Tilshunoslikning zamonaviy yonalishlari Reja Hozirgi tilshunoslikda mavjud yonalishlar

  • Slides: 13
Download presentation
Tilshunoslikning zamonaviy yo`nalishlari Reja: Hozirgi tilshunoslikda mavjud yo‘nalishlar. Sintaksisni sistemaviy o‘rganishda yuzaga kelgan yo‘nalishlar.

Tilshunoslikning zamonaviy yo`nalishlari Reja: Hozirgi tilshunoslikda mavjud yo‘nalishlar. Sintaksisni sistemaviy o‘rganishda yuzaga kelgan yo‘nalishlar. Lingvistik jurnalistika yo‘nalishi. Xulosa

O‘zbek tili fonologik tizimidagi o`zgarishlar Mustaqillikning ilk kunlaridan boshlaboq, tilning barcha sath birliklarini sistemaviylik

O‘zbek tili fonologik tizimidagi o`zgarishlar Mustaqillikning ilk kunlaridan boshlaboq, tilning barcha sath birliklarini sistemaviylik tamoyillari asosida qayta о‘rganib chiqish harakati boshlandi. Ana shunday harakat tufayli о‘zbek tili fonologik tizimini lingvistik zidlanishlar asosida о‘rganuvchi va fonemalarni farqlovchi (differensial) va birlashtiruvchi (interval) belgilar majmuasi sifatida e’tirof etuvchi A. Nurmonovning “О‘zbek tili fonologiyasi va morfonologiyasi” (Toshkent 1992), A. Abduazizovning “О‘zbek tilining fonologiyasi va morfonologiyasi”(Toshkent 1994) asarlari yuzaga keldi. Bu asarlarda imkoniyat, mohiyat, invariant sanaluvchi fonema bilan uning bevosita nutq jarayonida variantlar orqali namoyon bо‘lishi о‘rtasidagi munosabat, ya’ni invariant va variant munosabati izchil ravishda e’tiborga olindi.

O‘zbek tili leksikologiyasi Mustaqillik sharoitida о‘zbek tili leksikologiyasida ham katta muvaffaqiyatlar qо‘lga kiritildi. E.

O‘zbek tili leksikologiyasi Mustaqillik sharoitida о‘zbek tili leksikologiyasida ham katta muvaffaqiyatlar qо‘lga kiritildi. E. Begmatovning kо‘p yillik izlanishlari natijasi bо‘lgan “О‘zbek ismlari” kitobining dunyoga kelishi о‘zbek onomastikasining ulkan yutug‘idir. H. Ne’matov va R. Rasulovlarning “О‘zbek tili sistem leksikologiyasi asoslari” kitobining nashr etilishi faqat о‘zbek tilshunosligida, balki butun turkiyshunoslikda katta voqea bо‘ldi

So‘z turkumlari yuzasidan tadqiqotlar Sobiq shо‘rolar davrida qо‘lga kiritilgan yutuqlar va yо‘l qо‘yilgan kamchiliklar

So‘z turkumlari yuzasidan tadqiqotlar Sobiq shо‘rolar davrida qо‘lga kiritilgan yutuqlar va yо‘l qо‘yilgan kamchiliklar sarhisob qilindi va kamchiliklarni bartaraf qilish harakati boshlandi. O. Bozorovning lisoniy birliklar paradigmasida darajalanish munosabatiga bag‘ishlangan monografiyasi, J. Eltazarovning “Sо‘z turkumlari haqidagi nazariyalar”(1996), Sh. Shahobiddinovaning “О‘zbek tili morfologiyasi umumiylik- xususiylik dialektikasi talqinida”(2000), mualliflar guruhining “О‘zbek tili nazariy grammatikasi Morfologiya”(2001) asarlarining dunyoga kelishi mustaqillik bergan hurfikrlilik nishonasidir.

О‘zbek tili sintaksisining sistemaviy tadqiqi О‘zbek tili sintaksisini sistemaviy о‘rganishga jiddiy e’tibor berildi. О‘zbek

О‘zbek tili sintaksisining sistemaviy tadqiqi О‘zbek tili sintaksisini sistemaviy о‘rganishga jiddiy e’tibor berildi. О‘zbek tili sintaksisining sistemaviy tadqiqi ikki yо‘nalishda olib borildi: Øformal-semantik Øformal –funksional. Har ikki yо‘nalish ham о‘zbek tilining ichki tuzilishini obyektiv о‘rganishda katta muvaffaqiyatlarga erishmoqda.

Formal-semantik yо‘nalish Birinchi yо‘nalish bо‘yicha N. Mahmudov va A. Nurmonovlarning “О‘zbek tilning mazmuniy sintaksisi”

Formal-semantik yо‘nalish Birinchi yо‘nalish bо‘yicha N. Mahmudov va A. Nurmonovlarning “О‘zbek tilning mazmuniy sintaksisi” (Toshkent: Fan, 1992), “О‘zbek tilining nazariy grammatikasi Sintaksis” (Toshkent 1995), S. Mahammatqulovning “О‘zbek tilida predikativ sintagma transformatsiyasi” (Toshkent 1998) kabi asarlari, M. Hakimovning matn pragmatikasi talqiniga bag‘ishlangan doktorlik dissertatsiyasini misol qilishimiz mumkin.

Formal –funksional yо‘nalish ikkinchi yо‘nalish bо‘yicha R. Sayfullayevaning qо‘shma gaplarning formal- funksional talqiniga doir

Formal –funksional yо‘nalish ikkinchi yо‘nalish bо‘yicha R. Sayfullayevaning qо‘shma gaplarning formal- funksional talqiniga doir qator tadqiqotlari, M. Qurbonovaning “О‘zbek tilida formal-funksional yо‘nalish va sodda gap qurilishining talqini ”mavzuidagi doktorlik dissertatsiyasi va boshqa bir qator nomzodlik dissertatsiyalari maydonga keldi. Bu tadqiqotlar о‘zbek tilshunosligini yangi pog‘onaga olib chiqdi. Har ikki yо‘nalish tarafdorlarining umumiy tomonlari shundaki, ularning barchasi tilning sistemaviyligi tamoyiliga asoslanadi.

Har ikki yо‘nalishning umumiy jihatlari va farqi Har ikki yо‘nalish tarafdorlari gapning konstruktiv markaziy

Har ikki yо‘nalishning umumiy jihatlari va farqi Har ikki yо‘nalish tarafdorlari gapning konstruktiv markaziy birligi sifatida kesimni e’tirof etadi. Gapning boshqa uzvlari shu markaziy bо‘lakning mazmuniy va grammatik valentliklari asosida belgilanadi. Har ikki yо‘nalish sintaktik modellar va ularning nutqiy jarayondagi turlicha gavdalanishi о‘rtasidagi munosabatlarni yoritishga e’tibor beradi. Bu ikki yо‘nalish о‘rtasidagi farq faqat mazmun munosabatdadir. Birinchi yо‘nalish tarafdorlari shakl va mazmun munosabatiga jiddiy e’tibor qaratsa, ikkinchi yо‘nalish vakillari lingvistik birliklarning shakl va vazifasiga kо‘proq diqqatni jalb etadi.

Shakl va mazmunni tadqiq etish jarayoni Shakl va mazmunni tadqiq etish jarayonida shakl va

Shakl va mazmunni tadqiq etish jarayoni Shakl va mazmunni tadqiq etish jarayonida shakl va mazmun birliklari о‘rtasidagi mutanosiblik (simmetriya) va nomutanosiblik (asimmetriya), tagbilim va tagma’no, mazmuniy sinkritizm, sintaktik omonimiya va sinonomiya, kommunikativ bо‘linish va ular о‘rtasidagi munosabatlar atroflicha yoritib berildi.

Shakl-vazifaviy tomonni tadqiq etish natijasida gaplarning minimal va maksimal qoliplarini belgilash imkoni tug‘ildi. Maksimal

Shakl-vazifaviy tomonni tadqiq etish natijasida gaplarning minimal va maksimal qoliplarini belgilash imkoni tug‘ildi. Maksimal qoliplarni tashkil etgan minimal birliklar о‘rtasidagi munosabat va minimal birliklarning kesimlik shakli asosida qо‘shma gaplarning yangicha tasnifi vujudga keldi. Kesimning atov (leksik) va grammatik (kesimlik shakllari) qismlarga ajratilishi va bu qismlarning valentligi asosida minimal qoliplarning kengayishini о‘rganish gapni tashkil etgan sintaktik uzvlarni bir necha darajalarga ajratish imkonini berdi. Natijada sintaktik bо‘laklarni rus tilshunosligi andazalari asosida faqat bosh va ikkinchi darajali bо‘laklarga ajratish an’anasidan tashqariga chiqish imkoniyati yaratildi.

Davlat tili imkoniyatlarining kengayishi Mustaqillik davridan boshlab о‘zbek tilining qо‘llanish doirasi g‘oyat kengaydi. Ijtimoiy

Davlat tili imkoniyatlarining kengayishi Mustaqillik davridan boshlab о‘zbek tilining qо‘llanish doirasi g‘oyat kengaydi. Ijtimoiy munosabatlarda davlat tili imkoniyatlarining oshib borayotganligini ochib beruvchi N. Mahmudovning “Til va jamiyat”, “Til”, “Sо‘zimiz va о‘zimiz”, “Ma’rifat manzillarida” kabi qator kitoblarining nashr etilishi о‘zbek sotsiolingvistikasini yangi pog‘onaga kо‘tardi.

Lingvistik jurnalistika Tilshunoslik yutuqlarini keng ommaga singdirish, jamoatchilik о‘rtasida nutqiy savodxonlik kо‘nikmasini shakllantirish, kishilarimizni

Lingvistik jurnalistika Tilshunoslik yutuqlarini keng ommaga singdirish, jamoatchilik о‘rtasida nutqiy savodxonlik kо‘nikmasini shakllantirish, kishilarimizni tilshunoslikning sirli olami bilan tanishtirishda tilshunoslikka doir ilmiy- ommabop kitoblarning xizmati kattadir. Bunday risolalar о‘zbek tilshunosligida faqat mustaqillik davriga kelib paydo bо‘ldi. Demak mustaqillik sharofati bilan lingvistik jurnalistika deb nomlanuvchi alohida yо‘nalish vujudga keldi va bu yо‘nalishga professor N. Mahmudov asos soldi. Shuningdek, A. Rustamovning “Salomlashish san’ati” singari risolalari bu yо‘nalishni yanada boyitdi.

O‘zbek tilini ham rasmiy ish yuritish uslubi Sobiq shо‘rolar davrida davlat tili rus tili

O‘zbek tilini ham rasmiy ish yuritish uslubi Sobiq shо‘rolar davrida davlat tili rus tili bо‘lganligi uchun barcha respublikalarning rasmiy ish qog‘ozlari rus tilida yuritilar, shuning uchun boshqa tillarning, jumladan, о‘zbek tilini ham rasmiy ish yuritish uslubi rivojlanmadi. Shu bois istiqlol qо‘lga kiritilishi bilan mazkur uslubning shakllanishi va rivojlanishiga alohida e’tibor qaratildi. N. Mahmudov, N. Mahkamov, A. Madvaliyevlar tomonidan “О‘zbek tilida ish yuritish” kitobining nashr etilishi bu masalaning ijobiy hal etilishida katta ahamiyatga ega bо‘ldi.