OZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TALIMI VAZIRLIGI NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA

  • Slides: 14
Download presentation
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI Tarix fakulteti “Tarix o’qitish metodikasi”

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI Tarix fakulteti “Tarix o’qitish metodikasi” mutaxassisligi magistratura bo’limi talabasi Ismoilova Sabohat Sobit qizining “O’rta maktablarda tarix ta’limida loyiha metodidan foydalanish” mavzusida. MAGISTRLIK DISSERTATSIYASI. Ilmiy rahbar: dots. R. Rajabov

MAVZU: O’RTA MAKTABLARDA TARIX TA’LIMIDA LOYIHA METODIDAN FOYDALANISH I. Kirish I BOB. O’rta maktablarda

MAVZU: O’RTA MAKTABLARDA TARIX TA’LIMIDA LOYIHA METODIDAN FOYDALANISH I. Kirish I BOB. O’rta maktablarda tarix ta’limining mazmun mohiyati 1. 1. Mustaqillik yillarida tarix ta’limidagi o’zgarishlar. 1. 2. Tarixni o’qitishda foydalanadigan metodlar. II BOB. Maktabda tarix o’qitishning metodik muammolari. 2. 1. Maktab tarix ta’limiidagi muammolari. 2. 2. Tarix faniga qo’yiladigan talablari. III BOB. O’rta maktablarda tarix ta’limida loyiha metodidan foydalanish. 3. 1. 5 – 6 – sinflarda tarix o’qitishda loyiha metodidan foydalanish. 3. 2. 7 – 8 – sinflarda tarix o’qitishda loyiha metodidan foydalanish. 3. 3. 9 – sinfda tarix o’qitishda loyiha metodidan foydalanish. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

Mavzuning dolzarbligi Millatimizning tarixi va tarixiy xotirasini tiklaydigan va ular asosida milliy o’zligimizni anglashda

Mavzuning dolzarbligi Millatimizning tarixi va tarixiy xotirasini tiklaydigan va ular asosida milliy o’zligimizni anglashda xizmat qiladigan asosiy omillaridan biri bo’lib, xizmat qiladi. Tarix ta’limida o’quvchilarda tarixiy bilim va tegishli o’quv va ko’nikmalarni shakllantirish uchun tarix darslarida innovatsion o’qitish metodlarini qo’llash maqsadga muvofiq bo’ladi. Magistrlik dissertatsiyasida biz innovatsion o’qitish texnologiyalaridan biri loyihalash metodini atroflicha tadqiq qilishga harakat qildik. O’qitishning zamonaviy, interfaol metodlarni qo’llash ta’lim jarayonida yuqori samaradorlikka olib keladi. Xususan. Tarix darslarini o’qitishda loyihalash metodini har bir tarix darsining didaktik vazifasidan kelib chiqqan xolda tanlash lozim. Loyihalash asosida darslarni o’tib, o’quvchilarni faollashtiradigan usul bilan boyitish o’quvchilarni o’zlashtirish darajasining ko’tarilishiga olib keladi. Tarix darslarida loyiha metodidan foydalanish o’quvchini dars jarayonining faol ishtirokchisiga aylantirishga aratilgan metod hisoblanadi.

Maqsad va vazifalari O’rta maktablarda o’tiladigan tarix darslarini o’qitishda fanning maqsadi, ta’lim – tarbiyaviy

Maqsad va vazifalari O’rta maktablarda o’tiladigan tarix darslarini o’qitishda fanning maqsadi, ta’lim – tarbiyaviy vazifalarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi o’qitishning mazmuniga pedagog o’qituvchining mahoratidan kelib chiqib, o’rta maktablarda tarix fanini o’zlashtirish darajasi ham o’z navbatida o’qitishning amaliy – ilmiy asosda maqsadga muvofiq tashkil qilinishiga, o’qituvchining o’rganiladigan mavzuning maqsadi, ta’lim – tarbiya vazifalari va mazmuniga mos keladigan ta’lim shakllari, o’qitish uslubiyati va usullari hamda vositalardan qay darajada maqsadga muvofiq foydalana bilishiga bog’liqdir. O’rta maktablarda tarix ta’limining nazariy va amaliy muammolarni tahlil qilgan holda tarix ta’limida loyihalash metodining o’rni va ahamiyatini ochib berish tadqiqot ishining asosiy maqsadi qilib qo’yildi.

Mavzuning o`rganilish darajasi. Pedagogik texnologiya, uning shakllanish va rivojlanish jarayonini ilmiy adabiyotlar asosida tadqiq

Mavzuning o`rganilish darajasi. Pedagogik texnologiya, uning shakllanish va rivojlanish jarayonini ilmiy adabiyotlar asosida tadqiq etgan olimlarning xizmatini alohida ta`kidlash lozim. Xususan, N. X. Avliyaqulova, N. N. Musayeva, J. G`. Yo`ldoshev, S. A. Usmonov, N. X. Xo`jayev, B. Yu. Xodiyev, N. Saidahmedovlarning olib borgan izlanishlari tadqiqot doirasidagi muammoni ochishga yordam beradi. Mamlakatimizda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan o`quv jarayonida foydalanish uchun oxirgi 20 yilda ilmiytadqiqot ishlari, ilmiy maqolalar, monografiyalar, o`quv qo`llanmalar metodist o`qituvchilar tomonidan ilmiy jurnallarda, davriy matbuot va ilmiy to`plamlarda qator maqola va tadqiqotlar chop etildi. Jumladan, U. Tolipov, M. Usmonboyevalarning “Pedagogik texnologiyalarning tadbiqiy asoslari” nomli o`quv qo`llanmasida pedagogik texnologiya nazariyasining shakllanishi va taraqqiyoti tarixi, pedagogik texnologiya mohiyati, texnologik yondashuv tamoyillari, o`quv jarayonini loyihalash, xususiy fanlarni o`qitish jarayoniga ta`lim texnologiyasini tatbiq etish shuningdek, ta`lim texnologiyasi samaradorligini aniqlash va baholash kabi masalalar xususida to`xtalib o`tiladi. N. X. Avliyaqulova, N. N. Musayevalarning “Pedagogik texnologiya” oliy o`quv yurtlari uchun chiqargan darsligida pedagogik texnologiya tuzilishi va mazmuni to`g`risida fikr yuritiladi. Ushbu darslikning asosini respublikamizda, xorijiy mamlakatlarda bajarilgan ishlanmalar va izlanishlar tashkil etadi. ;

Tadqiqotning ob’yekti va predmeti O’rta maktabda tarix ta’limga o’quv jarayonini loyiha metodi asosida tashkil

Tadqiqotning ob’yekti va predmeti O’rta maktabda tarix ta’limga o’quv jarayonini loyiha metodi asosida tashkil etish ob’yektini tashkil etadi. O’rta maktab tarix ta’limi asosida tarix darslarini tashkil etish metodikasi tadqiqotning predmeti hisoblanadi.

Tadqiqotning nazariy va metodologik asoslari. Ilmiy tadqiqot ishining ilmiy – nazariy konsepsiyasi O’zbekiston Respublikasi

Tadqiqotning nazariy va metodologik asoslari. Ilmiy tadqiqot ishining ilmiy – nazariy konsepsiyasi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning “Barkamol avlod orzusi”, “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” asarlari dissertatsiyaning metodologik va nazariy metodologik asosi bo’lib, I. A. Karimov asarlaridagi tarix fanining hozirgi kundagi dolzarb muammolari to’g’risidagi ilmiy – nazariy, umumlashtirilgan konsepsiyasi, dialektik metod, analiz, sintez va tarix fanining qiyosiy – tarixiy metodlar asosida amalga oshiriladi.

Tadqiqot metodlari. Tadqiqot ishini yoritishda tarixiylik va xolislik tamoyillariga asoslangan holda umumfan uslublari va

Tadqiqot metodlari. Tadqiqot ishini yoritishda tarixiylik va xolislik tamoyillariga asoslangan holda umumfan uslublari va retrospektiv tahlil, xolislik, tizimli tahlil, mantiqiylik, qiyosiy tahlil kabi tadqiqot usullaridan foydalanildi.

Dissertatsiyaning tuzilishi. Magistrlik ishi kirish, yettita mavzuni o’z ichiga olgan uchta bob, xulosa, foydalanadigan

Dissertatsiyaning tuzilishi. Magistrlik ishi kirish, yettita mavzuni o’z ichiga olgan uchta bob, xulosa, foydalanadigan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Tadqiqotning umumiy hajmi 124 bet.

Loyiha metodi “Proyekt” (loyiha) so`zi lotincha “projektus” so`zidan olingan bo`lib, “olg`a tashlangan”, “ko’zga tashlanadigan”,

Loyiha metodi “Proyekt” (loyiha) so`zi lotincha “projektus” so`zidan olingan bo`lib, “olg`a tashlangan”, “ko’zga tashlanadigan”, “so’zga chiqayotgan” kabi ma’nolarni anglatadi. Loyihalar metodi XX asr boshlarida ta`lim tizimiga kirib keldi. Bu metodni AQSHda pedagog Jon Dyui va uning shogirdi Uilyam X. Kilpatrik ishlab chiqdi. Ular tomonidan ishlab chiqilgan metod asta-sekinlik bilan ta`lim tizimiga tatbiq etildi. Loyiha metodi ta`lim tizimiga tatbiq etilishi natijasida AQSH pedagogikasi va amaliyotiga katta ta`sir ko`rsatdi. Metod o`zining ijobiy natijalarini bera boshladi. Jon Dyui tomonidan ishlab chiqilgan loyiha metodi sekin-asta rivojlangan mamlakatlar ta`lim tizimiga ham tatbiq etila boshlandi. Loyiha metodi yangi pedagogik texnologiya hisoblanadi. Ushbu pedagogik texnologiyani o`quv jarayoniga olib kirish va undan samarali foydalanishda o`qituvchining roli juda katta.

Xulosa Mamlakatimiz bozor iqtisodiga asoslangan jamiyat sari ildam rivojlanib bormoqda. Bu jamiyat yuqori axborot

Xulosa Mamlakatimiz bozor iqtisodiga asoslangan jamiyat sari ildam rivojlanib bormoqda. Bu jamiyat yuqori axborot texnologiyalari, yangi zamonaviy texnika va texnologiyalarga asoslangan ijtimoiy iqtisodiy-infrastrukturaga ega bo’ladi. Bu texnologiyalarni ishlata oladigan bilimli, yuqori malakali kadrlarga ehtiyoj kuchli bo’ladi. Bunday kadrlarning ta’lim-tarbiyasi o’rta maktabda boshlanadi. Shu sababli o’rta maktab ta’limi tub o’zgarishlarni boshdan kechirmoqda. Zamonaviy o’rta maktabda fanlarni o`qitish jarayonida o`quvchilar olgan bilimlarini nima uchun kerak ekanligini anglab yetishlari va bu olgan bilimlari kelajak hayotlarida duch keladigan muammolarning yechimini topishda yordam berishi shubhasiz. Xulosa o`rnida shuni aytish lozimki, bo`lg`usi tarix fani o`qituvchilari tarix ta`limida o`quvchilarda bilim, ko`nikmalarni hosil qilish, ularda mustaqil fikrni shakllantirish, mavjud muammo yoki masalani yechishda loyiha metodi asosida dars mashg`ulotlarini tashkil qilish samarali hisoblanadi. Demak, tarix darslarini o`qitishda o`quvchilarda loyiha metodi asosida tashkil qilish ilg`or pedagogik texnologiyalarning yangi bosqichi bo`lib, ta`limni samaradorligining muhim omilidir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI 1. O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g`risida”gi Qonuni (1997 yil 29 -avgustda qabul

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI 1. O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g`risida”gi Qonuni (1997 yil 29 -avgustda qabul qilingan) /. Barkamol avlod – O`zbekiston taraqqiyotining poydevori. –T. : O`zbekiston. 1997. 2. O`zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” /. Barkamol avlod – O`zbekiston taraqqiyotining poydevori. – T. : O`zbekiston. 1997. 3. Karimov I. A. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni xalq, millatni millat qilishga xizmat qilsin. 4. Karimov I. A. O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. –T. : O`zbekiston. 1997. 325 bet. 5. Karimov I. A. “O`zbekiston XXI asrga intilmoqda”. –T. : O`zbekiston. 2000. 350 bet. 6. Karimov I. A. “Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q”. –T. : Sharq. 1998. 32 bet 7. Karimov I. A. “Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch”. –T. : Ma`naviyat. 2008 170 bet 8. Karimov I. A. “Barkamol avlod orzusi”. –T. : “Sharq” nashriyoti, 1999. 181 bet 9. Azizxo’jayeva N. N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. – T. : TDPU 2003 y 90 bet. 10. N. X. Avliyaqulova, N. N. Musayeva. Pedagogik texnologiya asoslari. – T. : Tafakkur bo`stoni, 2012. 207 bet. 11. U. Tolipov, M. Usmonboyeva. Pedagogik texnologiyalarning tadbiqiy asoslari. T. 2006. 261 bet. 12. X. Ibragimov, Sh. Abdullayeva. Pedagogika nazariyasi. T. : “Fan va texnologiya” nashriyoti. 2008. 286 bet. 13. Babaxanova X. A. , Jalilov A. A. Texnologik jarayonlarni loyihalash asoslari. T. : , Tafakkur bo’stoni, 2007 y 176 b. 14. Sagdullayev A. S. , Kostetskiy V. A. Qadimgi dunyo tarixi. 6 -sinf. T. : “Sharq” nashriyoti, 2013. 190 bet. 15. A. Muhammadjonov. O`zbekiston tarixi. 7 -sinf. T. : “Sharq” nashriyoti, 2013. 157 bet. 16. Lafasov M. , Jo`rayev U. , Xoliqov E. , Qodirov D. Jahon tarixi. 9 -sinf. T. : “O`qituvchi” nashriyoti, 2010. 158 bet. 17. Doniyorov B. Innovatsion texnologiyalar asosida umumiy o`rta ta`lim maktablarida ta`lim jarayonlari sifat va samaradorligini oshirish muammolari. Xalq ta`limi. 2013 6 -son. 18. Ta`lim texnologiyasini joriy etish o`quvchini faollashtirish mezoni sifatida. Xalq ta`limi. 2012 3 -son. 19. Mo`ydinova Sh. Dars va texnologiya. Xalq ta`limi. 2012 5 -son. 20. Ibragimov X. I. , To`raqulov X. A. Ta`limni texnologiyalashtirish va undagi samaradorlikni aniqlash. Uzluksiz ta`lim. 2004 6 -son. 21. Jumaniyozova M. “Tarix darslarida innovatsion texnologiyalardan foydalanish”. Xalq ta`limi. 2006 2 -son. 22. Mirzayev Ch. , O`rozaliyev T. “Ta`limda pedagogik texnologiya”. Xalq ta`limi. 2002 4 -son. 23. Mahkamov S. “Tarix ta`limida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish”. Xalq ta`limi. 2009 6 -son. 24. R. Atamurodovning “Ta`limda loyiha metodini qo`llash”. Xalq ta`limi. 2010 3 -son. 25. www. google. uz. 26. www. ziyonet. uz.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT !!!

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT !!!