Pedagogik Kengash faoliyati rivojini yangi bosqichga kotarish Goya
Pedagogik Kengash faoliyati rivojini yangi bosqichga ko'tarish
Gʻoya haqida Yaxshi o’zlashtirolmagan va bosqichli nazorat imtixonlaridan o’tolmagan o’quvchilarni sinfdan-sinfga qoldirish. Maqsad va vazifalar - Ta’lim sifatini yaxshilash; - Ota-onalar, ayniqsa, o’quvchilarning ta’lim tizimi oldidagi mas’uliyatini oshirish; - O’quvchilarning to’liq vaqtlarini ta’lim (to’garak) bilan shug’ullanishlariga erishish;
Yechiladigan masalalar va muammolar Siz taqdim qilayotgan gʻoya/taklifingiz xalq taʼlimi tizimida qaysi masala va muammolarni yechib berishini, mazkur gʻoyani amalga oshirishdan jamiyat uchun qanday foyda keltirishini bayon eting Ø - O‘zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirining 2016 -yil 30 -maydagi 6 -mh-sonli “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining pedagogik kengashi to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug’i bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining pedagogik kengashi to‘g‘risidagi NAMUNAVIY NIZOM” ning IV bob, 18 bandining 2 -qismining “sinfda qoldirish” jarayonini yo’lga qo’yish. Ø - Ushbu jarayonni amalga oshirishda ta’lim muassasasi hamda o’qituvchilarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash.
Gʻoyani amalga oshirish mexanizmi/tamoyillari Bosqich 1 -bosqich Bosqich nomi/tavsifi (bosqich nomini yozing) O’zlashtirolmagan o’quvchilarni sinfdansinfga qoldirish Muddat Zarur resurslar (bosqichni bajarish muddatlarini kiriting) (bosqichni amalga oshirishda zarur boʻladigan resurslarni kiriting: texnologiyalar, mablagʻ) 2019 -2020 o’quv yili Pedagogik Kengash qarori yakuniga ko’ra
Amalga oshirilgan ish (agar mavjud boʻlsa) O‘zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirining 2016 -yil 30 -maydagi 6 -mh-sonli “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining pedagogik kengashi to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrug’i bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining pedagogik kengashi to‘g‘risidagi NAMUNAVIY NIZOM” ning IV bob, 18 -bandining 2 -qismida “O‘quv yili yakunida o‘quvchilarni keyingi sinfga ko‘chirish yoki sinfda qoldirish masalalarini hal etish” huquqi belgilangan. Har yili ta’lim muassasalari pedagogik Kengashlari tomonidan mazkur bandning “keying sinfga ko’chirish” qismi Nizom asosida amalga oshirilib kelinmoqda. Lekin ushbu bandning “sinfda qoldirish” masalasiga e’tiborsiz qaralib kelinmoqda. Chunki, biron ta’lim muassasasida o’quvchisining sinfdan-sinfga qolishi ushbu muassasada go’yoki ta’limning yaxshi berilmayotganligi masalasi bo’lib ko’rilishi mumkinligi rahbariyat va o’qituvchilarni o’ylantiradi, fanlardan o’zlashtirolmagan o’quvchi uchun ta’lim muassasasi aybdordek, go’yo. Farzandining ta’lim-tarbiyasiga e’tiborsiz bo’lib, -“amallab maktabni bitirsa bo’ldi” degan hayolda yurgan ota-onalar yo’q deya baralla aytolmaymiz, afsuski bunday ota-onalar uchrab turadi. Biz hozirgi kunda o’qituvchilarning maqomi hamda malakasini oshirib, ta’lim jarayoniga innovatsiyon yondoshganimiz bilan “O’QUVCHI”larning mas’uliyatini ham oshirmasak, ko’zlagan maqsadga erisholmaymiz. Hozirgi axborot-texnologiyalari rivojlangan bir davrda o’quvchilarni telefon hamda kompyuter o’yinlaridan ko’ra kutubxonaga kirgazish muammo. Agarda, yuqoridagi Nizomning 18 -band 2 -qismidagi “sinfda qoldirish masalalarini hal etish” mexanizmini ishga tushiradigan bo’lsak, o’quvchilarning mas’uliyati va o’qishga bo’lgan qiziqishlarini oshirgan bo’lar edik. Shundagina maktabga nomiga kelib-ketayotgan o’quvchilar o’z ustida ishlashga majbur bo’lardi, shundagina o’qituvchilarning mehnatlari ko’zga ko’rinardi.
Kutilayotgan natijalar Gʻoyangizdan kutilayotgan natijalar haqida maʻlumotni kiriting Ø - Mazkur g’oya natijasida birinchi navbatda o’quvchilarning ta’lim muassasasiga, fanlarga bo’lgan qiziqishini oshiradi; Ø - O’quvchilarning bo’sh vaqtlarini o’zlari mazmunli o’tkazishini ta’minlaydi (ko’proq mustaqil shug’ullanish va to’garaklarga muntazam qatnashish orqali); Ø - Haqiqiy bilimdon, intiluvchan va talabchan o’quvchilar safining yanada kengayishiga olib keladi; Ø - o’quvchilarning fanlarni o’zlashtirish darajasi oshishiga erishiladi
- Slides: 6