Reja 1 Tarbiyaviy konsepsiya tushunchasining mazmuni 2 Jahon

Reja: 1. Tarbiyaviy konsepsiya tushunchasining mazmuni. 2. Jahon tarbiyaviy konsepsiyalari. 3. Tarbiyaviy ishlar tizimi. Tayanch tushunchalar: Tarbiya konsepsiyalari, qiyosiy tahlil, milliy tarbiya, milliy xususiyatlar, tarbiyasi nazariyasi, tarbiyaning izchilligi, pedagogik tajriba, mahorat.

Pedagogika nazariyasida qiyosiy yo‘nalishni kuchaytirishni, turli zamon va makonlarda yaratilgan tarbiya konsepsiyalarini vertikal va gorizontal nuqtai nazaridan tahlil qilishni, xatolarni chetlab o‘tib, tarix sinovidan o‘tgan, insonparvarona mohiyatga ega bo‘lgan tarbiyaviy konsepsiyalar yutuqlaridan, texnologiyasidan samarali foydalanishni taqozo qilmoqda.

q Pedagogik nazariyalarning g‘oyaviy asoslari va mazmunining mamlakatlar taraqqiyotiga ko‘rsatgan ta’sirini qayd qilish, umumlashtirish; q Yevropaning taraqqiy etgan mamlakatlarida, Osiyo va Afrikaning milliy mustaqillikni qo‘lga kiritgan ayrim mamlakatlarida tarbiyaviy konsepsiyalar rivojining tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy, milliy-madaniy shart-sharoitlarini tahlil qilish; q Tarbiya nazariyalari, konsepsiyalarini milliy tarbiya bilan nazariy aloqalarini o‘rganish: q Zamonaviy o‘zbek maktabidagi milliy tarbiya tizimining tub xususiyatlarini qiyosiy asoslash.

Boshqa mamlakatlar tarbiyaviy tizimlarini o‘rganishning xususiyatlari haqidagi ibratli fikrlarni professor P. Kapnistning 1900 yilda aytgan fikri bilan yakunlaymiz: ". . . tarbiyaviy ishlarda ta`lim muassasasining milliy xususiyatlarini dunyo sivilizatsiyasining tarkibiy qismi sifatida o‘rganish kerak. Bu birinchidan, har bir ilmiy muassasaning(uning qayerda joylashganligidan qat’iy nazar) asosini belgilaydi va ikkinchidan, begona o‘lkalarning ta`limiy ishlarini o‘rganish boshqa mamlakatlarda bir vaqtlar o‘tkazilgan va natijalari aniq ko‘rilgan ko‘plab tajriba va ekperimentlarni takrorlashdan bizni qutqazadi"

Yoshlar hisob-kitob ilmini bilish bilan birga, an’anaviy qilichbozlik san’atini ham yaxshi egallashlari kerak deb hisoblar edi. Jon Lokk Angliyaning jahon miqyosidagi obro‘sini ko‘tarishni yoshlarni tarbiyalashga tayanmay oshirish mumkin emasligini asoslab, amalga oshirdi.

Angliyadagi tarbiyaviy maqsad – yosh avlodni tarbiyalash g‘oyasi Fransiyada ham qabul qilinib, o‘ziga xos tarzda amalga oshirildi. Bu quyidagicha ta’riflangan edi; "Fransiyada tarbiyadan maqsad o‘zida yuksak axloqiy sifatlar, fazilatlar, ziyolilik, sog‘lom mushohadalik ruhida tarbiyalanganlikni o‘z Vatanida qabul qilingan xush xulqlik bilan uyg‘unlashtirib, takomiliga yetkazgan fransuzdir"1, madaniy uyg‘onish davrida amalga oshirilgan islohotlar ta`lim, tarbiya maqsadini belgilashga mahsuldor ta’sir ko‘rsatib, Olmoniyaning milliy davlat sifatida rivojlanishiga katta turtki bo‘lib xizmat qildi.

G‘arbiy Yevropada uyg‘onish davri ijtimoiy fanlar, xususan pedagogika fanining predmeti - tarbiya va uning mohiyati, maqsadi haqida dadil ilmiy fikrlar aytilganligi bilan ham e’tiborga molik. Bu fikrlar rang-barang bo‘lib, tarbiya fonemonining turli qirralarini yoritishga xizmat qiladi.

Yevropada Uyg‘onish davri faylasuf va pedagoglarining tarbiya va uning maqsadi haqidagi g‘oyalarida "milliylik", "milliy" tushunchalari tez-tez uchramasada, asl mohiyati jihatidan ular milliy asosga qurilgan edi. Birinchidan, o‘sha davr G‘arbiy Yevropa davlatlari - milliy davlat sifatida shakllanib bo‘lgan edilar; Ikkinchidan, G‘arbiy Yevropa millatlari o‘z davlatlarida milliyliklariga xavf soluvchi, zarar yetkazuvchi har qanday tashqi ta’sirdan holi edilar; Uchinchidan, milliy g‘ururni, tuyg‘uni so‘ndiruvchi milliy mustamlakalik azobini boshdan kechirmagan edilar. Ana shuning uchun ham milliylikni tiklash sobiq mustamlaka mamlakatlarning dastlabki ma’naviy ehtiyojiga aylanishi tabiiydir.

Avesto: axloqiy uchlik tamoyili. Avestoning butun axloq-odobi Gumata (Gumata) Yaxshi fikr), Gukta (Gukta) Yaxshi so‘z), Gvarshta (Gvarshta) Yaxshi ish) da ifodalanadi. Avestoda faqat bitta xalqning emas, balki Eron, Markaziy Osiyo va Ozarbayjon xalqlarining mushtarak, umumiy qimmatga ega bo‘lgan tarbiyaviy qadriyatlari aks etgan.

Shariat: Markaziy Osiyoga islom dini bilan kirib kelgan Qur’oni Karim asosida ishlab chiqilgan, jinoiy, fuqarolik va axloq odob qoidalari majmui. Shariat diniy-huquqiy tizim sifatida XI-XII asrlarda tugal shakllangan. Shariatda barcha hatti-harakatlar dastlab ikki turga – harom va halolga ajratilgan. Keyinchalik 5 turga: farz bajarilishi qat’iy, majburiy hisoblangan axloq me’yorlari; manbud (sunnat) – majburiy emas, lekin ma’qul. Lozim hisoblangan axloqiy me’yorlar; muboh – ixtiyoriy me’yorlar; makruh – ixtiyoriy me’yorlar; harom qat’iy ravishda taqiqlangan hatti-harakatlar.

“Komil inson”ni yetishtirish Abu Nasr Forobiy. “Bizning mavjud holatimiz tarbiya tufayli vujudga kelgan”, “Tarbiya hamma narsaga qodir”. Tarbiya maqsadi sifatida “har bir kishi baxtli-saodatli bo‘lishi kerak”, - degan g‘oyani “millat baxt-saodatli bo‘lishi kerak” degan g‘oya bilan birlashtira oladigan vatanparvarni yetishtirishda deb tushunildi va “milliy tarbiya rejasi”ni ishlab chiqdi.

Tarbiyaning tabiatga mos bo‘lishi haqida ta’limot Ya. A. Komenskiy. Tarbiya uch bosqich – vazifadan iborat: 1) o‘zini va tevarak-atrofdagi olamni bilish (aqliy); 2) o‘z-o‘zini boshqarish (axloqiy); 3) Xudoni tanishga intilish (diniy tarbiya). Inson tabiatning bir qismi sifatida uning eng asosiy, umumiy qonunlariga bo‘ysunadi, deb hisoblaydi va buni injildan olingan matn parchalari bilan asoslaydi.

“Yevropa tarbiyasi”. Osiyo va Afrikaning milliy istiqlolga erishgan mamlakatlarida ta’lim va tarbiya mazmuni asosan uch yo‘nalishda isloh qilina borildi: 1) tarbiya va ta’lim rejalari, dasturlari milliylashtirildi; 2) ta’lim ona tilida olib borila boshlandi; 3) tabiiy-matematik fanlar turkumining roli oshirildi. Mustaqillikning dastlabki yillarida sobiq kolonial maktablarni birdaniga isloh qilish mumkin bo‘lmaganligi tufayli mavjud ta’lim tizimlarini saqlab qolgan holda tarbiyaviy jarayonni milliy asosga qurish boshlandi. Jumladan ta’limning ona tilida berilishiga erishildi.

§milliy birlik, yaponlarning jamoa, urug‘ kollektivchilligi umummilliy darajada namoyon bo‘ladi: kechagina bir-biriga raqobat qiluvchilar millat manfaatiga dahldor vaziyatda birdaniga bir-birini qo‘llay boshlaydilar; §jamoa ming ko‘zli devor bo‘lib, har bir yaponning hatti-harakatini kuzatadi, uning hatti-harakatidagi axloqiy qadriyatlarning sofligini nazorat qiladi. . . Yapon jamiyati axloqiyligining siri ana shunda, deb hisoblashadi; §rostgo‘ylik, bag‘rikenglik sifatlarini tarbiyalashga favqulotda ahamiyat beriladi; §ierogliflar ataylab maydalab yoziladi. Ularni qiynalib yodlash bolada ko‘z qobiliyati(ko‘rganini esda saqlash)ni rivojlantiradi. Ierogliflarni ko‘p martalab, diqqat bilan ko‘chirish o‘quvchilarda tirishqoqlik, mehnatsevarlikni tarbiyalaydi;

§ maktablarda “yapon axloqi” darsi maxsus o‘tiladi. Bolalar asta-sekin xuddi kattalardek salomlashishga, hatti-harakatlar qilishga mashq qildirila boriladi. Agarda biror o‘quvchi milliy axloq qoidalarini buzsa, bolalar uni “g‘alati yapon” deyishadi. Keyinchalik ham u o‘z xatolarini tuzatmasa, “begona” nomini oladi va bolalar undan uzoqlashadi; § o‘smirlik – yapon bolalari uchun eng qiyin – cheksiz dars tayyorlash va kelajak haqida qayg‘urish yo‘llaridir; § o‘quvchilarning aksariyati ikki maktabda o‘qishadi. Birinchi – asosiy, ikkinchi, Dzyuki – tushdan keyingi darsda o‘tilgan mavzuni takrorlash va qo‘shimcha materiallar bilan mustahkamlashga xizmat qiladi. § oilada qiz bola tarbiyasi bilan ko‘proq ona, o‘g‘il bola tarbiyasi bilan ko‘proq ota shug‘ullanadi va h. k. 1. § milliylik, milliy vatanparvarlikning zamonaviylik bilan go‘zal uyg‘unligiga erishayotgan yana bir mamlakat – Turkiyadir. Bu yerda “yoshlikdan buyuk ajdodlarni eslatish, bildirish, targ‘ib qilish orqali yoshu qari – har bir fuqaroni milliy ruhda tarbiyalash odat tusiga kirgan”, - deb yozadi A. Ibrohimov 2. Turkiya istiqlolga erishgach, millatning eng ko‘zga ko‘ringan ziyolilari “Turkiya taraqqiyoti yo‘li” nomli davlat taraqqiyot dasturini belgilab oldilar.

vjahon jamiyatchiligi maktablardagi tarbiyaviy ishlar inqirozidan tashvish chekmoqdalar 1; vzamonaviy pedagogik nazariya va amaliyotdagi ojizlikning sababi birinchidan, o‘tmishning mumtoz pedagogik merosidan foydalanilmayotganligi; ikkinchidan, ijtimoiy vaziyatlarning tez o‘zgarayotganligi tufayli yangi pedagogik nazariya yaratishning qiyinligidadir; vaksariyat tarbiyaviy konsepsiyalarda madaniyat, axloq, tarbiya, xalq, psixologiya va shaxsning milliyligi ilmiy-pedagogik e’tibordan chetda qoldirildi;

vtarbiyaning milliylikka-tadrijiylik tamoyiliga tayanmaganligi tufayli tarbiya samardorligi tobora susaya bordi. Dunyo miqyosida shaxslar, shaxs va millat, shaxs va tabiat orasidagi begonalashuv esa hamon mavjud; v. Milliy tarbiya konsepsiyasi o‘zidan oldin mavjud bo‘lgan konsepsiyalarni to‘ldirib, ularning eng yaxshi qirralaridan foydalanib, Mustaqil O‘zbekistonda milliy istiqloliy ahamiyatga ega. Buning uchun O‘zbekistonda ham ijtimoiy manba (xalq, millat manfaatlari), ham siyosiy manba (milliy davlat – O‘zbekistonning o‘z taraqqiyot yo‘li), mafkuraviy manba (milliy istiqlol mafkurasi) va huquqiy manba (O‘zbekiston Konstitutsiyasi) ma’naviy manba (Ma’naviy yangilanishning strategik dasturi) mavjuddir.
- Slides: 17