TAQDIRIMSAN BAXTIMSAN ERKIN va OBOD VATAN Ozbekiston Respublikasi

TAQDIRIMSAN, BAXTIMSAN, ERKIN va OBOD VATAN! O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 21 yilligiga bag’ishlanadi

Toshkent shahar Mirzo Ulug’bek tumani 27 -maktabning “O’zbek tili” fani o’qituvchisi Qahhorova Mavjudaning 1 soatlik elektron dars ishlanmasi.

Darsning maqsadi: Ta’limiy maqsad: o’quvchilarga mustaqillik bayrami va uning mazmun mohiyatiga oid bilimlar berish. Tarbiyaviy maqsad: yosh avlod qalbida vatanparvarlik tuyg’ularini o’stirish, ularning kelajakda ruhan pok, irodasi baquvvat, vijdonan uyg’oq bo’lishini taminlash, qalbida insoniy fazilatlarni shakllantirish. Rivojlantiruvchi ta’lim: o’quvchilarning mustaqillik, erk va vatanparvarlik haqidagi dunyoqarashlarini o’stirish.

METODI: Noan’anaviy: (aqliy hujum, savol-javob, suhbat)

2010 yil “Bu muqaddas Vatanda azizdir inson” 2011 yil “Buyuk va muqaddassan, mustaqil Vatan” 2012 yil “Taqdirimsan, baxtimsan, erkin va obod Vatan!”

Diqqat savol: 1. Mustaqillik nima? 2. Taqdir nima? 3. Baxt nima? 4. Erkin va obod deganda nimani tushunasiz?

- Taqdirning ma’nosi nima? - Olamda har bir bo’lgan, bo’ladigan va bo’lishi tayin qilib qo’yilgan o’lchovdir. TAQDIR - bu juda keng mavzu, men ham inson o'z taqdiri yaratuvchisi deb hisoblayman, ya’ni hayotingiz qay yo'sinda kechishi qisman o'zingizga bog’liq. Taqdirimiz Olloh taolo tomonidan bitilishi hech kimga sir emas, lekin haoytimizda bo'ladigan yaxshilig-u yomonliklar biz qilgan savob va gunohlarimiz sababli ro'y beradi deb hisoblayman. Yaratgan o'z bandasiga bir necha taqdir yo'llarini taqdim etarkan, ulardan qay biri bo'ylab borishi, qay birini tanlay bilishi uchun aql zakovat berib qo'yibdi, xatolardan, baxtsizliklardan boshni changallamay, ularni to’g’rilab baxtli hayot uchun kurashish kerak.

Demak, shu zaminda tug’ilishimiz ham taqdir.

BAXT NIMA? Baxt tushunchasi juda keng qamrovli tushuncha, chunki har bir inson o’z baxt formulasiga ega. M: Kimdir ota-onasi bilan baxtli, yana kimdir esa o’z kasbidan va hokazolar.

Siz nima uchun baxtlisiz? O’quvchilar o’z fikrlarini bildiradilar, so’ng quyidagi ma’lumotlar asosida o’qituvchi tomonidan fikrlar to’ldiriladi.

2004 YIL MEHR-MURUVVAT YILI 1997 YIL INSON MANFAATLARI YILI 1998 YIL OILA YILI 1999 YIL AYОLLAR YILI 2000 YIL SOG’LOM AVLOD YILI 2005 YIL SIHAT-SALOMATLIK YILI 2006 YIL HOMIYLAR VA SHIFOKORLAR YILI 2007 YIL IJTIMOIY HIMOYA YILI 2008 YIL YOSHLAR YILI 2001 YIL ONALAR VA BOLALAR YILI 2009 YIL QISHLOQ TARAQQIYOTI VA FAROVONLIGI YILI 2002 YIL QARIYАLARNI QADRLASH YILI 2010 YIL BARKAMOL AVLOD YILI 2003 YIL OBOD MAHALLA YILI 2011 YIL KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIK YILI

2012 yil “Mustahkam oila yili”

ERKINLIK NIMA? Har kim fikrlash, so’z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim o’zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir. (29 -modda)

Obod Vatan! • Davlatimiz rahbari boshchiligida xalqimiz ulkan bunyodkorlik ishlarini amalga oshirmoqda, shahar va qishloqlar qiyofasi tubdan yangilanmoqda. Toshkent shahrida buning yaqqol tasdig‘ini ko‘rish mumkin. Bundan yigirma bir yil muqaddam Toshkent shahri bu darajada bo’lmagan. Bugun shaharga kelgan odam uni taniy olmaydi. Ko‘rkam va obod, fayzli va tarovatli xiyobonlar, yo‘llar, biri-biridan muhtasham binolar. . .

Obod ko’chalar

Muhtasham binolar

Ko’rkam va obod shahar

Mustaqillik bizni jahonning rivojlangan mamlakatlari qatoridan munosib o’rin egallashga, bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik davlat, fuqaroviy jamiyat barpo etishga, xalqimiz salohiyatini mustahkamlashga, yurtimiz shon-shuhratini dunyoga yoyishga da’vat etadi.

Uyga vazifa: • Mavzu asosida qo’shimcha ma’lumotlar to’plash.
- Slides: 19