TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI UMUMIY VA RADIATSION GIGIYENA KAFEDRASI
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI UMUMIY VA RADIATSION GIGIYENA KAFEDRASI «Yuqumli bo'lmagan kasalliklarining profilaktikasining gigiyenik jihatlari »
O’quv mashg’uloti maqsadi: Talabalarga profilaktik tadbirlar bilan tanishtirish, yuqumli bo’lmagan kasalliklarni profilaktika bosqichlarini qadamma – qadam bajarish kasallikning birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi profilaktikasi bo’yicha asoslangan tavsiyalar bera olishga o’rgatish mavzu bo’icha bilim va ko’nikmalarni chuqurlashtirish
Pedagogik vazifalar: -Internetda ishlash -chop ettirilgan ilmiy maqolalar bilan ishlash -bemorlar bilan ishlash -dokladni rasmiylashtirish -ish natijalarni prezentatsiyadan o’tkazish
TALABA BILISHI KERAK -kasalliklarning birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi profilaktikasi haqida tushuncha -yuqumsiz kasalliklarning tarqalganligini dolzarb muammolari -eng ko’p tarqalgan yuqumsiz kasallik shakllarining gigienik omillari
Talaba bajara olishi lozim: --O’RGANILAYOTGAN MAVZUNING DOLZARBLIGINI BAHOLASH BO’YICHA DARSLIKLAR VA ILMIY ADABIYOTLAR BILAN ISHLASH, O’RGANILAYOTGAN KASALLIK SHAKLINING XAVFLI GIGIYENIK OMILLARINI RO’YOBGA CHIQARISH -BEMORDAGI KASALLIKNING KELIB CHIQISHI VA RIVOJLANISHIGA SHAROIT YARATIB BERUVCHI XAVFLI GIGIYENIK OMILLARNI RO’YOBGA CHIQARISH MAQSADIDA BEMORLAR BILAN SHAXSIY TARZDA ISHLASH -KASALLIKNING BIRLAMCHI, IKKILAMCHI VA UCHLAMCHI PROFILAKTIKASI BO’YICHA ASOSLANGAN TAVSIYALAR BERA OLISH -O’TKAZILGAN ISH NATIJALARINI ILMIY DOKLAD KO’RINISHIDA UMUMLASHTIRA OLISHI -OLINGAN NATIJALARNI ILMIY-AMALIY KONFERENSIYADA PREZENTATSIYADAN O’TKAZISHI -SO’ROV ASOSIDA OVQATLANISH TO’G’RISIDAGI MA’LUMOTLARNI TO’PLASH.
Umumiy amaliyot shifokorining eng muhim vazifalaridan biri aholida u yoki bu kasallikning rivojlanishi yoki kelib chiqishi uchun xavfli omil bo’lishida kompleks gigiyenik omillarning mavjudligini hisobga olib sog’lom turmush tarzini shakllantirish bo’yicha bajariladigan ishlar hisoblanadi. Umumuiy amaliyot shifokori o’zining ish mazmuni bo’yicha oilaviy vrach bo’lganligi uchun bu yo’nalishda, ham oilalarda va ham bemorlarni birlamchi davolashprofilaktika muassasalariga murojaat qilganda bajara olishi kerak bo’lgan ishlardir.
Xozirgi vaqtda kasalliklarni oldini olish kompleks tarzda ko’rib chiqiladi. Profilaktik tadbirlarning uch ko’rinishi farqlanadi: 1. Birlamchi profilaktika – bu organizmda kasallikdan oldin yuzaga keladigan harqanday negativ o’zgarishlar, shu jumladan funksional xarakterga ega bo’lgan o’zgarishlar, gomeostazning holati, organizmning himoya funksiyasini pasayishi, biokimyoviy jarayonlarning holatini oldini olishga qaratilgan tadbirlar majmuasidir. Birlamchi profilaktikada insonning gigienik yashash sharoitlari asosiy rolni o’ynaydi, shuning uchun gigienik xavfli omillar birlamchi ahamiyatga egadir.
3. Uchlamchi profilaktika – kasallikning surunkali shaklga, uning qaytalanishi va bemorni nogironlikka olib kelishini oldini olishga qaratilgan tadbirlar majmuasi hisoblanadi. Uchlamchi profilaktikada bemorlarni sifatli davolash asosiy o’rinni egallaydi, shu bilan birga bemorning yashash tarzi, kasallikni kelib chiqishida rol o’ynagan asosiy gigienik omillar albatta hisobga olinishi shart.
Talabalar bilan suhbat natijalari bo’yicha asosiy e’tiborni ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan deb nomlanuvchi aholi o’rtasidagi kasalliklar tarkibida va aholining o’limi strukturasida muhim o’rinni egallaydigan kasalliklarga qaratish lozim. Bizning respublikamizda aholining kasalliklari strukturasida quyidagi kasalliklar muhim hisoblanadi: nafas organlari kasalliklari, ovqat xazm qilish organlari, qon va qon ishlab chiqaruvchi organlar, qon aylanish sistemasi, endokrin kasalliklari, yuqumli kasalliklar, xavfli o’sma kasalliklari, teri va teri osti kletchatkasi kasalliklari. O’lim strukturasida birinchi o’rinni yurak-tomir sistemasi, onkologik kasalliklar va nafas olish organlari kasalliklari egallaydi.
Bu kasalliklarning yuzaga kelishi va rivojlanishida gigiyenik xavfli omillarning tutgan o’rni juda yuqori bo’lib, ular kasallikning kelib chiqishi va rivojlanishidan tortib, to o’lim bilan yakunlanishigacha o’ziga xos sharoit yaratib beradi. Yoki bo’lmasa kasallikning qaytalanishi va bemorni nogironlikkacha olib borishga sababchi bo’ladi.
BEMOR BILAN ISHLASH
BEMOR BILAN ISHLASH
BEMOR BILAN ISHLASH
Loyihaning bajarilish natijalari bo’yicha talabalar 12 -14 daqiqaga mo’ljallangan doklad tuzishlari lozim bo’lib, uni loyihalarning bajarilishi natijalarini prezentatsiyadan o’tkazish maqsadida kafedraning ilmiyamaliy konferensiyasiga taqdim etiladi. Ma’ruza sxemasi barcha talabalar uchun bir xil bo’lishi kerak.
Тaqdimot sxemasi 1. O’rganilayotgan patologiyaning dunyo miqyosida va O’zbekistonda tarqalganligi (ilmiy adabiyotlar ma’lumotlari bo’yicha) 2. O’rganilayotga n patologiya shakliga qisqacha klinik xarakteristika (2 daqiqadan ortiq emas) 3. O’rganilayotgan patologiya shaklining gigiyenik xavfli omillari: -adabiy ma’lumotlar bo’yicha aniqlangan xavfli gigiyenik omillarning ro’yxati -gigienik xavfli omillar ta’sirining patogenetik asoslari 4. O’rganilayotga n patologiya shakli bo’yicha 34 ta bemor bilan ishlash natijalari: -bemorning pasport ma’lumotlari va qisqacha anamnesis morbi 5. Tahlil qilinayotgan patologiya shaklining birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi profilaktikasi bo’yicha UASh tavsiyalari -to’liq anamnesis vitae -har bir konkret xodisa uchun kasallikning xavfli gigiyenik omillarini ajratish (bemorlar bo’yicha)
Ma’ruza matni yozma shaklda rasmiylashtirilgan bo’lishi kerak. Ma’ruza yakunida berilgan ma’lumotlar bo’yicha foydalanilgan ilmiy ma’lumot manbalari ko’rsatiladi. Natijalarni prezentatsiyadan o’tkazish uchun talabalar slaydlar, jadvallar, rasmlar tayyorlashi tavsiya etiladi. Ish natijalarining prezentatsiyasi siklning uchinchi kuni ilmiy-amaliy konferensiya ko’rinishida o’tkazilib, har bir talaba o’zi bajargan loyiha materiallari natijasini himoya qiladi. Reglament – 14 daqiqagacha. Konferensiyani olib boruvchi o’qituvchi va qatnashuvchilarning barchasi ma’ruzachiga savollar berish, o’zining fikrini bayon qilishi, opponent sifatida so’zga chiqish huquqiga ega.
Konferensiyani olib boruvchi o’qituvchi, majlis bayonnomasini yozib boradi. Har bir ma’ruza tugatilgandan so’ng, o’qituvchining xulosa chiqarishi maqsadga muvofiq bo’lib, ishni quyidagicha baholaydi: ma’ruzaning sifati, uning mavzuga va tavsiya etilgan reja-sxemaga muvofiq ekanligi -himoyaning sifati (ma’ruzachining bajarilgan ishni prezentatsiya qilish sifati, tinglovchilarni o’ziga jalb qilaolishi, berilgan savollarga aniq javob berilganligi, o’z fikrini tasdiqlay olishi kabilar)
Mashg’ulotga xulosa chiqarishda konferensiya qatnashchilarining faolligi hisobga olinadi – faol ishtirok etgan talabalar shu mashg’ulot bo’yicha yuqori ball oladilar.
Bilim, mahoratlarni nazorat qilish shakllari - og’zaki suhbat -loyihani o’qiy bilish va mustaqil ravishda chiza bilish - zaruriy hisob-kitoblarni auditoriyada bajarish -bayonnoma bo’yicha hisobot
“Dumaloq stol” usulidan foydalanish. Sаvоllаr yo`zilgan varaqlarni tаrqatiladi Talabalarni kichik guruhlarga (KG) 2 -3 tadan qilib bo`linadi javob bergan kichik guruh talabalariga bаhо qo`yadi 12 dаqiqadаn so`ng O`qituvchi tarqаtilgan varaqlarni yig`ib oladi 1 -2 daqiqa davomida berilgan savolga uozma javobni uozish va bu varaqni boshqa guruh talabalariga uzatish ulardan ularning varaqlarini оlib u yrdagi savolgа javob berish Vazifasi beriladi
Taklif etiladigan muammo savol variantlari: 1. UASh faoliyatida profilaktik ishlarning o’tkazilish joyi 2. Yuqumli bo’lmagan kasallik shakllarining eng dolzarb ko’rinishlari, uning dolzarbligi nima bilan bog’liq 3. Kasallikning birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi profilaktikasi haqida tushuncha, unda gigienik omillarning ahamiyati 4. Sog’lom hayot tarzi haqida tushuncha va uning kasallikni oldini olishdagi roli
- Slides: 22