OZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA ORTA TALIM VAZIRLIGI NAMANGAN
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA TA`LIM VAZIRLIGI NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI FIZIOLOGIYA VA XAYOT FAOLIYATI HAVFSIZLIGI KAFEDRASI SOLIYEV NURIDDIN O`zbekiston suvo`tlari mavzusida tayyorlagan slaydi
ANNOTATSIYA Ushbu taqdimot materyali O`zbekiston hududida uchraydigan suvo`tlar haqida tayyorlangan bo`lib 15 ta sahifadan iborat. Ushbu taqdimotda 6 ta (Ossillyatoriya, Xlomidomonada, Spirogira, Kladofora, Vosheriya, Pinnulariya) suvo`tlari haqida ma`lumotlar keltirilgan. Taqdimotda har bir suvo`tni lotincha nomlari ham keltirilgan. Avval har bir suvo`tni klassifikatsiyasi keltirilgan va undan so`ng bu suvo`tga tarif va ahamiyatlari keltirilgan.
SUVO`TLAR VA ULARNING KLASSIFIKATSIYASI
Ossillyatoriya (Oscillatoria) Bo`lim Ko`k yashil suvo`ttoifalar – Cyanohyta Ajdod Gormogonsimonlar – Hormogoniohyceae Qabila Ossillyatoriyanamolar – Oscillatoriales Turkum Ossillyatoriya – Oscillatoria nigra Tur Ossilotoriya - Oscllatoria
Ossilotoriya - Oscllatoria Ossilotoriya turkumi vakillari nam tuproq suv ostidagi substratlar yuzasida qalin po`stli to`plamlar hosil qiladi. Ossilotoriyaning uzun ipi tanasi bo`ylab bir xil tuzilgan slindrsimon hujayralardan iborat. Hujayralarning ko`ndalangiga bo`linishi natijasida o`sadi. Ipsimon tallomi o`z o`qi atrofida to`lqinsimon harakatlanadi, harakatchan garmogonlar vositasida ko`payib, har bir gormogonlardan yangi ip o`sib yetiladi
Xlomidomonada - Chlamydomanas Bo`lim Yashil suvo`ttoifalar - Chloro’hyta Ajdod Teng xivchinsimonlar - Chlorohycaea, Isocontai, Qabila Volvoksnamolar - Volvocales Turkum Tur Xlamidomonada - Chlamydomonas Xlomidomonada - Chlamydomanas
Xlomidomonada – Chlamydomanas Xlomidomonadaning ko`pgina turlari ko`lmak va xalqoq suvlarda ariqlarda hususan organik moddalarga boy suv havzalarida, suv omborlarida bazan akvarium devorlarida o`sadi. Bularning ko`payishida suv yashil tusga kiradi. Suv havzalari qurib qolganda xlomidomonada hivchinlarini tashlab harakatdan to`xtaydi, po`sti shilimshiqlanib parda hosil qiladi hujayra atrofini o`raydi. Xlomidomonadaning hujayralar protoplasti bo`linishi va va shilimshiqlangan yosh hujayralarning harakatsizlanmasligi natijasida yashil hujayralar uyumi hosil bo`ladi. Bu holatga palmeloid deyiladi
Spirogira – S. calospora Bo`lim Yashil suvo`ttoifalar – Chlorophyta Ajdod Matashuvchisimonlar - Conjugatophyceae Qabila Zignemanamolar - Zygnematales Turkum Spirogira - Spirogyra Tur Spirogira – S. calospora
Spirogira – S. calospora Spirogiraning ipsimon tallomi och yashil rangda bo`lib shilimshiq jild bilan qoplangan. Iplari yirik slindr hujayralardan tashkil topgan. Spirogira oson o`sadi. Shuning ucun undan umumbiologik tajribalar qo`yishda foydalanish mumkin. Rus olimi I. I. Gerasimov bo`linayotgan spirogira hujayrasiga sovuq tasir ettirib uning oldingi holatini o`zgartirishga erishgan. Spirogira kanallar va sekin oqadigan suvlarda suv havzalarida uchrab suvni organik moddalarga boyitadi.
Kladofora-Cladophora Bo`lim Yashil suvo`ttoifalar – Chlorophyta Ajdod Chin yashil suvo`tsimonlar (Teng xivchinlilar) Qabila Edogoniynamolar-Oedogoniales Turkum Edogonium-Oedogonium Tur Kladofora-Cladophora
Kladofora-Cladophora Kladifora turkumining ko`pchilik turlari dengizlarda , bazi turlari chuchuk suv havzalarida keng tarqalgan. Ular suvi tez oqadigan va kislotaga boy bo`lgan kanallar, ariqlar zovurlar va buloqlarda substratlarga yopishib keyinchalik substrarlardan uzilib, suv betida qalqigan holda o`sishda davom etadi. Kladifora tallomi to`q yashil rangda va shoxlanganligi bilan boshqa yashil suvo`tlardan farq qiladi hujayrasi ko`p qavatli qalin kletchatkadan iborat po`st bilan qoplangan. Sitoplazma hujayra devori atrofida joylashgan bo`lib unda yirik g`alvirsimon plastinka shaklidagi xramataforlari bo`ladi.
Vosheriya - Vaucheria Ajdod Sariq - yashil suvo`ttoifalar – Xantophyta Ksantosifonsimonlar Xanthosi’honophyceae Qabila Vosheriyalilar - Vaucheriales Turkum Vosheriya - Vaucheria Tur Vosheriya Bo`lim
Vosheriya - Vaucheria Vosheryiya turkumi vakillari chuchuk suvlarda dengizlarda yoki sernam tuproqlarda tarqalgan bo`lib bazan moxlarning protonemasi orasida o`sadi va baxmalsimon chim qatlamlari hosil qiladi. Ularning ayrimlari haqiqiy galofit bo`lib suv tarkibida tuzning miqdorini aniqlashda indikator sifatida foydalanadi. Vosheryalarning chuchuk suvlarda tarqalgan vakillari bir uyli bo`lib, dengizlarda tarqalganlari ham bir uyli ham ikki uyli. Foydali tomonlari shundan iboratki ular boshqa suvo`tlar bilan birgalikda o`sib suv havzalarini oziq moddalarga boyitadi.
Pinnulariya. borealis. Bo`lim Diatomtoifalar - Bacillariophyta Ajdod Patsimonlar - pennatophyceae Qabila Choklilar - Raphinales Turkum Pinnulyariya – pinnularia Tur Pinnulariya. borealis.
Pinnulariya. borealis. Pinuulariya chuchuk suv havzalari ostida va qirg`oqlarida keng tarqalgan, ohak moddasi ko`p suv havzalarida o`sadi. Pinuulariya bir hujayrali suvo`t tavaqa tomondan qaraganda elleps yoki cho`zinchoq shakilda. Hujayrani ikki uchida va markazida tugunchalar joylashgan, hujayra markazida sitoplazmadan hosil bo`lgan ko`prikcha bo`lib unda yadro osilib turadi. Ko`prikchaning ikki tomonida yog` tomchilari va valutin donalari bo`ladi
Muallif: Soliyev Nuriddin
ETIBORINGIZ UCHUN TASHAKKUR
- Slides: 17