OZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VAORTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI SAMARQAND
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VAO‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI SAMARQAND VETERINARIYA MEDISINASI INSTITUTI ICHKI YUQUMSIZ KASALLIKLAR KAFEDRASI Xayvonlarning ichki yuqumsiz kasalliklari fani «MODDA ALMASh. INUVINING BUZILISh. LARI. KETOZ» mavzusidagi ochiq ma’ruza darsining TAQDIMOTI Ma’ruzachi: v. f. d. , professor Bakirov B. 5440100 - Veterinariya medisinasi yo‘nalishining 4 -bosqichi uchun
17 -Ma’ruza MODDA ALMASh. INUVINING BUZILISh. LARI. KETOZ. 17. 1. Ma’ruzaning o‘qitish texnologiyasi O‘quv soati: 2 soat Talabalar soni: 60 -70 nafar O‘quv mashg‘ulotining shakli Kirish. Vizual ma’ruza Маърузачи-профессор Бакиров Б. Тақризчилар: 1. Самарқанд вилоят ветеринария ва чорвачиликни ривожлант. бошқармаси бошлиғи Э. Тошмуродов; 2. Сам. ВМИ Ички юқумсиз касалликлар кафедраси профессори, вет. я фанл. докт. Қ. Н. Норбоев. Ma’ruza rejasi 1. Mavzuning dolzarbligi. 2. Xayvonlarda modda almashinuvi buzilishlarining qisqacha o‘rganilish tarixi. 3. Modda almashinuvi buzilishlarining o‘ziga xos xususiyatlari va asosiy sabablari. 4. Sog‘in sigirlar ketozi. O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Talabalarga o‘quv fani to‘g‘risida to‘g‘ri tasovvurlarni berish Pedagogik vazifalar: Moddalar almashinuvining ta’rifi, turlari va mohiyati; Buzilish sabablari va tashxis usullari; Ketozning ta’rifi, sabablari, rivojlanish mexanizmi, klinik belgilari, tashxisi, davolash va oldini olish usullari; Gemotologik, urologik va laktologik testlarini tushuntirish o‘quv faoliyati natijalari: Talabalar: Moddalar almashinuvining ta’rifi, turlari va mohiyatini; Metabolizm buzilishlarining ertachi va klinik, yakka tartibdagi va guruxli tashxis usullarini; Biokimyoviy tekshirish usullarining ahamiyatini; Ketozning tashxisi, davolash va oldini olish usullarini tushunib oladilar. Ta’lim usullari Ta’limning tashkiliy shakli Ta’lim vositalari Ma’ruza. Aqliy hujum. Ommaviy, jamoaviy. Matn. Plakat. Kodoskop. Videoproyektor. Kompyuter. Ta’lim berish sharoiti Maxsus jixozlangan ma’ruzaxona. Monitoring va baholash Og‘zaki so‘rov. Tezkor so‘rov.
17. 2. Ma’ruzaning texnologik xaritasi Ma’ruza bosqichlari Faoliyat mazmuni Ta’lim beruvchi Ta’lim oluvchi 1. Ma’ruzaga 1. 1. Mavzu. Undan kutiladigan natijalar. kirish (10 daq. ) 1. 2. Rejani e’lon qilish. 2. Asosiy qism (60 daqiqa) 3. Yakun (10 daqiqa) 1. 1. Eshitadi, yozadi. 1. 2. Savol beradi, aniqlik kiritadi. 2. 1. Tezkor savol-javoblar: 2. 1. Eshitadi, tushunchalarini - modda almashinuvi deganda nimani aytadi, o‘ylaydi, javob beradi. tushunasiz? 2. 2. Eshitadi, slaydlar - asosiy, oraliq va hujayraviy almashinuv mazmunini muhokama qiladi tushunchalari? va asosiy joylarini yozib oladi. - chorvachilikda ko‘p uchraydigan modda almashinuv buzilishi kasalliklari ? 2. 2. Vizual materiallardan foydalanilgan holda ma’ruzaning asosiy nazariy qismlari bayon qilinadi. 3. 1. Ma’ruzaga yakun yasaladidi va 3. 1. Eshitadi, aniqlashtiradi. talabalar e’tibori asosiy masalalarga 3. 2. Yozib oladi. qaratiladi, faol talabalar rag‘batlantiriladi. 3. 2. Uyga vazifa beriladi va baholanadi.
TAVSIYA ETILADIGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. Bakirov B. Xayvonlarning ichki yuqumsiz kasalliklari. O‘quv qo‘llanma. Samarqand. 2015. 416 B. 2. Bakirov B. Xayvonlarda modda almashinuvining buzilishlari va jigar kasalliklari. Monografiya. Samarqand. 2016. 284 B. 3. Norboyev Q. N. , Bakirov B. , Eshburiyev B. M. Xayvonlarning ichki yuqumsiz kasalliklari. Darslik. 2019. 496 B. 4. Bakirov B. , Daminov A. S. , Ro‘ziqulov N. B. , Toyloqov T. , Saydaliyev D. , Qurbonov Sh. , Boboyev O. R. , Xo‘djamshukurov A. Xayvonlar kasalliklari. Ma’lumotnoma. Samarqand. 2019. 552 B. 5. Cattle and sheep medicine. Philip R Scott. Manson publish. London, 2010. P. 240 6. Veterinariya medisinasi jurnali. 7. Internet saytlari (Bolezni obmena veщestv u jivotnыx. Ketoz molochnыx korov).
BILMAYMAN (dars boshida yoziladi, talabining birlamchi bilimini baholash uchun) BILISh. NI XOHLAYMAN (dars boshida yoziladi, o‘qituvchi ishini rejalash uchun) BILIB OLDIM (dars oxirida yoziladi, talabining qo‘shimcha olgan bilimini baholash uchun) 100% .
TAYANCH IBORALAR Metabolizm. Alimentar omil. Endemik omil. Geoekologik omil. Biologik omil. Irsiy omil. Subkliniklik. Kombinativlik. Ko`lamlilik. Atsidotiklik. Ketogenlik. Osteogenlik. Gepatogenlik. Endokrenlik. Ortopediklik. Reproduktivlik. Immunogenlik. U. M. S. . Atsidoz. Ketogen sindrom. Osteogen sindrom. Gepatogen sindrom. Endokrinal sindrom. Ortopedik sindrom. Bepushtlik. Nospetsifik immun tanqislik. Qandli - glyukozali terapiya. Insulin. Antiasidotik terapiya (Natriy gidrokarb. : quruq, 2, 5 -4, 0%-er. , mur. tar. fiz. eritma). Sharabrin suyuql. Gepatoprotektor-r. Glyukokortikoid-r. Ketost. Ultraketost. To‘yimli-uglevodli oziqlantirish. Dispanserlash
Mavzuning dolzarbligi. Respublikamizda chorvachilikni rivojlantirish orqali aholining chorvachilik mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirishga qaratilgan islohatlarning bekamu-ko‘st amalga oshirilishida bugungi kunda veterinariyadagi tub burilishlar yasalayotganligiga qaramasdan hayvonlarning modda almashinuvi (metabolizm) buzilishi kasalliklari hamon katta to‘siqligicha qolmoqda. Chunki metabolizm buzilishlari mahsuldor qoramollarda dunyoning barcha davlatlarida keng tarqalgan bo‘lib, bunday zararlanish respublikamizning ayrim fermer xo‘jaliklari sharoitidagi katta yoshli qoramol va qo‘y echkilar orasida o‘rtacha 50 -70 foizgachani tashkil etadi. Oriqlash, sutning kamayishi, qisir qolish, nimjon bola tug‘ilish, majburan so‘yilish yoki xarom o‘lish natijasida xo‘jalik har bir bosh qoramol hisobiga bir yilda o‘rtacha 1, 5 -2, 0 mln so‘mdan iqtisodiy zarar ko‘radi (Bakirov B. , 2015). Isroil davlatida har bir bosh sigirdan o‘rtacha bir yilda 12 t. , Daniyada 9, 3 t. sut olinayotgan bir payttda, qoramollar orasida aynan modda almashinuvi kasalliklarining keng tarqalganligi tufayli bizning respublikamizda bu ko‘rsatkich o‘rtacha 2, 0 -2, 5 tonnani tashkil etadi.
Modda almashinuvi (metоbolizm)tiriklik uchun zarur moddalarning tashqi muhitdan organizmga tushishi, hazmlanishi, o‘zlashtirilishi va hosil bo‘lgan so‘ngi mahsulotlar (metabolitlar)ning tashqi muhitga chiqarilishini o‘z ichiga oluvchi murakkab fiziologik jarayon. Tiriklik uchun zarur moddalar: oqsillar, uglevodlar, yog‘lar, mineral moddalar, vitaminlar va suv To‘yimli moddalar (energiyaga aylanuvchi) Oqsillar, uglevodlar, yog‘lar Tashqi almashinuv (hazm kanali bilan qon o‘rtasidagi almashinuv) Strukturaviy-funktsional tabiatli moddalar Mineral moddalar (makro va mikroelementlar) Oraliq almashinuv (qon bilan hujayra o‘rtasidagi almashinuv) Biokatalizatorlar Vitaminlar (yog‘da eruvchi va suvda eruvchi vitaminlar) Ichki almashinuv (hujayraviy almashinuv)
Кластер Suv almashinuvi Mikrobial sintez Tuzlar almashinuvi Qqsillar almashinuvi Tuz va suv almashinuvi Yog’da eruvchi vitaminlar Ribosomal almashinuv Anаerob oksidlanish Vitaminlar almashinuvi Suvda eruvchi vitaminlar Makroelementlar Mikroelementlar Modda almashinuvi (metobolizm) Minerral moddalar almashinuvi Uglevodlar almashinuvi Aerob oksidlanish Lipidlar almashinuvi Xolesterin Lipidlar biosintezi Energetik zaruratda ishlatish Захира (нейтрал) ёғлар
YIRIK SHOXLI HAYVONLARDA OQSILLAR ALMASHINUVIDAGI ASOSIY JARAYONLAR: Oziqa tarkibida xom protein holida hazm kanaliga tushishi Ureaza ta`sirida peptid, ammiak va CO 2 hosil bo`lishi; Mikrobial oqsil sintezi Shirdon va 12 barmoqli ichakda aminokislotalargacha parchalanish (Almashinmaydigan a-k-lar: arginin, gistidin, izoleysin, lizin, metionin, sistin, fenilalanin, tirozin, treonin, triptofan, valin) jigar va boshqa to‘qimalarda ribosomal oqsil sintezi Nopeptid aminokislotalarning dezaminlanishi, dekarboksill. va pereaminlanishi Uzoq muddatli energetik tanqislik paytlarida to‘qima oqsillarining majburan parchalanishi Glikolitik aminokislotalardan Ketogen aminokislotalardan glyukoneogenez yo‘li bilan glyukoza hosil bo`lishi va energetik jarayonda ishtirok etishi ammiak va keton tanachalarining hosil bo‘lishi
YIRIK SHOXLI HAYVONLARDA UGLEVODLAR ALMASHINUVIDAGI ASOSIY JARAYONLAR Uglevodlarning shirali oziqalar tarkibida hazm kanaliga tushishi, Uy. OK holida sintezlanishi Hazm kanalida glyukoza holida qonga so‘rilishi Jigarda va qisman mushaklarda glikogen shaklida zahirada saqlanishi Uglevodlarning anaerob oksidlanishi (fosforilaza, fosfoizomeraza, glyukofosfokinaza, fosfoglyukoizomeraza, fosfofruktokinaza, aldolaza, degidrogenaza, fosfogliserokinaza, fosfogliseromutaza, yenolaza va piruvatkinaza fermentlari, NAD kofermenti va erkin fosfat kislotasi (H 3 PO 4) ishitirokida) natijasida Sut va pirouzum kislotalari 4 mol ATF hosil bo‘lishi (har bir mol glukoza hisobiga ) Uglevodlarning aerob oksidlanishi (Pirouzum kislotasidan дегидрогеназа va kofermentlar tiamin pirofosfat, lipoy kislotasi, КО-А, NАД va toqima nafasi fermentlari ishtirokida hosil bo`lgan Asetil – Ко. А Krebs zanjirida 9 bosqichli oksidlanish (1. Asetil – Ко. А +Sh. SK-limon k-tasi; 9. Olma k-tasi+O 2 -Sh. SK) natijasida O 2, Sh. SK va 30 mol АТF hosil bo`ladi (har bir mol glukoza hisobiga ) Uzoq muddatli energetik tanqislik paytlarida to‘qimadagi zaxira uglevodlarning majburan parchalanishi va glyukoneogenez yo‘li bilan (glikolitik aminokislotalar yoki glitserindan) Glyukoza Sut kislotasi Pirouzum kislotasi Ketogenez (keton tanachalari hosil bo‘lishi) ning kuchayishi.
YIRIK SHOXLI HAYVONLARDA LIPIDLAR ALMASHINUVIDAGI ASOSIY JARAYONLAR Energetik ahamiyati: 1 g yog‘ning oksidlanishidan 9, 3 kkal (39, 9 k. Dj) energiya hosil bo‘ladi Strukturaviy ahamiyati: Yog‘lar sut hosil bo‘lishi, organizmning A, D, Е va F vitaminlari, fosfolipidlar va sterinlar kabi biologik faol moddalar bilan ta’minlanishida ishtirok etadi. Yog‘ kislotalari (palmitin, stearin, olein, linolen, araxidon, timnodon, dokozageksan va b. lar) prostoglandinlar uchun boshlang‘ich materiallar hisoblanadi, hujayra membranasi lipidlariga xos bo‘lgan suyuqlik holatini ta’minlaydi, qon tomirlar devoriga xolesterin cho‘kishining oldini oladi Yuqori molekulali to‘yinmagan yog‘ kislotalari (linol, linolen, araxidon) organizm uchun almashinmaydigan yog‘ kislotalari hisoblanadi Triasilgliseridlar gliserinning efirli birikmalari hisoblanadi va sog‘lom organizm tomonidan qabul qilinadigan energiyaning 40 foyizgachasini ta’minlaydi Xolesterin o‘t kislotalari, steroid gormonlari, prostoglandinlar va D - vitamini manbai hisoblanadi, hujayra membranasi tarkibiga kiradi, qon plazmasidagi lipoproteidlarning zarur komponenti hisoblanadi. Fosfolipidlar - ko‘p atomli spirtlarning yuqori molekulali yog‘ kislotalari va fosfat kislotasi bilan hosil qilgan murakkab efirlari hisoblanadi. O`z tarkibida xolin va etonalamin kabi azotli birikmalarni saqlaydi. Hujayra membranasi va organellalari tarkibiga kiradi va ularning o‘tkazuvchanligini ta’minlaydi. Na+, K+ va Ca 2+ ionlarini harakatlantiruvchi adenilatsiklaza fermentini faollashtiradi.
YOG‘LARNING XAZMLANISHI Yog‘larning xazm kanaliga tushishi va so`rilishi 1. Oshqozon oldi bo‘limlaridagi bakteriya va infuzoriyalar ta’sirida EMYo. K-ning gidrolitik parchalanishi, to‘yinmagan yog‘ kislotalarining gidrogenlanishi, lipidlarning gidralizlanish mahsulotlari hisoblangan gliserin va galaktoza fermentasiyasi oqibatida UYK-ning hosil bo‘lishi, trigliseridlar, galaktozil-gliseridlar va fosfolipidlarning gidrolizlanish mahsuloti hisoblangan gliserindan propion kislotasi, galaktozadan sirka, propion va moy kislotalarining hosil bo‘lishi, katta qorinda esa yog‘ kislotalarining ketokislotalarga aylanish jarayoni ham amalga oshadi. 2. Me’da (shirdon)dagi lipaza, o‘n ikki barmoqli ichakdagi lipaza va o‘t kislotalari ta’sirida yog‘lar gliserin va yuqori molekulali yog‘ kislotalari (palmitin, stearin, olein)ga parchalanadi. Hosil bo‘lgan gliserin suvda yaxshi eruvchan bo‘lib, ichak shilliq pardasiga so‘riladi. Yuqori molekulali yog‘ kislotalari esa o‘t kislotalari ta’sirida suvda eruvchan komplekslarga aylanadi va ichak shilliq pardasiga so‘riladi 3. Shilliq qavat epiteliysida yog‘ kilotalari erkin holdagi o‘t kislotalari va yuqori molekulali yog‘ kislotalariga parchalanadi. Hosil bo‘lgan o‘t kislotalari jigarda o‘t tarkibiga tushadi. Yuqori molekulali yog‘ kilotalari esa ichak shilliq qavati epiteliysida gliserin bilan birikib neytral yog‘lar (triasilgliseridlar)ni hosil qiladi 4. Ichak epiteliy hujayralarida qayta sintezlangan trigliseridlar va fosfolipidlar ichak bo‘shlig‘idan so‘rilgan xolesterin va qon oqsillari bilan o‘zaro birikib, XM-larni hosil qiladi va ular ko‘krak limfa yo‘li orqali so‘riladi.
Yog‘larning enegetik zaruratda ishtirok etishi 5. Yog`larning trigliseridlar shaklida ҳujayra mitoxondriyasiga tushishi Gliserin Erkin yog‘ kislotalari 6. Gliserinning 6. Erkin yog‘ kislotalarining glikoliz sxemasi bo‘yicha fosfat kislotasi, kislorod, NAD, ADF va degidrogenaza, fosfogliserokinaza, fosfogliseromutaza, yenolaza, piruvatkinazalar ishtirokida oksidlanishi va 4 mol ATF hosil bo‘lishi beta-oksidlanishidan 17 mol ATF hosil bo‘lishi (1 mol yog` kisl. his. ) yoki trigleseridlar, gliserofosfolipidlar, sfingolipidlar sintezi va xolesterin eterifikasiyasida ishtirok etishi. Lipidlar biosintezi Y MY K-lari biosintezi Trigliseridlar biosintezi Gliserofosfolipidlar biosintezi Xolesterin biosintezi
XOLESTERIN Prostoglandinlar, jinsiy gormonlar, steroidlar (glyukokortikoidlar, mineralokortikoidlar) va D - vitamin sintezida ishtirok etadi Jigarda sintezlangan xolesterin Qon plazmasidagi lipoproteidlarning zarur komponenti hisoblanadi Jigarda asetil-Ko. A holidagi yog‘ kislotalari bilan birikib xolesterin efirlarini hosil qiladi O`t kislotalariga aylanadi Hujayra membranasi tarkibiga kirib, uning suyuqlik xususiyatlari va o‘tkazuvchanligini ta’minlaydi O‘t orqali ichakka tushadi
XAYVONLARDA MODDA ALMASh. INUVI BUZILISh. LARI MUAMMOSINING QISQACh. A O‘RGANILISh TARIXI O‘tgan asrning o‘rtalarida buyuk rus olimlari S. I. Smirnov va I. G. Sharabrinlar tomonidan dispanserlash ta’limotining asosini tashkil etuvchi GURUHLI DAVOLASH USULI ISHLAB CHIQILDI Vatanimiz olimlaridan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, professor X. Z. Ibragimov va shogirdlari M. B. Safarov, Q. N. Norboyev, A. J. Raxmonov, B. Bakirov va B. M. Eshburiyevlar tomonidan HAYVONLARNI UYG‘UN DISPANSERLASH TA’LIMOTI YARATILDI, METABOLIZM BUZILISHLARI VA JIGAR KASALLIKLARIGA ASOS SOLINDI Ozbekiston Respublikasi mustaqilligi yillarida v. f. d. , professor B. Bakirov va dotsent N. B. Ro‘ziqulov (2015, 2019) lar tomonidan «METABOLIZM BUZILISHLARINING JIGAR NAZARIYASI» YARATILDI; METABOLIK GEPATODISTROFIYA KASALLIGIGA ILK BOR ASOS SOLINDI; Ultraketost , Gepastimulin, Fexoselen , Buplrurum talqoni, Zirk nastoykasidan iborat SAMARALI GEPATOPROTEKTORLAR QATORI YARATILDI; «PATOLOGIYANING NEYRO-GEPATO-ENDOKRIN TAMOYILI» ILMIY ASOSLANDI Hozirgi kunda O. R. Boboyev (Tiroidal patologiya), B. Hayitov (OOB-kasalliklari) va H. Rahmatov (Gepaterapiya) lar SOHADA IZCHIL ILMIY FAOLIYAT OLIB BORISHMOQDALAR
Chet el maqolalari va tavsiyanomalar
Mualliflik guvohnomalari vsa faxriy diplomlar
3. MODDA ALMASh. INUVI BUZILISh. LARINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI. Subklinik xususiyati. Bunday buzilishlarning uzoq muddatlar davomida (oylab, yillab) yashirin (subklinik) kechishi va bu davrda hayvonda umumiy metabolik sindrom (UMS) belgilarining paydo bo‘lishi. Bunday belgilar oriqlash, sut maxsuldorligining kamayishi, pushtdorlikning yomonlashishi, shuningdek, OOBGA, lizuxa, yo‘ldoshning tutilishi, tug‘ruq gipokalsiyemiyasi, buzoqlarning raxit, dispepsiya va bronxopnevmoniya bilan kasallanish hollarining ko‘payishidan iborat bo‘ladi. Ko`lamlilik xususiyati. Bunday buzilishlar suruvdagi hayvonlarning aksariyat qismini (50 -70% gacha) qamrab oladi. Kombinativlik xususiyati. Metobolizm buzilishlari mahsuldor qoramol va qo`y-echkilarda alohida-alohida holda emas, balki oqsil-uglevod-lipid almashinuvining buzilishi shaklida yoki vitamin-mineral almashinuvining buzilishi shaklida, qisman, umumiy metobolizm buzilishlari ko`rinishida kombinatsiyalangan shakllarda namoyon boladi. Asidotik xususiyati. Jarayonning asidoz (muhtning kislotalai tomonga o`tishi) bilan kechishi. Ketogen xususiyati. Modda almashinuvi buzilishlari dastlab ketogenezning kuchayishi (Krebs jangirida oksidlanishning buzilishi natijasida gyperketonemiya, gyperketonolaktiya, gyperketonuriya) oqibatida yashirin va klinik ketoz (oriqlik ketozi, semizlik ketozi) shakllarida (atsetonemik, gastroenteral, gepatotoksik va nevrotik sindromlarning paydo bo`lishi) namoyon bo‘ladi.
Osteogen xususiyati. Mineral moddalar tanqisligi yoki ular nisbatining buzilgan paytlarida, uning ustiga, atsidoz holatining mavjudligi, kalsiy-fosfor almashinuvining buzilishlari (osteomalyatsiya, osteofibroz, osteodystrofiya, qaltiroq yoki parezlar, yosh hayvonlarda esa raxit belgilarining paydo bo‘lishi) ga olib keladi. Gepatogen xususiyati. Metabolizm patologiyasi rivojlanib albatta jigar distrofiyasiga aylanadi. Bu paytda umumiy metabolik sindrom belgilariga qo‘shimcha ravishda sarg‘ayish, jigar chegarasining kattalashishi va uning og‘riq sezishi kuzatiladi (Bakirov B. , Ro‘ziqulov N. B. , 2016). Endokrin xususiyati. Ichki sekretsiya bezlar distrofiyasi. Eng birinchi navbatda, qalqonsimon va qalqonoldi bezlar distrofik o‘zgarishlarga uchraydi (O. R. Boboyev, 2019). Reproduktiv xususiyati. Ichki sekretsiya bezlari, shu jumladan, tuxumdonlar distrofiyasi natijasida turli xildagi alimentar bepushtliklarning paydo bo‘lishi. Ortopedik xususiyati. Metabolik atsidoz paytida, gipodinamiya mavjud bo`lgan holatlarda laminit, artrit, sinovit, bursit, pododermatit va b. oyoq kasalliklarining paydo bo‘lishi (Bakirov B. . Safarov M. B. , Rziqulov N. B. , 2012). Antiimmun xususiyati. Modda almashinuv darajasining pasayishi organizmning yuqumli kasalliklarga nisbatan chidamliligini susaytiradi, moyilligini oshiradi, immunitetni susaytiradi va hokazo.
13. Retinol sintezlash. 2. O`t kislotalari sintezi. 14. В 12 -vitamin sintezi. 3. Albumin sintezlash. 15. Glyukoneogenez. Siydik kislotasi sintezi. 5. Kreatin sintezi. 6. Mochevina hosil qilish. 7 Glutamin kislotasi sintezi. 8. Glyukoza sintezi. 9. Glikogen sintezi. 10. Glyukozani parchalash. JIGARNING FUNKTSIYALARI 1. O`t ishlab chiqarish va ajratish. 16. Аs. АТ, Аl. АТ, SДG, LДG, GGТ, ХE, IF - sintezl. va faollashishi 17. Bilirubinkon`yugatsiyalash (pigment). 18. Bar`er. 19. Detoktsikatsion. 20. Koagulyatsiya. 21. Himoya (immunoglobulin sintezi) 22. Depo 11. Lipid sintezlash. 23. Homilada qon aylanishini ta`minlash 12. Lipidlar. beta oksid. 24. Klirens
МЕТАБОЛИК ГЕПАТОДИСТРОФИЯНИНГ КЛИНИК ҲАМДА БИОКИМЁВИЙ ТЕСТЛАРИ Maxsus gepatoklinik belgilar (MGKB): UMS belgilariga qoshimch ravishda sarg`ayish, Jigar chegarasining kattalashishi va chuqur palpatsiyada uning og`riq cezishi Maxsus gepatobiokimyoviq (MGBO`) ўzgarishlar: qondagi gemoglobin (84, 0± 0, 49 г/л gacha), umumiy oqsil (51, 1± 1, 58 g/l gacha), albuminlar (26, 0± 0, 50 % gacha), mochevina (1, 8± 0, 04 mmоl/l gacha), glyukoza (1, 48± 0, 030 mmоl/l gacha), xolesterin efirlari 1, 14± 0, 04 mкmоl/l gacha), triglitseridlar (69, 0± 0, 79 mg% gacha), fosfolipidlar (142, 5± 4, 3 mg% gacha), beta-lipoproteidlar (312, 6± 3, 5 mg% gacha) miqdori va ХЭ faolligi (51, 4± 1, 88 mкmоl. s. ml. gacha) ning pasayishi, umumiy billirubin (4, 70± 0, 14 mкmоl/l gacha), EMYo. K (20, 5± 0, 84 mg % gacha), umumiy xolesterin (3, 32± 0, 12 mкmоl/l gacha) ning ko`payishi, Аl. АТ (0, 45± 0, 01 mmоl. s. l. gacha), Аs. АТ (0, 92± 0, 03 mmоl. s. l. gacha), LDG (5, 01± 0, 41 mкmоl. s. ml. gacha), SDG (2, 0± 0, 17 mкmоls. ml. gacha). va GGТ (128, 4± 4, 35 mкmоl. min. l. gacha) faolliklarining oshishi.
METOBOLIZM BUZILISHLARINING ASOSIY SABABLARI Alimentar sabablar Rasionda hazmlan. protein. yetishmovchiligi (me’yori, 1 o. b. /100 -120 g) Rasionda qandning yetishmovchiligi (me’yori, 1 o. b. /80 -100 g) Rasionda yog‘larning yetishmasligi (me’yori, 1 ml/kg); Rasionda mineral moddalar yetishmasligi (me’yori, 1 o. b. /6 -7 g. Ca, 3 -4 g. P) Rasionda vitaminlar (provitaminlar) yetishmasliklari Geoeko-logik va endemik omillar Biologik omillar Irsiy omillar Qator yuqumsiz, yuqumli va parazitar kasalliklar Boshqa sabablar
Nisbat T/ r Geoekologik shar. , viloyat O. b. Hazm. prot. Kalsiy 1 Samarqand 92, 5 94, 0 2 Qashqadaryo 86, 25 88, 0 3 Buxoro 95, 0 96, 5 140 10, 0 1000, 0 65, 0 Me’yori 130 Fos. Karo. Qand for tin Qand Kals/ 80 prot. fos. 46, 8 40 0, 42 2, 32 51, 0 59, 0 0, 5 3, 33 77, 7 51, 4 59, 3 0, 45 2, 57 35, 0 800 300 0, 8 1, 5 -2 166, 8 71, 4
SOG‘IN SIGIRLAR KETOZI (Ketozis) Ketoz - organizmda keton tanachalari hosil bo‘lishining kuchayishi tufayli gipofiz, buyrak usti, qalqonsimon va qalqon oldi bezlari, jigar, buyrak, yurak va bosh miya faoliyatining buzilishi oqibatida paydo bo‘ladigan kasallik. Ketoz bilan asosan yuqori mahsuldor sigirlar kasallanadi. Iqtisodiy zarari: sut sifati va miqdorining pasayishi, pushtdorlikning yomonlashishi, oriqlash yoki xaddan ziyod semirib ketish, xususan, fermalardagi sigirlarning o‘rtacha 30 -40 foizining yashirin ketoz bilan kasallangan ekanligi, o‘rtacha sut miqdorining sutkasiga 2 -3 litrdan oshmasligi, aksariyat sigirlar semizligining o‘rtachadan pastligi, har 100 bosh sigirdan olinayotgan buzoq sonining o‘rtacha 55 -60 tadan oshmasligi, muddatidan oldin podadan chiqarilish va majburan so‘yilish evaziga yiliga o‘rtacha bir bosh sigir xisobiga 1, 5 -2, 0 mln so‘mni tashkil etmoqda. Sabablari Uzoq vaqt davomida rasionning umumiy to‘yimsizligi yoki kam maxsulot beruvchi sigirlarni yuqori energetik oziqlantirish Rasionda shirali oziqalarning yetishmasligi, qand-prot. nisb. past. Moy kislotali silos berilishi Hayvonlarni yayratishning yetishmasligi
Ketozga moyil zotli sigirlar
Rivojlanishi. Etiologik omillar ta’sirida oshqozon suyuqligidagi UYo. K nisbati (me’yori: 65% sirka, 20% propion va 15% moy kislotasi) moy kislotasi hisobiga buziladi. Energetik tanqislik oqibatida «Krebs zanjiri» tormozlanadi va Ketogenez kuchayadi. Giperketonemiya, giperketonolaktiya, giperketonuriya ro‘y beradi. Jigar, bosh miya, yurak, buyraklar, gipofiz, buyrak usti, qalqonsimon va qalqonoldi bezlari faoliyati buziladi. SOG‘IN SIGIRLAR KETOZIDAGI ASOSIY PATOGENETIK JARAYON T/r Keton tanachalari miqdori, mg% Me’yori Ketoz paytidagi miqdori 1. Qonda 4– 6 10 – 50 giperketonemiya 2. Sutda 7– 8 50 – 100 giperketonolaktiya 3. Siydikda 9 – 10 100 – 1000 giperketonuriya
Klinik belgilari. Kasal hayvonda asetonemik, gastroenteral, gepatotoksik va nevrotik sindromlar paydo bo‘ladi. Hayvonda bezovtalanish, teri sezuvchanligining kuchayishi (giperesteziya), keyinchalik shalpayish, befarqlik, uyqu bosish, ko‘p yotish, yotgan joyidan qiynalib qo‘zg‘alish yoki turayotgan paytda yiqilib tushish, nazarning xiralashishadi. Teri, nafas havosi, suti va siydigidan aseton hidi keladi. Katta qorin harakatining susayishi yoki to‘xtashi, ich qotishi yoki ketishi, lizuxa kuzatiladi. Jigar kattalashadi, og‘riq sezadi, shilliq pardalar sarg‘ayadi. Taxikardiya, hansirash, oriqlash, sut mahsuldorligining birdaniga pasayishi. Jigar komasidan hayvon halok bo‘lishi ham mumkin. Respublikamizning fermer xo‘jaliklari sharoitida ketoz kasalligi sigirlar orasida yashirin va surunkali kechadi. Ayniqsa, lizuxa, oriqlash, jinsiy faoliyatning susayishi, endometrit va yo‘ldoshning tutilishi, kasallik ayni rivojlangan paytda (gepatodistrofiya rivojlanmasdan) giperketonemiya, giperketonolaktiya va giperketonuriya kuzatiladi. Xuddi tug‘ruq falajidagidek soporoz yoki komatoz holat kuzatiladi. Nevrotik sindromda kasal sigir mast odamga o‘xshab harakat qiladi.
PATOLOGOANATOMIK O`ZGARISHLARI. Jigarning kattalashishi, uning tuproq rangiga, sariq yoki och-sariq ranga kirishi, idragan bo`lishi va kesim yuzasida naqshning buzilishi kuzatiladi. O`t xaltasi toksik gepatodistrofiyada quyuqbo`t suyuqligi bilan to`lgan, metabolik gepatodistrofiyada esa jarayonning chuqurlashib xaltadagi suyuqlik miqdori kamayib boradi, ayrim hollarda– xalta butunlay puch bo`lishi ham mumkin.
Davolash. Ishtahani mo‘tadillashtirish maqsadida oshqozon yuviladi, unga sog‘lom xayvon oshqozon suyuqligi yuboriladi va xayvonga spirtli - achitqili aralashma ichirib turiladi. Vena orqali osh tuzining fiziologik, xamda murakkab tarkibli (glyukoza, siankobalamin, askorbin kislotasi va kofeindan iborat) gipertonik (5 -10%-li) eritmalari yuboriladi; - maxsus oziqlantirishni yo‘lga qo‘yish maqsadida rasiondan sifatsiz silos va achigan senaj chiqarib tashlanadi va unga sifatli gul beda pichani, ildiz mevalilar va tuzli suvda ivitilgan sifatli omixta yem (tarkibida arpa va no‘xat yormasi saqlovchi) kiritiladi; - organizmning qandga bo‘lgan extiyojini qoplash maqsadida xar kuni 1 -2 martadan 400 -500 gramm shakardan tayyorlangan atala ichiriladi, vena qon tomiri orqali 20%-li glyukoza eritmasi (sigirga 200 ml 40%-li glyukoza+200 ml 0, 95 -li natriy xlorid eritmasi) yuboriladi va har 1 ml 40%-li glyukoza eritmasi uchun muskul orasiga 1 XB insulin yuboriladi; - ishqorlovchi terapiya maqsadida kuniga 50 -100 g. dan natriy propionat, natriy laktat yoki 30 -50 g. dan natriy gidrokarbonat ichiriladi; - vitaminoterapiya (trivitamin, muskul orasiga 200 -500 ming XB vitamin A, 50100 XB vitamin D va 300 -400 mg vitamin Ye xisobida) o‘tkaziladi; - antitoksik va antiasidotik davolash maqsadida qorin bo‘shlig‘iga har 2 kunda bir martadan 1, 5 -2 l dan Sharabrin suyuqligi (ketozga qarshi A yoki B) yuboriladi.
KETOZGA QARSh. I “A” VA “V” SUYUQLIKLAR (I. G. Sharabrin, M. X. Shayxamanov, 1972) T/r Tarkibi O‘lchov birligi “A” “V” 1. Natriy xlorid g 9, 0 2. Natriy bikarbonat g 13 13 3. Kalsiy xlorid g 0, 4 0, 5 4. Kaliy xlorid g 0, 4 0, 5 5. Glyukoza g 100 6. Kofein natriy benzoat g 0, 5 ming XB 500, 0 ml 1000, 0 7. Streptomesin 8. Distillangan suv
Gepatoprotektorlar – jigar xujayralarini xar xil shikastlanishlardan ximoyalaydi va funksiyasini tiklaydi. Ular jigarda oqsil sintezini stimullaydi, erkin radikallarni o‘ziga biriktirib oladi, jigarning ferment tizimini faollashtiradi, almashinuv jarayonlarini mo‘tadillashtiradi. Gepabene (rastoropshi pyatnistoy va dimyanki aptechnoy o‘simliklari mevalari ekstrakti) o‘z tarkibida silimarin bioflavanoidi va kuchli o‘t xaydash xususiyatiga ega bo‘lgan fumarin alkaloidini saqlaydi. Gepatoveks og‘iz orqali (5 ml/10 kg), “Antitoks” muskul orasiga yoki teri ostiga (350550 kg tana vaznidagi sigirga kuniga 20 -40 ml 5 -6 kun davomida) yuboriladi (Ye. VROVETS. P. , Ispaniya). Fosfogliv-o‘z tarkibida glisirrizin kislotasini saqlaydi va jigarda patologik jarayonning kuchayishidagi bosh omillar xisoblangan oksidativ stress, yallig‘lanish-ga qarshi, fibrozga qarshi, antioksidant ta’sir xususiyatlariga ega. Uning tarkibi-dagi fosfolipidlar nafaqat patologik jarayonni tormozlaydi, balki yemirilgan jigar xujayralarini tiklaydi (*NAJBP: Nedogoda S. V. , Chumachek Ye. V. , Sanina. M. S. i soavt. 2015). Essensiale (sigirga 20 -25 ml, vena orqali kuniga bir martadan, 10 kun) - gepatositlarning kuchli ximoyachisi xisoblanadi. Bupleurum (Ming tomir o‘ti) - quritilgan o‘simlik massasidan 1 -2 g dan kuniga bir martadan 10 -15 kun davomida oziqa bilan beriladi. Markaziy Osiyo tog‘larida o‘sadi. Jigarning oqsil sintezlash, lipidlarni oksidlash va ferment funksiyalari-ni mo‘tadillashtiradi (Bakirov B. , 2001).
Tibbiyotda bulardan tashqari, koma oldi xolatlarida oqsil miqdori cheklanadi, surgi, klizma, ichak mikroflorasini susaytiruvchi antibiotiklar (kanamisin, ampisillin, tetrasiklin) bilan birgalikda vitaminlar, kokarboksilaza, kaliy preparatlari, glyukoza, katta miqdorda suyuqlik quyish usullaridan foydalaniladi. Qondagi ammiakni zararsizlantirish uchun 1 -arginin (kuniga 25 -75 g, 5%-li glyukozada), glyutamin kislotasi (30 -50 g, 10%-li eritma xolida); Psixomotor qo‘zg‘alishlarda galoperidol, xloralgidrat (klizma orqali 1 g); Metabolik asidoz paytida vena orqali 4%-li natriy bikarbonat eritmasi (kuniga 200 -600 ml), kuchli metabolik alkaloz paytlarida esa organizmga ko‘p miqdorda (kuniga 10 g va undan ko‘p) kaliy yuboriladi. Glyukokortikosteroid gormonlaridan prednizolon (prekomada sutkasiga 120 mg, shundan 60 mg vena orqali tomchi xolida, koma bosqichida-sutkasiga 200 mg, vena orqali tomchi xolida), gidrokortizon (sutkasiga 1000 mg gacha, vena orqali tomchi xolida) ishlatiladi. Bu paytda diuretiklarni qo‘llash qat’iyan ma’n etiladi. Jigar-xujayra komasi paytlarida navbatma-navbat qon quyish (kuniga 5 -6 l. ), geterojigar yoki o‘lgan jigar orqali yoki kesishmali qon aylanish usuli bo‘yicha ekstrakorporal qon quyish qo‘llanadi. Bunday paytlarda jigar geterotopik peresadkasi usuli uncha yaxshi natija bermaydi. Buyrak yetishmovchiligi oqibatida paydo bo‘lgan jigar komasi paytida peritoneal yoki ekstrakorporal gemodializ o‘tkaziladi. Lekin ko‘p xollarda koma bir necha kun ichida letal oqibat bilan tugaydi. Jigar yarim o‘tkir distrofiyasi paytlarida aksariat xollarda jarayon tez shakllanuvchi sirroz bilan yakunlanadi.
Oldini olish. Ketozning oldini olishda hayvonlarni rasional oziqlantirishga, energetik taqchillik va yuqori oqsilli oziqlantirishni bartaf etishga, rasionning zaruriy strukturasi va undagi kletchatka miqdori va qandprotein nisbatlariga alohida ahamiyat beriladi. Intensiv laktasiya davrida energiya va oqsil tanqisligiga, laktasiya susaygan va sog‘indan ajratilgan paytlarda esa o‘ta to‘yimli oziqlantirishga yo‘l qo‘ymaslik zarur. Bunday holatlarning oldini olish uchun kraxmalga boy oziqalar (donli omixta yem, arpa yoki makka yormasi, bug‘latilgan donlar) hisobidan rasionning energetik darajasi oshiriladi. Ketost (I. P. Kondraxin) va Ultraketost (B. Bakirov, N. B. Ro‘ziqulov, A. S. Berdiyarov, 2007) aralashmalaridan foydalaniladi.
KETOZGA QARSh. I «KETOST» ARALASh. MASI (I. P. Kondraxin, 1985) Таркиби Tarkibi Magniy sulfat Natriy bikarbonat Oksafenamid Kobalt xlorid Mis sulfat Rux sulfat Marganes sulfat Kaliy yodit Omixta yem Umumiy og‘irligi A-vitamini (Mikrovit-A) D 3 -vitamini (Videin-D 3) Ye-vitamini (Granuvit-Ye) Ўлчов бирлиги Профилактик кетост o‘lchov birligi Profilaktik ketost I. Mineralli qismi: g 60 g 50 g mg 15 mg 100 mg 500 mg 6 g 99 g 200 II. Vitaminli qismi: ming XB 125 ming XB 50 mg 100 Терапевтик кетост Ketost-1 Ketost-2 80 75 30 200 1000 12 143 300 60 75 5 30 200 1000 12 158 300 500 100 300
«ULTRAKETOST» OQSILLI-VITAMINLI-MINERALLI OZIQA ARALASh. MASI (B. B. Bakirov, N. B. Ro‘ziqulov, A. S. Berdiyorov, 2007) T/r 1. 2. 3. 4. 5. 6. 7. 8. Tarkibi Bentonit Natriy xlorid Monokalsiyfosfat Karbamid Natriy bikarbonat Kobalt xlorid Natriy selenit GBT (gidropon bug‘doy talqoni) Umumiy og‘irligi Miqdori, g 200, 0 300, 0 200, 0 49, 7 0, 2 0, 1 50, 0 1000, 0
SOG‘IN SIGIRLARNI TO‘YIMLI OZIQLANTIRISH. Bunda har bir klogramm sut imkoniyati hisobiga sigirlarga kuniga o‘rtacha 1, 0 1, 5 oziqa birligiga teng miqdordagi umumiy to‘yimlilikka ega bo‘lgan rasion belgilanadi. Rasionning har bir oziqa birligi hisobiga o‘rtacha 100 - 120 g hazmlanuvchi protein, 80 - 100 g qand, 6 - 7 g kalsiy, 3 - 4 g fosfor va 20 - 30 mg karotin to‘g‘ri kelishi; undagi umumiy lipidlar miqdori o‘rtacha 0, 3 - 0, 5 g/kg, qand-protein nisbati 0, 8, kalsiy - fosfor nisbati 1, 5 -2, 0 bo‘lishi kerak. Rasion strukturasida sifatli dag‘al xashaklar 18 - 20 %, konsentrat oziqalar 40 – 50 %, ildiz mevali oziqalar 5 - 10 %, silos - senaj aralashmasi 25 - 30 %, paxta sanoati oziqalari ko‘pi bilan 10 - 20 %- ni tashkil etishi kerak. Kunlik sut imkoniyati o‘rtacha 8 - 10 kg bo‘lgan har bir bosh sigirga bir kunda o‘rtacha 5 -6 kg sifatli gul beda pichani, 5 -6 kg tabiiy beda pichani va dag‘al xashak aralashmasi, 5 -6 kg sifatli omixta yem, 15 - 20 kg silos-senaj aralashmasi, 5 -6 kg ildiz mevali oziqalar va 1, 0 – 1, 5 kg kunjara yoki shrot berilishi kerak.
Nazorat savollari 1. Modda almashinuvi deganda nimani tushinasiz ? 2. Oqsillar almashinuvining mohiyati, buzilish sabablari va tashhis usullari? 3. Uglevodlar almashinuvining mohiyati, buzilish sabablari va tashhis usullari ? 4. Yog‘lar almashinuvining mohiyati, buzilish sabablari va tashhis usullari ? 5. Mineral moddalar almashinuvining mohiyati, buzilish sabablari va tashhis usullari ? 6. Vitaminlar almashinuvining mohiyati, buzilish sabablari va tashhis usullari ? 7. Sog‘in sigirlar ketozining ta’rifi va sabablari ? 8. Ketogenezning mohiyatini izohlang ? 9. Ketozning tashhisi, tezkor tashhisi va qiyosiy tashhisi ? 10. Ketozni davolash usullari ? 11. Ketozning oldini olishda uyg‘un dispanserlashning ahamiyati?
E’TIBORINGIZ UCh. UN RAHMAT!
- Slides: 59