SAMADOV XURSHID Grigoriy Gildebrand va uning imperatorlar bilan
SAMADOV XURSHID Grigoriy Gildebrand va uning imperatorlar bilan munosabati manbalarda Ilmiy rahbar : Hoshimova M Samarqand - 2012
REJA KIRISH I BOB. FRANKONIYA SULOLASINING TAXTGA KELISHI VA HUKMRONLIGI , CHERKOV TARIXI MANBALARDA 1. 1. Germaniyada Frankoniya sulolasining taxtga kelishi tarixiy ocherki 1. 2. Frankoniya sulolasi qirollarining cherkovga bo’lgan munosabati (Titmar yilnomasi asosida ) 1. 3. IX asrda G’arbiy Yevropadagi cherkovlar ahvoli II BOB. QIROL GENRIX IV VA PAPA GRIGORIY VII MUNOSABATLARI MANBALARDA 2. 1. Papa hokimiyatining kuchayishi va uning dunyoviy hokimiyat ustidan hukmronligi uchun kurashi tarixi 2. 2. Qirol Genrix IV siyosati manbalarda (Otbert va Bruno asari asosida ) 2. 3. Investitura uchun kurash XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI
Frankoniya sulolasining taxtga kelishi 1024 -1125 yillarda Germaniyada ikkinchi bir mahalliy sulola Frankoniy a gersoglarining sulolasi idora qildi. Frankoniya Saksoniyadan keyin ikkinchi o’rinda turgan eng katta gersoglik bo’lib , unda ruhoniylar , yepiskoplar va monastirlarning juda ko’p yerlari, ko’pdan – ko’p ritsarlar , savdo ahamiyatiga ega bo’la boshlagan juda ko’p Reyn bo’yi shaharlari bor edi. Dastlabgi vakillari Konrad II (1024 -1039) va Genrix III (1039 -1056) bo’lgan yangi dinastiya dastavval ritsarlarga suyandi. Konrad II imperator ritsarlari sonini ko’paytirishga , ayniqsa , qattiq harakat qildi , bu ritsarlar lexlarni bevosita qirolning o’zidan olar edilar
Genrix III Qora Genrix III Chexiya knyazi slavyan Bretislavning o’ziga vassal tarzida qaram qilib oladi(1014). U Polsha bilan Vengriyaga ham o’z ta’sirini o’tkazdi. Genrix III ko’payib borayotgan ritsarlarga tayanish bilan birga , o’z ittifoqchisi bo’lgan cherkov xizmatlaridan foydalanishni ham davom ettirdi
XI asrda G’arbiy Yevropadagi cherkovlar ahvoli (Adam Bremenskiy asari asosida ). Adam Bremenskiy (1040 -1075). U asli Meyseldan bo’lib, 1068 –yilda Gamburg arxiyepiskopi Adalbertning saroyi xizmatida bo’lgan. Uning asari 4 kitobdan iborat bo’lib , “ Gamburg cherkovi avliyolari hayoti ” deb nomlangan. Ikkinchi kitobda Gamburg yepiskopligi taxtiga Adalbert o’tirgani va uning Imperiyadagi birinchi shaxsga aylanganligi ta’kidlab o’tiladi. Muallif uning faoliyatiga o’zining uchinchi , asosiy kitobini bag’ishlaydi , dastlabgi ikkita kitob uning kirish qismi sifatida baholanadi. Uchinchi kitob Adalbertning faoliyatiga bag’ishlanadi. 3 bobdan 26 bobgacha Adalbertning dastlabgi olti yillik hukmronligini yozadi , imperator Genrix III va papalar bilan munosabatlarini yaxshilashga harakat qiladi. U imperatorlar bilan vengrlar , frizlar , italiyaliklarga qarshi yurish olib borgan
Papa diktati 1073 –yilda Gildebrand Grigoriy VII nomi bilan papalik taxtini egalladi. O’z qarashlarini u 1075 –yilda “ Papa diktati ” deb nomlangan cherkovning dunyoviy homiyati dasturida aks ettirildi. Grigoriy VII ning nazariy da’volari ko’p hollarda kardinal Gumbert g’oyalari asosida tayyorlangan. “Papa diktati ” 27 ta punktdan iborat bo’lib , bu punktlarda cherkovning va papalikning dunyoviy hokimiyati aks ettirilgan. Tadqiqotchi R. Sheferning fikricha , bu programma Grigoriy VII davrida ham va undan keyingi o’n yillikda ham mashhur bo’lmadi deb aytib o’tadi
Kanossada tiz cho’kish Genrix IV 1075 –yildagina isyonkor Saksoniyani to’liq bostirdi. Ayni shu yil investitura haqidagi bahs boshlangan yil bo’ldi. Papa Grigoriy VII ruhoniyatga kavozimidan mahrum etish jazosi bilan dunyoviy kishilardan investiturani qabul qilish v dunyoviy shaxslarga cherkovdan tashqari deb e’lon qilish dahshati bilan ruhoniyatga investitsiyani taqdim etishni ta’qiqlovchi dekret qabul qildi. Bunga javoban Genrix IV Vorisda cherkov soborini chaqirib, unda papani tahqirlovchi maktubni bitadi. Maktub shunday so’zlar bilan tugaydi : “ Biz Genrix … o’z yepiskoplarimiz bilan senga shunday deymiz : Yo’qol bu yerdan ! ” qirol papani taxtdan quvadi. Grigoriy VII bunga javob tarzda qirolni taxtdan mahrum deb e’lon qildi , uning vassallarini esa qirolga sodiqlik qasamidan ozod etdi.
Saksoniya feodallari isyon ko’tarish uchun bundan foydalanishdi. Bu Genrix IV ning ahvolini qiyinlashtirdi. Unda papa bilan sulh tuzishdan boshqa yo’l qolmadi. 1077 –yil 25 –yanvardan Genrix IV uch kun davomida to 28 – yanvargacha Kanossada oyoq yalang holatda papani kutadi. Oxir oqibat 28 –yanvar kuni Kanossada papa va Genrix IV o’rtasida kelishuv imzolandi. Biroq Genrix IV papaga bo’ysunishni xohlamay , 1084 –yilda Rimga yurish qilib , uni egalladi. Genrix IV antipapa sifatida nemis ruhoniysi Kliment III ni sayladi
Qirol Genrix IV siyosati manbalarda ( Yepiskop Otbert asari asosida) Yepiskop Otbert 1091 -yildan to 1119 yilga qadar , ya’ni o’limigachaga Genrix Ivning ashaddiy tarafdorlaridan biri edi. Uning asari “Imperator Genrix IV ning hayoti tarixi ” dir. Bu asarda Genrix IV hukmronligi juda yorqin aks ettirilgan. Asarda Genrix IV quyidagicha aks ettiriladi : “ Genrix birovlar oldida imperator sifatida , boshqalar oldida harbiy sifatida namoyon bo’lar edi. U juda donishmand bo’lib , davlat ahamiyatiga molik bo’lgan har bir masalani aql bilan yechgan. U juda kamgap bo’lgan. Nafaqat nemis knyazlari, balki Sharq va G’arbning hukmdorlari uning ismini eshitiboq, sarosimaga tushar edilar. U kambag’allarga jabr qilganni yoqtirmas edi. Genrixning hayoti va hukmronligi kelajak uchun tinchlik va urushlar to’xtatilganligi bilan namuna bo’ldi ”
Genrix IV ning taxtga chiqishi va uning yoshligi haqida ham muallif batafsil ma’lumotlar beradi: “ … Genrix taxtga merosxo’r sifatida 1056 –yil o’tiradi. U taxtga juda yosh o’tirib , bu davrda urushlar bo’lmagan , qo’riqchilar xalqning tinchligini buzmagan, xalq imperatorga sodiq bo’lgan. Bunday vaziyatning hukmron bo’lishiga imperatritsa Agnessaning roli katta bo’lib , u o’g’li bilan hamnafas bo’lgan , mardlarcha mamlakatni boshqargan. ” Bu ma’lumotlar bilan birga kitobda saksoniyaliklar haqida ham ma’lumot beriladi: “ Saksoniyaliklar qo’pol , qattiqqo’l , urushqoq xalq bo’lib , 1073 –yilda ular imperatorga qarshi chiqadi. Dastlab Genrix o’z mag’lubiyatini aniq bilib , o’z yurtidan qochadi. Ikki taraflama kamsitilgan qirol saksoniyaliklarga qarshi qo’shin yig’ib , 1075 –yilda ularni yengadi. U ularning hududini, uylarini, qal’alarini vayronaga aylantirsa ham saksoniyaliklar Genrixga bo’ysunishni xohlamadilar… ”
Qirol Genrix IV siyosati manbalarda (Bruno asari asosida) Klerik Bruno. Kelib chiqishiga ko’ra u saksoniyalik bo’lib , Saksoniyaning Genrix IV ga qarshi kurashi vaqtida akasi Kyoln arxiyepiskopi Anno oldida, Magdeburg yepiskopligida bo’lgan. Brunoning kitobidan biz Genrix IV ga nisbatan Saksoniya xalqining munosabatini ko’rib chiqishimiz mumkin. Ammo muallif to’liq haqiqatni ochib bera olmagan , uni hikoyalarida saksoniyaliklarning vatanparvarligi tabaqaviy ekanini ko’rishimiz mumkin. Feodal aristokratiyasining bir qismi o’rta asrda xalq sifatida qirolga qarshi chiqadi, qishloq jamoasi esa bu qo’zg’olonga qo’shilmaydi. Bruno yodida qolgan voqealarni yozma , shu sababli uning asarida anaxronizmlar ko’p o’rin olgan. Uning asarning ahamiyati shundaki, u Genrix IV va Grigoriy VII ning bir – birlariga yozgan maktublari tarixini yozadi. Bu esa qimmatini yanada oshiradi.
Genrix III 1056 –yilda vafot etganidan so’ng, knyazlarning umumiy yig’ilishida uning o’g’li Genrix IV (1056 -1106) o’tiradi. Genrix bu paytda besh yoshli bola edi va kerakli darajada davlatni boshqara olmas edi. Genrixning onasi Agnessa o’z o’glini tarbiya qilar va davlat ishlariga yordam qilar edi. Shunda Kyolnning hurmatli arxiyepiskopi Anno kuch bilan Genrixni onasidan tortib oladi(1062). Genrixning bir vaqtning o’zida bir nechta ayoli bor edi. Lekin shunga qaramasdan , kimnikida yosh , chiroyli qizi yoki rafiqasini eshitsa , albatta unga kuch bilan bo’lsa ham erishar edi. Ning ajoyib va donishmand rafiqasi Berta Savoyskayaga esa knyazlarning maslahati bilan uylangan edi , bu ayolga esa uning ko’ngli yo’q edi. U o’z rafiqasi bilan ajralishning turli yo’llarini qilgan. Genrix IV ning Kyoln arxiyepiskopi Anno tomonidan o’g’irlanishi
Grigoriy VII shaxsiga tavsif (Benno asari asosida) Benno (1098 -yil). U asli Germaniyalik bo’lib, Gildebrandning qirol bilan bo’lgan urush davrida Grigoriy VII o’rniga taxtga kelgan Kliment III qo’lidan kardinallik unvonini oladi. U “Papa Grigoriy VII hayoti va faoliyati ” nomli asarini yozgan. U papaning dushmani sifatida unga baho beradi. Uning asarida quyidagilar yozilgan: “ O’sha kunlar (1080 -yil) papa imperatorga fitnalar uyushtiradi. Ammo xudo uni saqlab qoldi. Papa qirolni bir necha bor la’natlarga bo’lsa ham qirolga hech narsa bo’lmadi. Gidebrand qozilarsiz uch kishini cherkov qonunini buzadi. U hatto o’zining vassallaridan biri , prefakt Stefanning o’g’lini mixlangan bochkada qiynab , Sensinni zindonga tashlaydi , keyinchalik u zindondan qochib , papaning o’zini asirga oladi. ”
Grigoriy VII shaxsiga tavsif ( Monax Marian Skot asari asosida) Monax Marian Skot (1086 -yil). U asli irlandiyalik bo’lib, Germaniyaga Grigoriy VII ning Genrix IV bilan bo’lgan urushi davrida ko’chib kelgan. U o’zining astronomiya va matematikaga oid asarlari bilan mashhur bo’lgan. Uning asaridan ma’lumki, u papa tarafdori bo’lgan, ammo uning o’rta asrlar sodda tarixchisi sifatida genrix IV ni oqlovchi ko’pgina ma’lumotlarni keltiradi. Quyida uning “Genrix IV ning Gildebrand bilan urushi davrida katoliklar va daxriylar ” nomli asaridan lavhalar keltiramiz : “ … Gildebrand , papa Grigoriy taxtda 12 yil o’tiradi. U ruhoniylarga nikohni ma’n etadi. Shu bilan birga cherkov lavozimlarini sotishni ham , sotib olishni ham la’natladi”
E’tiboringiz uchun rahmat
- Slides: 16