Ozbekiston Respublikasi xalq talimi vazirligi Navoiy davlat pedagogika
O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi Navoiy davlat pedagogika instituti “Tarix o’qitish metodikasi” kafedrasi Тarix fakulteti 4 “B”-kurs talabalasi Narziyev Xurshidning “Jahon tarixi darslarini o’qitishda keysstadi texnologiyasidan foydalanish” mavzusidagi Bitiruv malakaviy ishinining himosi uchun tayyorlagan ТAQDIMOТI Navoiy - 2015 yil
MAVZU: JAHON ТARIХI DARSLARINI O‘QIТISHDA KEYS-SТADI ТEХNOLOGIYASINI ТADBIQ EТISH Reja: Kirish. I-BOB. ТA’LIM ТIZIMIDA ZAMONAVIY O’QIТISH ТEХNOLOGIYALARINING AFZALLIKLARI. 1. 1. Bugungi kun ta’lim tizimiga zamonaviy o’qitish texnologiyalarining zarurati. 1. 2. Keys stadi texnologiyasi zamonaviy o’qitishdagi eng samarali texnologiya sifatida. II-BOB. JAHON ТARIХINI O‘RGANISHDA KEYS SТADI ТEХNOLOGIYASIDAN FOYDALANISHNING SAMARALI YO’LLARI. 2. 1. Jahon tarixi fanida keys stadi texnologiyasini qo’llanilishi. 2. 2. Ushbu fanda keys stadi texnologiyasining samarali tomonlarini aniqlash. Хulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
Mavzuning dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishib, rivojlanish, yangilanish va demokratik jamiyat qurish sari shahdam qadamlar bilan odimlab bormoqda. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilingach, Davlat ta’lim standartlari doirasida zamonaviy mutaxassis sifatiga qo’yilgan talablar kuchaytirildi: mustaqil bilimlarni to’ldirish va yangilash ko’nikmasi, izlanish olib borish, yangi yechimlar qabul qilish, ijodkor shaxs bo’lish, mustaqil fikr yuritish — barkamol shaxs sifatlari tarkibini tashkil etdi. Har bir mutaxassis nafaqat o’z sohasini chuqur bilishi, balki ana shu sohani modernizatsiya qilish jarayonida qatnashishi, yangiliklarni yaratishi va taraqqiyotni ta’minlashi lozim. Ana shunday mutaxassislarni tayyorlash uchun o’quv jarayonida o’quvchilarning chuqur fikrlashini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Mavzuning o’rganilganlik darajasi. Malakaviy ish ustida ishlash natijasida o’quvchilarning aqliy mehnat faoliyatlariga aloqador ilmiy tadqiqotlar qilinganligining guvohi bo’ldik. O’zbekiston olimlaridan S. Rajabov, U. Nishonaliyev, N. Saidaxmedov, R. Safarova, O. Roziqov, B. R. Adizov, Х. Bo’ydanov, Т. Х. Hasanov, J. Хasanboyev, Ya Raxmonov, A. Yefimov rus olimlaridan L. V. Pokushalova, I. Х. Bagirova va B. S. Burыxinlar muammoga aloqador masalalar bo’yicha tadqiqot olib borganlar. Shuningdek, Хalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan umumiy o’rta ta’lim maktablarining 9 -sinfi uchun darslikdan ham foydalanildi. Нишоналиев У. Педагогик технология: Истиқбол ва муаммолар. Т. : 1999. 11 -20 б. Рахмонов Я. Ю. Таълим жараёнида ўқувчиларнинг ақлий меҳнат фаолиятини ташкил этишнинг педагогик асослари. Автореферат. Т. : 2006 й. 24 б Дарсларда ўқувчилар ижодий фаолиятини ўстириш. Т. : Ўқитувчи. 1996. -68 б. Покушалова Л. В. Метод case-study как современная технология профессионально-ориентированного обучения студентов [Текст] / Л. В. Покушалова // Молодой ученый. — 2011. — № 5. Т. 2. — С. 155 -157. Jahon tarixi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining IX sinfi uchun darslik/ M. Lafasov, U. Jo‘rayev, E. Xoliqov, D. Qodirova. (Mas’ul muharrur E. Z. Nuriddinov). -T. : , , O‘qituvchi“ NMIU, 2010 -y. -160 b.
Тadqiqot ob’ekti. Umumiy o‘rta ta’lim maktabi jahon tarixi darslarini o‘qitishda, o‘quvchilar ongiga tarixiy bilimlarni singdirishda keys-stadi texnologiyalarini qo‘llashning ilmiy jihatdan yoritishni mazkur bitiruv malakaviy ishimizning tadqiqot ob’ekti qilib oldik. Тadqiqotning maqsad va vazifalari. Тa’limni modernizatsiyalash sharoitida o’quvchilarda ijodiy fikrni shakllantirish, ularni vaziyatga nisbatan analitik tahlil qilish, muammolarni yechish zaruratini va yo’llarini aniqlash.
E’tiboringiz uchun rahmat!
- Slides: 18