarning nihoyatda ko‘pligi o‘z navbatida mamlakatda yo‘lga qo‘yilgan ta’lim tizimidan ildizlanadi. Shu munosabat bilan Ad. Me uning o‘ziga xos jihatlariga to‘xtalib o‘tishga qaror qildi. Yaponiyada maktab o‘quvchilari 10 yoshgacha — 4 -sinfga qadar imtihon topshirmaydi, faqat kichik mustaqil ishlar bilan cheklaniladi, xolos. Mamlakatda ta’limning dastlabki uch yilida akademik bilimlar olish u qadar muhim hisoblanmaydi. Asosiy urg‘u tarbiyaga qaratiladi — bolalar odamlarni va jonivorlarni hurmat qilishga, bag‘rikenglikka, rahmdillikka, haqiqatparvarlikka, o‘zini nazorat qila olishga va tabiatni asrashga o‘rgatiladi.
O‘quv yilining boshlanishi 1 -aprelga to‘g‘ri keladi Yaponiyada yil boshi eng go‘zal tabiat hodisalaridan biri — sakuraning gullashiga to‘g‘ri keladi. Akademik yil uch trimestrga bo‘linadi: 1 -apreldan 20 -iyulgacha, 1 sentabrdan 26 -dekabrgacha, 7 -yanvardan 25 martgacha. Shu tariqa, yapon o‘quvchilari yozgi ta’tilda olti hafta, qishda va yozda ikki haftadan dam oladi.
• Yaponiya ta`lim tizimida maktab yillari 6 -3 -3 -4 ni tashkil etadi: 6 yillik boshlang’ich maktab bo`yicha segmentlanadi; 3 yosh o’rta maktab; 3 yillik o’rta maxsus maktab; va 4 yil universitet. Biroq, hukumat, (2005 yil, oktyabr, kundalik Yomiuri), maktablar boshlang’ich va o’rta maktablar o’rtasida 6 -3 bo’linishni birlashtirishga va integratsiyalashgan o’quv dasturini yaratishga ruxsat berish uchun Ta’lim Qonuniga o’zgartirish kiritishni maqsad qilganini e’lon qildi. Ushbu o’zgarishning asosiy maqsadi – boshlang’ich va o’rta maktablarga o’zlarining resurslarini to’plash yoki almashish imkonini berish, ayniqsa, o’rta maktablarning mutaxassis o’qituvchilarini boshlang’ich maktablarga tayyorlashda iborat.
• Yapon maktabida bolalar aynan nimani o'rganadi? • Ular o'qitadigan fanlar orasida yapon tili, matematika, ijtimoiy tadqiqotlar, musiqa, qo'l mehnati san’atlari, jismoniy tarbiya va uy iqtisodiyoti (oddiy pazandalik va tikuvchilik ko'nikmalarini o'rganish) kiradi. • Boshlang'ich maktablarning soni ko'payib, ingliz tilini o'qitish boshlandi. Axborot texnologiyalari ta`limni yanada takomillashtirish uchun ishlatilgan va ko'pgina maktablar internetga kirish imkoniga ega.
ta’lim tizimi
Finlandiya Respublikasi— Shimoliy Yevropada joylashgan davlat. Maydoni 337 ming km². Aholisi 5, 414 mln. kishi (2012). Poytaxti — Helsinki shahri. Maʼmuriy jihatdan 5 guberniyaga boʻlinadi. 1991 yildan oʻzini oʻzi boshqarish maqomini olgan. Aland orollari bu hisobga kirmaydi. BMT aʼzosi. Finlandiya — suveren respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 2000 yil 1 martda kuchga kirgan. Davlat boshligʻi — prezident, u toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan mamlakat fuqarolari tomonidan 6 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni 1 palatali parlament, ijrochi hokimiyatni prezident bilan hukumat birgalikda amalga oshiradi.
Mutaxassislar fikriga ko’ra, dunyoning eng yaxshi ta’lim tizimi Finlandiyada ekan. Finlandiya Yevropaning rivojlangan mamlakatlaridan biri hisoblanadi. Xo’sh, dunyoda eng yaxshi hisoblanadigan Finlandiya ta’lim tizimi, boshqalardan nimasi bilan ajralib turadi? • Finlandiyada nufuzli yoki oddiy maktab tushunchasi yo’q. Hamma maktab davlatga tegishli bo’lib, ular bir xil moliyalanadi va bir xil asbob-uskuna va imkoniyatlarga ega; • Kichik sinflarda bolalarga uy vazifasi berilmaydi, imtihon topshirmaydi va ularga baho qo’yilmaydi; • Fin maktablarida bolalar juda ko’p insho yozadi: mustaqil ishlash bolaga har bir masala haqida o’z fikriga ega bo’lishni va fikrini badiiy tilda izohlashni o’rgatadi; • Bir fanni boshqa fanlar o’rnida chuqurroq o’rganish ma’qullanmaydi. Masalan finlar matematikani san’atdan ko’ra chuqurroq o’rganish kerak deb hisoblamaydi.
Fin hukumati “Fin maktablari harakatda” dasturini qabul qilib, davlat miqyosida tajriba o‘tkazdi. Uning maqsadi bolalarga o‘quv kuni davomida faol hayot tarzini olib borishga yordam berishdan iborat. Masalan: • dars davomida harakatlanishning tabiiy usullarini o‘ylab topish – matndan parcha olib, shu bo‘yicha rol ijro etish yoki tegishli mavzuga oid munozaralar olib borish; • mashqlar bajarish – 20 soniya turgan joyida yugurish yoki yigirma marta sakrash; • dars paytida erkin harakatlanish – partalar atrofida yurish yoki tik turib o‘qish. Bu dasturning ahamiyatliligi, birinchi navbatda, aynan bolalar uchun mutlaqo zararli hisoblangan harakatsizlikning oldini olishga qaratilganligida edi.
• Bir o’quvchini boshqa o’quvchibilan qiyoslash ta’qiqlangan. Nogiron va qobiliyatlari bolalar bir sinfda o’qishadi; • Fin maktablari shiori shunday: Biz bolani yo hayotga tayyorlaymiz, yo – imtihonga. Biz birinchisini tanladik”. Shuning uchun ham fin maktablarida faqat bir marta – o’quvchi 16 yoshga to’lganda imtihon topshiriladi; • Fin maktablarida eng asosiysi — o’quvchini mustaqil hayotga tayyorlashi, deb hisoblanadi. Shuning uchun ham ularga mustaqil bilim olishni o’rgatishadi. Bolalar yodlab olingan formulalar o’rniga, spravochnik, kalkulyator va internetdan foydalanishni o’rganadi; • O’qituvchilar bir kunda sinf xonasida 4 soat dars beradi va haftaga 2 soat o’qituvchi malaka oshirishiga sarflanadi; • Finlandiyada "o’qituvchi” kasbi – obro’li kasb hisoblanadi. Oliy ta’lim maskanlarida o’qituvchi bo’lish ishlashga juda katta konkurs mavjud; • Finlandiyada umumiy o’rta ta’lim – bepul. Buning ichiga bepul tushlik, ekskursiya, maktab avtobuslari va kitoblar kiradi. Ota-onalardan pul yig`ish ta’qiqlangan;
Fin maktablari haqli ravishda dunyodagi eng yaxshisi deb topilgan: 15 daqiqalik tanaffuslar, har qanday ob-havoda tabiat qo‘ynidagi darslar va minimal uy vazifalariga havasingiz keladi. Bundan tashqari, ta’lim tizimi nafaqat eski an’analardan xoli, balki dunyodagi eng yaxshilaridan biri bo‘lib kelyapti. Fin o‘qituvchilari darslarni ko‘pincha maktabdan tashqarida o‘tkazishadi. Finlandiyaliklar shu tariqa zamonaviy bolalar va real hayot o‘rtasida virtual olam tufayli vujudga kelgan ulkan jarlikka qarshi kurashmoqdalar. “Maktabdan tashqarida olingan taassurotlar geografik, badiiy va adabiy, ilmiy va tarixiy jihatlarga ega. Barcha izlanishlar yerdan boshlanadi, chunki hayot unda mujassam”
Fin o‘quvchilari har 45 daqiqalik mashg‘ulotdan so‘ng, 15 daqiqaga tanaffusga chiqishadi, bu vaqtni odatda sinfdoshlari bilan ko‘chada o‘tkazishadi. Bunday nafas rostlab olish o‘quvchilarga diqqatni jamlash va bilimlarni yaxshiroq o‘zlashtirishga, ayni paytda o‘qituvchilarning dam olishi va stressga tushmasligiga yordam beradi. Finlar buni ancha oldin tushunib yetishgan va 60 -yillardayoq maktablarda tez-tez majburiy tanaffuslar bo‘lishini joriy qilishgan.
O‘tgan asrning 80 -yillarida Finlyandiyada oliy ta’lim sohasida keng ko‘lamli islohotlar o‘tkazildi. O‘shandan beri har bir bo‘lajak o‘qituvchi – ilmiy izlanish olib borgan magistr darajasiga ega mutaxassisdir. O‘n yil o‘tgach, o‘qituvchilardan o‘quv dasturlari va o‘qitish usullarini tuzish talab qilindi. Ko‘pincha mudiralar va direktorlarning o‘zlari o‘qituvchilik qiladi va o‘z maktabida dars beradi. “Fin maktablarida aniq belgilangan iyerarxiya yo‘q: aksariyat direktorlar ham dars berishadi, ham boshqarishadi. Bu bilan ta’lim sohasidagi yetakchilar sinfda dars berish orqali bevosita tajribaga ega bo‘ladilar. O‘qituvchilarga o‘zlari singari muammolarga duch keladigan hamkasblari rahbarlik qilsa, tanqidni yaxshiroq qabul qilishadi va muammolarni bemalol muhokama qila olishadi”.
3 -topshiriq. KONSEPTUAL JADVAL Konseptual jadval o‘rganilayotgan hodisa, tushuncha, fikrlarni ikki va undan ortiq jihatlari bo‘yicha taqqoslashni ta’minlaydi. Tizimli fikrlash, ma’lumotlarni tuzilmaga keltirish, tizimlashtirish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Talabalar: 1. Konseptual jadvalni tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Taqqoslanadiganlarni aniqlaydilar, olib boriladigan taqqoslanishlar bo‘yicha xususiyatlarni ajratadilar 2. Alohida yoki kichik guruhlarda konseptual jadvalni to‘ldiradilar: - uzunlik bo‘yicha taqqoslanadigan (fikr, nazariyalar) joylashtiriladi; - yotig‘i bo‘yicha taqqoslanish bo‘yicha olib boriladigan turli tavsiflar yoziladi. 3. Ish natijalarining taqdimoti.
“Jahonning iqtisodiyrivojlangan xorijiy davlatlarda ta’lim tizimi” mavzusidagi konseptual jadval (lavha) Iqtisodiy rivojlangan xorijiy davlatlar AQSh Yaponiya Tailand Janubiya Karea Buyuk briyaniya Ta’lim tizimi Maktabgacha Umumiy Professionalt Oliy ta’lim o‘rta ta’lim
KRASSVORD
1. Butun dunyo tа’lim muhitini rivojlаntirish jаrаyonini me’yoriyhuquqiy jihаtdаn qo‘llаb-quvvаtlаsh vа koordinаtsiyа qilish qaysi tаshkilot tomonidаn bаjаrilmoqdа. 2. Bog'cha, Boshlang'ich maktab, kichik va o'rta maktab, Oliy ta'lim tizimiga kiruvchi o'quv yurtlari qaysi davlat ta'lim tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi? 3. Yаpon milliy xаrаkterigа xos xususiyаtlаrdan biri bu. . . 4. Talabalar soni bo'yicha dunyoda birinchi o'rinda qaysi davlat turadi? 5. Xitoyning kirish imtihonlaridan o'ta olmagan yoshlar qanday kurslarda ta'lim olishlari mumkin? 6. "Tadqiqot va o'qitish birligi" qaysi davlatning hayotiy printspi hisoblanadi? 7. Jumlani to'ldiring: Koreya soliqlаr tizimidа. . . soliq turi joriy qilingаn bo'lib: ishlаb chiqаruvchilаr foydаning mа’lum foizini mаorifgа yuborаdilаr. Dаvlаt budjetining 24 foizi tа’limgа sаrflаnаdi. 8. Quyidagi jumlalar Sаmurаylаrning qaysi kodeksidаn kelib chiqаdi? аchchiq bo‘lsаdа to‘g‘ri gаpirish, qiyinchiliklаrgа sаbr qilish, doimiy izlаnishdа bo‘lish. 9. Koreyslаr ingiliz tilidan tashqari qaysi tilni mаjburiy rаvishdа o‘rgаnаdilаr? 10. 1948 -yilda Koreyada qaysi qonun qabul qilingan?
Krassvord javoblari 1. Talaba 2. G`arb 3. Hunar 4. Boshlang`ich 5. 2 oylik 6. Ta`limiy 7. Putunxua 1. Yunesko 2. Yaponiya 3. Mehnatsevarlik 4. Koreya 5. Ishchi Universitetlar 6. Germaniya 7. Talimiy soliq 8. Busido 9. Klassik Xitoy tili 10. Talim töģrisidagi qonun
TEST 1. Xitoy Xalq Respublikasida ta’lim tizimi necha turga bo’linadi? 2. A. Maktabgacha ta’lim, boshlang’ich ta’lim, umumiy o’rta ta’lim, maxsus o’rta ta’lim, oliy ta’lim va oliy ta’limdan keying ta’lim 3. B. Maktabgacha ta’lim, boshlang’ich ta’lim, to’liqsiz o’rta ta’lim, to’liq o’rta ta’lim, oliy ta’lim va oliy ta’limdan keying ta’lim 4. C. Maktabgacha ta’lim, boshlang’ich ta’lim, o’rta ta’lim, oliy ta’lim, akademik ta’lim 5. 2. Singapur davlatida ta’lim tizimini qaysi organ tomonidan boshqariladi? 6. A. Ta’lim Vazirligi tomonidan 7. B. Hukumat tomonidan 8. C. Muassasa rahbariyati tomonidan. 9. 3. Rossiya davlati ta’lim tizimi turlarini o’zaro moslangan qatorni toping. 1. Umumiy ta’lim; 2. Kasbiy ta’lim. a)maktabgacha ta’lim; b) boshlang’ich ta’lim; c)o’rta kasbiy ta’lim d) asosiy umumiy ta’lim; e) oliy kasbiy ta’lim f)oliy ta’limdan keying ta’lim
A. 1 -a, c, f 2 -b, d, e B. 1 -a, b, c 2 -d, e, f C. 1 -a, b, d 2 -c, e, f 4. Singapur ta’lim tizimida baholash necha ballik tizimda amalga oshiriladi? A. 5 B. 9 C. 3 5. “Asosiy ta’lim olti yil boshlang’ich va olti yillik o’rta ta’limga bo’linadi, o’z navbatida o’rta ta’lim 2 darajaga ajratiladi: 3 yillik birinchi daraja va uch yillik ikkinchi daraja”. Yuqorida berilgan ta’rif qaysi davlat ta’lim tizimiga xos? A. Singapur B. Tailand C. Xitoy Xalq Respublikasi
Test javoblari 1. B 2. A 3. C 4. B 5. B
- Slides: 91