OZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TALIMI VAZIRLIGI QOQON DAVLAT PEDAGOGIKA
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI QO’QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI “TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASI” fanidan tayyorlagan MUSTAQIL ISHI TAQDIMOTI O’qituvchi: Esonova M ] Qo’qon - 2014
Tabiat bilan tanishtirish metodikasining fan sifatida shakllanishi
Ta’lim O‘zbekiston xalqi ma’naviyatiga yaratuvchanlik faoliyatini baxsh etadi. O‘sib kelayotgan avlodning barcha yaxshi imkoniyatlari unda namoyon bo‘ladi, kasb-kori, mahorati uzluksiz takomillashadi, katta avlodlarning dono tajribasi anglab olinadi va yosh avlodga o‘tadi.
Kirish O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov O’zbekiston fanlar akademiyasi ijtimoiy yig’ilishida so’zlagan “ Ilmu-fan mamlakat taraqqiyotiga xizmat qilsin” mavzusidagi nutqlarida (Ma’rifat” gazetasi 1994 -yil 12 -iyul) shunday ta’kidlaganlar: “Sog’lom avlodni tarbiyalash buyuk davlat poydevorini, farovon hayot asosini qurish deganidir Biz tarixan qisqa fursat ichida boshqa sohada bo’lgani kabi bu boradagi maqsad va burchimizni ham yaxshi anglab yetdik” Yangi jamiyat sari ishonchli odimlar bilan borar ekanmiz, uni qurish uchun asrlar davomida insonlar orzu qilib kelgan bu ulug’vor jamiyatning oltin darvozasini ochish uchun yoshlar oldiga juda muhim vazifalar qo’yilgan. Kelajak avlodni zamonamizning yetuk kishilari qilib tarbiyalashhayotimiz davrimizning shu kungi eng dolzarb masalalaridan biridir. Bu borada bolalarni tabiat bilan tanishtirish muhim rol o’ynaydi. Tabiat- bitmas-tuganmas xazina. Uning jonli va jonsiz tabiati, turlituman o’simliklar dunyosi, hayvonot dunyosi yosh qalbning to’g’ri o’sib, shakllanishida, tabiatda bo’ladigan voqea hodisalarning sirasrorini o’rganib voyaga yetishida katta manba bo’lib xizmat qiladi.
Bolalarni tabiat bilan tanishtirishdan maqsad yosh avlodni ona vatanimizni sevishga, uning o’simliklari, hayvonot olamini saqlash, asrash, ko’paytirish ruhida tarbiyalashdan iboratdir. Buning uchun bolalarni tabiat bilan tanishtirish ishlarini bog’cha yoshidan boshlamoq kerak. Shunga ko’ra bolalar bog’chalari va ularda ishlayotgan tarbiyachilar oldidagi eng muhim vazifalardan biri ham bolalarning tabiatning go’zalliklarini ko’ra bilish, uni sevish, tabiatda yuz beradigan voqea-hodisalar haqida to’g’ri tushunchaga ega bo’lish, tabiat yaratgan boyliklardan oqilona foydalanish ruhida tarbiyalamog’imiz lozim. Oliy bilimgohlarda ta’lim olayotgan Maktabgacha ta’lim talabalari ana shu muhim vazifani to’g’ri xis qilgan holda birinchi navbatda tabiat qonunlari, tevarak –atrofda keng tarqalgan o’simlik va hayvonot olami bilan chuqur tanishgan bo’lishlari kerak. Yoshlar dastlab ilm poydevorini bog’chalardan olar ekanlar, biz bo’lg’usi pedagoglar, tarbiyachilar zimmasida vazifa ham bolalarni ana shu davrdan boshlab bilm asoslarini puxta egallashga, tabiat bilan, unda yuz beradigan voqea- hodisalar bilan tanishtirib borishdan iborat.
REJA 1. Tabiatshunoslik asoslari va yirik olim- A. I. Oparinning ushbu sohaga qo’shgan hissasi. 2. Tabiat bilan tanishtirish shakllanishida metodikasining G’arb pedagoglarining fan ilg’or sifatida fikrlari. (Ya. A. Komenskiy, J. J. Russo, I. G. Pestalotsi, F. Frebel, ). 3. Ushbu fanning pedagoglarining fan sifatida rivojlanishida qarashlari (V. Odovskiy, rus V. G. Belinskiy, A. I. Gertsen, K. D. Ushinskiy, A. S. Simonovich, E. N. Vodovozova, L. K. Shleger, E. I. Tixayeva).
Tabiatshunoslik asoslari va yirik olim A. I. Oparinning ushbu sohaga qo’shgan hissasi
ØTabiatshunoslik- tevarak atrofimizdagi voqea- hodisalarni, jonli va jonsiz tabiatni o’rganuvchi o’quv predmetidir. Tabiatshunoslikning maqsadi tabiat hodisalarining mohiyatini aniqlash, tabiat qonunlarini bilish hamda ulardan amalda foydalanish yo’llarini ochib berishdir. Tabiatni alohida fan sifatida o’rganish g’oyalari. Farobiy, Abu Ali ibn Sino risolalaridan ma’lum. Ayniqsa, Abu Rayhon Beruniy tabiatshunoslikni mustaqil fan sifatida rivojlantirishga katta hissa qo’shgan. Atrofimizdagi tabiatda ajoyib-g’aroyibotlar nihoyatda ko’p O’simlik va hayvonlar hayotida, havoda va suvda Yer, quyosh, yulduzlar harakatida, yerning ichki va tashqi qatlamida , tog’larda, uyil fasllarda qanchaan –qancha ajoyib, betakror biriga o’xshamaydigan o’zgarishlar sodir bo’ladi. Umumn tabiatdagi barcha narsalar ikki qismdan: Jonsiz va jonli tabiatdan iborat.
Tabiat 2 qismdan iborat. 1. Jonsiz tabiat: yer, quyosh, yulduzlar, suv, havo, toshlar, tuproq. 2. Jonli tabiat: o’simliklar, hayvonlar, mikroorganizmlar, odamlar.
Tabiatdagi jonli va jonsiz jismlar necha million yillardan beri mavjud. Ular doimo o’zgarishda. Tabiatdagi o’zgarishlarning ba’zilari tez, ba’zilari sekin boradi. Masalan, ko’z oldimizda bir zumda osmonni bulut qoplaydi. Undan yomg’ir, qor, do’l yog’ishi mumkin. Kecha yoki kunduzning hosil bo’lishi va boshqalar shularga misol bo’ladi. Tabiatda shunday hodisalar borki, uni inson ko’rinishi u yoqda tursin, umri davomida ham sezmasligi mumkin. Chunki ular sezilmaydigan darajada ro’y beradi. Masalan, tog’larning nurashi, toshlarning maydalanib tuproqqa aylanishi uchun bir necha yuz yillar o’tadi, buni inson kuzata olmaydi.
A. I. Oparin Yerda hayotning paydo bo’lishi nazaryasini yirik olim A. I. Oparin kashf etdi. Uning 1924 yili ” Xayotning paydo bo’lishi” asarini yuzaga kelishi bu yo’lda katta bosqich bo’ldi. Uning boshchiligida tabiatshunoslar bilan qilingan tajribalar bu sistema eritmadagi energiya boy turli moddalarni yutish va shular hisobiga o’sish xususiyatiga ekanligini ko’rsatdi. Bir xil tomchilar tez, boshqalari sekin o’ssa, ayrimlari parchlanib ketishi mumkin. Tirik organizmlar organik moddalardan tuzilgan bo’lib, bu organik moddalarning negizida uglerod atomi yotadi. Shu tufayli hayotning paydo bo’lishi tarixi uglerodning paydo bo’lishi tarixi bilan chambarchas bog’liq bo’ladi.
Tabiat bilan tanishtirish metodikasining fan sifatida shakllanishida G’arb pedagoglarining ilg’or fikrlari.
Ta’lim-tarbiyaning o’z oldiga qo’ygan maqsadi va vazifalarini yaxshi bilmasdan turib yosh avlodni tabiat bilan tanishtirishda ularni maqsadga muvofiq tarbiyalab bo’lmaydi. Buning uchun xalq manfaatlarini aks ettiruvchi tarbiyaning maqsadlari to’g’risidagi tasavvurlar qanday vujudga kelgan bu tasavvurlar keyinchalik qanday rivojlanganligi hamda pedagogik tomondan qanday ta’rif va tavsif berishni eslash maqsadga muvofiq. Shuni aytish kerakki, hayotda har bir fanning yuzaga kelishi hayotiy zarurat natijasidir. Bolalarni tabiat bilan tanishtirish metodikasi ham ana shunday xayotiy zaruratning maxsulidir. Bu fan o‘z oldiga ana shu tabiat elementlari, vositasi yoshlarni trbiyalashni maqsad qilib qo’yadi, tarbiya esa pedagogikaning bosh vazifasidir.
Ya. A. Komenskiy. Ulug’ chex gumanist pedagogi (1592 -1670). U nazariy bilish masalalariga alohida yondoshadi. Birinchi bo’lib u tarbiyani tabiat bilan uyg’unlashtirish g’oyasini, ya’ni tarbiyani asoslashda tabiatga uning umumiy qonuniyatlariga tayanish g’oyasini ilgari surdi. Komenskiy tabiatga monandlik prinsplarini tabiat va inson rivojlanishidagi universallik, mushtaraklik borligini aniqlab, inson kamol topishining ( bolalik, o’smirlik, o’spirinlik, yetuklik) davrlarini xarakterlab ular orasida olti oy davom etadigan dastlabki davrga alohida e’tibor berdi. Uning qimmatli fikri shundaki, bola organizmida jadal jismoniy o’sish va his-tuyg’u organlarining rivojlanishi ro’y beradigan manashu davrda yosh bolalar onalar maktabida, pedagogik qobiliyati bilan va o’z tarbiyalanuvchilarini sevadigan dono, g’amxo’r onalar raxbarligidagi oilada tarbiyalanishlari kerak. Uning pedagogika, ta’lim-tarbiya, falsafa, tabiatga oid 250 dan ortiq asarlari bor. Ya. A. Komenskiyning bundan qariyb uch yarim asr muqaddam yaratgan nazaryasi yoshlarni tarbiyalash tabiat bilan tanishtirishdagi dastlabki qadam bo’ldi.
Jan Jak Russo (1712 -1778) – fransuz filosof – ma’rifatchisi. U ta’lim –tarbiya sohasida o’ziga hos nazariya yaratgan. Materiyaning hech kim tomonidan yaratilganligini va obyektiv mavjudligini tan olgan. , lekin materiyaning mohiyatini bilib bo’lmaydi. Russoning ijtimoiy-siyosiy g’oyalari uning dunyoqarashining asosi hisoblanadi. U kishi biror bir jamiyatda yashashi kerak, “tabiiy holatga” qaytib bo’lmaydi, deb hisoblab, tabiatga yaqin ideal jamiyatdagi g’oyani ilgari surdi. Uning fikricha, tarbiyaning asosiy maqsadi mehnatsevar kishilarni yetishtirishdir. Russoning pedagogik qarashlarida, ayniqsa, “Emil yoki tar biya to’g’risida” degan roman-traktatida tarbiya va yoshlarni tarbiyalashda tabiatning roli atroflicha yoritilgan. U ushbu asarida bolalarni mehnatga tayyorlash zarurligi haqidagi fikrini aytib, yoshlarni tarbiyalashda jismoniy, aqliy, axloqiy tarbiyaning ahamiyatini ta’kidladi
I. G. Pestalotsi (1746 -1824)- Shveysariyaning taniqli pedagog demokrati, maktabgacha tarbiya nazaryasini rivojlantirishga katta hissa qo’shganlardan biri. U hissiy idrokni bilishning boshlanishi deb hisoblar, shuning uchun bolalarda tabiatni kuzatish madaniyatini shakllantirish zarur, deb talab qilar edi. Ikkinchi rivojlantiruvchi ta’lim g’oyasi edi. Unda ta’lim jarayonini shunday tashkil qilish kerakki, bu narsa ma’lumotlarni to’plashgagia emas, balki bolalarning qobiliyatini rivojlantirishga olib borsin, ularni kelajakdagi mustaqil faoliyatga tayyorlasin. Uning “getruda o’z bolalarini qanday qilib o’qitadi”, ‘Onalar kitobi”, “Oqqush qo’shig’i” kabi asarlari fanni rivojlantirishda, tabiyachining ma’rifatparvarlik faoliyatlarida katta ahamiyatga ega bo’ldi.
F. Frebel F. Frebel(1782 -1852) nemis pedagogi, o’zining maktabgacha tarbiya nazaryasi bilan katta dong taratgan. U bola tarbiyasida tabiatga uyg’unlik prispini kashf qilib, bunda bolalardagi ilohiy ruhni aniqlashdan iborat, deb bildi. Uning fikricha, tarbiya insonga tabiat in’om etgan narsaga hech narsa qo’shmaydi, balki unda bo’lgan xislatlarni rivojlantiradi , xolos. Frebel tabiatdagi cheksiz rivojlanish haqida va insonning butun hayoti davomida kamol topishi haqidagi qimatli va muhim fikrini keng tashviq qildi. U bolalarning tabiat haqidagi bilimlarini oshirib borishda tarbiyaning roliga, mehnat ta’limiga katta baho berdi. Xullas, XIX asrning ikkinchi yarmi-XX asrning boshlarida G’arbiy Yevropada frebl o’zining nazaryasi bilan pedagogika osmonida yorqin yulduz bo’lib porladi.
Rus pedagoglarining qarashlari
V. Odoyevskiy (1804 -1869)- bolalar yozuvchisi, pedagogika sohasida qimmatli fikr bildirgan. U bolani tarbiyalash uchun botanikaga murojaat etadi. U tarbiyachiga bolalarni o’simliklar bilan tanishtirayotganda biridan ikinchisiga so’ngra uchinchisiga sakrab o’tmang. Faqat tanishtirish bilan borsangiz, hamma o’simliklarni ko’rish uchun sizning ham, bolaning ham umri bunga yetmaydi, deydi. Faqat bolalarning hamma organlari yaxshi rivojlangan o’simlik bilan tanishtiring. Tanishtirganda ham bola uni o’z ko’zi bilan ko’rsin, lekin sizning ko’zingiz bilan emas. Siz faqat uni kuzatib, bolaning xatoga yo’l qo’ymaslik choralarini ko’rishingiz krak. Bolalar bir necha o’simlikni kuzatib bo’lgach, uning fikrini jamlash maqsadida ko’rganlardan xulosa chiqarishga yordamlashing. So’ngra uning qo’liga drslikni berib, ko’rganlarni taqqolashga o’rgating, undan o’qib o’rganishga odatlantiring. Lekin undan botanik yoki zoolog bo’lib chiqadi deb shoshilmang, eng muhimi inson bo’lib yetishsin, deydi. V. F. Odoyevskiyning xizmati shundaki, bolani tarbiyalashda tabiat bilan tanishtirishning ahamiyati beqiyos ekanligini rus pedagogikasida birinchi bo’lib tavsiya etdi. Uni qanday amalga oshirish yo’llarini o’zi ko’rsatib berdi.
V. G. Belinskiy V. G. Belinskiy(1811 -1848)-ko’zga ko’ringan filosof, tanqidchi, publistik va pedagog. U ba’zi tarbiyachilarni, mutaxassislarni bola tarbiyasida tabiat vositalaridan kam foydalanayotganliklarini qattiq tanqid qildi. Bolalarni tarbiyalashda ularning psixofizik hususiyatini hisobga olib har qaysi bola taqdiriga alohida yondashish kerakligini, ” bola tabiatning qonunyatlarini”yaxshi bilish kerakligini uqtiradi. A. I. Gersen(1812 -1870)- revolyusion demokrat, filosof-materialist, yozuvchi, pedagog. Uning ”Bolalar bilan suhbat”, ”Tabiatni o’rganish haqida xat” asarlarida bolalarni tarbiyalshda axloqiy aqliy va jismoniy tarbiyaning roli katta ekanligini ta’kidlab tabiat vositasidan foydalanishni alohida uqtiradi.
K. D. Ushinskiy 91824 -1870), atoqli pedagog, rossiyada pedagogikaning rivojlaishida munosib xissa qo’shgan. U maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan ishlashda tabiat bilan tanishtirishga, estetik va axloqiy tarbiyaga katta o’rin ajratdi. Uning fikricha, bola faqat axloqiy tarbiya tufayligina odam bo’ladi. Bundan tashqari tarbiyaga doir asarlar bayonining soddaligi, ravshan va yuksak baadiyligi bilan ajralib turishi kerak, derdi. Uning o’zi ham bunga qatiy amal qilardi. Shu sababli uning yozgan “Ona tili” darsligi ana shunday talablarga to’liq javob beradi. Darslik mazmunining boyligi, tili va metodikasi jihatdan o’z davrining eng nmunali o’quv kitoblaridandir. U yoshlarni tarbiyalashda tabiat go’zalligiga yuksak baho berdi. Tabiat go’zalligidan foydalanishni aytdi. Bolalarni tabiatni sevishga va uni o’rganishga bo’lgan qiziqishini orttirish yo’llarini ko’rsatdi. Bolalarni kuzatish qobiliyatini oshirish, fikrlash xususiyatini rivojlantirish, tabiat haqida to’g’ri tushunchalarga ega bo’lish, tevarak-atrofdagi voqea hodisalarni payqay bilish ruhida tarbiyalash kerakligini uqtirdi.
A. S. Simonovich (1840 -1933)- ijtimoiy-pedagogik xcarakatning atoqli arbobi, yoshlarni tarbiyalashda bog’ha bilan maktabning aloqasini yaxshilash kerakligini olg’a surgan olim. Shuning uchun bolalar bog’chasini “oila bilan maktab o’rtasidagi bog’lovchi xalqa” deb xisoblab, bog’ch bolalarini maktabdagi o’qishga tayyorlash kerak, degan edi. U bolalarni tabiat bilan tanishtirishda yaratilgan nazariya va amaliyotni bir-biri bilan bog’lab bolalar tarbiyasida foydalanish kerak, deb uqtiradi. Uning “bolalar bog’chasining maktab bilan aloqasi”, “kim tarbiyachi bo’la oladi? ”, “Vatanshunoslik”, “Bolalar bog’chasi haqida” kabi asarlarida bolalarni tarbiyalashda tabiat vositalaridan, tevarak-atrofdagi predmet va buyumlardan foydalanish kerakligini eslatib o’tadi.
E. N. Vodovozova (1844 -1923)- bolalarning sevimli yozuvchisi, maktabgacha tarbiya pedagogikasini rivojlantirishda munosib hissa qo’shgan olim. U pedagogika sohasida Ushinskiyning fikrlarini davom ettirgan, uni yangi g’oyalar bilan boyitgan. U maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni tarbiyalashda tabiatning o’ziga xos roli borligini, tabiatni kuzatish-bolalarni tabiat bilan tanishtirishning amaliy metodlaridan biri ekanligini ko’rsatib berdi. Tarbiyachilar uni to’g’ri tashkil etishlari kerakligini pedagogik nuqta’I nazardan isbotlab berdi. Ayniqsa bolalarni tarbiyalashda ularni kattalar mehnati bilan tanishtirishning ta’lim- tarbiyaviy ahamiyati beqiyos katta ekanligini tasdiqladi.
L. K. Shleger ko’ringan pedagog L. K. Shleger(1863 -1942)-ko’zga metodist, maktabgacha tarbiya sohasidagi taniqli arbob. U bolalarni tarbiyalashda tabiatdan foydalanish uchun jismoniy ish bilan shug’ulanish kerakligini, jismoniy ish jarayonida tabiat elementlari bilan tanishib olish mumkinligini olg’a suradi. U bola tarbiyasida ko’pincha amaliy ish bilan shug’ullantirish kerakligini aytib buning asosida tabiat bilan tanishtirishning o[‘ziga xos metodini ishlab chiqdi. L. K. Shleger o’z hayotiy tajribalari asosida “Xar bir yosh o’zining shaxsiy hayotiga ega’ deydi. Demak, xar xil yoshdagi bola bilan tarbiya ishini olib borganda xushyor bo’lib, bolaning fiziologik o’sishi, psixik xususiyatlarini xisobga olish muxim axamiyatga egadir.
E. I. Tixayeva E. I. tixayeva (1867 -1943) talantli pedagog-metodist, maorif sohasidagi jamoat ar bobi. U mktabgacha tarbiyada erkin tarbiya nazaryasiga qarshi chiqib, bolalarni tarbiyalashda ularning oldida bir maqsad bo’lishi kerakligini, ko’r-ko’rona tarbiya berish bolaning shakllanishida salbiy ta’sir etish kerakligini ko’rsatadi. U bolalarni tarbiyalashda tabiat vositalaridan foydalanish kerakligini aytib, shaxarlarda tabiat bilan tanishtirish uchun imkoniyatlar yo’qligidan qattiq xafa bo’ladi. U shaxarlardagi baland imoratlar, tig’iz ko’chalar, ba’zi baland tosh uyumlari bolalarni na omonni, na na quyoshni ko’rolmay dog’da yurishlarini aytib, bolalarning shakllanishida tabiatning roli beqiyo katta ekanligini aytadi. Buning uchun bolalar yonida, albatta bog’cha uchastkalari maydonchalri bo’lishi kerakligini, bolalar bu uchastkada tabiat elementari bilan tanishishi mumkunligini uqtiradi. U, ayniqsa ekskursiyalar uyushtish kerakligini, uning bolalari tabiat bilan tanishtirishdagi rolini alohida qayd etib, shaxarlarda buni uyushtirish qiyinligini, faqat muzeylarga olib borish bilan shug’ullanishlarini achinish bilan qayd etadi.
Xulosa qilib shuni aytish o’rinliki, Yoshlarga tarbiya berar ekanmiz, eng avvalo tarbiyaning shu kechakunduzdagi ahamiyatini, zarurligini, ham jamiyatimiz uchun, ham inson shakllanishidagi rolini ilmiy asosda tushuntirib berishimiz kerak. Ularning dunyo qarashini shakllantirishda ularning tabiat bilan tanishtirishning, tabiatda bo’ladigan voqea-xodisalarning, o’simlik va hayvonot olamining roli beqiyos kattadir. Xaqiqatan ham, shaxsni har tomonlama shakllanishi bizning jamiyatimizdagina amalga oshadi Chunki yoshlarning o’sishi, ulg’ayishi uchun ona tabiatning hamisha bag’ri ochiq. Tabiat go’zalliklaridan estetik zavq olamiz, bu bola ongining rivojlanishiga, uning har tomonlama kamol topishiga cheksi imkoniyatlar ochib beradi
Foydalanilgan adabiyotlar: I. A. Karimov. «Barkamol avlod. O'ZBEKISTON taraqqiyotining poydevori» . T. , Sharq. 1997. “Ma’rifat” gazetasi 1994 -yil 12 -iyul. Q. Xaydarov, S. Nishonov “Tabiatshunoslik asoslari va bolalarni atrof- tabiat bilan tanishtirish”. “Maktabgacha ta’lim” jurlali 2013 -
FSMU texnologiyasi Ushbu texnologiya munozarali masalalarni hal etishda xamda о‘quv jarayonini baxs-munozarali о‘tkazishda qо‘llaniladi, chunki bu texnologiya talabalarni о‘z fikrini ximoya qilishga, erkin fikrlash va о‘z fikrini boshqalarga о‘tkazishga, ochiq xolda baxslashishga xamda shu bilan birga baxslashish madaniyatini о‘ratadi. Tinglovchilarga tarqatilgan oddiy qog‘ozga о‘z fikrlarini aniq va qisqa xolatda ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarni bayon etishga yordam beradi. F – fikringizni bayon eting S – fikringiz bayoniga sabab kо‘rsating M – kо‘rsatgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring U – fikringizni umumlashtiring
Savol (F) Fikringizni bayon eting (S) Fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating (M) Ko‘rsatgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring (U) Fikringizni umumlashti -ring “Tabiat bilan tanishtirish metodikasi fan sifatida shakllanishi” yuzasidan ushbu texnologiyani to’ldiring.
- Slides: 29