Shermuhammad Munisning tarixiy va tarjima asarlari Shermuhammad Avazbiy
Shermuhammad Munisning tarixiy va tarjima asarlari Асадов Т.
Shermuhammad Avazbiy o’g’li Munis XIX asrning I yarmi o’zbek adabiyotining peshqadam, rahnamo vakillaridan biridir. Uning zabardast shoir, iste’dodli muarrix, xattot sifatida yaratgan asarlari o’tmish me’rosimizning yorqin sahifalarini tashkil etadi. Shoirning “Munisul iqbol”nomli asari O’rta asr tarixnavisligining Sharafiddin Ali Yazdiy, Alisher Navoiy, Bobur, Abulg’oziy asarlaridagi eng yaxshi an’analarni o’zida mujassam etadi. Uning xattot sifatida kitobot qilgan asarlari, tarjimalari, ma’rifiypedagogik asarlarining ahamiyati ham katta. U, ayniqsa, badiiy ijodi bilan XIX asrga kelib ko’tarilish jarayonidagi Xorazm adabiy muhitiga ravnaq, salohiyat bag’ishlagan siymodir.
Shermuhammad Munisda bizga katta meros qoldi. Uning “Munisul ushshoq”devoni, “Firdavsul iqbol”tarixiy asari, “Savodi ta’lim”risolasi, mashhur arixchi Mirxond “Ravzatus safo”asari 1 jildining to’liq va 2 -jildi ayrim qismlarining tarjimasi yetib kelgan. Xorazmning sug’orish tarmoqlari haqida “Orna”lar asari mavjudligi to’g’risida ham ma’lumot bor.
Munis bir necha tarixiy asarlarni o’zbek tiliga tarjima qilgan. U tarixiy va adabiy asarlarni boshqa tillardan o’zbek tiliga tarjima etishda tashabbus ko’rsatgan olimlardan biridir. Ko’pgina asarlar uning tavsiyasi va maslaxati bilan tarjima qilingan bo’lishi ham mumkin. Munis Sharq tarixchisi Mirxondning umumiy tarixga oid mashhur “Ravzat us-safo” nomli asarining I tomini va II tomining birinchi yarimini fors tilidan o’zbek tiliga tarjima qilgan.
Munis Xorazmda Abulg’ozidan boshlangan shajaraviy tarixnavislik silsilasining eng mustahkam bo’g’inlaridan biridir. U Xiva xoni Eltuzarxon taklifiga binoan “Firdavsul-iqbol”tarixiy asarini yozishga kirishgan. Asar 5 bobdan iborat. Ammo, Munis uning muqaddima qismini va ayrim boblarini yozishga ulgurgan, xolos. Asarni muarrixning izdoshi va jiyani Ogahiy oxiriga yetkazgan. Munis asrlarda qadimgi tarixdan boshlab, 1813 yilgacha bo’lgan voqealar haqida ma’lumot bergan. Asar, ayniqsa, Abulg’ozidan keyingi davr hodisalarining ilk bor yoritilishi bilan juda muhimdir.
- Slides: 8