SIRDARYO VILOYATI YANGIYER SHAHAR 1 UMUMTALIM MAKTABINING BOSHLANGICH
SIRDARYO VILOYATI YANGIYER SHAHAR 1 - UMUMTA’LIM MAKTABINING BOSHLANG’ICH SINF O’QITUVCHISI 2 - SINF O’QISH FANIDAN “MOMAQAYMOQ” MAVZUSIDAGI BIR SOATLIK DARS ISHLANMASI
Mavzu : Momaqaymoq Quddus Muhammadiy
• Mavzuga doir tayanch tushuncha va iboralar: MOMAQAYMOQ, BAHOR GULLARI, QOQIO’T • Soatlar soni: 1 soat
O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi :
• Dars turi : YANGI MATERIALNI O’RGANISH • METOD: “Psixologik gimnastika”, ”Klasster”, ” BBB usuli”, “Baxtli tasodif” • Shakl: Suhbat, munozara, guruhlarda ishlash • Darsning jihozi: darslik, bahor gullarining rasmlari, kompyuter, proyektor, magnitofon, test, tarqatma materiallar, Quddus Muhammadiy portreti • Nazorat: og’zaki nazorat, savol –javob, o’z-o’zini nazorat qilish. • Baholash: rag’batlantirish.
• Ta’limiy maqsad: o’quvchilarga Quddus Muhammadiyning “Momaqaymoq” she’ri haqida bilim berish, sh’erni ifodali o’qitish, momaqaymoq rasmini chizdirish. • Tarbiyaviy maqsad: tabiatni sevishga, uning go’zalliklaridan bahra olishga, dorivor o’simliklarning foydasini bilishga, tabiatni asrab avaylashga undash. • Rivojlantiruvchi maqsad: she’rni ifodali o’qish malakalarini rivojlantirish, she’rni o’qiganda manzaralarni tasavvur qilish ko’nikmalarini shakllantirish.
• • Tartib intizom Faollik Fikrni to’liq bayon qilish O’zganing fikrini bo’lmasdan oxirigacha eshitish Qo’l ko’tarib, ruxsat olib gapirish Vaqtdan unumli foydalanish Bir-birini nazorat qilish
bugungi darsimizning shiori :
Psixologik gimnastika. • Kayfiyatingiz qanday? Shunday a’lo kayfiyatda bugun darsimizni o’tamiz.
Bahor gullari
• BU QAYSI O’SIMLIK?
• Rebus
Quddus Muhammadiy (1907 -1997) • Quddus Muhammadiy 1907 yil 25 oktyabrda • Toshkent shahrida tug‘ilgan. O’zbekiston xalq yozuvchisi O’zbekistonda xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchi. O’rta Osiyo davlat universiteti va Toshkent tibbiyot institutida taxsil olgan. • «O’quvchiga esdalik» , «She’r va ertaklar» , «Orzu» , «Bahor keldi» (1948), «Qirq o‘g‘il va qiz» , «Sen tug‘ilgan kun» , «Yangi uy» (1953), «Ko‘ng‘izboy bilan sichqonboy» , «Tugmacha» , «Tanlangan asarlar» , «Ochil dasturxon» , «Cho‘pon bobo qo‘shig‘i» «Tabiat alifbesi» (5 kitob), «Kitob va Oftob» , «Men sizga bir hikmat aytaman» kabi asarlari nashr etilgan. S. Marshak, S. Mixalkov, A. Barto va boshqa chet el yozuvchilarining asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. 1997 yil 22 iyunda Toshkent shahrida vafot etgan. Hamza nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati.
Lug’at ishi • Ko’klam- bahor • Quvnaydi- hursand bo’ladi • Husn- chiroy
• Guruh bo’lib ishlash 1. TINGLOVCHILAR 2. OPERATORLAR 3. ALLOMALAR 4. DONISHMANDLAR
Test sinovi • Momaqaymoq nimaga o’xshatilgan? A. Koptokka B. Uchar sharga C. Varrakka D. Ko’klamga
She’rning muallifi kim? A. Sulaymon Risboyev B. Ilyos Muslim C. Quddus Muhammadiy D. Po’lat Mo’min
Bahor gullari berilgan qatorni toping A. Binafsha, momaqaymoq B. Atirgul, nargis C. Zarpechak, atirgul D. Sho’ra, binafsha
BBB usuli Bilardim Bilib oldim Bilmoqchiman
Uyga vazifa: • Quddus Muhammadiyning “Momaqaymoq” she’rini ifodali o’qib kelasiz. Daftaringizga Momaqaymoq rasmini chizasiz.
- Slides: 22