OZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TALIMI VAZIRLIGI ANDIJON VILOYATI XALQ
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI ANDIJON VILOYATI XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI ANDIJON SHAHAR XALQ TA’LIMI BO’LIMIGA QARASHLI 5 - UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABINING INFORMATIKA va AT FANI O’QITUVCHISI SHARIPOVA GULPARIning 8 -sinf o’quvchilari uchun “KOMPYUTERLAR” mavzusida DARS ISHLANMASI
Mavzu: KOMPYUTERLA R
EHM avlodlari
1 -ELEKTRON HISOBLASH MASHINASI – ENIAC (1946 yil)
TRANZISTOR YARATGAN OLIMLAR: UILYAM SHOKLI, JON BARDIN VA UOLTER BRATTEYN
TRANZISTOR VA ELEKTRON LAMPA
INTEGRAL SXEMA ASOSCHISI JEK KILBI (1958 yil)
INTEGRAL SXEMA
KATTA INTEGRAL SXEMA
5 -avlod mashinalari … Beshinchi avlod kompyuterining asosiy tushunchasini quyidagicha shakllantirish mumkin: Bir vaqtning o'zida o'nlab ketma-ket dastur ko'rsatmalarini bajaradigan parallel-vektorli tuzilishga ega bo'lgan o'ta murakkab mikroprosessorli kompyuterlar. Ma'lumotlar va ma'lumotlarga ishlov berish tizimlari, samarali tarmoq kompyuter tizimlarini yaratishga imkon beradigan yuzlab parallel protsessorlarga ega kompyuterlar.
Kompyuterlar 1 - shaxsiy kompyuter 1973 -yil Fransiyada Truong Trong Ti tomonidan ishlab chiqarilgan. Avvaliga mazkur kompyuter elektron o’yinchoq sifatida qabul qilingan. So’ngra bu kompyuter 1977 -yilda amerikalik Stiv Jobs boshliq “Apple Compyuter” firmasi tomonidan mukammallashtirilib, ommaviy ravishda chiqarila boshlandi. Kompyuter - bu turli hajmdagi, har xil ko’rinishdagi axborotlarni tezlik bilan ishlab berishni ta’minlovchi universal avtomatik qurilmadir.
KOMPYUTER HAQIDA Kompyuter–(inglizcha hisoblovchi) deganda dastur asosida axborotlarni katta tezlikda ta’minlovchi qayta ishlashni universal avtomatik qurilmani tushunish mumkin.
1977 yilda “Apple computer” tomonidan ishlab chiqilgan kompyuter
“Apple” asoschisi STIV JOBS
“i. Phone 11” TAQDIMOTI 2019 YIL 10 sentabr
Tizimli bloki asosiy xotira, protsessor va elektron sxemadan tashkil topgan. Asosiy xotira esa tezkor xotira qurilmasi (TXQ) hamda doimiy xotira qurilmasi (DXQ)dan tashkil topgan. TXQda (boshqacha nomi RAM ― Random Access Memory) kompyuterga kiritilgan va ish jarayonida hosil bo’lgan barcha axborotlar saqlanadi. Kompyuter manbaadan uzilgach TXQdagi ma’lumotlar o’chib ketadi. DXQda esa axborotlar o’zgarmasdan doimiy saqlanadi.
Asosiy plata (Материнская плата Ona plata (ingl. Motherboard yoki ingl. mainboard — Asosiy plata; материнка) Shaxsiy kompyuterning asosiy komponentlari (Markaziy protsessor, TXQ kontrolleri va TXQ, yuklanuvchi DXQ, BIOS kontrollerlari) o’rnatiladigan plata. Odatda asosiy platada razyomlar (slotlar) joylashgan bo’ladi.
Protsessor Markaziy protsessor (ingl. central processing unit - CPU, markaziy hisoblash qurilmasi). 1971 -yilda Intel firmasi tomonidan 2250 tranzistorli birinchi mikroprotsessor 4004 ishlab chiqarilgan. Arifmetik va mantiqiy amallarni bajaruvchi, boshqaruvchi qurilma. Har bir dastur buyruqlar ketma-ketligidan tashkil topadi. Protsessor shu buyruqlarini bajaradi. Protsessorlar o’ta katta integral sxemalar asosida quriladi. Protsessor tezligi 1 sekundda bajaradigan amallar soni bilan belgilanadi va u Hz (gers) larda o’lchanadi. Protsessorning bir vaqtning o’zida necha bit bilan ishlashi uning razryadini belgilaydi. Hozirgi kunda 8, 16, 32, 64, 128 razryadli protsessorlar keng qo’llanilmoqda.
Kompyuter Protsessorining joylashishi
Tezkor xotira qurilmasi (TXQ) RAM - Random Access Memory (tanlov asosida ixtiyoriy qismiga murojaat qilinadigan xotira) Bu qurilma registrlardan tashkil topgan. Registr ― bu ma’lumotlarni ikkilik shaklda vaqtinchalik saqlovchi qurilma. Registr triggerlardan tashkil topadi. Triggerlarning miqdori kompyuter necha razryadli ekanligini ko’rsatadi. Registr (uyacha) larning har bir razryadiga 1 bit axborot to’g’ri keladi. 8 bit axborot birgalikda 1 baytni tashkil qiladi. Har 1 bayt o’z tartib raqami(adresi)ga ega bo’ladi. Uyachaning uzunligi mashina so’zi uzunligini belgilab beradi.
TEZKOR XOTIRA QURILMASI (TXQ)
HDD (ingl. Hard Disk Drive – qattiq disk qurilmasi) kompyuterning tashqi xotirasi bo’lib, sistema blokiga o’rnatiladi hamda ma’lumotlarni saqlashda ishlatiladi. Uning hajmi bir necha 10 Gbaytdan - 10 Tbaytgacha yetadi. Vinchestor deganda, silindrsimon germetik idishda joylashtirilgan, bir o’qqa mustahkamlangan ustma - ust disklar majmui tushuniladi. 1 - vinchestor 1973 - yilda IBM firmasi tomonidan 3340 modelida yaratilgan.
Qattiq disk (SSD) SSD disk — bu qattiq diskning(накопитель) bir turi bo'lib, kontroller va mikrosxemalardan tashkil topgan bo'ladi. Uning ichida HDD ichida joylashgan qandaydir harakat qiluvchi disklar bo'lmaydi. SSD disklarning afzalliklari: Mexanik harakatlanuvchi qismlarning yo'qligi. Tashkil etuvchilari faqat mikrosxemalardir.
Monitor kompyuterning ish jarayonida vujudga keladigan axborotlarni ekranda yoritib berishga xizmat qiladigan qurilma. Monitor grafik yoki matn holatida ishlashi mumkin. Matn holatida belgi o’rinlari deyiluvchi alohida qismlarga, grafik holatida esa piksel nomli nuqtalarga bo’linadi. Monitordagi piksellarning umumiy miqdori hamda ranglar soni monitorning imkon darajasini belgilaydi. Hozirda monitorlarning HGC, CGA, EGA, VGA va SVGA turlari keng tarqalgan.
VIDEO PLATA (PC)
VIDEO PLATA (Noutbook) Video-plata (ing. Graphics adapter) – murakkab tasvirlar va millionlab ranglarni qayta ishlashni ta’minlab beruvchi plata. Bu plata o’z mikroprotsessori va tezkor xotirasiga ega bo’ladi. Zamonaviy video-karta hajmli va uch o‘lchovli grafika bilan ishlash imkoniyatiga ega. Hozirgi kundagi juda ko’p dasturlar va o‘yinlar 64 Mb yoki 128 Mb sig’imli video-kartalar bilangina ishlaydi.
TOVUSH PLATASI Tovush platasi (ing. Sound adapter, adapter - moslashtiruvchi) – axborot saqlagichlarga yozilgan raqamli audioaxborotni tovushlarga aylantirib beruvchi qurilma. Qurilmaning chiqish qismiga ovoz kuchaytirgich yoki karnaylarni ulash mumkin. Tovush platasi o’z mikroprotsessoriga ega bo’lib, tovushni kiritishda analog-raqamli o’zgartirish va chiqarishida diskretanalogli o’zgartirishni ta’minlaydi.
TARMOQ PLATASI Tarmoq platasi – kompyuterni tarmoqqa ulash imkonini beradi.
TIZIM SHINASI Asosiy plata yaxlit asosga yig’ilgan elektron sxemalar bo’lib, unga ba’zi qurilmalar axborot almashish sistema magistrali – shinalar (simlarining o‘ramlari) yordamida bog’lanadi. Kompyuter ishida uch xil shina xizmat ko‘rsatadi: 1. Berilgan ma’lumotlar shinasi, 2)Adreslar shinasi, 3)Boshqarish shinasi.
QUVVATLASH BLOKI
PORTLAR Diskyurituvchi, printer, flash-xotira kabi qurilmalar PORTLAR deb yuritiluvchi asosiy platadagi maxsus joylarga ulanadi. Bu qurilmalarni boshqarish uchun asosiy platada KONTROLLERLAR deb ataluvchi elektron sxemalar mavjud. Portlar parallel (LPT), ketma-ket (COM) va universal ketma-ket (USB) turlarga bo’linadi.
DVD – CD diskovodlar Kompakt disklardan ma’lumot o’qish va ularga ma’lumot yozish qurilmasi. Ma’lumot o’qish va yozish lazer nuri yordamida amalga oshiriladi. Kompakt disk yuzasiga 1 li bitlarni yozishda diskning ma’lum yuzasiga lazer nuri ta’sir qildiriladi va shu yuzada iz qoldiriladi.
UYGA VAZIFA 1. Bugungi mavzudan kelib chiqib, 10 dan kompyuter atamalarini o’zbekcha-ruschainglizcha tarjimasini yozib kelish 2. Mavzuga doir kamida 10 tadan test tuzub kelish
E’TIBORININGIZ UCHUN RAHMAT!!!
- Slides: 34